O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi «jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi»



Download 3,55 Mb.
bet143/172
Sana31.12.2021
Hajmi3,55 Mb.
#213208
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   172
Bog'liq
2 5317052362920036734

KOSTA-RIKA

Poytaxti: San-Xose. Maydoni: 51,1 ming km2. Aholisi: 4,5 mln. kishi (2007), 4,9mln.kishi (2016). Rasmiy tili: ispan tili. Aholisining diniy tarkibi: katoliklar - 76%,

protestantlar- 24%. Davlat tuzumi: respublika. Pul birligi: Kosta-Rika koloni.

Kosta-Rika Respublikasi - Markaziy Amerikadagi davlat. Davlat boshlig‘i - prezident. Aholining 80% - kreollar, 10% - metislar, 7% - mulatlar.

Tabiati. Okean oldi tekisliklari, Kosta-Rikani o‘rta qismiga kelib tog1 tizmalari vatepaliklargajoyberadi, bular Markaziy tog‘-tepaligini hosil qiladi. Mamlakat tabiatida vertikal mintaqalar aniq kuzatiladi. Tog‘lar balandligi 3900 m oshmaydi, ular orasida ko‘plab harakatdagi va so‘ngan vulqonlar bor. Vulqon tuproqlari serhosil va agro o‘simliklar uchun qulaydir, ular ko‘p hududlarga tarqalgan. Umuman olganda Kosta-Rika iqlimi ihq subekvatorial, yil davomida deyarli o’rtacha harorat o‘zgarmaydi. Sharqiy qirg‘oqda Atlantikaning shimoli sharqiy passatlari ko‘p esadi «sug‘aruvchi» shamol deyiladi, yomg‘irlar p i bo‘yi yog‘adi (yiliga 3000 mm yog‘ingarchilik miqdori); yomg‘irlar uzoq davom etmaydi, lekin juda ham qattiq tropik sellar yog‘adi. Kosta-Rikani asosiy tabiiy boyliklari va mamlakat hududini 2/3 egallagan tropik o‘rmonlar hisoblanadi. Kosta-Rikani o‘rmonlari Yer kurrasi miqyosidagi ekotizimdir. Olimlaming taxmin qilishlaricha dunyodagi bor bioturlaming 5% bu yerga to‘g‘ri keladi. Qattiq botqoqlashgan Atlantika oldi pasttekisliklari doimiy yashil semam tropik o‘rmonlari bilan qoplangan. Bu yerlardan o‘tish juda qiyin, odamlami joylashtirish va xo‘jalik olib borish uchun kam yaroqlidir. Tinch okean qirg‘oqlaridagi o‘rmonlarda sharqiy qismga nisbatan kam yog‘ingarchilik yog‘adi (1000 mm gacha bir xil joylarda 1500 mm gacha). Mamlakat sharqida - mavsumiy nam, yilni quruq mavsumida o‘simliklar xazonrezgi bo`ladi.

Xo‘jaligi. Kosta-Rika Markaziy Amerikada iqtisodi rivojlanganligi bo‘yicha 1-o‘rinda turadi. Mamlakatni qishloq xo‘jaligi eksport mahsulotlarini (qahva, какао, bananlar) yetishtirish uchun asoslashgan. Sanoatning yetakchi tarmoqlari oziq-ovqat, tekstil, poyabzal, yog‘ochsozlik, selluloza, qog‘oz (mahsulotni bir qismi eksport qilinadi). Mamlakatda elektr jihozlami ishlab chiqarish va qismlami o‘matish zavodi bor, bimdan tashqari ma’danli o‘g‘itlar zavodi va farmatsevtika fabrikasi mayjud. Kosta-Rikaga yiliga 1 mln. chet el sayyohi keladi. Asosiy eksport mahsulotlari: elektron va elektrotexnik jihozlar, to‘qimachilik, dori-darmon, banan, qahva, какао donalari hisoblanadi.



KUBA

Poytaxti: Gavana. Maydoni: 110,9 ming km2. Aholisi: 11,7 mln. kishi (2007), 11.2 mln. kishi (2016). Rasmiy tili: ispan tili. Aholisining diniy tarkibi: katoliklar - 40%, protestantlar - 2%, ateistlar - 37%. Davlat tuzumi: respublika. Pul birligi: Kuba pesosi. Kuba Respublikasi - Vest- Indiyadagi davlat, Shimoliy Amerikadan janubroqda joylashgan. O‘z tarkibiga Kuba oroli (katta Antil orollaridan yirigi) va 4195 kichik orollar va orolchalar, Karib dengizidagi Xuventud orollarini oladi. Davlat boshlig‘i - Davlat kengashining raisi. Aholining 51 % - mulatlar, 37% - oq tanlilar, 11 % - negrlar, 1 % - xitoyliklar tashkil etadi.

Tabiati. Hududning 2/3 qismini tekisliklar egallagan 1/3 baland bo‘lmagan tog`li massivlari g'arbning eng chekkasida Serra-delos-Organos, Serra-del-Rosario, markazda Serra-del Eskambray tog‘lari, janubi sharqda - Serra-Maestra, Serra-del-Kobre va Serra-del-Kristal tog‘lari joylashgan. Hamma yerlarda karst hodisasi tarqalgan. Chunki tagida ohakli qatlam joylashgan. Tog'larda ko‘plab sharsharalar bor. Mamlakat iqlimi tropik passatli. Qish quruq va quyoshli (noyabr-aprel) yomg‘irlar mavsumi may oyidan oktabrgacha bo‘ladi. O‘rmonlar hududi 21% qisqardi. Tropik o‘rmonlar tog` yonbag`irlarida a tekisliklarda o‘sadi; janubi sharqda, g‘arbda va Xuventud orolida qarag‘ay o‘nnonlari o‘sadi. Janubiy sharqiy qirg‘oqlarda kichik bargli butalar, kaktuslar, agavalar, g‘arbiy qirg‘oqni dengiz sohillarida mangr o`rmonlari o‘sadi.

Xo‘jaligi. 2004-yil YIM 68% - xizmat ko‘rsatish sektori berdi, 25% - sanoat, 7% - qishloq, o‘rmon xo‘jaliklari va baliqchilik tashkil etadi. Kuba iqtisodiyoti turizmga, nikel qazilmalariga va shakar sanoatlariga tayanadi. Mamlakatda nikel, temir, xrom, kobalt, mis ruda qazib olinadi. Sanoatning asosiy tarmoqlari kimyo, sement, farmatsevtika, yengil, konserva va boshqalar hisoblanadi. Aholi shakarqamish, sitrus, tamaki, qahva yetishtiradi, yirik shoxli mollami, parrandalami ko‘paytirish va bahqchilik bilan shug‘ullanadi. Asosiy eksport mahsulotlari: shakar, nikel rudasi, tamaki, sigaralar, baliq, krevetkalar, sitrus mevalar, qahva, ananas, rom hisoblanadi.




Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish