O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi «jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi»


Mavzu: BUYUK BRITANIYA VA SHIMOLIY IRLANDIYA QO`SHMA QIROLLIGI



Download 3,55 Mb.
bet104/172
Sana31.12.2021
Hajmi3,55 Mb.
#213208
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   172
Bog'liq
2 5317052362920036734

Mavzu: BUYUK BRITANIYA VA SHIMOLIY IRLANDIYA QO`SHMA QIROLLIGI.

Reja:

  1. Geografik o`rni, maydoni va chegaralari.

  2. Davlatchilikning shakllanish tarixi va boshqaruvi.

  3. Aholisi va uning tarkibi.

  4. Xo`jaligi: sanoat va qishloq xo`jaligi tyarmoqlari.

  5. Transport va tashqi iqtisodiy aloqalari.

Tayanch so`z va iboralar: geografik o`rin, davlatchilik, davlat boshqaruvi, aholi tarkibi, xo`jaligi, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport, iqtisodiy aloqlar.
Maydoni: 244,9 ming km2 Aholisi: 60,8 mln. kishi (2007), 65,6 mln.kishi (2016). Poytaxti: London shahri. Rasmiy tili: ingliz tili. Davlat tuzumi: parlament monarxiyasi. Pul birligi: funt sterling.

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo‘shma Qirolligi – Yevropaning shimoli g‘arbida joylashgan davlat. U Atlantika okeanining Britaniya orollarida joylashgan. Mamlakat Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyadan iborat. Davlat boshlig‘i - Buyuk Britaniya qirolichasi.

XV asr oxirida Tyudorlar sulolasi hukmronligida markazlashgan milliy ingliz davlatiga asos solindi. 1603-yilda Tyudor sulolasidan so‘ng taxt Shetland qiroli Yakov Styuartga o‘tdi. Shotlandiya va Angliya ittifoq sifatida birlashdi. 1707-yilda ittifoq to‘g‘risidagi hujjat qabul qilingach Qo’shma Qirollik tuzildi. Qo’shma Qirollikning asosi Angliya bo’lib qoldi. XVII-XVIII asrlarda Angliya Shimoliy Amerikaning ko’plab yerlarini mustamlakaga aylantirdi, shu jumladan, Vest-Indiya orollari, Osiyo davlatlaridagi ma’lum bir hududlar va Afrika sohil bo’ylarini bosib oldi. Britaniya dengiz hukmdoriga aylandi. XIX asrda Angliya dunyodagi eng yirik kolonial imperiya markaziga aylandi.

Ikkinchi jahon urushidan so’ng ko’plab Britaniya mustamlakalari siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritdi. Mustaqillikni qo’lga kiritgan yangi davlatlaming aksariytai Hamdo’stlik (1931-yilda asos solingan) tarkibida qolishdi, ayrimlari Britaniya Qirolichasini rasman davlat boshlig’i deb tan olishadi. 2005-yilgi kuzatuvlar natijasi bo’yicha Qo’shma Qirollik nazoratida umumiy aholisi 200.000 ga yaqin 14 ta o’lka bor.

Buyuk Britaniyada kapitalizm Yevropadagi boshqa mamlakatlarga nisbatan ertaroq rivojlandi. Shu tufayli u dengizga hukmronlik qilishga katta va boy mustamlakalarni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lgan. 2-jahon urushi arafasida Britaniya imperiyasining maydoni 34,6mln km2 (142 marta ko’p), aholisi esa 700 mln kishidan (12,5 marta ko’p) ortiq edi. 2-jahon urushidan keyin bu imperiya tez parchalandi. 1990 yillari Buyuk Britaniya nazorati ostida asosan orollardagi 12 ta mustamlaka va qaram hududlar bor edi. Masalan: Bermud, Kayman orollari, Gonkong, Avliy Yelena, Gibraltar, Angilya, Folklend orollari. Buyuk Britaniya Hamdo’stlik markazi, u hozirgi vaqtda 49 mustaqil davlat kiradigan siyosiy va iqtisodiy birlashmadir.

Ma`muriy-hududiy bo’linishi: 47 graflik, 6 metropoliten grafligi, Katta London, 12 oblast, 6 okrug, Men va Normand orollaridan iborat. Yirik shaharlari: London 13 mln, Birmingem 961000, Glazgo 716000, Lids, Liverpul, Edinburg, Manchester.

Buyuk Britaniyani urushdan keyin iqtisodiy mavqei va siyosiy nufuzi biroz bo’shashib qolgan bo’lishiga qaramay, u hamon jahonda kuchli iqtisodiy, moliyaviy va harbiy-siyosiy mavqeini saqlab kelmoqda. Buyuk Britaniya NATOning faol a’zosi. 1973 yildan buyon EIHga a’zo.

Aholisi. XX asrning 2-yarmiga qadar aholining okean ortiga ommaviy ravishda ko’chib ketishiga qaramay mamlakat aholisi tez o’sdi. Lekin keyingi paytlarda aholi tabiiy o’sishining sezilarli pasayishi natijada ingliz millatining “qarishi” sezilmoqda. Buyuk Britaniyada tug’ilish koeffisenti 12%0, o’lim 9%0. 1 ayolga 1,6 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar salmog’i 19%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 16%. O’rtacha umr 75-80 yosh.YAMD 40550 dollar (2016 y).

Buyuk Britaniya aholisining 80% inglizlar, 10% shotlandlar, 4% ga yaqini esa irlandlardan iborat, 1% dan ko’proq valliylar va 5% gachasi Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Nigeriya, Gana va boshqa Afrika mamlakatlaridan kelgan muhojirlardan tashkil topgan. Aholisining diniy tarkibi: anglikanlar - 63% dan ko‘proq, katoliklar - 14%, presviterianlar - 4%, musulmonlar- 3%.

Buyuk Britaniya urbanizasiya darajasining juda yuqoriligi bilan ajralib turadi, aholisining 83% shaharlarda yashaydi. Masalan: London aglomerasiyasida 13mln kishi yashaydi, zichligi 1km2ga 750 kishi. Mamlakatda 1 km2 246 kishi. Aholisining 80% inglizlar, qolganini shotlandlar, uelsliklar (valliylar), irlandlar tashkil etadi.

Davlat tuzumi-konstitusion monarxiya. Asosiy siyosiy partiyalari: 1. Buyuk Britaniya Konservatorlar partiyasi (1867y.). 2. Buyuk Britaniya Leyboristlar partiyasi (1900y.). 3. Buyuk Britaniya sosial demokratik partiyasi (1981y.). 4. Buyuk Britaniya kommunistik partiyasi (1920y.).

Xo`jaligi. Buyuk Britaniya dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari qatorida turadi. YIM 75% mamlakatning xizmat ko‘rsatish sohasiga, 24% sanoat va qurilishga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, moliya, sug‘urta va telekommunikatsiya tarmoqlari jadal rivojlanmoqda. London dunyodagi ilg‘or moliyalashtirish markazlaridan biri hisoblanadi. ITTKI ga YIMning 2% sarflanadi. Angliyada dunyoning eng qadimgi universitetlari Oksford, Kembrij joylashgan. Buyuk Britaniyada turizm rivojlangan. Buyuk Britaniya iqtisodi rivojlangan mamlakat bo`lib jahondagi rivojlangan 8 ta davlat qatoriga kiradi. O‘z hududidagi shaxtalaming yopilishi va ko‘mir qazib olishning qisqarishi bilan bir vaqtda Shimoliy dengizdan neft va gaz qazib olinishi ko‘paytirilmoqda. Yiliga 10 mln. t neft va 100 mlrd. m3 tabiiy gaz qazib olinadi, bu ichki iste’molni qoplaydi, qolgani eksport qilinadi. Buyuk Britaniya neft qazib olishda Shimoliy Dengiz hisobiga Yevropada 2-o’rinda turadi (yiliga 115 mln t.) 1-o’rinda Norvegiya. Energiya balansida GESlarning roli past asosan IESlar energiya beradi. Keyingi paytlarda AESlarning salmog’i ortib bormoqda. Elektr energiya jahonda 9-o’rinda (2,5% 370 mln.kVt.soat). IES elektr quwatining 73% ni, AES 24% ni ishlab chiqaradi. Sanoatda mashinasozlik yetakchilik qiladi. Dunyoning 8,5% yuqori texnologik mahsuloti Buyuk Britaniyada ishlab chiqariladi. Mamlakatda elektron sanoat, zamonaviy ofis jihozlarini ishlab chiqarish, murakkab dastgohlar, asbob-uskunalar, aviatsiya va raketasozlik texnikalarini ishlab chiqarish jadal rivojlanib bormoqda. Avtomobil, elektrotexnika sanoatlari, xomashyo ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoati bo‘yicha dunyodagi davlatlar orasida yetakchilik qiladi. Jadal rivojlangan kimyo sanoati yuqori texnologik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashib bormoqda. Buyuk Britaniya biotexnologiyalami rivojlantirish bo‘yicha dunyoda AQShdan so‘ng 2-o‘rinda turadi. Buyuk Britaniya XX asr o‘rtalaridan qora metall ishlab chiqarish darajasini keskin pasaytirdi. Rangli metallurgiya mamlakatning to‘la ehtiyojini (aluminiy, qo‘rg‘oshin, qalay, mis va rux) qondiradi. To‘qimachilik sanoati tanazzulga uchradi.

Qishloq xo’jaligi. Buyuk Britaniya tabiiy sharoiti dehqonchilikdan ko’ra chorvachilik uchun qulay. Mamlakat hududining 47% yaylovlar, ekin maydonining 2/3 qismi yem-xashak va ildiz mevali o’simliklar bilan band. Tabiiy o’tloqlarga o’g’it solinib turiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2/3 qismini ta’minlovchi chorvachilikning asosiy tarmoqlari: yirik shoxli mol boqish, cho‘chqachilik, parrandachilik va Angliya uchun an’anaviy bo`lgan qo‘ychilik. Bundan tashqari turli uy hayvonlari va parrandalarini ko‘paytirishga ahamiyat beriladi. Boshoqli o‘simliklar ko‘p ekiladi. Yeming 1/3 qismi shunga ajratilgan. Buyuk Britaniyada baliqchilik rivojlangan. Asosiy donli ekinlari: bug’doy, arpa, suli. Asosiy texnik ekinlari: qand lavlagi. Yalpi don hosili 25mln t., qoramol tuyog’i-12,5mln, qoylar-37mln, cho’chqalar-8mln, parrandalar-131mln.

Mamlakat ichkarisidagi yuk oborotining katta qismi avtomobil transportiga to’g’ri keladi. Avtotransport raqobati natijasida juda zich temir yo’llarning bir qismi olib tashlanmoqda. Temir yo’llarning umumiy uzunligi 16,8 ming km (elektrlashtirilgani 3,7 ming km) bo’lib, katta avtoyo’llarning uzunligi 347 ming km. Buyuk Britaniya qudratli dengiz savdo va passajir flotiga ega. Havo transporti yaxshi rivojlangan. Buyuk Britaniya hududi iqtisodiy geografik jihatidan 5 qismga ajratiladi:

1. Janubiy qism-London atrofi. 2. Janubi-Sharq (Yashil Angliya). 3. Markaziy qism.

4. Shotlandiya. 5. Olster (Shimoliy Irlandiya).

Asosiy eksport mahsulotlari: kimyoviy moddalar, mashinasozlik, neft, oziq-ovqat mahsulotlari. Importi: paxta, oltingugurt, temir rudasi.


Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish