O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tarix fakul`teti


 Geosiyosiy jarayonlar borasida zamonaviy tadqiqotlar



Download 359,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana17.01.2020
Hajmi359,35 Kb.
#35028
1   2   3   4   5
Bog'liq
yangi davr geosiyosiy nazariyalari va maktablar


2.2. Geosiyosiy jarayonlar borasida zamonaviy tadqiqotlar. 

Ma`lumki,  o`tgan  asrning  asosiy  geosiyosiy  qarama-qarshiligi  “sovuq 

urush”da  yaqqol  namoyon  bo`lgan.  Bu  davrda  uning  intihosi,  umuman  jahon 

hamjamiyatining  kelajagi  to`g`risida  turli  yondashuv  va  nazariyalar  ilgari  surildi. 

Ba`zi  olimlar  yadroviy  halokat  dunyo  taraqqiyotiga  yakun  yasashini  ta`kidlagan 

bo`lsa,  boshqalari  Sharq  va  G`arb  o`trasidagi  ziddiyat  oxir-oqibatda  yagona 

umumsayyoraviy  tartibotga  bo`ysunishga  olib  kelishini  uqtiradi.  Aynan  ana  shu 

yondoshuv  mondializm  nazariyasining  mazmun-mohiyatini  ifoda  etadi

40

.  Ushbu 



kontseptsiya G`arbning “sovuq urush”da erishgan g`alabasidan ancha ilgari paydo 

bo`lgan  edi.  Unga  ko`ra,  to`liq  sayyoraviy  integratsiyaning  ro`y  berishi  muqarrar 

bo`lib,  davlatlar,  xalqlar,  millatlar  va  madaniyatlarning  xilma-xilligi  bosqichidan 

yagona dunyo, ya`ni “One World”ga o`tish amalga oshadi.  

Ushbu  g`oyaning  ildizlarini  O`rta  asrlarga  va  uzoq  o`tmishga  borib 

taqaladigan  ba`zi  utopik  nazariyalarda  ko`rish  mumkin.  Bunday  ta`limotlarga 

ko`ra,  tarixning  muayyan  kul`minatsion  davrida  erdagi  barcha  xalqlar  yagona 

                                                            

40

 

Америкада мондиализм назарияси // Тафаккур, 2006,1-сон, 112-113- бетлар. 



 

38 

 

saltanat  ostida  birlashadi  va  qadimdan  davom  etib  kelgan  ziddiyatlar,  to`qnashuv 



hamda muammolar barham topadi

41

.  



Mondialistik  g`oyalar  ko`proq  betaraf  pozitsiyada  turgan  turli  kasbdagi 

evropaliklar,  ingliz  liberallariga,  shuningdek  sho`rolarga  xos  bo`lgan.  XIX  asr 

oxiridan  boshlab  jahon  biznes  olamidagi  yirik  shaxslar  tomonidan  mondialistik 

ruhdagi tashkilotlar tuzilgani ma`lum. Masalan, ser Sesil Rous tomonidan tuzilgan 

“Davra stoli” guruhi a`zolari “yagona Dunyo hukumatini tuzish va butun dunyoda 

to`siqsiz  savdo  tizimini  shakllantirishga  hissa  qo`shishi”  shart  edi.  Ushbu  “davra 

stoli”  doirasida  yuritilgan  bahs-munozaralarda  ko`pincha  sotsialistik  va  liberal-

kapitalistik  g`oyalar  qorishib  ketar  va  kommunistlar  ushbu  tashkilotdagi  yirik 

moliya  kapitali  vakillari  bilan  hamkorlik  qilar  edi.  Ularning  barchasini 

umumsayyoraviy birlashuv utopik g`oyasi bir-biri bilan bog`lab turgan. Rus olimi 

A.Duginning  fikricha,  Millatlar  Ligasi,  BMT  va  YuNeSKO  kabi  nufuzli  xalqaro 

tashkilotlar ham ana shunday mondialistik ruhdagi tashkilotlar sirasiga kiradi.

 

XX 


asr  davomida  bunday  mondialistik  tashkilotlar  ortiqcha  shov-shuvlardan  qochib, 

yashirin, sirli tusga ega bo`lib, nomini tez-tez o`zgartirib turgan.

42

 

AQShning butun G`arb olamida, qolaversa, butun er yuzida strategik jihatdan 



eng qudratli davlatga aylangani sari u mondializmning asosiy shtabiga aylandi. Bu 

“shtab”  a`zolari  hokimiyatga  muqobil  maslahatchilar,  tahlilchilar  va  strategik 

tadqiqotlar markazlaridan iborat tizimni shakllantirdi.

43

 



Shunday  qilib,  mondialistik  tashkilotlarning  uch  asosiy  markazi  vujudga 

kelgan va faoliyat yuritgan bo`lsa-da, ular rasman G`arb jamoatchiligiga uzoq vaqt 

ayon  bo`lmagan.  Rasmiy  tashkilot  hamda  tizimlardan  farqli  o`laroq,  bu  guruhlar 

rejalashtirish  va  tadqiqotlar  sohasida  erkin  faoliyat  yuritishib,  BMT  va  boshqa 

xalqaro  tashkilotlar  komissiyalari  faoliyatini  belgilovchi  qat`iy  qoidalar  va 

rasmiyatchilikdan xalos edi. 

                                                            

41

  Мондиалистик  утопиянинг  соф  хаёлий  кўринишларидан  ташқари  рационал  кўринишлари  ҳам  мавжуд  бўлган.  Улардан  бири 



позитивист Огюст Контнинг "Учинчи эра" таълимоти ёки Лессингнинг гуманистик эсхатологиясидир.

 

42



 Гарри Дэвиснинг "Дунё конфередерацияси учун  универсал ҳаракат", "Федерал Иттифоқ" ва ҳатто инглиз праламенти аъзоси Генри 

Асборн  томонидан  1946  йилда  "Дунё  ҳукумати  учун  салб  юриши"  каби  уюшмалар  ташкил  этилган.  Қаранг.  Дугин  А.  Основы 

геополитики.Биринчи қисм.-М.:Арктогея,1997,121-130-бетлар.

 

43



 

Қаранг. Уткин А.И. "Мировой порядок XXI века", "Вызов Запада и ответ России" – М., 2002. 

 


39 

 

Amerikalik yirik bankir Morgan asos solgan “Xalqaro munosabatlar bo`yicha 



kengash”

44

  dastlabki  mondialistik  tashkilotlardan  bo`lgan.  Ushbu  norasmiy 



tashkilot AQShning jahon hamjamiyatiga nistabatan  olib boradigan strategiyasini 

ishlab  chiqish,  “Dunyo  hukumati”ni  tashkil  etish  va  sayyorani  to`lig`icha  yagona 

qolipga  solishni  maqsad  qilib  faoliyat  yuritgan.  Bu  tashkilot  1921  yilda  “Butun 

jahon tinchligi uchun Karnegi Jamg`armasi”ning sho``basi sifatida tashkil topgan. 

Uning 

a`zolari 



hisoblangan 

barcha 


yuqori 

mansabdagi 

siyosatchilarni 

sayyoramizning  kelajagi  to`g`risidagi  mondialistik  qarashlar  birlashtirgan.

45

  1954 


yilda  ikkinchi  mondialistik  tizim  -  Bil`denberg  klubi  yoki  Bil`denberg  guruhi 

tashkil topadi. U “nafaqat” amerikalik tahlilchi, siyosatchi, moliyachi va ziyolilar, 

balki  ularning  evropalik  hamkasblarini  ham  birlashtiradi.  1973  yilda  Bil`denberg 

guruhi  faollari  tomonidan  uchinchi  muhim  mondialistik  tizim  “Trilateral” 

(Trilateral) – “Uch tomonlama komissiya” tashkil etiladi. 

Ushbu tashkilotning AQShdagi shtab-kvartirasidan (345 East 46th street, New 

York)  tashqari  yana  ikki  qarorgohi  evropa  va  Yaponiyada  mavjud  bo`lgan. 

“Trilateral”  fundamental  geosiyosiy  nuqtai  nazardan  bozor  iqtisodiyoti  hamda 

texnik  rivojlanishda  etakchilik  qilayotgan  Amerika  qit`asi,  evropa  va  Yaponiya 

nazorat  qilayotgan  Tinch  okeani  hududidan  iborat  “uchta  eng  ulkan  hudud”ni 

AQSh va atlantizm boshchiligida birlashtirishni nazarda tutgan edi. 

Bil`denberg  va  Trilateral  kabi  mondialistik  guruhlarga  “Cheyz  Manxetten 

bank”ning  egasi  yirik  sarmoyador  Devid  Rokfeller  boshchilik  qilgan.  Bundan 

tashqari, barcha mondialistik loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda 

atlantizmning  doimiy  tahlilchilari,  geosiyosatchi  va  strateglari  hisoblangan 

Zbignev  Bjezinskiy,  Genri  Kissinjer  va  Jorj  Boll  kabi  mashhur  siyosatchilar 

xizmati beqiyos bo`lgan. 

Barcha 


mondialistik 

loyihalarning 

asosiy 

yo`nalishi 



“demokratik”, 

“gumanistik”, “progressiv” qadriyatlarni keng targ`ib etish va G`arbning strategik 

ustuvorligi  ostida  yagona  dunyo  tizimiga  o`tishni  ko`zda  tutadi.  Ammo, 

ta`kidlanganidek  mondializmga  qarshi  kayfiyatlardan  xalos  bo`lish  maqsadida 

                                                            

44

 Council on Foreign Relations, қисқача C.F.R



 

45

 Рус тадқиқотчиси А.Дугиннинг ёзишича CFR.нинг кўпчилик аъзолари бир вақтнинг ўзида шотланд масонлигига мансуб бўлганлиги 



сабабли, уларнинг геосиёсий лойиҳалари қандайдир гуманистик-мистик хусусиятга эгалиги тўғрисида тахмин қилиш мумкин. Қаранг. 

Дугин А. ўша жойда.  

 


40 

 

siyosatchi,  jurnalist,  ziyoli,  moliyachi  hamda  tahlilchilardan  iborat  parallel 



tuzilmalar  ham  tashkil  etilgan.  Mutaxassislarning  fikricha,  bunday  tuzilmalar 

“Yagona  Dunyo  hukumati”  loyihasini  keng  ommaga  e`lon  qilish  oldidan  o`ziga 

xos  zamin  hozirlashi  kerak  edi.  Chunki  bunday  olamshumul  dasturning 

kutilmaganda  e`lon  qilinishi  kuchli  qarshilikni  keltirib  chiqarishi  mumkin  edi. 

Mondialistik  tashkilotlar  tuzadigan  va  amalga  oshiradigan  dasturlar  uslubi  bilan 

jihatidan  bir-biridan  farqlansa-da,  nazariy  jihatdan  bir  maqsadga  etaklaydigan 

vosita bo`lgan.

46

 



Mondializmda  konvergentsiya  nazariyasi  muhim  o`rin  tutadi.  O`tgan  asrning 

70-yillarida  Z.Bjezinskiy  boshchiligida  “so`l”  tahlilchilar  tomonidan  ishlab 

chiqilgan  ushbu  nazariya  “sovuq  urush”  davrida  yaqqol  namoyon  bo`lgan 

mafkuraviy  va  geosiyosiy  qarama-qarshilikka  yangi  madaniy-mafkuraviy 

tamaddunni  vujudga keltirish orqali barham  berish  mumkinligini  asoslaydi.  U sof 

atlantizm  va  kontinentalizm  oralig`idagi,  aniqroq  aytganda,  sotsializm  va 

kapitalizmni uyg`unlashtiradigan tamaddun bo`lishi kerak edi. 

Bu  nazariya  asoschilari  marksizmdan  xalos  bo`lish  uchun  uning  sotsial-

demokratik  yoki  revizionistik  ruhdagi  mo``tadilroq  andozasini  qabul  qilishi 

lozimligini ta`kidlagan. Buning uchun esa “proletariat diktaturasi”, “sinfiy kurash”, 

“ishlab  chiqarish  kuchlarini  natsionalizatsiya  qilish”  va  “xususiy  mulkni  bekor 

qilish”  degan  marksistik  atamalardan  voz  kechish  zarur  edi.  Bu  o`z  navbatida, 

liberal G`arbda bozor erkinligini bir oz cheklash, iqtisodiyotga davlat aralashuvini 

qisman  bo`lsa-da  kiritishni  taqozo  etardi.  Madaniy  mushtaraklik  esa, 

ma`rifatparvarlik  va  insonparvarlik  qadriyatlarida  ifodalanishi  mumkin.  Zero, 

G`arbdagi demokratik tuzumlar  ham,  sho`rolarning  ijtimoiy  axloq  tizimi  ham  ana 

shu umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan. 

“Konvergentsiya  nazariyasi”  asosida  paydo  bo`lishi  mumkin  bo`lgan  Dunyo 

hukumatiga  SSSR  va  AQSh  tomonidan  sayyoramizni  birgalikda  boshqarish 

imkoniyati  berilishi  nazarda  tutilgan  edi.  Bu  vaziyatda  er  yuzidagi  xalqlar 

geosiyosiy  ziddiyat  bosimidan  xalos  bo`lib,  “sovuq  urush”  tugashi  va  umumiy 

tinchlik davri boshlanishi kerak edi. 

                                                            

46

 



Қаранг. Дугин А. Ўша жойда.

 


41 

 

E`tiborli  jihati  shundaki,  mondialistik  markazlarning  Moskvada  ham  o`z 



vakillari  bo`lgan.  Jumladan,  akademik  Gvishiani  “Trilateral”ning  sovetlar 

davlatidagi  sho``basi  bo`lgan  tizimli  tadqiqotlar  institutiga  rahbarlik  qilgan. 

G`arbdagi  va  Rossiyadagi  ayrim  geosiyosatchilar  fikricha,  sobiq  Ittifoq  davrida 

qayta  qurish  siyosatini  amalga  oshirgan  Mixail  Gorbachev  va  uning 

maslahatchilari tayangan mafkuraviy asos konvergentsiya nazariyasi edi.

47

   



Mondializmda  eng  mashhur  tadqiqotlardan  biri  –  bu  Djons  Xopkins 

Universiteti  professori  Frensis  Fukuyamaning  “Tarix  intihosi”  nazariyasidir

48



Ko`pchilik  olimlar,  davlat  arboblari,  geosiyosatchi  mutaxassislar  fikricha,  G`arb 



atlantizmining  g`alabasi  va  sobiq  sho`ro  davlatining  qulashi  mondialistik 

loyihalarning  barham  topishi  yoxud  mantiqan  o`zgarishiga  olib  kelishi  kerak  edi. 

1990 yillarning boshida mondializmning yangi ko`rinishi sifatida F.Fukuyamaning 

“Tarix  intihosi”  maqolasi  asosida  ishlab  chiqilgan  doktrina  paydo  bo`ldi.  Jiddiy 

shov-shuvlarga  sabab  bo`lgan  ushbu  maqolada  ilgari  surilgan  g`oya  siyosatchilar 

va  boshqa  ko`plab  taniqli  mutaxassislar  tomonidan  neomondializmning  g`oyaviy 

bazasi sifatida talqin qilina boshlandi. 

Xo`sh,  ushbu  g`oyaning  mazmun-mohiyati  nimalardan  iborat?  Mazkur 

maqolada    F.Fukuyama  tarixiy  jarayonlar  rivojining  quyidagi  andozasini  taklif 

qiladi.  Insoniyat  “ijtimoiy  voqelik  noto`g`ri  boshqarilgan”  va  “qoloqlik”  hukm 

surgan  zulmatli  davrdan  kapitalizm,  zamonaviy  G`arb  tamadduni,  bozor 

iqtisodiyoti va liberal-demokratik mafkuraga asoslangan tuzum sari intilib kelgan. 

Sho`ro  davlatining  parchalanishi  eng  so`nggi  “irratsionalistik”  andozaning 

qulagani  tarix  intihosi  hamda  er  yuzida  yangicha  davr  boshlanganini  anglatadi. 

Dunyo  taraqqiyoti  bundan  buyon  “bozor  va  demokratiya”ning  ratsional 

qonunlariga asoslanadi. 

Bozor  munosabatlari  va  demokratiya  G`arb  madaniyati  mahsuli  bo`lsa-da, 

yangi  tuzum  barcha  mintaqalarni  qamrab  olgan  holda  mamlakatlarni  iqtisodiy 

rivojlangan markazlar atrofida birlashtiradi. 

                                                            

47

 

Қаранг. Дугин А. Ўша жойда.



 

48

 



Фукуяма  Ф.  Конец  истории  и  последний  человек.  Перевод  с  английского  М.Б.Левина.  Публикуется  по  изданию.-М.:ООО 

“Издательство АСТ”, 2004.

 


42 

 

F.Fukuyamaning  nazariyasiga  yaqin  fikrlar  evropalik  olimlar  asarlarida  ham 



uchratish  mumkin.  Chunonchi,  uzoq  vaqt  davomida  Frantsiya  prezidenti  Fransua 

Mitteranning maslahatchisi hamda bir oz vaqt evropa Tiklanish va taraqqiyot banki 

direktori lavozimida ishlagan J.Attali “Gorizont chizig`i” kitobida shunga o`xshash 

nazariyani ilgari surgan. 

J.Attalining  fikricha,  hozirgi  vaqtda  taraqqiyotning  uchinchi  davri  - 

qadriyatlarning  universal  ekvivalenti  bo`lgan  “pul  davri”  boshlangan.

49

  Uning 


nazarida, jahonda yagona liberal-demokratik mafkura, bozor tizimi va informatsion 

texnologiyalarning  rivojlanishi  tufayli  dunyoda  yangi  manzara  vujudga  keladi, 

butun  tarixiy  taraqqiyot  davomida  hukmronlik  qilgan  geosiyosiy  voqeliklar 

ahamiyati  susayadi.  Bu  hol  G`arb  va  Sharq  o`rtasidagi  ziddiyatni  ifoda  etgan 

geosiyosiy dualizmning bartaraf etilishiga sabab bo`ladi. 

Shu  bilan  birga,  yaxlit  umumdunyoviy  tizim  “geoiqtisodiyot”  tamoyillariga 

asoslangan yangi geosiyosiy voqelikka aylanadi.  Ta`kidlash 

joizki,  

“Geoiqtisodiyot”  mondialistik  geosiyosatning  o`ziga  xos  ko`rinishi  bo`lib,  u 

geosiyosiy  yondashuvning  mazmun-mohiyatini  ifoda  etuvchi  jo`g`rofiy,  madaniy, 

mafkuraviy, etnik, diniy va boshqa xususiyatlarni emas, asosan iqtisodiy omilning 

hududga  munosabatini  ustuvor  omil  sifatida  tan  oladi.  “Geoiqtisodiyot”  uchun 

alohida  shaxsning  yashash  tarzi,  takomili,  madaniy  qadriyatlari  va  an`analarini 

e`tiborga  olmaydi.  U  voqelikni  yirik  ishlab  chiqarish,  axborot  markazlari,  foydali 

qazilmalar  va  jahon  birjalari  markazlari  bilan  bog`liq  holda  talqin  etadi. 

J.Attalining  geoiqtisodiy  yondashuvi  “yagona  dunyo”da  quyidagi  yangi  iqtisodiy 

markazlar bo`lishi mumkinligini asoslaydi:  

-

 



Janubiy  va  Shimoliy  Amerikani  birlashtirgan  yagona  moliyaviy-sanoat 

hududi;  

-

 

Iqtisodiy integratsiyalashuv natijasida paydo bo`lgan evropa hududi;  



-

 

Yaponiya, Tayvan`, Singapur kabi bir qancha raqobatchi markazlarni o`z 



ichiga olgan “yangicha taraqqiyot” zonasi - Tinch okeani mintaqasi hududi. 

                                                            

49

 

Бундай  ёндашувни  Атталининг  ўзи  яҳудий-каббалистча  талқинда  ўз  ифодасини  топган  мессианлик  даври  бошланганлиги  билан 



боғлайди. Бу масала унинг мессианликка бағишланган "У келади" деган бошқа китобида атрофилича ёритилган.

 


43 

 

J.Attali  bu  uch  mondialistik  hudud  bir-biri  bilan  iqtisodiy  va  mafkuraviy 



jihatdan  uzviy  bog`liq  bo`lgani  bois,  ular  o`rtasida  jiddiy  farq  yoki  qarama-

qarshilik  vujudga  kelmaydi,  deb  ta`kidlaydi.  Bu  hududlar  jo`g`rofiy  joylashuv 

jihatidangina  farqlanib,  atrofidagi  rivojlanmagan  mintaqalarni  uzviy  bir  tizimga 

tarzida  birlashtiradi.  Shu  tariqa  er  yuzida  mavjud  bo`lgan  geosiyosiy  qarama-

qarshilik  barham  topadi.  G`arbga  qarshi  tura  oladigan  qutbning  mavjud  emasligi 

evroosiyoda  yangicha  yondashuvlarni  joriy  etish  jarayonini  tezlashtiradi. 

J.Attalining  ta`kidlashicha,  bu  geoiqtisodiyot  davrining  boshlanishidan  dalolat 

beradi. 


Xulosa  qilib  aytganda,  geosiyosat  tarixida  o`ziga  xos  o`rin  tutgan  bunday 

tadqiqotlar  muhim  ilmiy  -  nazariy  ahamiyat  kasb  etadi.  Zero,  ushbu  izlanishlar 

xalqaro 

munosabatlar 

amaliyotini 

atroflicha 

o`rganish 

hamda 


nazariy 

umumlashtirish negizida yangi ilmiy echimlar va xulosalar qilishga xizmat qilgan. 

Shu  ma`noda,  keyingi  yillarda  Markaziy  Osiyoda  jadal  kechayotgan  geosiyosiy 

jarayonlarni  tadqiq  etayotgan  olimlar  uchun  bunday  tadqiqotlarning  o`rni  va 

ahamiyati beqiyosdir.     

2.3.Evroosiyochilar yangi oqimi vakillarining 

 geosiyosiy qarashlari. 

evroosiyoning geosiyosiy taqdiri rus geosiyosatchilari tomonidan chuqur tahlil 

etilgan.  evroosiyoda  strategik  muvozanat  o`rnatish  mavzusi  ko`plab  olimlar, 

ayniqsa  rus  geosiyosatchilari  tomonidan  teran  tahlil  etilgan.  Zero,  geosiyosiy 

ta`limotlar  va  ularga  tayangan  holda  olib  borilgan  tashqi  siyosat,  shuningdek, 

harbiy  harakatlar  hamda  bosqinchilik  yurishlar  yo`nalishi  bevosita  evroosiyoning 

markaziga qaratilgan. Bu hol MDH hududida yashayotgan olimlar, mutaxassislar, 

siyosatchilar  va  davlat  arboblari  uchun  nafaqat  ilmiy  tadqiqot  masalasi,  balki 

Rossiya  va  uning  atrofidagi  davlatlarni  tashvishga  solayotgan  jiddiy  muammodir. 

evroosiyoning  geostrategik  mavqei  va  istiqboli  rus  geosiyosatchi  olimi,  Lev 

Nikolaevich Gumilevning qarashlarida ilmiy jihatdan asoslangan.  

Asli  tarixchi  bo`lgan  L.Gumilev  rus  geosiyosatchisi  P.Savitskiyning  eng 

iste`dodli  shogirdlaridan  bo`lgan.  U  asarlarida  tom  ma`nodagi  geosiyosiy 

mavzularni tadqiq qilgan bo`lmasa-da, uning etnogenez va etnik tsikllar nazariyasi 



44 

 

“organitsistik”  yondashuvga  yaqin  bo`lib,  qisman  “geografik  determinizm” 



yo`nalishini  davom  ettiradi.  Zero,  ushbu  tushunchalar  F.Rattsel,  R.Chellen, 

K.Xausxofer  taniqli olimlar geosiyosiy qarashlari negizini tashkil qiladi.  

L.Gumilevning  qadimgi  davr  evroosiyo  etno-xaritasi,  cho`llar,  ko`chmanchi 

xalqlar va ularga tegishli bo`lgan tamaddunlarga oid tadqiqotlari ayniqsa diqqatga 

sazovordir.  Uning  asarlarida  siyosiy  tarixning  butunlay  yangi  qiyofasi  namoyon 

bo`ladi. Bunda evroosiyoning Sharqiy qismi tsivilizatsiya tevaragida (ya`ni g`arbiy  

tsivilizatsiya  nazarda  tutilmoqda)  joylashgan  varvarlarga  tegishli  er  emas,  balki 

etnogenez,  madaniyat,  siyosiy  tarix,  davlatchilik  va  texnik  taraqqiyotning  o`ziga 

xos markazi sifatida ifodalanadi. G`arb va uning tarixi nisbiylashtiriladi. evroosiyo 

madaniyati va bu qit`ada yashayotgan etnoslarning bir-biri bilan uzviy bog`liqligi, 

o`ziga  xos  qadriyatlar  majmui,  diniy  muammolari  hamda  tarixiy  qonuniyatlari 

umuman o`rganilmagan dunyo sifatida maydonga chiqadi.  

L.Gumilev evroosiyoda mavjud bo`lgan elatlar to`g`risidagi g`oyani mantiqiy 

nihoyasiga  etkazadi  va  etnik  ruslar  faqat  sharqiy  slavyanlarga  tegishli 

bo`g`inlardan biri bo`lmay, balki turkiy qabilalar va slavyanlarning qo`shilishidan 

hosil bo`lgan alohida etnos degan fikrni ilgari suradi. Fikrimizcha, bu g`oya turkiy 

urug`lar  istiqomat  qiladigan  hududlar  ustidan  ruslarning  nazorat  o`rnatishi  asosli 

ekaniga bilvosita ishora bo`lishi mumkin. Olimning nazarida, buyuk rus tamadduni 

“Cho`l  va  O`rmon”  o`rtasida  o`rnatilgan  tarixiy  hamkorlik  natijasida  turkiy-

slavyan  etnogenezi  asosida  yuzaga  kelgan.  Aynan  “Cho`l  va  O`rmon”ning 

geosiyosiy  uyg`unligi  Rossiyaning  tarixiy  mohiyatini  ochib  beradi  hamda  uning 

tamadduni, madaniyati, mafkurasi va siyosiy istiqbolini belgilab beradi. 

L.Gumilyov  O.Shpengler  va  A.Toynbi  singari  tamaddunlar,  madaniyatlar 

hamda  etnoslarning  tarixiy  tsikllarini  ajratib  ko`rsatgan.  Uning  talqiniga  ko`ra, 

millatlar,  davlatlar  va  diniy  jamoalarning  etno-madaniy  tuzilmalari  barcha 

jabhalarda go`yo tirik jismga o`xshaydi. Ular tug`ilish, yoshlik, ulg`ayish va qarilik 

davrlarini bosib o`tadi, keyin esa yo`q bo`lib ketadi. L.Gumilevning yondashuvida 

barcha kontinental geosiyosiy maktablarga xos “organitsistik falsafa” ta`siri yaqqol 

sezilib turibdi.  


45 

 

Bu  o`rinda  L.Gumilevning  etnogenez  sabablari,  ya`ni  xalq  va  davlatning 



paydo bo`lishiga oid qarashlari diqqatíè tortadi. Ushbu jarayonni tahlil qilish uchun 

u  “passionarlik”  yoki  “passionar  turtki”  degan  atamani  qo`llaydi.  Bu  tushuncha 

biologik  va  ma`naviy  quvvatning  tushuntirib  bo`lmaydigan  tarzda  o`zaro 

uyg`unlashgan  holda  shiddat  bilan  sachrashini  ifoda  etadi.  Olimning  fikricha, 

“eski”  (qari)  xalqlar  hamda  madaniyatlar  turg`un  holatdan  to`satdan  harakatga 

kelib,  hududiy,  ma`naviy  va  texnikaviy  bosqinchilikning  dinamik  to`lqinida  turli 

etnik va diniy guruhlarni qamrab oladi. Bu jarayonda turli tuman elatlar qoldiqlari 

birlashib, yangi, faol va nisbatan barqaror shaklga o`tadi. Shu tariqa etnogenezning 

shakllanish  jarayoni  va  to`laqonli  passionarlik  sharoitida  alohida  superelatni 

vujudga keltiradi. “Passeizm”

50

 - “faollik”, ya`ni an`analardan uzilgan holda faqat 



bugungi  kun  bilan  yashash  va  kelajakka  beparvolik  bilan  almashinadi.  Ana  shu 

bosqichda “passionar sinish” yuz beradi va etnogenez inqirozga yuz tuta boshlaydi. 

Keyinchalik  “futuristik  bosqich”  boshlanib,  unda  zaif  “xayolparastlar”  va  “diniy 

eskapist”lar  turi  ustuvor  bo`lib,  u  tevarakdagi  borliqqa  ishonchini  yo`qotadi  va 

“narigi dunyo”ga (o`zga olam) o`tishga harakat qiladi. L.Gumilev nazarida bu hol 

uzil-kesil  inqiroz  belgisi  hisoblanadi.  Elatning  tushkunlikka  yuz  tutishi, 

superelatlarning  parchalanib  ketishi,  imperiyalarning  qulashi  kuzatiladi.  Bunday 

holat yangi “passionar turtki” paydo bo`lishigacha davom etadi. Bu turtki oqibatida 

yangi  sof  elat  paydo  bo`lib,  eski  tuzilmalar  qoldiqlarini  emiradigan  yangi 

etnogenez  vujudga  kelishiga  zamin  hozirlanadi.  Ushbu  bosqichda  ba`zi  etnoslar 

dastlabki  holatida  saqlanib  qolsa

51

,  boshqalari  yangi  etno-genetik  rivojlanish 



jarayonida  yo`q  bo`lib  ketadi.  L.Gumilyov  yoqlab  chiqqan  evroosiyo  ta`limotian 

quyidagi geosiyosiy xulosalar kelib chiqadi

52

.  


1.

 

Evroosiyo  elatlar  va  madaniyatlarning  shakllanishi  uchun  boy,  serhosil, 



ularning to`liq rivojlanishini ta`min etadigan qulay zamindir. Demak, jahon tarixini 

atlantistik  tarixshunoslikka  xos  tarzda  “G`arb  va  barcha  qolganlar”  tarzidagi    bir 

qutbli  ko`rinishda  emas,  balki  ko`p  qutbli  ko`rinishda  o`rganish  lozim.  Bunda 

                                                            

50

 

Л.Гумилев учун бу ижобий категория бўлиб уни “қаҳрамонлик”ка, миллий анъаналарга содиқлик йўлида беғараз яратувчилик  этник 



интилишга тенглаштиради.

 

51



 Л.Гумилев уларни химералар деб атайди.

 

52



 

Ушбу хулосалар маълум сиёсий мулоҳазаларга кўра тарих фани доирасидан зинҳор чиқмасликни маъқул кўрган Гумилев томонидан 

илгари сурилган.

 


46 

 

Shimoliy  va  Sharqiy  evroosiyo  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki  u 



umumsayyoraviy  tamadduniy  taraqqiyot  jarayonining  muhim  manbai  sifatida 

G`arbga  muqobil  hisoblanadi.  L.Gumilev  asarlarida  X.Makkinderning  “Tarixning 

jo`g`rofiy  o`qi”  tezisiga  teran  tushuncha  beriladi  va  muayyan  tarixiy  va  etnik 

mazmun bilan boyitadi.    

2.

 

Velikorosslar davlatchiligi asosida yotgan “cho`ë âà o`rmon” geosiyosiy 



sintezi  Osiyo  va  Sharqiy  evropa  ustidan  madaniy  strategik  nazorat  uchun  asosiy 

voqelik hisoblanadi. Bunday nazorat Sharq va G`arb o`rtasida muvozanatni saqlab 

qolishga  xizmat  qiladi.  Etnogenezning  eng  yuqori  bosqichiga  ko`tarilgan  G`arb 

tamadduni  “ximerik”  etnoslarning  konglomeratiga  aylanadi.  Demak,  og`irlik 

markazi yanada yoshroq xalqlarga ko`chadi.  

3.

 



Yaqin  kelajakda  År  sayyorasining  siyosiy  va  madaniy  xaritasini  keskin 

o`zgartirib  yuboradigan  oldindan  bashorat  qilib  bo`lmaydigan  “passionar  turtki” 

yuz berishi mumkin.  

L.Gumilevning  geosiyosiy  qarashlari  o`ziga  xos  qit`achilik  g`oyasiga 

asoslanganligi ma`lum bo`ladi.  

Bu  o`rinda  yangi  rus  evroosiyochilari  yaratgan  nazariyalarni  tahlil  etèshga 

zarurat  tug`iladi.  Avvalo  ta`kidlash  joizki,  L.Gumilev  o`zi  yaratgan  dunyo 

manzarasi  asosida  geosiyosiy  xulosalar  chiqargan.  Bunday  xulosalar  marksistik 

tsenzura  zaiflashgan  (keyinchalik  esa  bekor  bo`lgan)  davrda  uning  izdoshlari 

tomonidan  amalga  oshirilgan.  Bunday  yondashuv  umumiy  ravishda  “yangi 

evroosiyoliklar”  deb  atalgan  va  bir  necha  yo`nalishlarga  ega  bo`lgan.  Ularning 

barchasi  L.Gumilevning  fikrlariga  asoslanmagan  bo`lsa-da,  ushbu  geosiyosiy 

mafkuraga uning ta`siri beqiyosdir.  

Bir qancha yo`nalishlarga ega bo`lgan “yangi evroosiyochilar” kontseptsiyasi 

tugal  va  izchil  mafkura  darajasiga  ko`tarilib,  u  1990-1994  yillardagi  islohotlarga 

qarshi  turgan  milliy  muxolifatchilar  siyosiy  guruhlari  tomonidan  yaratilgan  edi. 

Ular  “Zavtra”  gazetasi  va  “Elementlar”  jurnali  atrofiga  birlashgan  ziyolilardan 

iborat edi.  

Bu  neoevroosiyochilik  P.Savitskiy,  G.Vernadskiy,  knyaz`  N.Trubetskoy 

hamda  rus  milliy-sho`rochilik  mafkurachisi  N.Ustryalov  g`oyalariga  asoslangan. 



47 

 

Ijtimoiy-siyosiy darajada bu yo`nalish evroosiyo sotsializmiga yaqin bo`lib, liberal 



iqtisodiyotni  atlantizm  lagerining  belgisi  deb  hisoblaydi.  Davrlar  almashuvi 

natijasida  Rossiya  tarixining  sovet  davriga  sayyoraviy  bosqinchilik  va 

aksilg`arbchilik  ruhidagi  evroosiyochilkka  esa  an`anaviy  rus  milliy  intilishining 

modernistik  shakli  sifatida  qaraladi.  Neoevroosiyochilikning  “kommunistik” 

yo`nalishlari shu asosda paydo bo`lgan. 

Ular  L.Gumilevning  merosini  e`tirof  etgan  holda  passionarlik  nazariyasini 

ital`yan  jamiyatshunosi  V.Paretoning  “Elitalar  tsirkulyatsiyasi”  to`g`risidagi 

g`oyaviy  ta`limoti  bilan  bog`laydi.  L.Gumilevning  dinshunoslikka  oid  qarashlari 

esa  evropalik  an`anachilar  (Genon,  Evopa  kabilar)  maktabi  vakillari  tomonidan 

ilgari surilgan g`oyalar bilan umumlashtiriladi. 

An`anachilarning  “Zamonaviy  dunyo  inqirozi”,  “G`arbning  emirilishi”  

g`oyalari  neoevroosiyochilikning  muhim  komponentidir.  Bu  g`oyalar  rus  olimlari 

tomonidan  rivojlantirilgan  va  boyitilgan.  Bundan  tashqari,  uning  evropa 

kontinental  loyihalari  bilan  (K.Xausxofer,  K.Shmitt,  Nikish,  “Yangi  unglar”) 

qiyosiy  o`rganilishi  tufayli  evroosiyo  doktrinasining  ta`sir  doirasi  kengayib, 

kattagina botiniy imkoniyatlarga ega ta`limot sifatida tarqaladi. Bunday yondashuv 

XX  asrning  birinchi  choragida  xorijda  yaratilgan  tarixiy  evroosiyolikka  butunlay 

begonadir, chunki ularning asarlari AQSh hali mustaqil geosiyosiy ahamiyatga ega 

bo`lmagan,  evropa  bilan  G`arb  o`rtasidagi  muayyan  farq  mavjudligi  to`g`risidagi 

tezis ilgari surilmagan bir paytda yozilgan edi.  

Neoevroosiyochilikning  yana  bir  xususiyati  –  bu  islom  davlatlarini  (ayniqsa, 

Eronni)  muhim  strategik  ittifoqchi  sifatida  tanlashda  namoyon  bo`ladi.  Bunday 

ruhdagi  rus-islom  ittifoqi  g`oyasi  evroosiyo  qit`asining  Janubiy-G`arbiy  

qirg`og`idagi g`ayrilatlantistik  strategiyasi asosida  shakllantirilgan.  Ushbu  al`yans 

nazariy  jihatdan  rus  va  islom  tamaddunlarining  an`anaviy  xarakteriga  asoslanadi. 

Bu ularni an`anaga zid, pragmatik G`arbga qarshi kurashda birlashtiradi. 

Bu  yo`nalishda  yaratilgan  barcha  geosiyosiy  loyihalar  mafkuraviy,  strategik 

va  siyosiy  jihatdan  tugal,  izchil  va  tarixiy  nuqtai-nazardan  asoslangandir. 

Binobarin,  ular  g`oyaviy-mafkuraviy  jihatdan  G`arbiy  geosiyosiy  loyihalaning 

(atlantistik va mondialistik) turli ko`rinishlariga qarshi yo`naltirilgan. 



48 

 

Mondializm  va  atlantizm  ta`limotlari  G`arb  geosiyosiy  mafkurasining  ikki 



muhim  yo`nalishini  aks  ettiradi.  Neoevroosiyochilikning  boshqa  yo`nalishlari 

yuqorida bayon etilgan g`oyalarni o`zgaruvchan siyosiy voqelikka moslashtirishga 

intilishlarda  ko`rinadi.  Masalan,  sobiq  Sovet  respublikalari  iqtisodiy  aloqalarini 

tiklashga  qaratilgan  “evroosiyo”  g`oyasi  rus  geosiyosatchilari  P.Savitskiy  va 

N.Trubetskoy qarashlari asosida  Qozog`iston Prezidenti N.Nazarboev taklif etgan 

loyiha,  V.Jirinovskiyning  bosqinchilik  tezislarini  asoslashga  xizmat  qiladigan 

“buyuk  davlatchilik  loyihasi”,  B.el`tsin  hukumatining  ba`zi  arboblari  tomonidan 

ilgari  surilgan  ruslar  va  kam  sonli  milllatlar  yaxlitligini  saqlashga  qaratilgan 

“evroosiyo  jamoasi”  haqidagi  ritorik  chaqiriqlar  loyihasi  va  nihoyat,  P.Savitskiy, 

N.Trubetskoy,  Suvchinskiy,  Karsavinlar  merosini  to`liq  o`zlashtirishga  doir 

intilishlar shular jumlasidandir. 

Neoevroosiyochilikning  istiqboli,  uning  intellektual  merosi  va  kontinental 

geosiyosatning  umumiy  tamoyillarining  ahamiyati  sodir  bo`layotgan  tarixiy 

voqealarning  geosiyosiy  mantig`ini  tushuntirib  berish  bilan  bir  qatorda,  G`arb 

loyihalariga  qarshi  tura  oladigan  uyg`un  futurologik  loyihaning  yaratilishi  bilan 

belgilanadi. 

Kontseptual  darajada  G`arbning  “Sovuq  urush”dagi  g`alabasi  ikki  qutbli 

dunyoning  barham  topishi  va  bir  qutbli  dunyoning  shakllanganidan  darak  beradi. 

Bunda atlantistlarning (Xantington) fikricha, bir qutblilik nisbiy bo`lib, G`arb (The 

West) “qolganlar” (The Rest) bilan tobora keskinlashib borayotgan tamaddunlararo 

nizolarni  bartaraf  etishga  intilsa,  mondialistlarning  (Fukuyama,  Attali)  nazarida, 

G`arb umumsayyoraviy ustunlika ega bo`lishi kerak.  

G`arb  strateglarining  ta`kidlashicha,  hozirgi  bosqichda  G`arbning  asosiy 

geosiyosiy  vazifasi  –  bu  atlantizm  kuchlari  bilan  tenglasha  oladigan  qit`a 

miqyosida  qudratga  ega  bo`lgan  geosiyosiy  blokining  shakllanishiga  yo`l 

bermaslikdir.  Bu  AQSh  harbiy-siyosiy  doktrinasining  asosiy  tamoyili  bo`lib,  Pol 

Vol`fovitsning  ma`ruzasida  ifodalangan.  Boshqacha  aytganda,  G`arb  ko`p 

qutblilikka qaytishni xohlamaydi. Zero, bu uning uchun halokatli bo`lar edi. 

Neoevroosiyochilik  esa  “tarixning  geografik  o`qi”  manfaatlaridan  kelib 

chiqib,  G`arb  to`g`risida  qarama-qarshi  fikrni  e`tirof  etadi.  Unga  ko`ra,  mavjud 



49 

 

vaziyatdan    chiqishning  yagona  yo`li  –  yangi  bipolyarizmdir.  Chunki  aynan  shu 



yo`nalishda  evroosiyo  haqiqiy  geosiyosiy  mustaqillika  erishishi  mumkin.  Faqat 

yangi  bipolyarlik  keyinchalik  ko`p  qutblilikka  yo`l  ochib,  talassokratik  liberal-

demokratik tizim qurshovidan chiqishi, paydo bo`lgan ko`p qutbli dunyoda har bir 

xalq  va  har  bir  geosiyosiy  blok  o`z  qadriyatlari  tizimini  tanlay  olish  va 

rivojlantirish imkoniyatiga ega bo`lar edi.  

Shunisi  muhimki,  evroosiyo  qit`aviy  bloki  Varshava  shartnomasini  qayta 

tiklash  tufayli  yuzaga  kelmaydi.  Qit`adagi  ilgarigi  geosiyosiy  tuzilmaning 

parchalanishi  qonuniy  jarayon  bo`lib,  buning  sabablarini  tizimning  o`zidan  izlash 

kerak.  Yangi  kontinental  al`yans  evropadan  Atlantikagacha  va  evroosiyo  janubiy 

qirg`oqlaridagi  Hindiston,  Eron,  Hindixitoy  hududlarini  egallashi  yoki  bu 

hududlardagi davlatlarning beterafligini ta`minlashi, ya`ni ularni atlantizm nazorati 

ostidan  chiqarishi  lozim  edi.  Boshqacha  aytganda,  yangi  evroosiyodagi 

bipolyarizm  butunlay  boshqa  mafkuraviy  omillarga  asoslanishi  va  o`zgacha 

uslublarga tayanishi zarurdir. 

Bu  yangi  bipolyarizm  nazariyasi  neoevroosiyochilik  loyihalarida  etarlicha 

rivojlangan  bo`lib,  evropa va  Uchinchi  dunyo  barcha  nonkonformistik  geosiyosiy 

nazariyalarning  ilmiy-nazariy  asosidir.  Xuddi  heartland  ob`ektiv  talassokratiyaga 

planetar  muqobil  platsdarmining  yagona  nuqtasi  bo`lganidek,  neoevroosiyochilik 

ham  planetar  strategiyalarni  yaxlit  qatorini  yaratish  uchun  yagona  nazariy 

platforma  bo`la  oladi.  Ushbu  planetar  strategiyalar  atlantizmning  jahondagi 

ustunligini  va  uning  tsivilizatsion  qadriyatlar  tizimi  –  bozor,  liberal-demokratiya, 

dunyoviy madaniyat, individalizimdagi me`yordan chiqishlarni  inkor etadi. 

Еvroosiyoning geostrategik muvozanati borasida o`ziga xos ilmiy faoliyat olib 

borgan,  pragmatik  siyosat  tarafdori  bo`lgan  olimlardan  yana  biri-  rossiyalik 

geosiyosatchi  K.S.Gadjievdir.  Kamaludin  Serajudinovich  Gadjiev  –  taniqli 

rossiyalik tarixchi, siyosatshunos va geosiyosatchi. Tarix fanlari doktori, professor. 

Moskva  Davlat  va  Xalqaro  Munosabatlar  Institutida  dars  beradi  (MGIMO). 

K.S.Gadjiev yangi va eng yangi tarix, tarix va xalqaro munosabatlar sotsiologiyasi, 

xalqaro  huquq,  siyosiy  sotsiologiya  va  siyosiy  madaniyat,  geosiyosat  va 

globalistika masalalari buyicha ko`plab ilmiy ishlar muallifidir. Unga tegishli 1990 



50 

 

yillarda 



chop 

etilgan 


“Siyosiy 

fanlar” 


kitob 

zamonaviy 

Rossiyasida 

siyosatshunoslik  yo`nalishi  bo`yicha  yaratilgan  ilk  o`quv  qo`llanmalardan 

hisoblanadi.  Shuningdek,  u  2001  yilda  nashr  etilgan  “evropa  mamlakatlari  va 

Amerikaning yangi va eng yangi tarixi” qo`llanmasining hammuallifidir.  

“Geosiyosatga  kirish”  kitobining  so`z  boshisida  u  XIX  asr  geosiyosatining 

qator xususiyatlarini ta`kidlab o`tadi. “Eski” geosiyosat evromarkazlashgan dunyo 

hukmronligi davrida va uning manfaatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan. 

U  xalqaro  munosabatlarning  Vestfal  tizimi  infratuzulmasiga  asoslangan  edi. 

Yigirmanchi asr ushbu dunyo tartibiga jiddiy o`zgartirishlar kiritdi. Undagi asosiy 

o`zgarishlar quyidagilardir: 

-

 

ilm-fan,  texnika  va  texnologiya  taraqqiyoti,  ilmiy-texnikaviy  hamda 



informatsion-telekommunikatsion inqilobi ro`y berdi; 

-

 



Bozor  iqtisodiyoti  va  liberal  demokratiya  jadal  rivojlanmoqda,  millatlar  va 

inson xuquqlarini himoya qilish tamoyillarini tan olayotgan davlatlar soni ko`payib 

bormoqda, 

-

 



XX  asr  “g`oyalar  va  millatchilik  amaliyoti”  tantana  qilgan  asr  bo`ldi  va  bu 

hol kolonial va davlat imperiyalarining parchalanishida namoyon bo`ldi, 

-

 

XX  asr insoniyat beshiga  mislsiz azob-uqubat  va  ko`plab  tolfatlar keltirgan 



jahon urushlari, ommaviy qirg`in qurollarining yaratilishi, zolim mustabid tizimlar 

asri sifatida tarixda muhrlanib qoldi. 

-

 

XX  asr  barcha  davlatlarning  kuchi  va  ta`siridan  qat`iy  nazar,  jahon 



siyosatiga jalb etilishi bilan ajralib turadi. 

Ana  shu  mulohazalarga  tayanib,  K.S.  Gadjiev  quyidagi  xulosaga  keladi: 

“Hozirgi  davrda  dunyo  voqeligi  shu  qadar  keskin  o`zgardiki,  uni  o`zga  davrlarda 

ishlab  chiqilgan  uslublar  tahlil  etishi  mumkin  emas.  Mazkur  voqelikni  teran  va 

izchil  tadqiq  etish  uchun  qo`lanayotgan  uslublar,  vositalar,  tushuncha  va 

kategoriyalarini o`zgartirish talab etiladi“. 

U  zamonaviy  geosiyosatni  siyosiy  fanlarning  alohida  qismini  tashkil  etuvchi 

mustaqil fan deb hisoblaydi. Geosiyosat tarixiy fanlar (tashqi siyosat, diplomatiya, 

xalqaro  munosabatlar  tarixi),  huquqshunoslik  (xususan,  xalqaro  huquq), 

sotsiologiya  (xalqaro  munosabatlar),  falsafa  bilan  munosabatga  kirishib,  fanlar 



51 

 

tizimida ma`lum o`rin egallaydi. Shu bilan birga, u o`ziga xos tadqiqot predmetiga 



ega.  

Еvroosiyodagi  strategik  vaziyatga  Rossiyalik  Vadim  Leonidovich 

Tsыmburskiy  o`ziga  xos  tarzda,  unga  Rossiyaning  o`rni  va  mavqei  nuqtai-

nazaridan javob izlashga harakat qiladi. Shu nuqtai-nazardan uning ilmiy faoliyati 

va  g`oyalariga  e`tibor  qaratish  maqsadga  muvofiqdir.  Vadim  Leonidovich 

Tsыmburskiy  -  zamonaviy  rus  geosiyosatchisi,  filologiya  fanlari  nomzodi,  RFA 

Falsafa  instituti  katta  ilmiy  xodimi.  Unda  XX  asr  oxiridagi  rus  geosiyosatining 

kodi,  yangi  asrdagi  mavqei  ko`rsatiladi.  Yangi  davrni  “orol”  deb  nomlagan 

V.Tsыmburskiy  X.Makkinder  “Xartlend”i  izidan  bormaydi.  V.Tsыmburskiyning 

“Rossiya  oroli”  –  alohida  olingan,  Baltika  va  Sharqiy  evropa  mamlakatlaridan 

katta shiddat bilan o`tgan, okean o`rtasidagi maskan. Rossiya uch xususiyati bilan 

geosiyosat  ob`ekti  sanaladi:  avvalo,  uzoq  tarixga  ega  bo`lgan,  evropa  va  Xitoy 

kengliklarini  bog`lab  turgan,  roman-german  etno-tsivilizatsiyasi  asnosidagi  rus 

etnosi;  ikkinchidan,  Sibir  va  Uzoq  Sharqda  o`zlashtirilmagan  hududlarning 

ko`pligi;  uchinchidan,  romano-german  evropasidan  hududiy  bo`linish.  Ayni  shu 

jihat,  ya`ni,  Boltiqbo`yi,  Pol`sha,  Vengriya  va  Chexiya  kabi  G`arb  tsivilizatsiyasi 

markazidan  alohidalik  rus  tarixida  alohida  o`rin  egallagan.  Buni  X.Makkinder 

xartlendidagi  jug`rofiy  asos,  evroosiyoliklar  talqin  etgan  madaniy-hududiy 

umumiylik  qonunlari asosidagi (imperik tafakkur, imperialistik siyosiy qurilish va 

hokazo) rivojlanish bilan qiyoslab bo`lmaydi.  

“Rossiya  oroli”,  “Rus  geosiyosatining  istiqbollari”  asari  uning  nomini 

dunyoga tanitdi. Ushbu asarlarda XX asr oxiridagi rus geosiyosatining yo`nalishi, 

yangi  asrdagi  mavqei  ko`rsatiladi.  Yangi  davrni  “orol”  deb  nomlagan  V. 

Tsыmburskiy 

X. 

Makkinderning 



“Xartland”i 

izidan 


bormaydi. 

V.Tsыmburskiyning  “oroli”-Baltika  va  Sharqiy  evropa  mamlakatlaridan  katta 

shiddat  bilan    o`tgan  okean  o`rtasidagi  alohida  maskan.  Rossiya  uch  xususiyati 

bilan geosiyosat ob`ekti sanaladi: birinchidan, uzoq tarixga ega bo`lgan, evropa va 

Xitoy  kengliklarini  tutashtirgan,  roman-german  etno-  tsivilizatsiyasi  asnosida 

vujudga  kelgan  rus  etnosi;  ikkinchidan,  Sibir  va  Uzoq  Sharqda  o`zlashtirilmagan 

hududlarning  ko`pligi;  uchinchidan,  romano-german  evropasidan  hududiy 


52 

 

bo`linish.  Ayni  shu  jihat  ya`ni  Boltiqbo`yi,  Polsha,  Vengeriya  va  Chexiya  kabi 



G`arb tsivilizatsiyasi markazidan ajralib turishi rus tarixida alohida o`rin egallagan. 

Buni  X.Makkinder  xartlendidagi  jug`rofiy  asos  evroosiyoliklar  talqin  etgan 

madaniy-hududiy  umumiylik  qonunlari  asosidagi  (imperik  tafakkur,  imperialistik 

siyosiy qurilish va hokazo)  rivojlanish bilan qiyoslab bo`lmaydi.    

 V.Tsыmburskiy  uchun  “Rossiya  oroli”  shunchaki  geosiyosiy  bir  xillikka 

intilish  emas,  balki  Rossiyaning  hozirgi  holati  va  geosiyosiy  mavqei,  G`arb  va 

qo`shni  davlatlar  bilan  o`zaro  munosabatlarini  o`zida  ifodalovchi  kontseptsiyadir. 

Rossiya uchun orol geosiyosati avvalo buyuk davlatchilik doktrinasini qayta ko`rib 

chiqishni  taqozo  qiladi.  To`g`rirog`i,  yangi  geosiyosat  ichki,  hududiy  takomilga 

asoslanishi  zarur  edi.  V.Tsыmburskiyning  fikricha,  Rossiya  geosiyosati  global 

omillarni  ichki,  hududiy,  rus  federalizmini  mustahkamlashga  xizmat  qiladigan 

ustuvor omillarga almashtirishi zarur. Chunki bol`shevistik davlatchilik tugatilishi 

bilan  Rossiya  tarixidagi  280  yillik  buyuk  imperiyachilik  davriga  ham  yakun 

yasadi.  

“Rossiya  oroli”ning  o`ziga  xosligi  va  evropa  “ildiz”laridan  ayricha  takomili 

g`oyasini  Tsыmburskiy  “Buyuk  Limitrof  (kentlik)  orqasidagi  er”  (“Rossiya 

evroosiyo”dan  evroosiyodagi  Rossiya)  asarida  ifodalab,  evroosiyo  nazariyasi 

tanqidi,  madaniy  aynanlik,  madaniy-tsivilizatsiyadagi  tafovutlar,  tarixiy  va 

geosiyosiy vaziyatlarni atroflicha o`rganadi. V.Tsыmburskiy “Buyuk Rusiya oroli. 

Rus  madaniyati  tomon”  asarida  rus  dunyosi,  uning  alohida  orol  sifatidagi 

xususiyatlari, madaniy-tarixiy takomilidagi jihatlarni chuqur tadqiq qiladi.  

-

 



Dunyo kolonial davlatlar tomonidan bo`lib olingach, uning geosiyosiy holati 

ham  o`zgardi.  “Geosiyosat  dunyoni  anglash  fani  sifatida”  maqolasida  muallif 

muqobil  kontseptsiyalar,  jumladan,  “ulkan  kengliklar”  (F.List),  “panidat” 

(K.Xausxofer), “Tarixning geojo`g`rofiy uyasi” (X.Makkinder) kabilarni atroflicha 

tahlil etadi. Ayniqsa, geosiyosatdagi  ushbu uchta asosiy kategoriya: Nemis klassik 

geosiyosatining  “katta  ko`lam”i  (Crossraum);  Hayotiy  kenglik  (Lebensraum); 

Quruqlik va Dengiz munosabatlariga alohida e`tibor qaratadi. 

Uning fikricha, siyosiy va jo`g`rofiy xususiyatlar milliy davlatni rivojlantirish 

yoki “katta kenglik”larni o`zlashtirish xizmat qilishi mumkin. 


53 

 

Zamonaviy  geosiyosat  mumtoz  davrga  nisbatan  qulayroq  sharoitlarda 



rivojlanmoqda.  Bir  tarafdan,  “yopiq  oykumenlar”,  ya`ni  milliy  davlatlar  o`rtasida 

dunyoning  bo`linishi,  ikkinchi  tarafdan,  ochiq,  “muzlatilmagan”  dunyoga  intilish 

kuchaydi.  Atlantikaning  ikki  tomonida  “yirik  ko`lam”-NATO,  eI  va  NAFTA, 

Tinch  okeani  zonasida  Amerika-Yaponiya  hamkorligiga  asoslangan  hamjamiyat 

tashkil  etildi.  Bular  zamonaviy  dunyoning  “yopilishi”,  ajratilishiga  imkon 

bermaydi va bu holat mumtoz geosiyosatda uchramaydi.  

Maqola 

so`ngida 



V.Tsыmburskiy 

geosiyosat 

va 

siyosatshunoslik 



mutanosibligi  masalasiga  oydinlik  kiritadi.  U  geosiyosatni  qat`iy  ilmiy  nazariya 

deb hisoblamaydi va uni siyosatshunoslik tarkibidagi bo`lim sifati talqin etadi. Bu 

bo`limni  u  metageosiyosat  yoki  geosiyosatshunoslik  deb  ataydi.  Muallifning 

fikricha  o`z  ilmiy  uslub  va  nazariyasi,  ilmiy  apparati  bilan  geosiyosat 

siyosatshunoslikni boyitishi mumkin.  

Еvroosiyochilik  g`oyasini  “neoevroosiyochilik”  tarzida  rivojlantirgan  va  bu 

borada  salmoqli  ilmiy  natijalarni  qo`lga  kiritgan  rus  olimi  A.G.Dugindir. 

Aleksandr Gel`evich Dugin 1962 yilda Moskva shahrida harbiy oilasida tug`ilgan. 

Universitetni  bitirgach  (1988-1991  y.)  “EON”  nashr  markazida  muharrir  va  bosh 

muharrir,  “Milыy  Angel”  (1990  y.)  al`manaxi,  “Elementы”  (1991  y.)  jurnalida 

bosh  muharrir,  FINIS  MUNDI  radioeshittirishi  (1996-1997  y.)  hamda 

“Geopoliticheskoe  obozrenie”  eshittirishining  (1997-1999  y.)  muallifi  va 

boshlovchisi.  A.G.Dugin  13  ta  yirik  asar  muallifi  bo`lib,  ular  asosan  geosiyosat 

muammolariga 

bag`ishlangan. 

Jumladan, 

Rossiyada 

birinchi 

geosiyosat 

qo`llanmasi  hisoblangan  “Geosiyosat  asoslari”  (1997),  “Konservativ  inqilob” 

(1994),  “evroosiyo  misteriyalari”  (1996),  “Bizning  yo`l”  (1999),  “Makon  bilan 

fikrlash”  (2000),  “evroosiyochilik  asoslari”  (2002)  kabi  asarlar  shular 

jumlasidandir. Ayrim kitoblari Buyuk Britaniya, Italiya va Ispaniya singari evropa 

mamlakatlarida  nashr  etilgan.  Maqolalari  “Izvestiya”,  “Rossiyskaya  gazeta”, 

“Literaturnaya  gazeta”,  “Rossiya”,  “Nezavisimaya  gazeta”,  “evraziyskoe 

obozrenie”,  “Konservator”  singari  gazetalarda  muntazam  chop  etiladi. 

Aksilg`arbchi,  aksilliberal,  konservator,  o`ng  millatchi  A.Dugin  1990  yillarda 

Rossiya  hokimiyatiga  nisbatan  muxolif pozitsiyada  turgan.  2000  yildan keyin  esa 



54 

 

o`zining keskin radikal pozitsiyasidan uzoqlashib, tsentrist va prezident tarafdorlari 



qatoriga  qo`shilgan.  1998  yildan  boshlab  RF  Davlat  Dumasi  raisi    maslahatchisi 

lavozimini egallagan.  

U    neoevroosiyochilik  g`oyasiga  tayangan    siyosiy  oqimga  asos  solgan, 

shuningdek,  etarli  siyosiy  mavqe  qozona  olmagan  va  Dumadagi  partiyalar  safiga 

kira olmagan “evroosiyo” (2002 y.) partiyasini tashkil etgan. A.Duginning fikriga 

ko`ra,  1980-yillarda  kommunizmning  inqirozi,  sho`rolar  siyosiy  tuzumining 

emirilishi  hamda  jamiyatning  ijtimoiy-siyosiy  tuzilishi  to`g`risidagi  g`arbona 

andozalarga  javob  berish  zarurati  bu  oqimning  paydo  bo`lishiga  turtki  bergan.

53

 

Uning  asosiy  ijtimoiy-falsafiy  uslubi  tamadduniy  yondoshuv  bo`lib,  o`tgan  asr 



boshlaridagi evroosiyochilik an`analarining izdoshi va merosxo`ri hisoblanadi. O`z 

asarlarida  A.Dugin  nemis  konservativ  inqilobchilari  bo`lmish  O.Shpengler, 

V.Zombart,  K.Shmitt,  E.Yunger,  F.Yunger,  E.Nikit,  evropa  an`anachiligi 

namoyondalari  R.Genon,  Yu.Evolu,  T.Burkxart,  F.Shuon  va  zamonaviy  “yangi 

so`l”larJ.-P.  Sartr,  G.Debor,  M.Fuko,  J.Delez,  zamonaviy  “yangi  o`ng”lar  A.  de 

Benua,  R.Stoykers  va  boshqalarga  murojaat  etadi.

54

  Bu  oqimlarni  radikalizm 



birlashtirib,  g`arb  jamiyatini  “so`l”  pozitsiya,  tamadduniy  va  millatchilik  ruhida 

tanqid  qilishga  asoslangan.  Bu  nazariyalarni  birlashtirib  turgan  jihat  –  liberal 

siyosiy falsafa va bozor kapitalizmini tanqid qilish va mavjud voqelikning asosini 

tashkil  etgan  jarayonlarga  muqobil  andoza  topish  va  voqealar  oqimini  boshqa 

tarafga o`zgartirishdan iborat.       

G`arb - nemis konservativ inqilobi ruhiga monand tajovuzkorlik, bosqinchilik 

ruhidagi  “atlantistlar”  (AQSh  va  Buyuk  Britaniya)  va  hamkorlikka  qodir  bo`lgan 

betaraf  kontinental  (roman-german)  evropadan  iborat.  Shu  tufayli,  mumtoz 

evroosiyochilikda  qo`llanilgan  agressiv,  aksilevroosiyochilik  ruhidagi  “roman-

german dunyosi” atamasi neoevroosiyochilikda qo`llanmaydi. 

Neoevroosiyochilar  “rivojlanish  makoni”  kontseptsiyasini  rivojlantirishga 

ko`p  e`tibor  qaratadi.  Bu  esa  o`z  navbatida  Rossiya  tarixida  Turon  omilining 

ahamiyatini tan olish va jo`g`rofiy determinizmga asoslanishga olib boradi.       

                                                            

53

 Основы Евразийства. -М, 2002, 85-87- бетлар.



 

54

 Ўша жойда, 95-96-бетлар.



 

55 

 

A.Dugin  nazarida  evroosiyochilik  harakatining  platformasi  quyidagi 



tushunchalarni o`z ichiga oladi:  

-

 



ideokratiya, davlat va har bir fuqaroning oliy ruhiy maqsadga xizmat qilish 

mas`uliyatidan iborat. Davlat ahamiyatiga ega bo`lgan ushbu “oliy ruhiy maqsad” 

evroosiyochilikdir; 

-

 



evroosiyocha tabiiy tanlanish, evroosiyoga xos “tabiiy shart-sharoitlari”dan 

kelib chiqadigan va jamoaviy mas`uliyat, xolislik, o`zaro yordam, asketizm, iroda, 

chidamlilik, boshliqlarga so`zsiz bo`ysunish singari xususiyatlarni o`z ichiga olgan 

o`ziga  xos  axloqiy  me`yorlar  talab  etadigan  tushunchani  anglatadi.  Faqat  ana  shu 

xususiyatlargina evroosiyochilarga butun evroosiyo makonini egallashni yakuniga 

etkazish va nazorat o`rnatishni ta`minlaydi. 

-

 

demotiya  (o`zgacha  sharoitlarda  shakllangan  g`arbcha,  yunon-angliya 



demokratiyasidan  farqli  o`laroq)  “zararli”  liberal  demokratiya  me`yorlarini 

ko`chirmasdan, mahalliy kengashlar, o`z-o`zini boshqarish va dehqon uyushmalari 

vositasida hokimiyatda ishtirok etish yo`lidan borishi kerak. Demotiya ierarxiyani 

inkor etmasdan, “evroosiyodagi avtoritarizm” bilan uyg`unlashib ketadi.     

A.Dugin 

fikriga 


ko`ra, 

neoevroosiyochilikning 

siyosiy 

platformasi 

quyidagilarda namoyon bo`ladi: 

-

 



“evroosiyocha  tabiiy  tanlanish”  g`oyasi  V.Pareto  va  evroosiyochi 

an`anachilar,  shuningdek,  R.Genon,  Yu.Evola,  L.Dyumon  singari  tadqiqotchilar, 

hokimiyatning  pravoslavcha  talqini  va  L.Gumilevning  passionarlik  nazariyasi 

g`oyalari bilan boyitiladi; 

-

 

“demotiya” g`oyasi J.J.Russo, K.Shmitt, A.de Benua, A.Myuller van den 



Bruk  singari  olimlar  qayd  etgan  “organik  demokratiya”  g`oyasi  bilan  to`ldiriladi. 

Neoevroosiyochilik  nuqtai  nazaridan  “demotiya”  atamasi  “xalqning  o`z  taqdirini 

yaratishda ishtirok etishi”ni anglatadi; 

-

 



“ideokratiya” g`oyasi turli konservativ qoidalar bilan mustahkamlanadi;          

A.Dugin  mumtoz  evroosiyochilarning  g`oyalarini  rivojlantirishdan  tashqari 

neoevroosiyochilikni quyidagi kontseptual g`oyalar bilan boyitishga erishadi:  

-

 



bugungi  dunyoning  muqarrar  ravishda  to`liq  inqirozga  yuz  tutishi 

g`oyasi; 



56 

 

-



 

zamonaviy  ratsional  madaniyatni  irratsional  arxaik  udumlar,  afsona  va 

qadimgi dinlar orqali talqin etish;  

-

 



lingvistik,  epigrafik  (runologiya),  fol`klor  va  boshqa  qadriyatlar  asosida 

evroosiyo  xaqlarining  dastlabki  muqaddas  va  betakror    dunyoqarashini  tiklashga 

intilish, umumiy ildizlar va umumiy “makon-zamon qoidasini” izlash;      

-

 



G`arbda  rivojlangan  geosiyosiy  g`oyalarni  (X.Makkinder,  K.Xausxofer, 

Y.Loxauzen,  N.Spikmen,  Z.Bzejinskiy,  J.Triar,  K.Shmitt)  “Quruqlik”  va  “Suv”, 

Sharq va G`arb o`rtasidagi ziddiyat ruhida, atlantizm va globalizmga qarshi talqin 

qilish; 


-

 

mondializm va globalizmga umumbashariy miqyosda qarshi tura oluvchi 



muqobil variant topish

55



1990  yillarda  A.Dugin  tomonidan  atroflicha  tadqiq  etilgan  geosiyosiy 

jarayonlar  bugungi  kunda  o`z  ahamiyatini  ancha-muncha  yo`qotgan.  Hozirgi 

vaqtda uning ijodi neoevroosiyochilik mafkurasini yaratishga bag`ishlangan bo`lib, 

evroosiyo geosiyosati ushbu mafkuraning tarkibiy qismi sifatida talqin etiladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 359,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish