2. Quyidagi kompetensiyalarni egallagan bo‘lishi shart:
O‘zini-o‘zi rivojlantirish, o‘z ustida ishlash kompetentligi ko‘rsatkichlari:
ilg‘or pedagogik texnologiyalardan kasbiy faoliyatda foydalanish;
zamonaviy talablar darajasida boshlang‘ich ta’lim darslarini tashkil qilish va o‘tkazish.
Mas’uliyat va moslashuvchanlik kompetensiyasi
- turli xil yangi vazifalar va mas’uliyatlarni qabul qila olish;
- o‘ziga, jamoada va hamjamiyat miqyosida mas’uliyatli bo‘lish;
- o‘ziga va ta’lim muassasasi xodimlariga nisbatan yuqori marra va standartlarni belgilash va ularga erishish;
- boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning muvaffaqiyatli o‘zlashtirishini nazorat qilish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |