Mahsulotga issiq ishlov berish: tayyor bo`lgan shakllarni listga joylashtirib tillarang hosil bo`lguncha pishiriladi. Pishirish harorati 180-200 darajadan oshmasligi kerak. (mahsulotlarning mayda yirigiga bog`liq).
Dasturxonga tortish qoidasi: vaza yoki desert uchun mo`ljallangan taqsimchalarda tortiladi. Vaza yoki taqsimchaga salfetka solinib ustiga pechenyelar chiroyli qilib teriladi.
|
Qumoq-qumoq xamirning sifatiga qo`yiladigan talablar:
Tashqi ko`rinishi: kuymagan, usti shishib chiqmagan, tilla rangda, o`rtasi g`ovak bir xil shklli mahsulot bo`lishi kerak.
Hidi: shu mahsulotga hos yoqimli, yangi, lazzatli bo`lishi kerak.
Mazasi: shu mahsulotga hos yoqimli mazaga ega bo`lishi kerak.
|
Qumoq-qumoq hamirdan pirog
Tayyor hamir 2 bo`lakka bo`linadi. 1-bo`lagi dumaloq shaklga keltirilib, listga yoyiladi.Qolgan bo`lagidan uzun-uzun hamir tayyorlanadi. Listga yoyilgan hamir ustiga tvorog, mevalar (mayda to`g`ralgan yoki qirg`ichdan chiqarilgan)solinadi, uning ustiga uzun hamirlardan to`rsimon qilib qo`yib chiqiladi. Katta enli hamir bilan chetlari bezatiladi va tayyor bo`lguncha pishiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |