O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi «jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi»


Mavzu: MARKAZIY YEVROPA MAMLAKATLARI



Download 3,55 Mb.
bet108/172
Sana31.12.2021
Hajmi3,55 Mb.
#213208
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   172
Bog'liq
2 5317052362920036734

Mavzu: MARKAZIY YEVROPA MAMLAKATLARI

Reja:

1. Markaziy Yevropa mamlakatlarining geografik o’rni. Tabiiy sharoiti va resurslari.

2. Aholisi va mehnat resurslari.

3. Xo’jaligiga umumiy ta’rif: sanoati va qishloq xo’jaligi,

4. Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari.

Tayanch so`z va iboralar: geografik o`rin, davlatchilik, davlat boshqaruvi, aholi tarkibi, xo`jaligi, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport, iqtisodiy aloqlar.



AVSTRIYA

Maydoni: 83,9 ming km2. Aholisi: 8,3 mln. kishi (2007), 8,8 mln. kishi. Rasmiy tili: nemis tili. Aholisining diniy tarkibi: katoliklar - 78%, luteranlar - 22%. Davlat tuzumi: federativ Respublika. Pul birligi: yevro

Avstriya Respublikasi – Markaziy Yevropadagi davlat. Davlat boshlig‘i federal president, uni aholi 6 yil muddatga saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali parlament: milliy kengash (quyi palata) va federal kengash (yuqori palata) amalga oshiradi. Milliy kengashni aholi 4 yil muddatga saylaydi.

Federal kengash a’zolarini o`lkalar parlamentlari (landtaglar) o’z vakolatlari muddatiga (4-6 yilga) saylaydilar. Ijroiya hokimiyatni federal prezident va u tayinlaydigan federal kanstler boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Har bir o`lkaning o`z konstitustiyasi va qonun chiqaruvchi organi bor. O`lkalarning huquqlari cheklangan.

Avstriya - YI a’zosi, Aholining 90% - avstriyaliklar; bundan tashqari slovaklar, xorvatlar, vengerlar va boshqalar yashaydi. Aholisining o`rtacha zichligi — 1 km2 ga 90 kishi. Aholining 66% shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari; Vena, Grast, Zalsburg.

Xo’jaligi. Avstriya Yevropaning iqtisodiyoti yuqori rivojlangan davlatlaridan biri hisoblanadi. YIMning 67% xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keladi, 30% sanoat va qurilishga va faqat 3% qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Xizmat ko‘rsatish sohasi - Avstriya iqtisodiyotidagi yetakchi soha. Avstriyadagi muhim sohalardan biri - ITTKI (ilmiy- tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari) va ta’lim sohalaridir. TaTim uchun YIMning 5,6% sarflanadi. (Dunyo bo‘yicha baland ko‘rsatkichlaming biri). Avstriya sanoatining asosi mashinasozlikdir. Mazkur soha tarkibida transport vositalarini ishlab chiqarish, elektrotexnika va elektronika ustunlik qiladi. Avstriya mashinasozli ko‘plab mahsulot ishlab chiqarishga emas, balki donalab yetkazish, individual buyurtmachiga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Mamlakatda yengil avtomobillar, yuk mashinalari, avtobuslar, lokomotivlar, vagonlar, metallurgiya qurilmalari, bugTi va gidravlik turbinalar (kichik seriyalarda) ishlab chiqariladi. Avstriya dastgoh ishlab chiqarish bo‘yidia dunyoda 11-o‘rinda turadi. Avstriyada kimyo, yog‘ochga ishlov berish va mebel sanoati rivojlangan va chiqindi metalldan aluminiyni qayta ishlab chiqarish sanoati ham yoTga qo‘yilgan. Avstriyada temir, volfi-am, polimetall, mis va surma rudalari, shuningdek, eksport uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan magnezit va grafit qazib olinadi. Avstriya sanoatining 60% mahsuloti eksport qilinadi.

Qishloq xo'jaligi o‘zining yuqori darajada faolligi va iqtisodiy samaradorligi bilan ajralib turadi. Asosiy tarmog‘i - sut va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish. TogTi hududlarda chorvachilik yaxshi rivojlangan. Bug‘doy, arpa, suli, makkajo‘xori, qandlavlagi va kartoshka yetishtriladi. Dinay vodiysida va Alp tog`lari yonbag‘irlarida mevachilik yaxshi yo`lga qo'yilgan. Ba’zi tumanlarda - vino ishlab chiqarish rivojlangan.

Avstriya asosan tog`li o`lka bo`lishiga qaramay, uning 20% haydaladigan yerlar, 28,8% yaylov va pichanzorlardir. Qoramol, cho`chqa, qo`y, echki boqiladi. Asosiy ekinlari: g`alla—bug`doy, arpa; texnika ekinlari — qandlavlagi. Xashaki ekinlar, meva, uzum yetishtiriladi. Asosiy qishloq xo`jalik o`lkalari — Quyi Avstriya, Yuqori Avstriya, Burgenland va Shtiriya.

Transporti. T.yillarning uzunligi — 6,4 ming km. Magistral gaz quvurlari - 1,8 ming km. Avtomobil va havo transporti ham rivojlangan. Dunayda kemalar qatnaydi. Asosiy porti va muhim xalqaro aeroporti — Vena. Avstriyaning aloqa yo`llari boshqa tog`li mamlakatlamikiga nisbatan zichroq joylashgan. Mamlakatning asosiy transport vositasi bu – temiryo`l va avtomobil.



Tashqi savdosi. Avstriya mashinalar, asbob-uskuna, yog`och materiallar, grafit, azotli o`g`itlar, metall buyumlar, elektr energiya va xalq iste’mol mollarini chetga chiqaradi. Xom ashyo, yoqilg`i, oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan oladi. Markaziy Yevropa mamlakatlari orasida tashqi savdo muomalasining ko`p qismi Germaniyaga to`g`ri keladi. Xorijiy sayyohlik ko`pgina daromad keltiradi.

Eksport mahsulotlaming eng asosiylari: ichki yonish dvigatellari, yengil avtomobillar, qog‘oz, elektrotexnika mahsulotlari, dengiz kemalari, selluloza, kiyim-kechak, poyabzal, qora metall, aluminiy yombilari, azot o‘g‘itlari va magnezit tashkil qiladi.



Tibbiy xizmat. Avstriyada 77600 dan ziyod o`rinli kasalxonalar bor; barcha ixtisosliklardagi 28565 shifokor tibbiy yordam ko`rsatadi. Shifokorlarni Vena, Grast va Insbruk uiversitetlarining tibbiyot fakultetlari yetishtirib beradi. Xushmanzara Baden-bay-Vin, Bad-Ishl, Bad-Shallerbax, Badgashtaynda turli kurortlar joylashgan.

Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri-fiy muassasalari. Avstriyada 1966 yildan umumiy 9 yillik ta’limni joriy etish boshlangan. Avstriya maktablari va boshqa turdagi o`rta o`quv yurtlarida 1 mln. dan ortiq o`quvchi, oliy o`quv yurtlarida 205600 talaba o`qiydi, 14 ming o`qituvchi ishlaydi. Eng yirik oliy o`quv yurtlari: Vena, Grast, Zalstburg, Insbrukdagi un-tlar, Vena, Grastdagi texnika un-tlari. Avstriya Fanlar akademiyasi mav-jud. Kutubxonalari: Venadagi Milliy kutubxona, FA va Vena un-ti kutubxonalari; muzeylari: Tasviriy san’at akademiyasining bisoti, Avstriya galereyasi, Badiiy-tarix muzeyi, Betxoven, Gaydn, Mostart, Shubert muzeylari va h.k.




Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish