O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tarix fakul`teti



Download 359,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana17.01.2020
Hajmi359,35 Kb.
#35028
1   2   3   4   5
Bog'liq
yangi davr geosiyosiy nazariyalari va maktablar


Birinchidan,  Sobiq  sotsialistik  va  MDH  davlatlari  siyosatlashgan  sun`iy 

mafkuraviy  e`tiqodlardan  voz  kechib,  azaldan  mavjud  bo`lgan  madaniy  qatlamlar 

ular universal atlantik qadriyatlarga ham bo`ysunishdan bosh tortadi.  

                                                            

19

Schmidr M. Eine Strategie fur den Westen. –Bonn, 1985. –S.72. 



15 

 

Ikkinchidan,  mafkuraviy  jihatdan  kommunizmni  rad  etgan  sobiq  sotsialistik 

jumladan  MDH,  Markaziy  Osiyo  mustaqil  davlatlar  tarkibiy  tuzilishidagi 

o`zgarishlar  vaqtinchalik  hal  bo`lib  muayyan  tashkilotlarning  tarqalib  ketishi 

boshqasining paydo bo`lishi bilan almashinadi. 

Uchinchidan, S.Xantington, J.Veygeldan iqtibos keltiradi: “desekuyarizatsiya 

XX  asrning  hukmron  ijtimoiy  omillaridan  biridir”

20

.  Fikrimizcha,  bu  omil  XXI 



asrning  dastlabki  yillarida  ham  ijtimoiy  omillardan  biri  sifanida  namoyon 

bo`lmoqda.  Buning  isboti  sifatida  bugungi  kunda  butun  dunyoda  kishilar  diniy 

aqidalarni  nariroq  surish  o`rniga  diniy  mansublikni  yanada  chuqurroq,  his 

qilmoqdalar.  Xantington  diniy  mansublikni  tsivilizatsiyalar  bilan  tenglashtirgan 

holda geosiyosiy nuqtai nazardan bir qator asossiz fikrlarni ilgari suradi.  

Xullas,  bugungi  kunda  siyosatshunos  olimlar  o`rtasida  geosiyosat 

nazariyasining asosiy yo`nalishlari haqida keskin tortishuvlar davom etmoqda. 

O`zbekistonlik  siyosatshunos  olimlar  fikricha  “geosiyosat  davlat  mintaqa  va 

dunyo  xavfsizligininig  rivojlanishi  tamoyillari  hamda  jarayonlarinii  jo`g`rofiy, 

siyosiy,  iqtisodiy,  harbiy,  ekologik  kabi  omilar  tizimi  ta`sirini  o`rganuvchi  fan. 

Xavfsizlik nazariyasida geostrategik va geosiyosiy mintaqalar  asosiy tushunchalar 

hisoblanadi

21

.  Ularning  fikricha  geosiyosat  boshqa  fanlarga  nisbatan  yoki  yangi 



ilmiy  yo`nalish  bo`lib,  xavfsizlik  muammolarini  o`rganishda  birlamchi 

hisoblanadi.  Uning  to`liq  shakllanishi  hali  nihoyasiga  etmagan  ...geosiyosiy 

tadqiqotlar boshqa ilmiy yo`nalishlarga nisbatan sust rivojlangan”

22

.Bu holat uning 



uslubiy  asoslarini  shakllantirishga  qaratilgan  vazifaniningsh  muhimligini, 

tadqiqotlar olib borilishini taqozo etadi.  

 

 

1.2. Geosiyosat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati 



1941  yilda  chop  etilgan  “Xorijiy  so`zlar  lug`ati”da  “Geosiyosat”  (“grekcha 

“geo”  er,  va  “politika”  -  davlat  haqidagi  ta`limot)  soxta  fan  bo`lib  ijtimoiy-

                                                            

20

Хантингтон С. Столкновение Цивилизаций. –М.: Полис, 1994. –С.235. 



21

 Халқаро муносабатлар (геосиёсат, дипломатия, хавфсизлик). –Т.:Академия, –2006. –Б.18. 

22

 Ўша жойда. –Б.18. 



16 

 

iqtisodiy  munosabatlar  va  davlat  taraqqiyoti  jo`g`rofiy,  fizik  va  boshqa  shu  kabi 



xos xususiyatlari bilan belgilanadi” deb ta`rif berilgan

23



A.I.Poltorak  va  L.I.Savinskiylar  muallifligida  yozilgan  “Qurolli  mojarolar va 

xalqaro  huquq”  asarida  “geosiyosat  “urushni  tadqiq  qiluvchi  keng  tarqalgan 

yo`nalishlardan biri” sifatida izohlanadi

24



1985  yilda  nashr  etilgan  “Diplomatik  lug`at”da  “geosiyosat-reaktsion 

burjuaziya  nazariyasi  bo`lib,  uning  tarafdorlari  jamiyat  hayotida  jo`g`rofiy 

omillarni  mutloqlashtirish  orqali  imperialistik  davlatlarning  agresiv  tashqi 

siyosatini  asoslab  berishga  intiladilar”

25

deb  ta`rif  berilgan.  Shuningdek,  mazkur 



adabiyotda  “geosiyosat”  iborasini  birinchi  marotaba  birinchi  jahon urushi davrida 

evropa davlatlarining Germaniya imperiyasi hukmronligi ostida birlashish tarafdori 

bo`lgan  shved  siyosatshunos  olimi  R.Chellen  tomonidan  ilgari  surilganligi, 

keyinchalik  esa  “geosiyosat  natsistlar  tomnidan  qurol  qilib  olinishi”  va  “uchinchi 

reyx”ning  rasmiy  ideologiyasi  va  siyosati  bo`lib  qolganligini  aytilishi  bilan  bir 

qatorda  urushdan  keyingi  davrda  “geosiyosatning  asosiy  tamoyillari  amerika 

siyosiy  doiralari  va  nazariyotchilari  tarafidan  o`zlashtirilib”  “bir  qator  AQSh 

reaktsion tashqi siyosiy doktrinalar asosini tashkil etganligi” aytiladi. 

1988  yilda  chop  etilgan  yana  bir  lug`atda  “geosiyosat”  (“grekcha  “ge”  er, 

mamlakat  va  “politika”  davlat  yoki  jamoat  ishlari)  jamiyat  hayotida  jo`g`rofiy 

omillarni  haddan  ortiq  asoslovchi  burjuaziya  siyosiy  qarashlari;  –  deb  ta`rif 

beriladi.  Insoniyat  jamiyati  taraqqiyotining  jo`g`rofiy  holati  va  jo`g`rofiy 

sharoitlariga  to`g`ridan  to`g`ri  tobe  deb  qaraluvchi  geosiyosiy  qarashlar 

mal`tuschilik,  ijtimoiy  darvinizm,  irqlar  tengsizligi,  tabiiy  chegaralar  va  hayotiy 

kenglikning  etishmasligi  va  boshqa  shu  kabi  g`oyalarni  birlashtirishga  qaratilib, 

imperializmning  agressiv  tashqi  siyosatini  mafkuraviy  jihatdan  asoslanishiga 

xizmat qiladi” deb aytiladi

26

.  



Sovet davrida chop etilgan adabiyotlarning barchasida geosiyosatning birinchi 

jahon  urushi  davrida  paydo  bo`lganligini,  ikkinchi  jahon  urushi  davrida 

                                                            

23

Словарь иностранных  слов. –М.: ОГИЗ. Гос. Изд-во иностранных  и национальных словарей, 1941. –С.149. 



24

 Полтарак А.И.ва Савинский Л.И. Вооруженные конфликты и международное право. Основные проблемы. 

–М.: Наука, 1996. –С.16. 

25

Дипломатический словарь в 3-хт. Т.1. –М.: Наука, 1985.–С.253. 



26

 Краткий политический словарь.  –М.: Политической литературы, 1988. –С.83. 



17 

 

Germaniyada  taraqqiy  topishi,  “Fashizmning  rasmiy  doktrinasi”  va  fashist 



geosiyosatchilari tomonidan tajovuz va “Olmon millatining hayotiy kengligi” kabi 

g`oyalarni  keng  targ`ib  qilganliklari,  ikkinchi  jahon  urushidan  so`ng  geosiyosat 

AQSh  va  boshqa  rivojlangan  mamlakatlarga  yoyilishi  va  bu  davlatlarning  jahon 

xukmronligiga  da`vogarligini  asoslab  beruvchi  “oqim”,  “qarash”,  “fan”  deb 

izohlanadi. 

The  World  Book  Encyclopedia  qomusida  “geosiyosat”  jo`g`rofiy  muhitdan 

kelib  chiqqan  holda  jahon  siyosati  taraqqiyotini  talqin  etishga  intiladi”  deb 

ta`riflanadi.  Mazkur  nazariyaga  binoan  jahon  sahnasida  joyning  kamligi  dunyo 

mamlakatlarining  yashab  qolishlari  uchun  o`zaro  kurash  olib  borishlariga  asosiy 

sabab  deb  qaraladi.  Geosiyosat  jo`g`rofiy  joy  va  tashqi  siyosat  o`rtasidagi 

aloqadorlikni  ko`rsatishga  intiladi...  Geograflar,  tarixchilar  va  siyosatshunoslar 

geografiyaning tashqi siyosatga ta`sirini o`rganadilar” deb izohlanadi

27



Ko`pgina  lug`atlarda  “Geosiyosat”  so`zini  birinchi  marotaba  shved  olimi 



R.Chellen ilgari surganligi aytib o`tiladi. Biroq, mazkur tushunchani “geosiyosat” 

deb altamagan bo`lsada, birinchi bo`lib Fridrix Ratsel` (1844-1904) ishlab chiqqan 

va  amaliyotga  kiritgan.  F.Ratsel`  o`z    asarlarida  “siyosiy  geografiya”  iborasini 

qo`llagan.  Uning  1897  yilda  chop  etilgan  ishlaridan  biri  ham  aynan  “Politishe 

geographe” deb nomlangan. 

Ratsel`  o`zining  “Siyosiy  geografiya”  asarida  tuproqli  halqlarning 

manfaatlarini tashkil etuvchi uni ifodalovchi asosiy manbaa sifatida ko`radi.  

Tarixning rivojlanishida tuproq va hudud asosiy o`rinni egallaydi degan fikrni 

ilgari  surib,  davlatni  “tuproq  ildiz  otgan”,  “tirik  organizm”  deb  xulosa  qiladi. 

Davlat  hududiy  relef  va  masshtabning  xalq  tarafidan  mushohada  qilinishi 

natijasida yuzaga keladi. Shunday qilib, “davlat tushunchasida jo`g`rofiy borliq va 

shu  borliqning  sub`ektiv  umummilliy  anglash  natijasida  siyosatda  aks  etishi 

namoyon  bo`ladi.  Ratsel`  “tabiiy  davlat”  o`z  ichida  millatning  jo`g`rofiy 

demografik va milliy madaniyat parometrlarini qamrab olganligini aytib o`tadi. 

Davlatlar o`z taraqqiyotining barcha davrida o`z zaminlari bilan bog`liqlarini 

saqlab  qolish  zaruriyatiga  ega  o`ziga  xos  organizm  sifatida  qaraladi  va  shu  bois 

                                                            

27

The World Book Encyclopedia. –Vol.8. – Chicago, 1994. –P.106-107. 



18 

 

jo`g`rofiy  etnografiya  va  tarixning  shohidligicha  davlatlar  hududiy  kengliklarda 



taraqqiy  topib  hudud  bilan  uzviy  bog`lanadi  va  u  bilan  birlashib  boradi,  undan 

kuch quvvat oladi. Shunday qilib, davlatlar hududiy ko`rinish shakliga ega bo`ladi, 

hudud  tarafidan  boshqariladi  va  u  tarafidan  jonlantirilib  turiladi  va  albatta  bu 

jarayonlarni  taqqoslash,  o`rganish  geografiya  zimmasidadir.  Davlatlar  xayot 

ko`rinishlarining yuqori cho`qqisi bo`lib tajovuzning asosiy tarkibiy qismidir

28



Ratsel`ning  bunday  “organistik”  yondashuvidan  ayon  bo`ladiki,  davlatning 

hududiy  kengayishi  (ekspansiyasi)  tirik  organimzlarning  o`sishi,  rivojlanishi 

singari tabiiy jarayon sifatida baholanadi. 

Yuqorida qayd etilganidek, “Geosiyosat” iborasini birinchi bo`lib shved olimi 

Rudol`f  Chellen  (186-1922)  qo`llagan.  U  geografiya    fanidan  yiroq  bo`lishiga 

qaramasdan,  o`zini  Rattsel`ning  shogirdi,  deb  hisoblagan  va  geopolitikani 

politologiyaning  bir  qismi  sifatida  qaragan.  Chellen  geopolitikaga  quyidagicha 

ta`rif  beradi:  Geosiyosat  –davlatning  hududida  mujassamlashgan  juhrofiy 

organizm haqidagi fan”. Chellen “geosiyosat” so`zidan tashqari siyosatshunoslikda 

o`rganilishi lozim bo`lgan yana 4 ta yangi so`zni qo`llaydi: 

Ekosiyosat- davlatning iqtisodiy qudratini tadqiq qilish; 

Demosiyosat – xalq tarafidan davlatga ta`sir etuvchi kuchlar rivoji;  

Sotsiosiyosat –davlatning ijtimoiy jihatini tadqiq qilish; 

Kratosiyosat  –  huquq  va  ijtimoiy-iqtisodiy  omillar  bilan  mutanosiblikda 

xokimiyat va boshqaruv shakllarini o`rganish. 

Chellenning  siyosatshunoslikka  kiritgan  bunday  tasnifi  bugungi  kun  halqaro 

huquq  mezonlarida  berilgan  davlatning  quyidagi  uch  element  birikuvidan 

iboratligiga to`g`ri keladi. 

1.Ma`lum hududga egaligi; 

2.Mazkur hududda istiqomat qiluvchi aholisi; 

3.Hokimiyat idoralari. 

Biroq,  Chellen  tomonidan  ilgari  surilgan  bu  iboralar  “geosiyosat” 

tushunchasidan tashqari politologiya doirasida o`z aksini topmadi. 

                                                            

28

 Ratcel F. Politishe Geographiie. –Berlin.: Einleitung, 1887. –S.78. 



19 

 

R.Chellen  “Davlat  hayot  shakli  sifatida”  asarida  Ratselning  fikrlarini  davom 



ettirdi va boyitdi. 

U  Ratsel`  kabi  jamiyat  va  davlatga  mexanistik  yondashuvni  rad  etuvchi 

“organitsizm”  g`oyalarini  ilgari  surdi.  Bu  qarashlar  negizida  “jonsiz  ob`ekt” 

(fan)va insoniy sub`ektlar (arboblar)ga qat`iy bo`linishni rad etish orqali o`rganish 

ko`psilik geosiyosatning farqli tomonidir. 

Geosiyosat  yo`nalishida  qalam  tebratgan  yana  bir  yirik  ingliz  olimi  Xelford 

Dj.Makkinderdir.  (1861-1947)  U  Buyuk  Britaniya  tashqi  siyosatining  asosiy 

yo`nalishlarining  shakllanishidagi  ishtiroki,  shuningdek,  jahon  siyosiy  tarixini 

o`ziga xos talqin qilganligi bilan mashxurdir. 

X.Makkinder  g`oyalari  xalqaro  munosabatlarning  yo`nalishiga  jiddiy  ta`mir 

etishga  qodir  bo`lgan  va  shu  tufayli  Angliya  siyosatida  oliy  martabaga  erishgan 

siyosiy arbobdir. Shu bilan birga, u dunyo siyosiy tarixini tadqiq va talqin etishda 

dadil va o`ziga xos inqilobiy yo`nalish yaratgan mashhur shaxs xisoblanadi. 

Geosiyosatga  xos  bo`lgan  ilmiy  jumboqni  X.Makkinderning  ilmiy  asarlarida 

yaqqol  kuzatish  mumkin.  Uning  “Tarixning  jo`g`rofiy  o`qi”  “Demokratik ideallar 

va  voqeliklar”  singari  mashhur  asarlarida  eng  muhim  geosiyosiy  g`oyalar  bayon 

etilgan Shuni ta`kidlash kerakki X.Makkinder nafaqat siyosat olamida, balki ilmiy 

doiralarda  ham  yuqori  mavqega  ega  bo`lishiga  qaramay,  uning  g`oyalari  ilmiy 

hamjamiyat tomonidan qabul qilinmagan. 

1904  yilda  “Jo`g`rofiy  jurnal”  da  nashr  etilgan  “Tarixning  jo`g`rofiy  o`qi” 

maqolasi  X.Makinderning  dastlabki  va  eng  yorqin  chiqishi  bo`lgan  edi

29



X.Makkinder bu maqolada keyingi barcha asarlarida rivojlantirilgan jo`g`rofiya va 

tarixga oid qarashlarini bayon qilgan. Mazkur maqolaning ilmiy qiymati shundaki, 

unda  nafaqat  “siyosiy  geografiya”  taraqqiyotining  ilgarigi  barcha  yo`nalishlarida 

qo`lga kiritilgan ilmiy natijalar umumlashtirilishi bilan bir qatorda, mazkur fanning 

asosiy qonuni ham ishlab chiqilgan. 

X.Makkinder  fikricha,  eng  qulay  jo`g`rofiy  makon  bu  o`rtalikdagi  holat 

bo`lib,  biror  bir  mintaqaning  markazda  joylashish  davlat  uchun  har  jihatdan 

                                                            

29

Makinder  H.  Geographical  Pivot  of  History.  In  Geographical  jurnal.  –1904.  //  Перевод  с  анг.    Элементы. 



Евразийское обозрение. –1996. –№7. –С.26-31. 

20 

 

foydalidir. “Markazda joylashganlik holati” nisbiy tushuncha bo`lib, vziyatga ko`ra 



o`zgarib turishi mumkin. Ammo sayyoraviy nuqtai nazardan dunyoning markazida 

evrosiyo  mintaqasi,  uning  markazida  esa  “dunyoning  yuragi”,  ya`ni  “heartland” 

joylashgan.  U  butun  dunyoni  nazorat  qilish  uchun  eng  qulay  jo`g`rofiy 

plantsdarmdir. 

Heartland  “dunyo  oroli”ning  (World  Island)  chegarasi  ichida  o`rin  egallagan 

umummiqyosdagi  asosiy  hudud  hisoblanadi.  X.Makkinder  “dunyo  oroli”ni  3 

mintaqa  –  Osiyo,  Afrika  va  evropadan  iborat  deb  bilgan.  Shunday  qilib 

X.Makkinder  markazda  to`planuvchi  doiralar  tizimini  qo`llagan  holda, 

umumsayyoraiy  miqyosda  hududlar  ketma-ketligini  belgilab  uning  markazida 

“tarixning  jo`g`rofiy  o`qi”  yoki  “o`q  maydon”

30

  joylashganini  asoslashga  intildi. 



Ushbu  geosiyosiy  tushunchaga  ko`ra  erning  geosiyosiy  o`qi  jo`g`rofiy  nuqtai 

nazaridan  Rossiya  hududini  anglatadi.  Ana  shu  “o`q”  ni  tashkil  etgan  voqelik 

heartland ya`ni erning yuragi deb ataladi. 

Undan  keyin  esa  “ichki  yoki  tashqi  yarimoy”  joylashgan

31

.  Bu  belbog` 



evrosiyo  mintaqasining  qirg`oq  hududlariga  to`g`ri  keladiyu  X.Makinder  fikriga 

ko`ra,  “ichki  yarimoy”  tsivilizatsiya  rivojining  ancha  tezkor  qismini  tashkil  etadi. 

Bu  esa  tsivilizatsiyalarning  dengil  va  daryolar  sohillarida  paydo  bo`lganligi 

to`g`risidagi “potamik nazariya”ga mos keladi. Ushbu nazariya barcha geosiyosiy 

yondashuvlarning  o`zagi  hisoblanadi.  Suv  va  quruqlikning  kesishishi  nuqtasi 

davlat  va  xalqlar  tarixida  muhim  omil  hisoblanadi.  Bunday  qarashlar  tizimi 

K.Shmitt  va  N.Spaykmen  tomonidan  ilgari  surilgan  bo`lsada,  ushbu  muammoni 

birinchilardan  bo`lib  tadqiq  etgan  olim  aynan  X.Makkinder  hisoblanadi.  U 

“Demokratik  ideallar  va  voqelik”  asaridada  bundan  keyin  yanada  kengroq  doira 

“tashki  yoki  orliy  yarim  oy”  boshlanishini  ta`kidlaydi.  Bu  hudud  Dunyo  oroli 

(World Island)ning uruqlikdagi qismiga nisbatan (jo`g`rofiy va madaniy jihatdan) 

butunlay  tashqarida  joylashgan.  X.Makkinder  fikricha,  tarixiy  taraqqiyot  jarayoni 

sabab-oqibat  tamoyiliga  asoslangan  holda  quyidagicha  kechgan:  Heartlandning 

markazidan uning qirg`oqlariga “quruqlik bosqinchi”lar muntazam ravishda hujum 

                                                            

30

Макиндер асарида “pivot arca” деб аталган. 



31

Макиндер асарида “inter of marginal crescent” деб аталган. 



21 

 

qilib  turgan.  Bu  hol  XIII  asrda  mo`g`ul  bosqini  davrida  ayniqsa  yaqqol  ko`zga 



tashlangan. Biroq ulardan oldin skiflar, xunlar hamda alanlar tomonidan ham xuddi 

shunday  xurujlar  amalga  oshirilgan.  X.Makkinderning  ta`kidlashicha  “tarixning 

jo`g`rofiy  o`qi”  da  joylashgan  tamaddunlar  heartlandning  ichki  hududlaridagi 

“avtoritar”  siyosiy  hokimiyatga  ega  bo`lgan  “nodemokratik”  hamda  “savdoga 

asoslanmagan” jamiyatlardan iborat bo`lgan. Bunday tamaddunlar dastlab Qadimgi 

Rim yoki Spartasi singari jamiyatlar mujassamlashgan. 

Tashqaridan,  “Orol  yarim  oyi”  mintaqalaridagi  “dengiz  bosqinchilari”  yoki 

“orolliklar”  tomnidan  “dunyo  oroli”ga  hujum  bo`lib  turgan.  Ular  evroosiyodan 

tashqaridagi markazlardan kelib chiqqan mustamlakachi bo`lib, mintaqaning ichki 

sarhadlaridan  kelgan  kuchlarni  engib,  dengiz  va  quruqlik  kuchlari  o`rtasida 

muvozanatni  ta`minlashga  intilgan  “savdo-sotiq”  va  “demokratik”  siyosiy  tizim 

esa  “tashqi  yarim  oy”  tamaddunlar  xos  xususiyatdir.  Qadimda  Afina  davlati  yoki 

Karfagen ana shunday xususiyatlari bilan ajralib turgan. 

Ikki  qutbni  egallagan  ushbu  tamadduniy-jo`g`rofiy  majmua  oralig`ida  “ichki 

yarim oy” hududi joylashgan. U ikki yoqlamali hamda doimiy ravishda bir-biriga 

zid  bo`lgan  madaniyatlar  ta`sirida  qolgani  tufayli  harakatchan  bo`lgan  va  shu 

sababli  tamaddunning  eng  taraqqiy  topgan  hududiga  aylangan.  Tarixning 

jo`g`rofiy  o`qi  maqolasida  X.Makinder  evrosiyoning  marakaziy  quruqlik  qismi 

bilan  qirg`oqdagi  davlatlar  o`rtasida  joylashgan  mamlakatlarni  misol  tariqasida 

keltirish mumkinligini yozadi.  

X.Makkinder  fikricha,  tarixiy  jarayon  jo`g`rofiy  nuqtai  nazardan  mintaqaviy 

o`q  atrofida  kechadi.  Bu  jarayon  “ichki  yarim  oy”  hududlarida  yaqqol  namoyon 

bo`ladi  heartlandda  “harakatsiz”  arxaizm,  “tashqi  yarim  oy”da  esa  qandaydir 

tamadduniy tartibsizlik hukm suradi. 

X.Makkinder o`z manfaatlarini anglosakson orol dunyosi, ya`ni “tashqi yarim 

oy”  hududining  manfaatlari  mushtarak  deb  hisoblagan.  “Dunyo  oroli”  geosiyosiy 

jihatdan  shundady  yo`nalishga  ega  bo`ladiki,  bundda  heartlandning  nihoyatda 

zaiflashgani holda “tashqi yarim oy”ning “ichki yarim oy”ga ko`rsatadigan ta`siri 

kengayib  boradi.  “X.Makinder  “Tarixning  jo`g`rofiy  o`qi”ning  butun  dunyo 

siyosatidagi strategik ustuvorligini ta`kidlab, quyidagi muhim qonunni kashf etadi. 



22 

 

U 1919 yilda N`yu Yorkda nashr etilgan”Demokratik ideallar va voqelik” asarida 



“Kimki  Sharqiy  evropani  nazorat  qilsa,  heartlandga  ustunlik  qiladi;  kim 

heartlandda ustunlik qilsa  “dunyo  oroli”ga  ustunlik qiladi; kimki  “dunyo  oroli”ga 

ustunlik qilsa u dunyo miqyosidagi ustunlikka erishadi”, deb yozgan edi. 

Siyosiy nuqtai nazardan qaraganda bu hol Rossiyaning strategik etakchiligini 

tan  olishni  anglatar  edi.  X.Makkinder  “Tarixning  jo`g`rofiy  o`qi”  maqolasida  bu 

haqda  shunday  deb  yozadi:  “Germaniyaning  evropadagi  o`rni  qanday  bo`lsa 

Rossiya  butun  dunyo  miqyosida  xuddi  shunday  markaziy  strategik  mavqeini 

egallaydi. U har tarafdan hamla qilishi va ayni vaqtda o`zi ham shimoldan tashqari 

barcha  tarafdan  hujumga  duch kelishi  mumkin.  Ana  shu  fikrlarga  tayangan  holda 

X.Makkinder  anglosakson  geosiyosatining  bosh  vazifasi  “tarixning  jo`g`rofiy 

o`qi”,  ya`ni    Rossiya  atrofida  mintaqaviy  strategik  ittifoq  tashkil  topishiga    yo`l 

qo`ymaslik  deb  hisoblagan.  Demak,  “tashqi  yarim  oy”  kuchlarining  strategiyasi 

heartland dan imkon qadar ko`p miqdorda sohilli hududlarni tortib olish va ularni 

“orol  tsivilizatsiya”si  ta`siri  ostiga  kiritishdan  iborat.  Uning  nazarida  “Kuchlar 

muvozanatining  o`q  davlat  (Rossiya)  tomon  o`zgarishi,  uning  evrosiyo  atrof 

hududlarini istilo qilishi bilan barobar ro`y berib, mintaqaning ulkan zahiralaridan 

foydalangan holda kudratli dengiz floti yaratish imkonini berdi bunday vaziyatda u 

dunyo  saltanati  darajasiga  etishi  mumkinligi  ham  extimoldan  holi  emas.  Rossiya 

Germaniya bilan birlashgan taqdirda ana shunday vaziyat vujudga kelishi mumkin. 

E`tiborli  jihati  shundaki,  X.Makkinder  faqatgina  nazariy  taxminlarni  ilgari 

surish  bilan  cheklanib  qolmadi.  Balki  Antantani  qo`llab-quvvatlash  maqsadida 

tuzilgan “oq harakat” ni tashkil etishda ham faol ishtirok etdi. Unnig fikriga ko`ra 

harakat 

nemislarga 

xayrixoh 

bo`lgan 


evrosiyochi-sho`rolar 

qudratini 

zaiflashtirishga  yo`naltirilgan  jarayon  bo`lishi  kerak  edi.  X.Makkinder  Angliya 

hukumatidan  imkon  qadar  ko`proq  madad  olishga  harakat  qilgani  holda  shaxsan 

o`zi “oq harakat” rahbarlariga yo`l-yo`riq va maslahat bergan.  

X.Makkinder  faol  ishtirok  etgan  Versal`  shartnomasining  asosiy  mazmunida 

uning  geosiyosiy  qarashlari  singdirilgan.  Bu  shartnoma  g`arbiy  evropa 

anglosakson dunyosi uchun qirg`oq bazasi bo`lib qolajagini mustahkamlash uchun 

tuzilgan  edi.  Shu  bilan    birga  X.Makkinder  nemislar  va  slavyanlarni  bir-biridan 


23 

 

ajratib turuvchi chegaraviy davlatlar tuzilishini ham nazarda tutadi. Bunday oraliq 



davlatlar nemislar va slavyanlar o`rtasida o`ziga xos chegara vazifasini o`taydi va 

demakki  “demokratiya”  uchun  xatarli  bo`lgan  mintaqaviy  strategik  ittifoq 

tuzilishiga imkon bermaydi. 

Shuni  ta`kidlash  kerakki,  X.Makkinder  asarlarida  heartland  jo`g`rofiy 

chegaralarini  tadrijiy  taraqqyotini  ham  kuzatish  mumkin.  Agar  1904  va  1919 

yillarda  heartland  ning  tashqi  ko`rinishi  umumiy  belgilarga  ko`ra  rossiya 

imperiyasi chegaralari, keyinchalik esa SSSR chegaralariga mos kelgan bo`lsa, 40 

yillarda  X.Makkinder  o`zining  oldingi  qarashlari  qayta  ko`rib  chiqadi  va 

“Tarixning  geografik  o`qi”  (1904)  maqolasi  hamda  “Demokratik  ideallar  va 

voqelik”  kitobida  (1919)  sho`rolarning  enisey  ortida  joylashgan  Sharqiy  Sibir 

hududlarini  heartlanddan  chiqarib  tashlaydi.  1943  yilda  chop  etilgan  “Aylana 

sayyora  va  tinchlikni  zabt  etish”  asarida  u  deyarli  aholisiz  bo`lgan  sho`ro 

hududlarini  Lena daryosi  nomidan kelib  chiqqan holda  “Lenaland  Rossiyasi” deb 

ataydi: 


Heartland  da  Rossiyaning  9  million  aholisi  bor,  5  millioni  Irkutsdan 

Vladivostokgacha  bo`lgan  mintaqalararo  temir  yo`l  hududida  yashaydi,  Qolgan 

hududlarda  har  8  km  kvadratga  bir  kishidan  kam  aholi  to`g`ri  keladi.  Bu  erning 

tabiiy boyliklari yog`och, minerallar bo`lib, ularga umuman qo`l urilmagan. 

Lenalandning  Heartland  chegaralaridan  chiqarilishi  uni  ichki  yarim  oy” 

hududi  sifatida  qabul  qilinishi  imkoniyatini,  ya`ni  “orol  davlatlari”  tomonidan 

“tarixning jo`g`rofiy o`qi” ga qarshi jangda qo`llaniladigan qirg`oq hududi sifatida 

foydalanish  mumkinligini  anglatardi.  “Oq  harakat”  va  Antanta  harakatini  tashkil 

etishda faol ishtirok etgan. X.Makkinder aftidan Kolchakning evrosiyo markaziga 

qarshi  chiqishini  “tashqi  yarim  oy”  hududlariga  nisbatan  bo`lajak  hujum  sifatida 

talqin  qilgan.  Shu  tufayli  uning  nazorati  ostida  bo`lgan  hududlarni  ehtimoldagi 

“qirg`oq hududlari” sifatida qabul qilish uchun etarli asos deb hisoblagan. 

X.Makkinder  Demokratik  ideallar  va  voqelik  asarida  dunyo  geosiyosati 

tarixini 3 bosqichga bo`ladi: 

1)  Kolmbgacha  bo`lgan  davr.  Bu  davrda  Dunyo  Oroli  atrofida  yashovchi 

barcha  xalqlar,  masalan  rimliklar  hamisha  “er  yuragi”dagi  kuchlar  tomonidan 



24 

 

bosib olish havf ostida yashagan. Rimliklarga qarshi bu tahdid germanlar, xunlar, 



alanlar  va  forslar  tomonidan  bo`lib  turgan.  O`rta  asrlarda  esa  tahdid  Oltin  O`rda 

xoni va oykumenlar tomonidan bo`lgan. 

2)  Kolumb  davri.  Bu  davrda  “ichki  yarim  oy”  (qirg`oq  hududlari)  vakillari 

sayyoraning  noma`lum  hududlarini  bosib  olishga  otlanadi  va  hech  qaerda  jiddiy 

qarshilikka uchramaydi. 

3)  Kolumbdan  keyingi  davr.  Zabt  etilmagan  hududlar  qolmaydi.  Dinamik 

harakatlanishda  bo`lgan  tamaddunlar  to`qnashuvga  mahkum  bo`lib,  er  yuzidagi 

halqlar umumjahon miqyosdagi fuqarolar urushiga jalb etiladi. 

X.Makkinder  tomonidan  yaratilgan  ushbu  geosiyosiy  qoidalar  ushbu  fanning 

mumtoz  asoslarini  tashkil  etadi  va  ularning  ko`pgina  hollarda  nazariy-uslubiy 

nuqtai  nazardan  qo`llash  mumkin.  Bugungi  geosiyosiy  jarayonlarga  nazar 

tashlansa,  ular  X.Makkinder  kabi  olimlar  yaratgan  umumiy  nazariy  qonuniyatlar 

asosida  tahlil  etiladi.  Boshqacha  aytganda  bugungi  geosiyosiy  jarayonlar  ham 

geosiyosatning  butun  kuchlari  o`rtasidagi  qarama-qarshilik  bundan  ikki  asr  ilgari 

qanday  bo`lgan  bo`lsa,  bugungi  kunda  ham  xuddi  shu  darajada  davom  etmoqda. 

Heartland  tomon  yurish  va  unga  qarshilik  ko`rsatish  bir  oz  bo`lsa-da,  to`xtagani 

yo`q.  Bu  hol  keyingi  yillarda  Markaziy  Osiyo  atrofida  kechayotgan  jarayonlarsa 

ayniqsa yaqqol namoyon bo`ladi. 

Demak,  xulosa  sifatida  aytish  mumkinki  “Geosiyosat”  atamasini  fanga 

Shvetsiyalik siyosatshunos olim R.Chellen kiritgan. “Geopolitika” tashqi siyosatda 

biron-bir  davlat  yoki  mintaqaning  geografik  o`rni,  hududiy  joylashishi, 

kommunikatsion  imkoniyatlarini  hisobga  olib  yuritadigan  faoliyatidir.  “Hayotiy 

makonning  torlik  qilayotganligi”,  “tabiiy  sarhadlarni  kengaytirish  zaruriyati” 

singari  da`volar  geopolitikani  Ekspansiyani  asoslovchi  siyosiy  kontseptsiya;  deb 

baholanishiga olib keldi. 

Bu  atama  1-jahon  urushi  davrida  keng  qo`llanila  boshlagan.  O`sha  davrda 

yashagan nemis olimi F.Rattsel davlatlar muayyan joy va hududda mavjud bo`ladi, 

bu  esa  o`z  navbatida,  ularni  zarur  hududlarni  egallashga  majbur  qiladi”,  deb 

hisoblagan.  Bunday  qarash  reaktsion  bo`lib,  dunyoni  qaytadan  bo`lib  olishga 


25 

 

otlangan  Kayzer  germaniyasining  urushga  shaylanayotgan  siyosatchilari  uchun 



nihoyatda maqbul bo`lgan. 

Bugungi  dunyodagi  geosiyosiy  jarayonlar,  ularningn  mintaqamiz  va 

mamlakatimizga ta`siri masalalarining mazmun-mohiyati, bu borada respublikamiz 

amal  qiladigan  tamoyillar  Prezident  Islom  Karimov  asarlarida,  ayniqsa, 

“O`zbekiston  XX1  asr  bo`sag`asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va 

taraqqiyot kafolatlari” nomli kitobida chuqur tahlil qilingan.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


26 

 


Download 359,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish