O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Fizika – matematika fakulteti
Mehnat ta’limi kafedrasi
Mehnat ta’limi yo`nalishi
BITIRUV MALAKAVIY
ISHI
Mavzu: Elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish
gruhini aniqlashni o`rgatishda yangi o`quv usullaridan
foydalanish
Bajargan:
I. Matkarimov
Ilmiy rahbar: dots. B. Ibragimov
Kafedra mudiri: dots. B. Ibragimov
NUKUS – 2014 yil
2
Mavzu: Elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish
gruhini aniqlashni o`rgatishda yangi o`quv usullaridan
foydalanish
REJA:
Kirish:
I-BOB. ELEKTR TOKI VA UNI TRANSFORMATSIYALASH
1.1. Elektr manba haqida umumiy tushincha.
1.2. Transformatorlar haqida umumiy tushinchalar.
II-BOB. TRANSFORMATORLAR VA ULARNI ULASH USULLARI
2.1. Transformatorlarning tuzilishi va ishlash printsipi.
2.2. Transformatorning ish rejimlari
2.3. O`quvchilarga elektr bilan ishlaydigan uy ruzg`or buyumlarini o`quvchilarga
o’rgatish uslublari.
2.4. Amaliy ishlar paytida mehnat xavfsizligi qoydalari.
Bir soatlik dars konspektasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
3
Kirish
Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti kadrlar tayyorlash tizimining
mukammol bo`lishi, zamonaviy iqtisod, Fan madaniyat, texnik va texnologiyalar
asosida rivojlanishi shart.
Milliy dasturni amalga oshirishda mavjud ta`lim va kadrlarni tayyorlash
tizimlarini tubdan o`zgartirish zamonaviy ilmiy fikrlar yutuqlari va ijtimoiy
tajribalarga, ta’lim jarayonini hamma shakli va turlarida ilg`or-metodik
talimlarga tayangan holda amalga oshiriladi.
Ma’lumki «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» asosida yoshlarning
ongini yuksaltirishga e’tibor qaratilgan va ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan
biri deb belgilab berilgan. Ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri
zamonaviy o`quv dasturlari asosida yuqori natijali o`qitish va malakali kadrlar
tayyorlashni ta’minlash hisoblanadi. Eng asosiy dolzarb ko`rsatkichi shundan
iboratki, o`quvchilarni mustaqil fikrga yo`naltirish va ularning ong saviyasini
zamonga mos holda tarbiyalashdan iborat.
Shunday ekan, o`qituvchining o`zida ham dars mashg`ulotlarini olib
borishda yuksak saviya va bilim talab qilinadi. Maktab ta`lim tizimi jarayonida
talabaning erkin tafakkurini shakllantirish va ijtimoiy hayotga tayyorlash har bir
pedagogning diqqat e`tiborida bo`lishi zarur.
Dars jarayonida jonli muloqotni tashkil qilish uchun zamonaviy o`qitish
usullaridan foydalanish ta`lim mazmunida etakchi rol o`ynaydi. Ta`lim
mazmuni asosida o`quvchining tafakkuri, dunyoqarashi, ongli munosati,
mafkuriy qarashlari tarkib topadi.
Shunday qilib, maktab programmasida maktab o`quvchilariga elektr
manbali bilan ishlaydigan uy-ro`zg`or buyumlari buyicha elektr qo`ng`iroq,
elektr mayatnik, uyingohlar va boshqalar bilan qo`yidagicha tanishtiriladi;
vazifasi haqida gapiriladi, ishlatilib ko`rsatiladi, konstruktsiyasi bilan
tanishtiriladi, elektr sxemasi chiziladi.
4
Elektrlashtirilgan qurilmalar bilan tanishish natijasida o`quvchilar
qo`yidagilarni o`zlashtirib olishlari lozim;
1. Elektrlashtirilgan buyumlar shunday konstruktsiyalanishi kerakki, ularda
simlar va kontant birikmalar ko`rinmasin, shuningdek elektr armaturalar puxta
mahkamlangan , shunday buyumdan foydalanish hafvsiz bo`ladi;
2. Elektrlashtirilgan buyum pishiq va havfsiz bo`lishidan tashqari chiroyli
va foydalanishda qulay bo`lishi kerak;
3. Sharnirli birikmalarda simlar shunday joylashtirilishi kerakki,
qurilmadan uzoq foydalanish ularning ishdan chiqishiga (qisqa tutashuvga) olib
kelmaydigan bo`lishi kerak;
4. Elektr energiya iste`molchilarini shunday joylashtirish kerakki, issiqlik
ajralishi (aylanma harakatda) oqibatida buyum yonib ketmaydigan, aylanuvchi
detalga simlar o`ralib qolmaydigan bo`lishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Montaj qilish davomida, odatda qiyinchiliklar tug`ilishi mumkin. Bunday
holda o`qituvchi ulardan texnik topshiriqlar sifatida foydalansa bo`ladi.
Masalan, o`qituvchilar ta`minlash shnurini lampa asosiga biriktirish kerak
bo`lsin.Bunda instruktsion kartada esa bu operatsiya tushirib qoldirilgan.
O`qituvchilarda buni qanday qilish kerak, degan savol tug`iladi. O`qituvchi
darhol javob bermaydi, aksincha o`quvchilarga shnurni biriktirish usulini
topishni tavsiya qiladi. Albatta, bunda o`quvchilar o`qituvchi yordamisiz
optimal xulosaga kela olmasliklari mumkin. Ammo bu qiyin vaziyat
o`quvchilarni fikrlashga, mustaqil xulosa chiqarishga qiziqtiradi. Bu esa
o`quvchilarning
intellektual
rivojlanishiga
va
mehnatga
ijodiy
yondoshishlariga yordam beradi.
Shunday qilib, bu bitiruv malakaviy ishida o`quvchilarga elektr manbai
bilan ishlaydigan uy ro`zg`or buyumlarini foydalanish va ishlatish uslublari
haqida batafsil aniq ko`rsatilgan bo`lib topiladi.
O`qitish jarayonida yangi o`quv uslublarini tadbiq etish kadrlar tayyorlash
talablarning tarkibiy qismini tashkil etadi.
5
Respublikamiz hukumati va prezidenti olib borayotgan siyosiy iqtisodiy
siyosatida davlat faoliyatining barcha sohalarin rivojlantirishga ayniqsa, yosh
avlodni milliy tiklanish g`oyasi ruhida tarbiyalashga katta e`tibor berilmoqda.
Hozirgi kunda ta`lim olayotgan yoshlar xalqimizning kelajagi hisoblanadi. Bu
sharafli vazifani bajarish o`qituvchilar zimmasiga tushadi. Shu sababli yuqori
malakali o`qituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalasiga
katta e`tibor qaratilmoqda.
Xalqning faravonligini ta`minlashda, ilm-fan taraqqiyotida shuningdek,
turmushning barcha javhalarida elektr energiyasiga bo`lgan talab juda kattadir.
Shu sababli elektrtexnika fanining rivojlanishi va uning amaliyotta qo`llanilishi,
maktab o`quvchilariga tushintirilishi, ko`nikmalar hosil qilish juda katta
ahamiyotga egadir.
Elektrotexnika fanida o`zgaruvchang tok va uni hosil qilish, etkazib berish
masalariga alohida e`tibor qaratilgan. Elektr stantsiyalarida hosil bo`lgan elektr
energiyasini olis masofalarga etkazib berishda transformatorlarning roli juda
katta. Bu termin va tushinchalarni o`quvchilarga tushintirishda bazi
muoammalarga echishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Maktab o`quvchilarga elektrotexnikaning asosiy qisimdan biri bu
transformatorlar va ularing ishlash printspini o`rgatish alohida katta ahamiyatga
ega shu bois elektrotexnika ishlari asosan uninng mazmuni, maktablarning ish
tajribasidan kelib chiqib dasturning tegishli bolmagan faqatgina elektromantaj
ishlari uchun moljallangan.
Bu masalada yangi pedagogik texnologiya usullaridan-klaster tuzish, aqliy
hujum, tanqidiy fikrlash, juftliklarda ishlash va xokazo foydalanish mumkin.
Bu usullarning mohiyati shundaki, o`quvchilarda qiziqish paydo qilish va u
o`zicha yondashish yuzaga keladi va buning natijasida shaxsiy fikr, tafakkur
rivojlanadi.
6
I-BOB. ELEKTR TOKI VA UNI TRANSFORMATSIYALASH
1.1. Elektr manba haqida umumiy tushincha.
Elektr manbai ishlari o`quvchilarni umumtexnik tizimida tayyorlashda
muhim ahamiyatga ega, chunki ularni o`rganish jarayonida mehnat ta`limining
asosiy vazifalarini bajarish uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Chunonchi elektr
bilan ish ko`ruvchi kasb egalari haqida suhbatlar uyushtirib, kasb tanlashga
yo`llash ishlarini muvafaqqiyat bilan amalga oshirish mumkin. Elektr
energiyasidan xalq xo`jaligida tabora keng foydalanilayotganligi sababli u bilan
bog`liq bo`lgan kasblar ham ammoviy hisoblanadi. Masalan, bularga
elektromontyor, slesar`-elektromontajchi kabi kasblar kiradi. Ular haqida o`quv
materialida uzviy tarzda bayon qilib ketiladi.
«Elektr energiya» , «Elektr jihoz» zamonaviy ishlab chiqarishning ramzi
bo`lib, uning muhim belgilari hisoblanadi.Shuning uchun ham bu tushunchalar
bilan tanishish orqali zamonaviy ishlab chiqarish asoslari haqida to`la
tasavvurga ega bo`lish, yani politexnik ta`limni amalga oshirish mumkin.
O`quvchilarni elektrotexnika ishlarini bajarish hamda o`rganishlari
jarayonida ular bilan keng ko`lamda tarbiyaviy ishlarni olib borishga imkoniyat
yaratiladi. Agar o`qituvchi etarlicha e`tibor bersa, davlatimizning bu sohada
erishgan yutuqlari asosida vatanparvarlik to`yg`isi hamda kam rivojlangan
davlatlarga berayotgan yordamimiz negizida internatsionalizm to`yg`usini
kamol toptirishda muvafaqqiyatga erishish mumkin. Elektr energiyasini tejash
haqidagi tasavvurlarni shakllantirish negizida iqtisodiy ta`lim berish uchun keng
imkoniyatlar yuzaga keladi.
Yuqoridagi aytib o`tilganlardan elektrotexnika ishlarini o`rganish nima
uchun
V-VII
sinflar
o`quv
programmalarining
barcha
variantlariga
kiritilganligining sababi ayon bo`ladi. Bularga kam vaqt ajratilgan, biroq
beriladigan bilim va o`quvlar hajmi esa katta. Shu boisdan ta`lim mazmunini
tanlashga va mashg`ulotlarni o`tkazish metodikasini ishlab chiqishga chuqur
7
yondashish talab qilinadi. O`qituvchi bu masalalarni hal eta borib,
elektrotexnika ishlari fizika kursida elektrni o`rganishdan oldiniroq bajarilishini
e`tiborga olinishi kerak. Shuning uchun o`quvchilar tegishlicha nazariy bilimga
ega bo`lmaydilar va mashg`ulotlar mutloqa amaliy tarzda o`tkaziladi. Bularni
fizika kursi bilan almashtirmaslik lozim. Bu erda bir hol yuz beradiki, mehnat
ta`limi jarayonida o`quvchilar amaliy javob olib, keyinchalik bu javoblar fan
asoslarini o`rganishda ilmiy jihatdan tushintiriladi.
Programmaning «Elektrotexnika ishlari va avtomatika elementlari»
bo`limining yana bir xarakterli tomoni bor. Bunda faqat «sof» elektrotexnika
ishlari bajarilmay, balki turli buyumlarning detallarini tayyorlash, shuningdek
ularni elektrlashtirish nazarda tutiladi.
Elektrotexnika ishlari asosan uning mazmuni, maktablarning ish
tajribalaridan kelib chiqqan. programmaning tegishli bo`limlari, faqatgina
elektromontaj ishlari uchun mo`ljallangan davrlar ham bo`lgan. Bunda
o`quvchilarning amaliy faoliyatlari o`quv stentlarida turli elektr zanjirlarni
montaj qilishdan iborat bo`lgan. Har bir o`quvchi avval elektr zanjirini montaj,
keyin esa demontaj qilgan. Kelgusi darslarda yana aynan shular takrorlangan.
Shunday qilib, elektromontaj ishlari o`quv xarakterda bo`lgan. Bu hol o`zini
oqlamadi., chunki bunday mehnatga o`quvchilarning qiziqishi past edi,
mehnatning o`zidan esa hesh qanday amaliy samara chiqmasdi.
Ko`rsatilgan kamchiliklar, ayniqsa ta`limni unumli mehnat bilan qo`shib
olib borishga nisbatan mehnat islohoti qo`ygan katta talablar munosabati bilan,
programmani o`zgartirishga taqoza etadi. Bunday shartlarda elektrotexnika
ishlarining ijtimoiy-foydali xarakterga ega bo`lgan ma`lim bir buyumlarni
elektrlashtirish bilan qo`shib olib borish g`oyasi to`g`iladi. Bular otaliqqa
olingan bolalar bog`chasi uchun o`yingohlar, o`quv maketlari va modellari,
maktab o`quvchilari uchun o`yinlar vash u kabilar bo`lishi mumkin. O`quvchilar
mehnat shu tarzda tashkil qilinsa, elektrotexnika ishlari hamda avtomatika
elementlaridan ta`lim berish o`quv programmasining mehnatga oid boshqa
8
bo`limlari bilan uzviy bog`lanadi, hamda o`quvchilarning faoliyati amaliy
xarakterda bo`lishi ta`minlanadi. Albatta, ayni buyum detallarini metall va
yog`oshdan to`la-to`kis tayyorlash ishlarini bu bo`limda bajarish shart emas.
Buni o`qituvchining o`zi hal qiladi. Yarim favrikatlardan foydalansa ham
bo`ladi. Bevosita elektrotexnikaga oid ishlar hajmi qancha ko`p bo`lsa, shuncha
yaxshi bo`ladi.
Maktabda elektr manba bilan ishlaydigan darslarda o`qitishda asosiy
uchta qismga ajratish mumkin. Elektr zanjirlari, buyumlarni elektrlashtirish va
avtomatika elementlari elektrotexnika ishlaridan ta`lim berish metodikasini
ko`rib chiqa turib, ularning har biri haqida alohida gapirib o`tish maqsadga
muvofiqdir, shuni e`tiborga olish kerakki, elektrotexnika ishlaridan ta`lim berish
metodikasi umuman olganda o`quv programmasining boshqa bo`limlariga
nisbatan o`z xususiyatlariga ega.Avvalo bu hafvsizlik qoidalariga talluqlidir.
O`quvchilar hafvsiz kuchlanishli elektr toki bilan ishlaydilar, ammo shuni
e`tiborga olish kerakki, o`quvchilarda ayni vaqtda shakllanayotgan ko`nikma va
ishga bo`lgan munosabatlar keyinchalik, masalan, 220vol`t kuchlanishga duch
kelganlarida ham saqlanib qoladi. Buni nazarda tutib o`quvchilar mehnat
hafvsizligi qoidalariga alohida e`tibor beradilar.
Masalan, elektromontaj ishlarini bajarish jarayonida o`quvchilarning
qo`yidagi qoidalarga roya qilishlariga erishish zarur.
1.
Elektromontaj ishlarini bajarishda faqat ishga yaroqli asboblardan
foydalanish;
2.
Izolyatsiya qoplamalarini o`tkazgichdan o`zingizdan nariga qaratib
pichoq bilan ajratib, (qalam ochish kabi) bunda albatta taxta taglikdan
foydalanish;
3.
Elektr zanjiri yig`ishdan izolyatsiyasi shikastlanmagan simlardan
foydalaning, o`zingiz izolyatsiyani shikastlab qo`ymasdan;
4.
Simlarni puxta ulang, ulangan joylarni yaxshilab izolyatsiyalang;
9
5.
Elektr armaturalarning ishga yaroqliliga-kontaktlarning ishonchli
biriktirilishi,izolyatsiyasining tuzikligi va shu kabilarni tekshirib ko`rish;
6.
Yig`ilgan zanjirni faqat o`qituvchining ruxsati bilan elektr tarmog`iga
ulash;
7.
Tok manba ulanganda elektr zanjirning yalong`och sim va tok
o`tkazuvchi detallariga tegmang.
Elektrotexnika ishlari bo`limini o`rganishning o`ziga xos jihati- o`quvchilar
mehnatini tashkil qilish diqqatga sazavordir.Odatda, bu ishlarni bajarish uchun
ustaxonalarda alohida bo`limlar yo`q. Bundan tashqari, o`quvchilarga yoppasiga
ta`lim berish uchun etarli miqdorda asbob va materiallar ham bo`lmaydi.
Shuning uchun odatda, o`quvchilar mehnatni tashkil qilishning zveno formasin
qo`llaniladi. Boshqacha aytganda, maktab ustaxonasining kerakli asbob-
uskunalar bilan jihozlanganligiga qarab, grafik tuziladi, o`quvchilar zvenolarga
birlashadilar hamda tartibi bilan elektrotexnika ishlarin o`rganadi. O`qituvchi
elektr zanjirlarini montaj qilish izolyatsiya materiali bilan qoplangan gorizontal
qoqpoqli stolda bajarilishini ma`lum qiladi. Bu stol doimo belgilangan tartibda
bo`lishi kerak. Elektromontajchi chap tomonga materiallar (sim, lampa, kapron,
vklyuchetel` va h.k) old tomonga montaj paneli va montaj qilinishi lozim
bo`lgan zanjirning elektr sxemasi, o`ng tomonga elekrtomontaj asboblarini
joylashtiriladi. Bunda boshqalarga nisbatan tez-tez foydalaniladigan asboblarni
o`ziga yaqiniroq joylashtiradi. Detallarni montaj qilishga tayyorlash bilan
bog`liq bo`lgan ishlar teglik taxtada bajariladi.
Mazkur o`quv materialini o`rganishda boshlang`ich tushuncha «elektr
sxema» tushunchasidir. O`qituvchi o`quvchilarning elektr sxemasining
zarurligini anglashlariga erishmog`i lozim. Bunga turli yo`llar bilan erishiladi.
O`quvchilarning qo`yi sinflarda egallagan bilim va ko`nikmalaridan foydalanish
mumkin. Elektr sxemalarga o`xshash narsalarga masalan, tog`lar, daryolar,
shaharlar va hakozalar turli belgilar bilan belgilab qo`yilgan geografik
kartalariga taqqoslab, shunday situatsiya vujudga keltiriladiki, bunda
10
o`quvchilar etarlicha bilimga ega emasliklarini xis qiladilar. Masalan, elektr
konstruktorlikka oid konkret topshiriq beriladi, uni bajarish uchun
konstruktsiyaning elektr sxemasi bo`lishi zarur. Undan esa o`quvchilar
foydalana bilmaydilar.
O`quvchilar elektr sxemasi to`g`risidagi bilimlarga ehtiyoj sezganlaridan
so`ng, o`qituvchi yangi mavzuni ta`riflaydi va uni mazkur reja asosida ko`rib
chiqishga kirishadi;
1.
Elektr zanjiri elementlarining shartli belgilari (elektr armaturalari,
tok manbai va iste`molchilari);
2.
Tarmoqlangan elektr zanjiri sxemasini tuzish;
Dastlab o`quvchilar zanjir asosiy elementlarining shartli belgilarini
o`zlashtirib olishlari kerak. Bu vazifani osonlashtirish maqsadida zanjir
elementlari yozuvi qayd qilingan, tok manbay, lampa, vklyuchatel` va
o`tkazgich mahkamlangan, hamda ularning yonida shartli belgilari chizilgan
stend tayyorlangan ma`qul. O`quvchilar zanjir elementlarining shartli belgilarini
chizishda ularning o`lchamlariga proportsional ravishda kataklarga bo`lib, chizib
qo`yish mumkin.
Stend doska yoniga o`rnatiladi va shu joydan 2-3 mashg`ulot davomida
olinmaydi. So`ngra «elektr sxema» tushunchasini shakllantirishga kirishiladi.
Bunda yana avvalgi darslardan tanish bo`lgan elektr zanjir stendidan
foydalaniladi . Uni doskaning chap tomoniga joylashtiriladi, o`ng tomoniga esa
tanish bo`lgan shartli belgilardan foydalanib, elektr sxemasi chiziladi. Sxema
elementlari tok-manbay lampalar, vklyuchatellarni tasvirlash tartibiga e`tibor
beriladilar, so`ngra hamma elementlarni zanjir o`tkazgichlariga mos chiziqlar
bilan birlashtirib chiqiladi.
O`quvchilar daftarlariga elektr sxemani chizganlaridan so`ng bu
tushunchaning tarafini berish ma`qul. Masalan, qo`yidagicha elektr zanjirining
shartli belgilari yordamida bajarilgan grafik tasviri elektr sxema deyiladi.
11
1.2. Transformatorlar haqida umumiy tushinchalar.
Elektrotexnikaning asosiy vazifalaridan biri elektr energiyasini bir joydan
ikkinchi joyga uzatishdir. Chunki elektr energiyasining iste`molchilari aksariyat
hollarda yoqilg`i va gidroresurslar tabiiy joylashgan rayonlarga qurilgan elektr
stantsiyalaridan bir necha o`nlab va yuzlab kilometr masofalarda joylashadi. Elektr
energiyasini uzatish liniyalarida esa quvvatning issiqlikka sarf bo`ladigan isrofi
л
R
I
2
va kuchlanishning pasayuvi
л
R
I
U
doimo mavjuddir. Liniyaning
uzunligi ortgan sari bu ko`rsatkichlar ham ortadi. Elektr tokining to`la quvvati
(
I
U
S
)ni o`zgartirmagan holdi uni turli kuchlanish va tok bilan uzatish mumkin.
Quvvat formulasidan ko`rinib turibdiki, uzatishda kuchlanish qanchalik yuqori
bo`lsa (
const
S
), tok kuchi shunchalik kichik bo`lib, u bilan bog`liq isroflar ham
shunchalik kam bo`ladi. Tok kuchini kamaytirish uzatish simining ko`ndalang
kesimini kichik olishga va rangli metallarni tejashga imkon beradi.
Hozirgi vaqtda o`zgaruvchang tokning 35, 110, 220, 500, 750, va 1150kV
kuchlanishli uzatish liniyalari mavjud. Ammo o`ta yuqori kuchlanishlarni bevosita
generatorlardan olib bo`lmaydi. Odatda, elektr stantsiyalaridagi generatorlarning
nominal kuchlanishi ko`pi bilan 21kVdan oshmaydi. Elektr energiyasining
iste`molchilari esa 380/220; 220/127 V nominal kuchlanishlarga mo`ljallangan.
Shuning uchun generatorlar ishlab chiqaradigan elektr energiyasining nisbatan past
kuchlanishli, ammo katta tok kuchiga ega bo`lgan quvvatini (hozirgi vaqtda
150,300, 500, 800 va 1200 ming kVli generatorlar ishlab chiqariladi) yuqori
kuchlanishli va nisbatan kichik tok kuchiga ega bo`lgan quvvatga o`zgartirish
kerak. Bu vazifa transformatorlar yordamida oddiygina hal etiladi.
Transformatorning ixtirochisi P.N.Yablochkov hisoblanadi. U 1876 yilda
elektr yoy lampasi uchun manba sifatida ilk bor transformatordan foydalangan.
Transformatorlardan foydalanish 1891 yili uch fazali transformatorning
konstruktsiyasi ishlab chiqilib, elektr energiyasini uch fazali tok sistemasi
12
yordamida uzatish amalga oshirilgandan so`ng yanada kengaydi. Bu
elektrlashtirishning jadal rivojlanishiga sabab bo`ldi.
1-rasmda elektr energiyasini transformatorlar yordamida uzatish sxemasi
ko`rsatilgan. Sxemadan ko`rinib turibdiki, elektrostantsiyada generator ishlab
chiqarayotgan elektr energiyasi transformator Tr1 yordamida 6kv kuchlanishdan
35 kVgacha orttirilib, elektr uzatish liniyasi orqali taqsimlovchi podstantsiyaga
berilmoqda. U erda pasaytiruvchi transformator Tr2 yordamida kuchlanish 35
kVdan 6 kVgacha pasaytirilib, iste`molchining transformatori Tr3 ga uzatilmoqda.
Bunday transformatorlardan bir nechta bo`lishi mumkin. Transformator Tr3
yordamida kuchlanish 6kVdan iste`molchi uchun zarur bo`lgan 380/220, 220/127
V
kuchlanishlarga
aylantiriladi.
Ko`rinib
turibdiki,
elektr
energiyasi
elektrstantsiyadan
iste`molchiga
etib
kelguncha
uch
marta
transformatsiyalanmoqda. Real hollarda transformatsiyalanish soni bundan ham
ko`p bo`lishi mumkin.
Elektr energiyasini bir pog`onada bo`lgan
1
1
,i
u
kuchlanish va tokini
boshqa pog`onadagi,
2
2
, i
u
kuchlanish va tokka aylantirib beradigan statik
1-rasm Elektor energiyasini transformatorlar yordamida uzatish.
(harakatlanuvchi qismlari bo`lmagan) elektromagnit apparati transformator
deyiladi. Transformatorlar energetik sistemalarda qo`llanishidan tashqari, kuchsiz
toklarda ishlovchi hisoblash mashinalari,
13
avtomatika, telemexanika, aloqa, radiotexnika va televidenie qurilmalari
zanjirlarida va umuman, elektr kuchlanishini o`zgartirib berish kerak bo`lgan
barcha joylarda ishlatiladi.
Transformatorlar bajaradigan vazifasiga ko`ra qo`yidagi turlarga bo`linadi:
elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun mo`ljallangan katta quvvatli
(uch fazali) transformatorlar;
kerakli joylarda kuchlanishni keng doirada o`zgartirib berish va dvigatellarni ishga
tushirish uchun mo`ljallangan avtotransformatorlar;
taqsimlash tarmoqlaridagi kuchlanishni rostlab turish uchun mo`ljallangan
induktsion rostlagichlar; o`lchov asboblari va himoya vositalarini sxemalarga ulash
uchun mo`ljallangan o`lchov transformatorlari ;
2-rasm bir fozali ikki cholganishli transformator.
payvandlash, qizdirish pechlari sinov, to`g`rilash va hokazolar uchun
mo`ljallangan maxsus transformatorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |