43
2.4. Amaliy ishlar paytida mehnat xavfsizligi qoydalari.
Mehnat ta`lim jarayonida o`quvchilar harakat qilish ko`nikmalari va
o`quvlarini o`zlashtirishadi; ularda yangi shartli reflektor aloqalari paydo bo`ladi.
Jismoniy mehnat ta`siri ostida harakatlar koordinatsiyasi takomillashadi, suyak
sistemasi mustahakamlanadi, muskullar sistemasi rivojlanadi, nafas olish va yurak
– qon tomir sistemalarining ishlashi yaxshilanadi, moddalar almashuvi ko`chayadi.
Slesarlik ustaxonasida havo xarorati 16-18
0
S durodgarlik ustaxanosida 15-17
0
S
bo`lishi kerak.
O`quv ustaxanolari muntazam ravishda shamallatib turishi lozim, chunki
ba`zi mehnat jarayonlari (metallarni payvandlash, ularga termik ishlov berish, elim
tayyorlash, buyumlarni bo`yash va hokazo) bajarilayotganda zararli gazlar ajralib
chiqadi. Katta – kichikligiga qarab ustaxonalar tabiy shamollatishi (agar har qaysi
o`quvchiga 40 m
3
den ko`p maydon to`g`ri kelsa) va un`iy ravshda shamollatilishi
(agar bir o`quvchiga 40 m
3
dan kam maydon to`g`ri kelsa) mumkin.
Ish o`rnining normal yoritilishi ishda katta ahamiyatga ega yaxshisi, tabiy
yorug`likdan foydalanishga to`g`ri keladi. Bunda gigenist vrachlar ishlab chiqqan
normativlarga amal qilinadi ish o`rnining yoritilganligi 100-200 moks atrofida
bo`lishi kerak. Ammo yorug`lik normal bo`lganda ham o`quvchilarga individual
tarzda yondashish lozim; vrach konsul`tatsiyasiga muvofiq o`qituvchi ko`zi yaxshi
ko`rmaydigan o`quvchilarni yaxshi yoritilgan joyga qo`yishi zarur.
O`qo`vchilarning
mehnat
qobiliyatiga
ustaxonalarida
ishlaganda
chiqadigan shovqin ta`sir qiladi. Tadqiqot natijalarining ko`rsatilishiga, ba`zi
44
operatsiyalar ( metallarni plita ustida kesish, taxtalarni disk arrada tili sh va
hokazo) bajarilayotganda ruxsat etilganidan kuchliroq shovqin chiqadi. Shuning
uchun barcha ortiqcha shovqinni, xususan, zagatovkani notug`ri mahkamlash yoki
mehnat operatsiyalarini notug`ri bajarish bilan bog`liq bo`lgan shovqinni bartaraf
etish kerak.
O`quvchilarning mehnat qobiliyatiga ta`sir qiluvchi tashqi muxit omillari
haqida gapirganda maktab ustaxonalarining ong jihatidan bezatilishini unitmaslik
lozim. Elektr zanjirini montaj qilish uchun ishlatiladigan simlar izolyatsiya bilan
qoplanadi. Izolyatsiyalangan simlar ham tok o`tkazuvchi tomi r va izolyatsiya
qөbig`idan iboratligi ko`rsatiladi. Nima maqsadda montaj simlari izolyatsiya bilan
qoplanadi ? deb qo`yilgan savol o`quvchilar uchun murakkab emas, lekin u
o`quvchilarning e`tirofini aktivlashtiradi.
O`quvchilarni simlarning bir tamirli va ko`p tamirli, izolyatsiyalangan va
izolyatsiyalanmagan turlari bilan tanishtirish zarur. O`tkazgichlarning turli
shartlarida ishlatilishi haqida aytib o`tiladi. Yaqqollik o`chun alohida
o`tkazgichlardan emas, balki elektroradiotexnikada qo`llaniladigan simlarning
asosiy turlari o`rnatilgan maxsus stenddan foydalanilgan ma`qul. Shuningdek,
elektrotexnika
ishlarini
bajarishga
doir
mashg`ulotlarda
qo`llaniladigan
o`tkazgichlar haqidagi asosiy ma`lumotlarga ega bo`lgan jadval tuzish maqsadga
muvofiq bo`ladi.
45
Ulash shunurlarining asosiy ma`lumotlari
Shnur
markasi
Nomi
Qo`llanish sohasi
ShBVG
Plastmassa
(polivinilxlorid)
izolyatsiyali
parallel
simli
egiluvchan shnur
Stolga, devorga va polga
o`rnatiladigan lampalarda
ventilyator, choynak va
boshqa priborlarda
ShBVVP
Plastmassa
qobiqli
plastmassa
izolyatsiyali, yassi parallel simli
egiluvchan shnur
Shuning o`zi
ShBRO
Kalava ip o`rab qoplangan, rezina
izolyatsiyali,
simlari
eshilgan
egiluvchan shnur
Shuning o`zi
Kvartira elektr liniyasini o`tkazish o`chun avval tegishli talablarga javob
beradigan simlarni tanlash, ulardan ba`zilari tug`risida o`quvchilar bilan gaplashib
olish krak. Masalan, xavsiz ishlatish o`chun pishiqligi, yong`in chiqishi jihatidan
xavfsizligi, katta nagruzkaga bardosh bera olishi, iloyatsiyasining chidamliligi,
estetikligi va boshqalar to`g`risida gapriladi.
Tanlangan simlar qo`yilgan talablarga javob berish uchun ularning asosiy
xarakteristikalarini bilish kerak. Agar simning markasi ma`lum bo`lsa, o`nga
xarakteristika berish mumkin. Simlar, odatda, harflar va raqamlar bilan
46
markalanadi. Harflar bilan sim va izolyatsiya materiali tomirlar soni belgilanadi;
Sh-shnur, B-ro`zg`orbop, P-yassi, V – plastmassa izolyatsiyali, R-rezina
izolyatsiyali, G-egiluvchan (gibkiy), O-to`qilgan o`rama, A-alyuminiy simli.
Raqamlar esa sim uchun mo`ljallangan ko`chlanishni ko`rsatadi. Masalan,
APR – 500 markasi simning alyuminiy tomiri, rezina izolyatsiyali 500 V gacha
ko`chlanishga mo`ljallanganligini bildiradi.
Har bir konkret holda simlarning xarakteristikasini bilish o`chun
elektromontyor spravochnigidan foydalaniladi. Undan qanday foydalanish
kerakligini o`quvchilarga ko`rsatish zarur.
Simlar haqida ma`lumotlarga ega bo`lgach, o`quvchilar ularni ulashga
kirishishlari mumkin, biroq bunda avvol o`quvchilarni elektr montaj asboblari
bilan tanishtirib chiqish kerak. Montaj asboblari bilan tanishtirishni o`qituvchi
suhbat yo`li bilan amalga oshiradi. O`qituvchi asboblar naboridan o`tkir jag`li
ombirni olib, o`quvchilarga uni o`z naborlaridan topishlarini so`raydi. Ularning
e`tiborini omburning kesuvchi qurallari o`tkirlanganiga jalb qiladi. Bu asbob
simlarni qirqish (kesib olish) va ulardan izolyatsiyani ajratib olish uchun xizmat
qilishni aytadi. Omburdan foydalanish usullarini ko`rsatib beradi. Xudi shu tarzda
o`quvchilarni yassi jag`li ombir, dumolaq jag`li ombir, passtajlar qisqichlar va
montaj qilishda zarur bo`ladigan boshqa asboblar bilan tanishtiradi.
O`qituvchi suhbat davomida o`quvchilar diqqatini hamma asboblarning
dastasiga izolyatsiya qoplaganligiga qaratadi. So`ngra «nima sababdan elektr
47
montaj asboblarining dastasiga rezina yoki plastmassa nayga kiygiziladi?» degan
savolni beradi.
Nihoyat, simlarni montaj qilishga tayyorlash ishlari boshlanadi.Ko`pgina
tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlanganki, xona va jihozlarni pardozlashda
to`g`ri rang tanlash yo`li bilan yaxshi kayfiyat uchun sharoit yaratish mumkin ekan
yaxshi jihozlangan va dad bilan bezatilgan ustaxonada ishlash o`smirlarda mehnat
madaniyatini tarbiyalash va ularni estetik jihatdan tarbiyalashga qulay sharoitlar
yaratiladi.
O`quvchilarning ustaxonalardagi mehnat xavfsizligi qoydalarni amal
qilishda quydagilarni xisobatga olib borish zarur.
- Ushbu qoidalarga muvofiq, mehnat ta`limi o`qituvchilari va to`g`arak
rahbarlari
- Mashg`ulotlarni sog`lom va xavfsiz sharoitda o`tkazishga qaratilgan
barcha
zarur chora – tadbirlarni ko`rishga;
- Mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir amaldagi
qoida hamda instruktsiyalarning bajarilishini ta`minlashga;
- Tegishli uskunalar va mehnat xavfsizligiga doir qoida hamda
normalarda ko`zda tutilgan boshqa shart – sharoitlar mavjud bo`lganda
amaliy ishlar o`tkazishga;
- Ish o`rinlari, uskunalar, priborlar, asboblarning xavfsiz ahvolda
bo`lishini va xonalarning ahvoli sanitariya talablariga javob beradigan
48
darajada bo`lishini ta`minlashga;
- O`quvchilarga mehnat xavfsizligidan instruktaj berishga va bu haqda
jurnalga rasmiylashtirib yozib qo`yishga;
- Instruktaj o`tkazganligi to`g`risida quydagi formada yozib borishga;
Ta
rt
ib n
o
m
eri
Ins
trukt
a
j
o
lg
a
n
sha
x
sni
n
g
fa
m
il
iy
a
si
,
is
m
i
o
ta
si
ni
n
g
is
m
i
Si
nf
Sa
n
a
Ins
tr
ukt
a
jn
ing
m
a
zm
uni
Ins
trukt
a
j
o
`tk
a
zg
a
n
sha
x
sni
n
g
F
.I.
sh
Ins
trukt
a
j
o
`tk
a
zg
a
n
sha
x
sni
n
g
i
m
zo
si
Es
la
tm
a
Xavfsiz mehnat sharoitlarini ta`minlashga qaratilgan chora – tadbirlar
ishlab chiqishga;
- Hayot o`chun xavf bo`lgan ish yoki mashg`ulotlarni to`xtatib qo`yib, bu
haqda
maktab direktoriga aytishga;
- Ruy bergan har bir baxtsiz hodisa to`g`risida darhol maktab direktorini
xabardor qilishga;
- O`z vazifalarini bajarmasliklari oqibatida sadir bo`lgan baxtsiz
hodisalar uchun javob berishga majburlar.
49
Bir soatlik dars konspektasi
Mavzu:
O`zgarmas tok elektr zanjirlari. Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari
Dars maqsadi:
Wquv kursi bwyicha umumiy tushuncha berish. Talabalarda
elektrotexnika fanining rivojlanish tarixi, wzgarmas tok elektr zanjirlari, elektr
zanjirlarining asosiy qonunlari, elektr tokining ishi va quvvatiga oid bilimlarni
shakllantirish. Talabalarda mustaqil fikrlashni shakllantirish
Dars turi: aralash
Ta`lim berish usullari: Ma`ruza, kwrgazmali, suhbat, “B-B-B”,
“Tushunchalar tahlili” ta`lim texnologiyalari
Ta`lim berish shakllari: Ommaviy, jamoaviy
Ta`lim berish vositalari: Komp`yuter, proektor, slaydlar
Monitoring va baholash: Og`zaki
nazorat, savol-javobli swrov
Darsning borishi:
Yangi mavzuni tushuntirish rejasi:
1.
Elektrotexnika fanining rivojlanish tarixi
2.
O’zgarmas tok elektr zanjirlari
3.
Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari
4.
O’tkazgich qarshiligini hisoblash
5.
Elektr tokining ishi va quvvati
Elektrotexnika-elektr zanjirlarida va elektromagnit maydonlarida elektr va
magnit energiyalarining hosil bwlish va wzgarish qonuniyatlarini wrganadigan fan
va texnika sohasidir.
Elektrotexnika fanining rivojlanish tarixi
Elektrotexnika tarixi wz ildizlari bilan qadim zamonlarga kirib ketgan. U
musbat va manfiy zaryadlangan elektr zarrachalar va ohangrabo temirlar
(magnitlar) xususiyatlarini wrganishdan boshlangan. Ammo shunga qaramay, XIX
asrning boshlariga qadar, 300-400 yil mobaynida, hech kim elektr va magnit
hodisalarini bir-biri bilan chambarchas bog`langanligini aytib berolmagan. Aynan
50
elektr va magnit hodisalari yagona tabiatli elektromagnit maydonining ikki turli,
ikki tomonli xususiyati ekanligi isbotlanganidan keyin elektrotexnika qudratli
texnika sohasiga ay Birinchi izlanishlar - elektr va magnit hodisalarini
wrganishdagi dastlabki yutuqlar sababchilari sifatida ingliz fizigi U.Gil`bert (1544-
1603 y.,), rus olimlari M.V. Lomonosov (1711-1765 y.) va F. Enipus (1724-1802
y.), frantsuz fizigi Sh.Kulon (1736-1806 y.) va boshqalarni kwrsatish wrinlidir.
Ular tufayli insoniyat hayoti bilan chambarchas bog`langan tabiatning vujudi twla-
twkis elektromagnit hodisalardan iboratligi isbotlandi. Qolaversa, bu olimlar
ochgan qonun-qoidalar hozirgi zamonaviy fundamental fanlarga ham asos bwldi.
1735 yilda Sh.Kulon har qanday ikkita q
1
va q
2
elektrlangan zarrachalar
(zaryadlar) wrtasida elektr maydon kuchlari hosil bwlishini isbotlab, ular
wrtasidagi wzaro tortishish (yoki itarilish) kuchi shu zaryadlarning massalariga
twg`ri proportsional va ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari
proportsionalligini kwrsatib berdi. Undan tashqari Kulon elektr zaryadlarini tok
wtkazgichlarining faqat sirtidagina joylashishini aytib berdi. Magnit momenti va
zaryadlarning qutblanishi twg`risidagi ma`lumotlarni ham ushbu olim qoldirgan.
1820 yilda Daniyalik fizik X.Ersted (1777-1851 y.) harakatdagi zaryad (yoki
elektr toki) wz atrofida magnit maydoni hosil qilishini isbotladi: bu hodisa elektr
va magnit maydonlarining wzaro bog`langan holatda vujudga kelishini tajribada
tasdiqladi.
Xuddi wsha 1820 yilda frantsuz olimi A.Amper (1775-1836 y.) dumaloq
g`altak (solenoid) atrofida, wzgarmas tok wtishi natijasida, hosil bwlgan magnit
maydoni tabiiy temir magnitlarining maydonidan farq qilmasligini kwrsatdi.
Demak wzgarmas magnitlar maydoni ham ular tarkibidagi molekulyar toklar
oqimi natijasida vujudga keladi deb xulosa qildi olim. Shunisi qiziqarliki, er
magnetizmi twg`risidagi zamonaviy nazariyalar ham er atrofidagi magnit
maydonini er yuzidagi toklar bilan bog`laydi.
Keyingi wta muhim kashfiyot - 1831 yilda topilgan elektromagnit induktsiya
hodisasi, ya`ni magnit maydonida harakat qilayotgan wtkazgich sim chekkalarida
elektr yurituvchi kuch hosil bwlishi hisoblanadi. Bu fizikaviy fundamental qonunni
51
yaratgan ingliz olimi M.Faradey (1791-1867 y.) yana bir bor magnit va elektr
hodisalari bir-biridan ajralgan holatda mavjud bwla olmasligini isbotladi.
1833 yilda rus olimi E.X.Lents (1804-1865 y.) elektr toki hosil qilgan
magnit maydoni kompas milini harakatlantirishi va magnit maydonida harakatda
bwlgan wtkazgichda e.yu.k. hosil bwlishi qonuniyatlariga yagona elektromagnit va
wzaro teskari jarayonlar deb baho berdi. Ammo shu bilan birga bu izlanishlar
X.Ersted va M.Faradey yaratgan qonunlarning bir-biriga bog`liqligini namoyish
etgan.
Elektr manbalari yaratishda va ular energiyasining iste`mol qilinishi, boshqa
turli energiyalarga aylanishi nazariyasini ishlab chiqishda yana bir guruh olimlar
faol ijod qilganlar. Bular ichida: ital`yan fizigi A.Vol`ta (1745-1824 y.) wzining
kashfiyoti bilan dunyoda birinchi elektr kimyoviy generator yaratgan (1799 y.); rus
akademigi V.V. Petrov (1761- 1834 y.) tarixda birinchi bwlib (1822 y.) elektr yoy
kashf etgan; nemis fizigi G.S. Om (1787-1854 y.) elektr tokining kuchini zanjir
qarshiligi bilan bog`lagan (Om konuni - 1826 y.); nemis olimi G.R. Kirxgof
(1824-1887 y.) wz vatandoshi G.S. Omning gal`vanik elektr zanjirlariga
bag`ishlagan nazariyasini muvaffaqiyat bilan davom ettirib, 1847 yilda wzining
mashhur “I va II Kirxgof qonunlari” ni yaratdi. Natijada XIX asrning ikkinchi
yarmidan boshlab elektrotexnika ham nazariy, ham amaliy jihatdan juda rivojlanib
ketdi. Evropaning deyarli xamma yirik davlatlarida (Frantsiya, Angliya,
Germaniya, Rossiya, Italiya va x.k.) sanoat energetikasi oyoqqa tura boshladi:
elektr mashinalar, transformatorlar, elektr uzatuvchi liniyalar va boshqa energetika
texnikasi yaratilishi avj oldi. Shu bilan bir qatorda elektr aloqa texnikasi (telegraf,
telefon va x.k.) va avtomatika elementlari paydo bwla boshladi.
Elektrotexnika nazariyasi esa yildan-yilga boyib bordi va nihoyat buyuk
ingliz olimi J.K. Maksvell (1831-1879 y.) bu fanning twla-twkis g`alaba
qozonishiga asosiy sababchi bwldi. M.Faradey asoslagan elektromagnetizmga
tegishli porloq g`oyalar J.Maksvell ijrosida yangi kuchli sifatlarga ega bwldi.
Natijada tabiatning boshqa sohalariga ham elektromagnit qiyofa berildi; shu
jumladan yorug`lik tarqalishi qonuniyatlariga ham elektromagnit sayqal berildi.
52
Xullas, kwp yillar mobaynida har xil ilmiy ywnalishlarda twplanib qolgan talay
muammolar Maksvell nazariyalari yordamida echila boshladi. Fizika tarixida
birinchi marta ”Elektromagnit maydoni fazoning shunday bir qismiki, u wzini va
wz ichiga olgan moddalarni (narsalarni) elektrlangan yoki magnitlangan holatda
ushlab turadi“ - deb xulosaga kelindi. J.Maksvellning mashxur bwlgan twrtta
differentsial tenglamasi elektrodinamika fanining yanada rivojlanishiga asos bwldi.
Chuqur tushunchalar berib twxtalmaganda, bu tenglamalar tegishlicha: Gauss
teoremasi, elektromagnit induktsiya hodisasi, magnit kuch chiziqlari uzluksizligi
va twla tok qonunlarini differentsial kwrinishda aks ettiradi.
J.Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasi XIX asrning oxiri va XX
asrning boshlarida buyuk olimlar Genrix Gerts (1857-1894 y.), P.N.Lebedev
(1866-1912 y.), A.S.Popov (1859-1906 y.) tomonidan amaliy tasdiqlanib,
elektromagnit twlqinlar (radio twlqinlari) hisobiga elektrotexnika, radio va
televidenie vujudga kelishiga sababchi bwldi.
Elektrotexnikaning rivojlanishi XX asrning boshlarida fan va texnikaning
yirik va amaliy soxalarini kashf qilish bilan nishonlandi. Elektr energiyasini
ishlab chiqarishda katta-katta elektrogeneratorlar, uni masofaga uzatishda esa yirik
va yuqori kuchlanishli transformatorlar kashf etildi. Elektr yuritgichlar (motorlar)
zavod va fabrikalarda bug` mashinalarining wrnini egalladi va sekin-asta
transportda elektor yuritma vazifasini ham bajara boshladi. Bu esa
elektrotexnikadan ”elektr mashina va transformatorlar“, ”elektr yuritma“, ”korxona
va shaxarlarni elektrlashtirish“, ”elektr stantsiyalar, elektr tarmoqlar va sistemalar“
kabi yangi ywnalishlar ajralib chiqib, ularning mustaqil fan sohalariga aylanishiga
olib keldi.
Talabalar bilimlarini faollashtirish maqsadida quyidagi savollar beriladi
1. Elektr energiyasining inson hayotidagi ahamiyati qanday?
2. Elektr toki deb nimaga aytiladi?
3. Tok kuchi deb nimaga aytiladi?, tok kuchining birligi?
4. Kuchlanish deb nimaga aytiladi?, kuchlanish birligi
53
5. O’zgarmas tok deb nimaga aytiladi?
6. Elektr qarshilik deb nimaga aytiladi?, qarshilik birligi
7. Elektr tokining ishi va quvvati qanday aniqlanadi?
O`qituvchi o`tilgan mavzuga doir har xil topshiriqlar berib, test sovallari va
krassvord o`yini orqali mustaqil shug`ullanishlari uchun vazifalar beradi.
Aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi.
1. Tezkor savollar berish orqali mavzu mustahkamlanadi. (10-ilova)
2 Mavzu bwyicha yakuniy xulosa yasaydi, muhim jihatlarga ishtirokchilar
diqqatini jalb qiladi, mavzu yuzasidan talabalarni qiziqtrigan savollarga javob
beradi.
3. Uy vazifa beradi: “Tushunchalar tahlili” metodining mazmuni va baholash
mezonlari bilan talabalarni tanishtiradi. Mavzuga oid atamalarni “Tushunchalar
tahlili” metodidan foydalanib yoritib kelish.
Yakuniy qism
Ilm va texnikani rivojlantirish tajribali mutaxassislarni tayyorlash, ularni
tarbiyalash esa o`z navbatida ta`lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Bu umum
ta`lim maktablarida, kasb-hunar kolledjlarida o`quvchilarni ta`lim olish
jarayonida kasbga yo`naltirish ishlarini tashkil etish masalalarini eshishni talab
etadi.
Bu masalalarni eshish orqali biz yosh avlodga o`z kelajagini qurish, o`zi
qiziqqan kasbni tanlashiga imkon yaratamiz. Shuningdek, jamiyatda o`z o`rniga
ega va etuk, mukammal inson bo`lib etishiga katta hissa qushgan bo`lamiz.
54
Yoshlarni hozirgi ilm va texnikaning rivojlangan davrida har kuni yangilanib
borayotgan texnikaning taraqqiyotini tushinishini va ulardan turmush kechirish
jarayonida unumli foydalanish, ularga texnik xizmat ko`rsata olish imkoniyatiga
ega bo`lishga o`rgatishimiz zarur. Bunga erishish uchun kasb-xunar
kolledjlarida
texnikaviy
fanlar
qatorida
umumiy
elektrotexnika
va
radioelektronika asoslari fanining o`rni juda ahamiyatga ega.
Kasb-hunar kolledjlarida umumiy elektrotexnika fanida o`tiladigan
transformatorlar mavzusining o`tilishi juda katta ahamiyatga ega. Talabalarga
transformatorlarning xizmati, ishlash printsiplari, tuzilishi, turlari va
qo`llanilishi haqida yuatafsil ma`lumatlar beriladi. Bu mavzuni o`tishda
birinchidan uning maqsadi, mohiyati tushintiriladi va tushintirish jarayonida har
bir o`quvchi o`z mahoratini, bilim va uqubini namoyish etishi kerak. Masalan,
transformator
tushinchasi
talabalarda
avvaldan
shakllangan
bo`lishi
mumkin.Sababi, transformatorlar xalq xo`jaligining barcha sohalarida uchraydi.
Bularni inobatga olib, dastlabki bilimlarni mustahkamlab va yanada
chuqirlashtirish usullarini topishi lozim. Transformatorlarning turlariga qarab
har xil joylarda foydalanishini alohida takidlab o`tish kerak. Biz bayon etgan,
yangi pedagogik texnologiya usullaridan klaster tuzish, aqliy hujim usullari
samarali foyda keltirish mumkin. Klaster usulida sxematik turda talabalar ko`z
oldiga keltirish va miyada yaxshi tasavvur qoldiradi. Aqliy hujimning avzalligi
shuki, talabalardagi boshlang`ich bilimlarni miyada yanada rivojlantirib, shu
mavzuni tushinishga mohiyatini chuqurroq anglashga jalb qiladi.
Transformatorlarning bir fazali va uch fazali turlarining bir-biridan farqlarini
tushintirishda
vektor
diagrammalardan
foydalanadi.
Bu
jarayonda
transformatorlarning ulanish guruhlarini aniqlash usullari tushintiriladi.Vektor
diagrammalarni tushintirshda uch fazali ikki sho`lg`amli transformator
sho`lg`amlari ulanish guruhini yuqorida bayon qilingan takomillashtirilgan usul
asosida aniqlash metodikasining avzalligi talabalar tushinishi uchun qulaydir.
Shu tufayli mazkur metodikani o`qitish jarayoniga qo`llash tavsiya qilinadi.
55
Yakuniy xulosa shuki, mustaqil O`zbekistonda iqtisodiy islohatlarni amalga
oshirish va yanada rivojlantirish, xalq xo`jaligining barcha sohalarini zamonaviy
talablar asosida tashkil etish uchun texnika yangiliklaridan foydalanish zarur.
Texnika asbob-uskunalaridan to`g`ri va unumli foydalanishni maktab davridan
o`rgatish maqsadga muvofiq bo`lar edi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.A.I.Xonboboev, N.A.Xalilov «Umumiy va elektronika asoslari»
Toshkent «O`zbekiston» 2000.y
2. I.P. Kopilov «Elektricheskie mashini» Moskva 2000.g
3. B.N.Sergenkov, V.M.Kiselev, N.A.Akimova «Elektricheskie mashini:
Transformatorı» Moskva 1989.g
4.B.F.Tokarev «Elektricheskie mashini» 1990.g
5. I.N.Bulgakov «Gruppı soedineniya transformatorov» Moskva 1955.g
6.A.S.Karimov, M.M.Mirxaidarov «Nazariy elektrotexnika» Toshkent
1959.y
7.L.S.Jdanov, V.A.Maranjyan «Fizika kursi» Toshkent 1959.y
Do'stlaringiz bilan baham: |