Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish metodikasida nazariy, amaliy mashg‘ulotlar vebinar va videodars shaklida olib boriladi.
Vebinar mashg‘ulotlarda maktabda boshlang‘ich ta’limning maqsad va vazifalari ushbu fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar, test so‘rovlari, ijodiy fikrlash, boshlang‘ich ta’limning mamlakatimiz va jahonning boshqa hududlarida rivojlanishi hamda mavzularni o‘qitish metodikasi, boshlang‘ich ta’lim fanlarining o‘ziga xos xususiyatlari va uni o‘qitish metodikasi haqida ma’lumotlar beriladi.
Videodars mashg‘ulotlarda texnik vositalardan unumli foydalanish, boshlang‘ich ta’limda mavzularni o‘quvchilarga oson etkazish metodikalari berib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |