JARning aholisi, madaniyati, iqtisodiyot tarmoqlari (sanoati, qishloq xo’jaligi va transporti). Aholisi. Aholisi 54 mln. kishi. O’rtacha zichlik- 1 kv. km. ga 44 kishi to’g’ri keladi. Aholining 3/4 qismi afrikalik bantu xalqlari (shu jumladan, 38,5% zulular, 27,5% sotolar, 11,6% kosalar, 6,6% shangaantsonga va tsvanalar). Yevropaliklar 5,1 mln. (shundan golland, frantsuz, nemis kelgindilarining avlodlari bo’lmish afrikaner-burlartaxminan 57,5%), hindilar 1 mln.ga yaqin, qora tanlilar 3,4 mln. Rasmiy tillari - afrikaans (bur), ingliz, isindebele, sesoto sa leboa, sesoto, savati, xitsonga, setsvana, tshivenda, isikosa va isi, zulu tillari. Dinlari: xristianlik (aholining 77%), an’anaviy dinlar (18%), hindulik, musulmonlik, yahudiylik (3,2%) va boshqalar. 65% aholi afrikans tilida so’zlashadi.15% ingliz, 10% bantu tillarida (zulu, kosa, svati) muloqat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |