Mavzu: GLOBAL MUAMMOLAR
Reja:
Tinchlik va qurolsizlanish
Energetika va xom-ashyo muammolari.
Oziq-ovqat muammosi.
Dunyo okeanidan foydalanish muammosi.
Kosmosdan tinch maqsadda foydalanish.
Tayanch so`z va iboralar: Insoniyatning global (dunyoviy, sayyoraviy, umumjahon, xalqaro) muammolari.
Tinchlik va qurolsizlanish. Taxminan 14,5 ming marta urush bo’lgan 3,5 mlrd. odam o’lgan. 1980 yili qurollanishga 1 trln. AQSH dollari sarflagan. Ekologik “chiqindini kosmosga” uglerod oksidi sulfat gazi (Tursunzodada ftor gazi, mol tishi, anor guli) SO2ni atmosferada ko’payib borishi havo haroratini 3-40ga ko’taradi. +20C isisa muz erib yarim metr suv bosadi, iqlim o’zgaradi. Atmosferasi uglerod oksidi bilan eng ko’p ifloslangan davlatlar: Yaponiya (2,9 ming t. 1 km2 hududga), Germaniya (2,5), Buyuk Britaniya (2,4), Fransiya (0,7), AQSH (0,5), Rossiya (0,1), Xitoy (0,3).
Energetika va xom-ashyo muammolari. Mazkur muammo kelib chiqishini 1-sababi jahon xo’jaligini energetika va xom-ashyoga nisbatan “ishtahasini” juda oshib borayotganligidir. Masalan: XX asrda qazib olingan butun ko’mirning 40%, temirning 55%, neft va tabiiy gazning, boksitning 80%i so’ngi 20 yillikka to’g’ri keladi. 2-sababi tekshirilgan zaxiralarning cheklanganligi. 3-sababi dunyodagi ayrim regionlar va mamlakatlarning tabiiy resurslar bilan bir xil ta’minlanmaganligi. Masalan: Fors ko’rfazi bo’yi mamlakatlarida jahonda aniqlanilgan neft zaxirasining 2/3qismi mavjud. Masalan: Saudiya Arabistonida YAIM 95% neftdan keladi.
Oziq-ovqat muammosi. Tibbiyot xodimlarining hisobiga ko’ra, inson iste’mol qiladigan taomning kaloriyalik medisina normasi sutkasiga 2300-2600kkal va 70-700g oqsildan kam bo’lmasligi kerak. Lekin BMT ma’lumotiga ko’ra, dunyo aholisining 1/3 qismi (rivojlangan mamlakatlar)gina shunday oziq bilan ta’minlangan xolos. Oziq-ovqat bilan ta’minlanganlik darajasi bo’yicha aholi jon boshiga hisoblanganda Italiya 1-o’rinda. Afrikada esa Liviya.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat muammosi ancha murakkab. Dunyoda yetishtiriladigan g’alla hosilining 1/3 qismi, go’sht, sut, tuxumning 15-20% ana shu mamlakatlarga to’g’ri keladi. Masalan: Indoneziya, Pokistonda aholi jon boshiga go’sht iste’mol qilish 4kg (yiliga). Hindistonda 1,5-2 kgni tashkil etgani holda, AQSH, Fransiya, Avstraliyada bu ko’rsatkich 100 kg dan ortiq. Oziq-ovqat muammosini hal qilish uchun 2 xil usuldan foydalanish mumkin: 1.Ekstensiv yo’l. 2.Intensiv yo’l.
XX asr mobaynida sug’oriladigan yerlar maydoni 4 mln.gektardan 350 mln. gektarga ko’paymoqda. Obikor dehqonchilik jahonning 135 mamlakatida tarqalgan
bo’lib, uning yarmidan ortig’i Osiyoga to’g’ri keladi.
Dunyo okeanidan foydalanish muammosi. Dunyo okeanining har tomonlama tadqiq etilishi va o’zlashtirilishi “Dunyo okeani muammosi”ni keltirib chiqardi. Energetika va xom-ashyo muammosini bartaraf etish uchun okean biologik resurslaridan foydalanish.Hozircha dunyo okeani insoniyatning oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini 2%ini ta’minlasada, okeandan hayvon oqsilining 12-15%i olinmoqda. XMGT tufayli jahonda xalqaro savdoni tezkorlik bilan o’sishi Dunyo okeanida yuk tashish ishlari hajmini tobora oshirmoqda.
Kosmosdan tinch maqsadda foydalanish. Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish eng katta umumbashariy muammo hisoblanadi. Hozirda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida aholisining 40% qashshoq yashaydi. 70dan ortiq davlat oziq-ovqat mahsulotini chetdan keltiradi.Qashshoqlik, ochlik sababli turli kasalliklar va bolalar o’limi yuqori. “XX asr o’lati” (SPID) tropik Afrikaning qashshoq mamlakatlarida keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |