O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi boshlang’ich ta’lim



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/29
Sana02.03.2022
Hajmi0,57 Mb.
#479074
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
1-sinf. DTS

Bo‘lim yuzasidan takrorlash. 
Sinfdan tashqari o‘qish (20 daq.). 
VIII BO‘LIM. YOZ–O‘TADI SOZ 
(6 soat) 
Yoz faslida tabiatdagi o‘zgarishlar. Yoz ne’matlari va yozda kishilar mehnati. Yozgi 
ta’tilning boshlanishi va bolalarning so‘lim joylarda bo‘lishi. Oromgohlarda bolalarning 
hayoti. O‘quvchilarning yozgi ta’tilda do‘stlari bilan bog‘liq qiziqarli voqealar haqida. 
Bo‘lim yuzasidan takrorlash. 
Sinfdan tashqari o‘qish (20 daq.). 
Yakuniy umumlashtiruvchi dars. 
Izoh: 
Dastur asosida beriladigan matnlar tuzishda eng avvalo o‘quvchining yosh-
psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda hamda DTSning me’yoriy 
talablaridan kelib chiqib, savodga o‘rgatish davridan so‘nggi davrda (3- chorak) 20-
25 so‘zdan iborat bo‘lishi, 2, 3,4 bo‘ginli so‘zlardan tuzilishi, matnning sodda, qisqa va 
mazmunan boyligiga e’tibor qaratilishi hamda tarbiyaviy xarakterda 
bo‘lishi, qo‘yilayotgan savol va topshiriqlar o‘quvchini mantiqiy fikrlashga undashi 
lozim. 
O‘qish ko‘nikmasi: 
O‘quv yilining ikkinchi yarmidan ongli, to‘g‘ri va bo‘g‘inlab sidirg‘a o‘qishga 
o‘rgatish; sodda so‘zlarni bo‘g‘inlab tekis o‘qish; 
gaplarni ohangiga, to‘xtamlariga, tinish belgilariga rioya qilib, qiroat bilan o‘qish. 
Matn ustida ishlash. 
O‘qish
 
darslarining asosiy qismi asarni o‘qish
 
va matn
 
ustida 
ishlashga ajratiladi. O‘quvchidan asarlar yuzasidan o‘qituvchi bergan savollarga va 
darslikda berilgan savollarga javob olish, rasmlarga qarab matnlarni qayta hikoya qilish, 
sarlavhani asardagi asosiy fikr bilan taqqoslash, asarning to‘liq mazmunini qayta 
hikoyalash yoki asar yuzasidan fikr bildirishga o‘rgatish. 
Asarni qismlarga ajratish, uning xat boshi bilan aloqadorligi haqida tasavvur hosil 
qilish. Asar matnini eshitganlari, ko‘rganlari, kuzatganlari asosida to‘ldirish – ijodkorlik 
sifatlarini tarkib toptirish. Asarda ishtirok etuvchilarni bilib olish, ularga eng oddiy 
tavsif berish: yaxshi-nima uchun yaxshi, yomon-nima uchun yomon ekanini asoslash. 
Asarlarni mavzu doirasiga ko‘ra guruhlash. Asar yuzasidan tuzilgan rejani qayta 
o‘qish orqali o‘rgatish. 


Asardagi ayrim so‘zlarning ma’nolarini izohlashga o‘rgatish, matndagi ayrim 
so‘zlarga ma’nodosh, qarama – qarshi ma’noli so‘zlar topishga o‘rgatish. 
Shaxslarni, tabiat manzaralarini tasvirlovchi badiiy ifodalarni o‘quvchilar tasavvur 
qila olishi, ko‘p ma’noli so‘zlar ishtirokida birikmalar yoki gaplar tuzdirish, diqqatini 
so‘zning ma’nosiga qaratish, “O‘qish kitobi” mundarijasidan kerakli asarni topish. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish