JAR - xo’jaligi yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. JAR Afrikada iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan davlat. Unda sanoati rivoj topgan mamlakatlarga xos ko’rsatkichlar uchraydi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi jihatidan JAR dunyodagi 20 ta yetakchi industrial mamlakat qatoriga kiradi. Butun Afrika hududining 5% ni va aholisining 9% ni egallovchi JAR ulushiga qit’a yalpi ichki mahsulotining 27%, sanoat mahsulotining 40%, qishloq xo’jalik mahsulotining 30% to’g’ri keladi.Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari — ishlab chiqaruvchi sanoat (yalpi ichki mahsulotning 22,6%), konchilik sanoati (13%), moliya (15,21%), savdo va sayyohlik industriyasi (11,52%), transport va aloqa (9,11%), qishloq xo’jaligi (5%) va baliqchilik (4,7%). Xizmat ko’rsatish sohasi, neft va gaz qazib olish hamda qayta ishlashni istiqbolli sohalar qatoriga qo’shish mumkin.Tog’-kon sanoati – oltin (Oranj provintsiyasi, Vitvatersland), uran (oltin qazib olinuvchi rayonlar), olmos (Kimberli, Postmasburg), toshko’mir (Pretoriya - Yoxannesburg), marganets (Shimoliy Keplend proaintsiyasi), xrom (Bushveld). Yiliga o’rtacha 170 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.Elektr energiyaning 80% IESga (Sasolburg, Sekunda), qolganlari AES (Koberg) va GES (Oranj daryosida) larga to’g’ri keladi. Qora metallurgiya (Pretoriya, Nyukasl), mashinasozlik (Keyptaun, Durban, Port-Elizabet), kimyo (Keyptaun, Durban), yengil va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Tog’-kon sanoati – oltin (Oranj provintsiyasi, Vitvatersland), uran (oltin qazib olinuvchi rayonlar), olmos (Kimberli, Postmasburg), toshko’mir (Pretoriya - Yoxannesburg), marganes (Shimoliy Keplend proaintsiyasi), xrom (Bushvelьd) ham rivojlangan.
JAR oltin (yiliga o’rtacha 530 tonnadan ko’proq), platina metallari guruhi (100 tonnaga yaqin), vanadiy, xrom va marganets rudalari, surma, olmos qazib olishda dunyoda oldingi o’rinlarda, ko’mir qazib chiqarishda 5-o’rin, uran qazib chiqarishda 7-o’rinda turadi. Temir rudasi, mis, asbest va boshqa tabiiy boyliklar ham qazib olinadi. Qora metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, neftni qayta ishlash, sement, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati yaxshi rivojlangan.
Qishloq xo’jaligi mahsulotining deyarli hammasi oq tanlilarga qarashli fermer xo’jaliklari hissasiga to’g’ri keladi. Asosiy ekinlari: makkajo’xori (8 mln. tonna), shakarqamish (21 mln. tonna), bug’doy (2 mln. tonna), yeryong’oq (100 ming tonna), kungaboqar (600 ming tonna), paxta, tamaki, kartoshka, tsitrus va boshqa mevalar yetishtiriladi. Mamlakat hududining taxminan, 80% (98 mln. gektar)dan ko’proq yeri qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun foydalaniladi. Qariyb 1,4 mln. gektar yer sug’oriladi. Ekinlarni sug’orish uchun Vaal, Ulifants, Krokodayl, GreytFish va boshqa daryolardan suv oladi. Chorvachilikda qo’ychilik (30 mln. bosh), yirik shoxli qoramolchilik (12 mln. bosh), cho’chqachilik (1,5 mln. bosh), baliqchilik (0,5 mln.tonna) rivojlangan. Qo’y juni yetishtirishda mamlakat faqat Avstraliya, Yangi Zelandiya, Argentinadan keyingi o’rinda
turadi. Sut chorvachiligi asosan yirik shaharlar atrofida rivojlangan. Transvaal va Natalda o’rmonchilik rivojlangan (16,5 mln. m³).
Do'stlaringiz bilan baham: |