O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi boshlang’ich ta’lim



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/29
Sana02.03.2022
Hajmi0,57 Mb.
#479074
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
1-sinf. DTS

Sinfda o‘qish. 
O‘qish darslarida o‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushunib o‘qish,
 
mazmunini o‘zlashtirish bilan ilk bor tanishadilar. Aynan o‘qish ta’limda insonning, 
avvalo, o‘zligini, qolaversa olamni anglashga bo‘lgan intilishlariga turtki beradi. 
Sinfdan tashqari o‘qish. 
Sinfdan tashqari o‘qish o‘quvchilarni o‘qish
 
malakasini 
rivojlantirgan holda kitobni mustaqil o‘qiy oladigan, uni tushunadigan, ma’lum bir 
mavzularga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o‘qiy 
oladigan kitobxonni tarbiyalaydi. Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari o‘qish darslari 
bilan bog‘lab olib boriladi. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid 
bir necha kitob bilan tanishsalar, keyinroq bolalar yozuvchilari hamda bolalarning 
qiziqishlariga mos asarlari bilan tanishadilar. 
O‘qish ko‘nikmalari. Matn va bog‘lanishli og‘zaki nutq ustida ishlash 
O‘qish mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarda nutq faoliyatining asosiy 
ko‘rinishi bo‘lgan ko‘nikmalari, matn va kitob ustida ishlash, o‘quvchilarning 
bog‘lanishli nutqini o‘stirish, nutq madaniyatini rivojlantirish nazarda tutiladi. 
1-sinfda o‘quvchilar matnni ongli, to‘g‘ri va bo‘g‘inlab sidirg‘a o‘qishni o‘rganadilar. 
Olti-yetti yoshli bolalarning nutqini takomillashtirishuchun uning nutqidagi kamchiliklarni 
o‘qish darslaridagina emas, balki darsdan va maktabdan tashqari o‘tkaziladigan 
mashg‘ulotlar jarayonida ham tuzatib borishga alohida ahamiyat berish zarur. 
2-3-sinflarning o‘qish darslarida to‘g‘ri, tez o‘qish, ongli, ifodali o‘qish 
ko‘nikmalarini o‘stirish va takomillashtirish zarur. Bunga asarni va uning qismlarini 
o‘quvchilarga bir necha marta qayta o‘qitish bilangina erishish mumkin. o‘quvchilar
o‘qilgan asarlar yuzasidan berilgan savollarga javob berishga o‘rganadilar. Matn ustida 
ishlash o‘qituvchi rahbarligida olib boriladi. 
2-sinfda o‘quvchilarda so‘zlarni to‘liq sidirg‘asiga o‘qish malakasi shakllanadi, 
o‘qishning to‘g‘ri va ifodali bo‘lishiga erishiladi, o‘qish texnikasi tezlashadi. Bu sinfda 


o‘quvchilar matnning ayrim qismlarini, qisqa hikoyalarni ichida (ovozsiz) mustaqil 
o‘qishga o‘tadilar. Matn ustida ishlash murakkablashib boradi, bolalar o‘qituvchi 
rahbarligida asarning asosiy mazmunini aniqlaydilar, qahramonlarning xatti-harakatini 
ifodalovchi so‘z va iboralarni topishga, voqea-hodisalarni so‘z bilan tasvirlashga 
o‘rganadilar. Ularda so‘z boyligiga talab ortadi, nutq sofligi va aniqligiga e’tibor 
kuchayadi, lug‘at boyligi ko‘payadi, faollashadi, o‘qish sur’ati oshadi va so‘zlarni to‘g‘ri 
qo‘llashga, ovozni boshqarishga o‘rganadi. 
3-sinfda so‘zlarni butunligicha sidirg‘a o‘qish ko‘nikmasi to‘la shakllanadi. Bu esa 
o‘quvchilarda ongli va ifodali o‘qishga qo‘yilgan talablarni o‘stirish imkoniyatini beradi. 
O‘qish darslarida bolalarning matn mazmunini o‘zlashtirish ustida mustaqil ishlashlari, 
hikoyadagi voqea-hodisalarning izchilligini belgilashlariga, o‘zaro bog‘lanish sabab-
natijalarini aniqlashlariga alohida ahamiyat beriladi. Matnning badiiy xususiyatlarini, 
tasviriy vositalarini aniqlash ustida ishlash davom ettiriladi. 
O‘quvchilarni o‘z nutqlarida maqollardan, hikmatli so‘z va iboralardan foydalanishga, 
so‘zlarni to‘g‘ri tanlashga, gap qurilishidan (so‘zlarning bir-biriga bog‘lanishidan) to‘g‘ri 
foydalanishga o‘rgatish talab etiladi. 
4-sinfda o‘quvchilar so‘zlarni bo‘g‘inlamay sidirg‘a o‘qishlari, matnni tez, to‘g‘ri, ongli 
o‘qiy olishlari kerak. Bu sinfda bo‘g‘inlab o‘qishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Bolalar 
o‘qilgan matn mazmunini mustaqil ravishda qayta hikoya qilishlari, matn yuzasidan sodda 
reja tuza olishlari, uning asosiy mazmunini ajrata olishlari, o‘qilgan matnni to‘la 
qisqartirib, tanlab qayta hikoyalashlari, o‘qilgan matnga nisbatan o‘z munosabatlarini 
bildira olishlari zarur. Ifodali o‘qish va o‘zaro nutqiy faoliyat jarayonida bolalarning 
adabiy talaffuz me’yorlari shakllanadi. O‘quvchilar nutqining faollashuvi, nutqning 
grammatik shakllarini to‘g‘ri qo‘llash va to‘g‘ri talaffuz etish bolalar nutqining ravon, 
ifodali bo‘lishiga yordam beradi. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish