VII. O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari.
(2 soat vebinar, 2 soat videodars)
T/r
|
Modul mavzulari
|
Umumiy o‘quv yuklama hajmi
|
Videodars mashg‘ulotlari
|
(soatlarda)
|
Jami
|
Vebinar
|
Video dars
|
1.
|
O‘quvchilar bilimlarini, kompetensiyalarini baholashning turli strategiyalari va yondashuvlari
|
2
|
2
|
|
2.
|
O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini, bilim va kompetensiyalarini baholashning turli usul va vositalari.
|
2
|
|
2
|
Jami:
|
4
|
2
|
2
|
1-mavzu. O‘quvchilar bilimlarini, kompetensiyalarini baholashning turli strategiyalari va yondashuvlari (2 soat vebinar)
O‘quvchilar bilimlari va kompetensiyalarini baholashning turli strategiyalari. Rasmiy va norasmiy, diagnostik va umumiy yondashuvga asoslangan baholash usullari. Baholash – ta’lim jarayonining ajralmas qismi sifatida. Baholash orqali o‘quvchilar bilan teskari aloqani o‘rnatish. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini, bilim va kompetensiyalarini baholashning turli usul va vositalari. O‘quvchilar o‘zini baholashi, o‘quvchilar boshqa o‘quvchilarni baholashi va o‘qituvchi tomonidan baholash yondashuvlari, ulardan samarali foydalanish.
2 -mavzu. O‘quvchilarning kompetensiyalarini baholash va natijalarni tahlil qilish usullari (2 soat videodar). O‘quvchilarning kompetentsiyalarini baholash va natijalarini tahlil qilish. Tahlillar asosida pedagogik faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritish. Ota-onalarni o‘quvchilarning o‘zlashtirishi natijalari bilan tanishtirish.
Xalq ta’limi muassasalari boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisini uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi o‘quv rejasidagi modullarining mazmuni
1. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sinfdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning verbal va noverbal usullari: fikr bildirish, tuzatishlar kiritish, olqishlash, savollar berish.
Boshqalar fikrini hurmat qilish. O‘zgalar fikriga ta’sir etuvchi (ishontira olish, to‘g‘rilash, fikrni qarama-qarish qo‘yish) muloqot maneralari va ulardan samarali foydalanish.
Boshlang‘ich ta’lim o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan (qo‘llab-quvvatlash, konstruktiv, ruhlantiruvchi) muloqot maneralari.
Boshlang‘ich ta’lim jarayoni sifatini oshirish va o‘quvchilarning o‘quv ehtiyojlarini qondirishda o‘z hamkasblari bilan AKTning turli vositalari yordamida muloqotni o‘rnatish va hamkorlik qilish.
O‘qituvchilarning global tarmoqdagi turli pedagogik hamjamiyatlari va ulardan ta’lim sifatini oshirishda foydalanish.
PR(jamoatchilik bilan aloqalar)ni tashkil etish usullari. Ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlar.
Boshqalarning huquqlari va hissiyotlarini hurmat qilishga qaratilgan muloqot maneralari.
Do'stlaringiz bilan baham: |