O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tarix fakul`teti


II-bob.Geosiyosiy qarashlarning zamonaviy xalqaro munosabatlarga



Download 359,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana17.01.2020
Hajmi359,35 Kb.
#35028
1   2   3   4   5
Bog'liq
yangi davr geosiyosiy nazariyalari va maktablar


II-bob.Geosiyosiy qarashlarning zamonaviy xalqaro munosabatlarga 

ta`siri. 

2.1.Evropa va Osiyoning geostrategik istiqboli to`g`risida  

Evropa-Amerika maktablari. 

Geosiyosiy  qarashlarni  tadqiq  etish  keyingi  vaqtda  tobora  kuchayib 

borayotgan  mintaqaviy  mojarolarning  oldini  olish,  evroosiyoning  taqdiri xususida 

muhim  xulosalar  yasashga  yordam  beradi.  Biz  yuqorida  ingliz  va  nemis 

olimlarining  evroosiyoning  geosiyosiy  manzarasi,  hukmron  kuchlarning  harakat 

dasturiga  aylangan  ilmiy  qarashlarnini  tahlil  qilishga  harakat  qildik.  Ma`lumki, 

ikkinchi  jahon  urushiga  qadar  Germaniya  va  Buyuk  Britaniya  evropadagi  eng 

qudratli  davlatlar  hisoblangan.  Bu  ikki  davlat  nafaqat  G`arbiy  evropa,  balki 

Sharqiy evropa va hatto butun evroosiyoning taqdirida hal qiluvchi o`rin tutgan.  

Shu  bilan  bir  qatorda,  Italiya,  Frantsiya,  Shvetsiya  kabi  davlatlarning  tashqi 

siyosati  ana shu  ikki davlatning geosiyosatiga  qarab  belgilangan.  Ammo  Ikkinchi 

Jahon  urushidan  keyingi  davrda  AQSh  eng  qudratli  dengiz  davlati  sifatida  jahon 

siyosati  sahnasida  paydo  bo`ldi.  Uning  kuchli  harbiy  salohiyatga  ega  bo`lishi  va 

NATOning tashkil etilishi “Sovuq urush” yakuniga (1991 yilga) qadar evroosiyoni 

ikki qutb asosida boshqarishni ta`minladi.           

Bu o`rinda  evroosiyo va AQSh geosiyosatida muhim nazariy manba sifatida 

xizmat qilgan frantsuz olimi Vidal` de la Blash, amerikalik olimlar Al`fred Mexen 

va Nikolas Spaykmenlarning qarashlariga alohida e`tibor qaratish lozim.   

Frantsuz  olimlari  evroosiyo  muvozanatini  ham  qit`achilik,  ham  atlantistik 

qarashlarni  mujassamlashtirgan  holda  tadqiq  etgan.  Ulardan  biri  -    taniqli  olim 

frantsuz  geografiya  maktabining  asoschisi  V.Blash  hisoblanadi.  Garchi  u  nemis 

geosiyosiy  maktabining  ko`p  jihatlarini  qattiq  tanqid  qilgan  bo`lsada,  o`z 

nazariyasini F.Rattselning “Siyosiy geografiya”siga tayanib yaratgan. 

V.Blash  “Frantsiyaning  jo`g`rofiy  manzarasi”  (1903)  asarida  nemis 

geosiyosiyosatchilari  uchun  o`ta  muhim  hisoblangan  zamin  tushunchasiga 

murojaat  etib,  shunday  deb  yozadi:  “Frantsiyada  zamin  va  inson  o`rtasidagi 

munosabat 

o`tmishning 

betakror 

xususiyati 

bo`lgan 

uzluksizlik 

bilan 

xarakterlanadi.  Bizning  mamlakatda  odamlar  qadim-qadimdan  bir  hududda 



27 

 

yashaganini kuzatish mumkin. Buloqlar va kaltsiyli qoyalar ilk davrlardan boshlab 



kishilarni  yashash  va  himoyalanish  uchun  qulay  hudud  sifatida  o`ziga  tortgan. 

Bizda  inson  hayot  sirlarini  haqiqiy  ma`noda  zamindan  o`rgangan.  Zaminni 

o`rganish aholining fe`l-atvori, axloqi va urf-odatlarini aniqlashga yordam beradi.” 

Biroq  jo`g`rofiy  omil  va  uning  madaniyatga  ta`siri  borasida  aynan  nemis 

olimlari singari yondashganiga qaramasdan, V.Blash F.Rattsel va uning izdoshlari 

tabiiy  omilning  ta`siri  va  ahamiyatini  haddan  tashqari  bo`rttirib  yuborishganini 

ta`kidlaydi. 

Uning 


nazarida, 

nafaqat 


tabiiy 

omil, 


balki 

inson 


ham 

“tashabbuskor”ligi  tufayli  “muhim  jo`g`rofiy  omil”  sifatida  talqin  etilishi  zarur. 

Olimning ta`kidlashicha, inson tabiatdagi jonsiz buyum emas, balki jarayonlardagi 

asosiy ijrochidir. 

F.Rattsel  qarashlari  va  ilmiy  merosiga  tanqidiy  yondashuv  asosida  V.Blash 

“possibilizm”  deb  nomlangan  o`ziga  xos  geosiyosiy  kontseptsiyani  ilgari  suradi. 

Unga ko`ra, siyosiy tarix makon (jo`g`rofiy omil) hamda zamon (tarixiy omil) kabi 

jihatlarga  ega.  Jo`g`rofiy  omil  atrof  muhitda,  tarix  esa  inson  borlig`ida  aks  etadi. 

V.Blash  fikricha,  rel`efni  davlatning  siyosiy  tarixidagi  asosiy  omil  deb  hisoblash 

“nemis  geosiyosatchilari”ning  xatosidir.  Uning  o`zi  esa  jo`g`rofiy  yoki  hududiy 

joylashuvni  dolzarb  va  chinakam  siyosiy  omilga  aylanishi  mumkin  bo`lgan 

“ehtimollik”, “imkoniyat” deb talqi etishni taklif qiladi. Bu esa, avvalo, sub`ektiv 

omilga,  aniqrog`i  o`sha  hududda  yashayotgan  xalqqa  bog`liq.  Bunday  yondashuv 

K.Xausxofer  maktabiga  mansub  nemis  geosiyosatchilari  tomonidan  e`tiborga 

olingan va V.Blashning tanqidini g`oyatda muhim va asosli deb topgan edi. Zero, 

aynan  shunday  yondashuv  muayyan  davlatning  siyosiy  tarixini  o`rganishda  etnik 

va irqiy omil ahamiyatining kuchayishini ifoda etgan edi.  

V.Blash  Frantsiyaning  o`sha  vaqtdagi  asosiy  siyosiy  raqibi  bo`lgan 

Germaniyaga  alohida  e`tibor  qaratadi.  Uning  fikricha,  geosiyosiy  istilosiga 

evropadagi  boshqa  rivojlangan  davlatlar  tomonidan  to`sqinlik  qilinayotgan  

Germaniya  mintaqadagi  yagona qudratli  davlat hisoblanadi.  er  yuzida  Angliya  va 

Frantsiyaning  ko`plab  mustamlakalari  mavjud,  Rossiya  deyarli  butun  Osiyoni 

qamrab olgan, AQSh bo`lsa janub hamda shimolga deyarli erkin harakat qila oladi, 

Germaniya  esa  hamma  tomondan  qisilgan  va  o`z  quvvatini  tashqariga  chiqara 



28 

 

olmaydi. Blash Germaniyani evropa hududida joylashgan, lekin dunyo tinchligiga 



putur etkazuvchi asosiy tahdid va bunday xavfli qo`shnini har qanday yo`llar bilan 

bo`lsa-da zaiflashtirish kerak, deb hisoblaydi.  

Germaniyaga  nisbatan  bunday  munosabatda  bo`lish,  Frantsiyani  mintaqaviy 

darajadagi davlatga qarshi yo`naltirgan «Dengiz kuchlari» umumiy fronti tarkibiga 

qo`shilishini  bildiradi.  Blashning  yo`nalishi  frantsuz  geosiyosatchilari  o`rtasida 

yagona  emas  edi,  chunki  unga  parallel  holda  admiral  Laval  va  general  De  Goll 

tomonidan o`rtaga tashlangan butunlay teskari germanparast yo`nalish ham mavjud 

edi.  


N.Spaykmen  1917  yilda  nashr  etilgan  «Sharqiy  Frantsiya»  nomli  kitobida 

El`zas–Lotaringiya  provintsiyasining  aslida  qadimdan  Frantsiyaga  tegishli  bo`lib, 

nemislarning bu hududga nisbatan da`vosi noqonuniy ekanligi isbotlaydi. Bu bilan 

V.Blash  Frantsuz  inqilobini  tahlil  etishga  harakat  qiladi  va  ushbu  inqilobdagi 

yakobinchilarga  xos  mezonlar  o`z  davlatini  jo`g`rofiy  integratsiya  orqali 

markazlashtirish  va  mustahkamlashga  intilgan    frantsuz  xalqi  geosiyosiy 

intilishlarining  ifodasi  ekanligini  ta`kidlaydi.  U  siyosiy  liberalizmni  ham 

kishilarning  zaminga  bog`liqligi  va  uni  xususiy  mulk  sifatida  egallashga  bo`lgan 

tabiiy  intilishlari  orqali  tushuntirishga  harakat  qiladi.  V.Blash  shu  tarzda 

geosiyosiy  voqelikni  o`z  maylicha  mafkuraaviy  voqelik  bilan  shunday  bog`laydi: 

G`arbiy  evropa  (Frantsiya)ning  hududiy  siyosati  «demokratiya»  va  «liberalizm» 

bilan  chambarchas  bog`liq.  Bunday  tenglashtirish  orqali  V.Blashning  geosiyosiy 

qarashlarini  X.Makkinder  va  A.Mexen  qarashlari  bilan  qiyoslash    mumkin. 

V.Blashning «dengiz yo`nalishi»ni tanlashi mazkur sxemaga juda mos keladi.   

Shuni  e`tiborga  olish  kerakki,  evroosiyodaning  geosiyosiy  taqdiri  doimo 

Amerikalik  geosiyosatchilar  va  olimlarning  diqqat  markazida  bo`lgan.  Bunday 

qarashlarning  asoschilaridan  biri  –  Amerikalik  geosiyosatchi  Al`fred  Mexen 

hisoblanadi

32

.  


                                                            

32

 



А.Мэхэн  (1840-1914)  Ф.Ратцел,  Р.Челлен,  Х.Маккиндердан  фарқли  ўлароқ  олим  эмас,  балки  ҳарбий  бўлган.  У  «геосиёсат» 

атамасини ишлатмаган, лекин унинг асосий хулосалари ва таҳлил услуби геосиёсий йўналишга тўла мос келади. Америка Union Navy 

(Ҳарбий Денгиз Кучлари) офицери бўлган А.Мэхэн Нью-Порт (Роут-Айленд)даги «Naval  War Collegue»ида 1885 йилдан ҳарбий флот 

тарихидан дарс берган.

 


29 

 

A.Mexenning  1890  yilda  nashr  etilgan  “Tarixda  Dengiz  kuchlari”  (1660-



1783)

33

  deb  nomlangan  ilk  asari  harbiy  strategiya  bo`yicha  noyob  qo`llanmaga 



aylandi.  Birozdan  keyin  uning  “Dengiz  kuchining  Frantsuz  inqilobi  va 

imperiyasiga    ta`siri”  (1793-1812)

34

,  “Amerikaning  hozirda  va  kelajakda  dengiz 



kuchlariga  ehtiyoji”

35

,  “Osiyo  muammosi  va  uning  xalqaro  siyosatga  ta`siri”



36

 

hamda  “Dengiz  kuchlari  va  uning  urushga  munosabati”



37

  kabi  boshqa  asarlari 

nashrdan chiqadi.  

Uning deyarli barcha kitoblari yagona “Dengiz kuchi” - Sea Power masalasiga 

bag`ishlangan edi.  

A.Mexen  nafaqat  harbiy  strategiya  nazariyotchisi  bo`lib  qolmay,  balki 

siyosatda ham faol qatnashgan. Jumladan, u Genri Kebot Lodj va Teodor Ruzvel`t 

kabi  siyosatchilarga  kuchli  ta`sir  o`tkazgan.  Bundan  tashqari,  XX  asr  Amerika 

harbiy strategiyasiga nazar tashlansa, u A.Mexen g`oyalari asosida shakllanganiga 

ishonch hosil qilish mumkin. Garchi bu strategiya Birinchi jahon urushida AQShga 

sezilarli  muvaffaqiyat  olib  kelgan  bo`lmasa-da,  Ikkinchi  jahon  urushida  qo`lga 

kiritilgan  yutuqlar,  ayniqsa,  “sovuq  urush”  davrida  erishilgan  g`alaba  “Dengiz 

kuchlari” strategiyasining mavqeini yanada mustahkamladi. 

A.Mexen  siyosatning  asosiy  vositasi  –  savdo  deb  hisoblaydi.  Harbiy 

harakatlar  esa  sayyoraviy  savdo  tamaddunining  shakllanishi  uchun  qulay  shart-

sharoit  yaratishi  kerak.  A.Mexen  “dengiz  qudratining  tarixiy  taraqqiyotga  ta`siri” 

asarida iqtisodiy tsiklni 3 holatda ko`rib o`tadi: 

1.

 



Ishlab chiqarish (suv yo`llari orqali tovar va xizmatlar almashinuvi) 

2.

 



Navigatsiya (ushbu almashinuvni amalga oshiradi) 

3.

 



Mustamlakalar  (dunyo  miqyosida  mahsulot  ayirboshlash  aylanmasini 

ta`minlaydi).  

                                                            

33

 Mahan А. “The influence of Sea Power in history” (1660-1783, 1890; рус тилида Мэхэн А. “Влияние морской силы на историю (1660-



1783”, М.-Л., 1941

 

34



  Mahan  A.  “The  influence  of  sea  power  upon  the  French  revolution  and  empire  (1793-1812”,  Boston,  1892;  Мэхэн  А.  “Влияние  морской 

силы на Французскую Революцию и Империю (1793 – 1812”, М.-Л., 1940 

 

35

 Mahan A. “The Interest of America in Sea Power”, 1897



 

36

 Mahan А. “Problem of Asia and its effects upon international politics”, 1900 



 

37

 Mahan А. “The Sea Power in its relations to the war”, Boston, 1905



 

30 

 

A.Mexen  davlatning  geosiyosiy  maqomi  va  holatini  tahlil  qilishda  olti 



mezonga asoslanish kerakligini ta`kidlaydi: 

1.

 



Davlatning  jo`g`rofiy  holati,  uning  dengizga  ochiqligi,  boshqa  davlatlar 

bilan  dengiz  kommunikatsiyalariga  ega  bo`lish  imkoniyati.  Quruqlikdagi 

chegaralar  masofasi,  strategik  muhim  mintaqalarni  nazorat  qilish  imkoniyati. 

Raqib hududiga o`z floti bilan tahdid solish imkoniyati. 

2.

 

Davlatning  “Jismoniy  shakli”,  ya`ni  dengiz  qirg`oqlarining  shakli  va 



unda  joylashgan  portlar  soni.  Savdoning  ravnaqi  va  strategik  himoya  ana  shu 

omilga bog`liq. 

3.

 

Hududning uzunligi. U qirg`oq chizig`ining masofasiga teng. 



4.

 

Aholi  miqdori.  Bu  bilan  davlatning  kemalar  qurish  va  ularga  xizmat 



qilish imkoniyatini baholash mumkin. 

5.

 



Milliy fe`l-atfor. Xalqning savdo bilan shug`ullanish imkoniyati. 

6.

 



Hokimiyatning  siyosiy  tabiati.  Eng  samarali  tabiiy  va  inson  resurslarini 

qudratli dengiz salohiyatini yaratishga yo`naltirish ana shu omilga bog`liq”.  

Yuqorida ta`kidlanganidek, A.Mexenning geosiyosiy nazariyasi faqat “Dengiz 

qudrati”  va  uning  manfaatlaridan  kelib  chiqqan  holda  yaratilgan.  Uning  uchun 

qadimda  Karfagen  hamda  yaqin  tarixda  (XVII-XIX  asrlarda)  Angliya  dengiz 

qudratining timsoli hisoblanadi . 

A.Mexenga  ko`ra,  “dengiz  qudrati”  tushunchasi  “dengiz  savdosi”ning 

erkinligiga  asoslanadi,  harbiy  dengiz  floti  esa  ana  shu  savdoni  ta`minlashning 

kafolati  hisoblanadi.  A.Mexen  masalaga  yanada  chuqurroq  yondashib,  “dengiz 

qudrati”ni  eng  mukammal  hamda  eng  samarali  bo`lgan  va  shu  tufayli  dunyoviy 

hukmronlikka mo`ljallangan alohida turdagi tamaddun, deb biladi. 

Ta`kidlash joizki, A.Mexenning kontseptsiyasi butun dunyoda e`tirof etildi va 

evropa  ko`pgina  geosiyosatchilar  qarashlari  va  siyosiy  faoliyatiga  ta`sir  ko`rsatdi. 

Hatto  asosan  quruqlikda  joylashgan  mintaqaviy  Germaniya  ham  admiral  Tirpits 

boshchiligida  A.Mexen  g`oyalariga  tayanib  jadallik  bilan  dengiz  flotini 

rivojlantirishga kirishadi. 1940-41 yillarda A.Mexenning ikki asari sobiq Ittifoqda 

ham nashr etilgan edi. 


31 

 

Ammo  uning  asarlari  birinchi  navbatda  Amerika  geosiyosatchilariga 



mo`ljallangan 

edi. 


Ma`lumki, 

A.Mexen 


prezident  Monro  (1758-1831) 

doktrinasining  qizg`in  tarafdori  bo`lgan.  Chunki,  ushbu  hujjatda  (1823  yilda) 

Amerika  va  evropa  mamlakatlari  o`rtasida  bir-biriga  tajovuz  qilmaslik  tamoyili 

e`lon  qilingan,  shuningdek,  AQSh  qudratining  yuksalishi  yaqin  atrofdagi 

hududlarni istilo qilish bilan bog`liq ekani ko`rsatilgan edi. 

Binobarin, A.Mexen ham Amerikaning “kelajagi dengiz bilan uzviy bog`liq” 

deb  hisoblagan  va  bu  “manifest  destiny”  (ya`ni,  muqarrar  taqdiri  azal)dir,  deb 

hisoblagan.  U  birinchi  bosqichda  butun  Amerika  mintaqasini  strategik  jihatdan 

birlashtirgach, dunyoda hukmronlik o`rnatishdan iborat ekanini uqtirgan.  

Darhaqiqat,  A.Mexenning  uzoqni  ko`ra  bilish  qobiliyatiga  e`tibor  berish 

kerak.  Chindan  ham  A.Mexen  yashagan  davrda  AQSh  hali  dunyoning  qudratli 

davlatlari qatoriga kirmagan, buning ustiga, dunyodagi etakchi davlatlar kelajakda 

muqarrar  ravishda  “dengiz”  davlatlariga  aylanishi  ham  noma`lum  edi.  Masalan, 

X.Makkinder  1905  yilda  “Tarixning  jo`g`rofiy  o`qi”  maqolasida  AQShni  “tashqi 

yarim  oy”  tarkibiga  kiruvchi  Angliyaning  yarim  mustamlakasi  hamda  strategik 

maqsadlarining davomchisi deb, uni “quruklikka asoslanadigan davlat”lar qatoriga 

qo`shgan edi.  

X.Makkinderning  asari  paydo  bo`lishidan  roppa-rosa  10  yil  oldin  admiral 

A.Mexen  Amerikaning  sayyoraviy  miqyosdagi  taqdirini,  ya`ni  dunyo  taqdiriga 

bevosita ta`sir qiluvchi asosiy dengiz davlatiga aylanishini bashorat qilgan edi. 

1897 

yilda 


nashrdan 

chiqqan 


“Amerikaning 

dengiz 


qudratidan 

manfaatdorligi”  asarida  A.Mexen  Amerikaning  dunyo  davlatiga  aylanishi  uchun 

quyidagi faoliyatni amalga oshirishi kerakligini ta`kidlaydi. 

1.

 



Dengiz davlati bo`lgan Britaniya bilan muntazam hamkorlik. 

2.

 



Germaniyaning  dengizchilikni  rivojlantirishga  oid  da`vo  va  e`tirozlariga 

to`sqinlik qilish. 

3.

 

Yaponiyaning  Tinch  okeanidagi  istilosini  diqqat  bilan  kuzatish  va  unga 



qarshi harakat qilish. 

4.

 



evropaliklar bilan hamkorlikda Osiyo xalqlariga qarshi olib borilayotgan 

harakatlarni muvofiqlashtirib borish. 



32 

 

E`tiborli  jihati  shundaki,  A.Mexen  “Dengiz  tsivilizatsiyalari”  uchun  asosiy 



xavf borasida X.Makkinderdan bexabar holda aynan u yasagan xulosalarga kelgan 

edi. Bu xavfni u birinchi navbatda, evroosiyoning mintaqaviy davlatlari – Rossiya 

va  Xitoy  hamda  Germaniyadan  kutish  mumkinligini  ta`kidlaydi.  Uning  fikricha, 

Rossiya  bilan,  ya`ni  G`arbdagi  Kichik  Osiyodan  boshlanib,  sharqdagi  Yapon 

meridianigacha  cho`zilgan  Rus  imperiyasi  kuchlari  bilan  jang  qilish  dengiz 

kuchlari uchun uzoq muddatli asosiy strategik vazifadir.  

A.Mexen 1861-1865 yillarda Shimoliy Amerika fuqarolar urushida amerikalik 

general  MakKlellan  qo`llagan  “anakonda”  tamoyilini  sayyoraviy  miqyosga  olib 

chiqadi

38

.  Bu  tamoyil  dushman  hududini  dengiz  hamda  qirg`oq  yo`laklar  orqali 



qamal  qilish  va  natijada  raqibni  strategik  jihatdan  bosqichma-bosqich 

zaiflashtirishdan iborat.  A.Mexenga ko`ra,  davlatning kuch-qudrati  uning  “Kuchli 

dengiz  davlati”ga  aylana  olish  salohiyati  bilan  belgilansa,    raqibga  qarshi 

turishning  bosh  strategik  vazifasini  belgilovchi  omil  –  uning  shunday  kuchga 

aylanishiga yo`l quymaslikdir.  

A.Mexenning  ta`kidlashicha,  raqiblar  –  Evrosiyo  davlatlarini

39

  “anakonda” 



aylanasida bo`g`ib tashlash uchun ular nazoratidan qirg`oq hududlarini tortib olish 

va imkon qadar dengiz hududlariga chiqish yo`llarini berkitib, siquvga olish kerak. 

Birinchi  jahon  urushida  ushbu  strategiya  “oq  harakat”  tomonidan  Antantaga 

madad  berish  maqsadida  (bol`sheviklarning  Germaniya  bilan  imzolagan  tinchlik 

bitimiga  javob  tariqasida)  evrosiyo  tevaragida  amalga  oshirildi,  ikkinchi  jahon 

urushida u yana Markaziy evropaga, shuningdek, amalga oshirilgan harbiy-dengiz 

yurishlari  orqali  qisman  Yaponiya  va  o`q  davlatlarga  qarshi  qo`llandi.  Ushbu 

geostrategiya  XIX  asrning  oxiridan  boshlab  geosiyosatchilar  tomonidan    nazariy 

jihatdan  rivojlantirilganligi  ma`lum.  Aslini  olganda  NATO,  ASEAN,  ANZUS, 

CENTO  kabi  bloklarning  Sovet  Ittifoqiga  qarshi  qaratilgan  strategiyasi  admiral 

A.Mexenning asosiy tezislarini rivojlantirish orqali ishlab chiqilgan edi. Bu hol uni 

zamonaviy atlantizmning “ma`naviy otasi” deb atashga asos bo`la oladi.    

                                                            

38

 



Еврооосиёнинг  геосиёсий  босқинчилигини  жиловлаш  мақсадида,  унинг  қирғоқ  ҳудудларини  имкон  қадар  кўпроқ  эгаллашга 

қаратилган Атлантизмнинг геосиёсий йўналиши.

 

39

 Бу ерда А.Мэхен Россия, Хитой ва Германияни назарда тутмоқда



 

33 

 

O`z  faoliyatini  evroosiyoda  strategik  muvozanat  o`rnatishga  bag`ishlagan 



amerikalik  olimlardan  yana  biri  –  Nikolas  Spaykmen  (Nicholas  Spykman) 

hisoblanadi.  Kelib  chiqishi  gollandiyalik  bo`lgan  N.Spaykmen  (1893-1943) 

admiral  A.Mexenning  bevosita  izdoshidir.  N.Spaykmen  xalqaro  munosabatlar 

professori,  keyinchalik  Yel`  universiteti  qoshidagi  Xalqaro  munosabatlar  instituti 

direktori  bo`lgan.  Avvalgi  geosiyosatchilardan  farqli  o`laroq,  uni  jo`g`rofiya, 

xalqning  zamin  bilan  aloqasi,  rel`efning  milliy  xarakterga  ta`siri  kabi  mummolar 

unchalik  qiziqtirmagan.  N.Spaykmen  nazarida  geosiyosat  –  xalqaro  siyosat 

amaliyotida  qo`llanadigan  muhim  qurol,  eng  samarali  strategiyani  ishlab  chiqish 

imkonini  beradigan  tahliliy  uslub  va  formulalar  tizimdir.  Shu  ma`noda,  u  nemis 

geosiyosat  maktabining  “adolatli  va  adolatsiz  chegaralar”  to`g`risidagi 

tasavvurlarini  metafizik  safsata  ekanini  ta`kidlab,  ko`pgina,  ayniqsa  1944  yilda 

N`yu  Yorkda  nashrdan  chiqqan  “Tinchlik  geografiyasi”(“The  Geography  of  the 

Peace”) asarida bu yondashuvni keskin tanqid qildi.  

N.Spaykmen  A.Mexen  kabi  AQShning  “dunyo  hukmronligi”ga  tezroq 

erishishini  ta`minlaydigan  samarali  geosiyosiy  dastur  ishlab  chiqish  tarafdori 

bo`lgan.  Uning  keyingi  tadqiqotlari  ham  ana  shu  maqsadga  qaratilgan 

pragmatizmga yo`g`rilgan. 

X.Makkinder  asarlarini  sinchiklab  o`rgangan  N.Spaykmen  asosiy  geosiyosiy 

sxema  borasida  o`zining  boshqalardan  farqli  bo`lgan  dasturini  o`rtaga  tashladi. 

N.Spaykmen  X.Makkinderning  heartlandga  haddan  ortiq  baho  berganligini 

ta`kidladi.  Bunday  baho  nafaqat  dunyo  xaritasidagi  kuchlarning  holati,  balki 

dastlabki  tarixiy  sxemaga  ham  ta`sir  etadi.  N.Spaykmen  fikricha,  “qirg`oq 

hududlar”ini  tashkil  etgan  “ichki  yarimoy”,  ya`ni  rimland’ning  jo`g`rofiy  tarixi 

(xuddi  X.Makkinder  fikri  kabi)  “quruqlik  ko`chmanchilari”  bosimi  ostida  emas, 

balki  tabiiy  ravishda  kechgan.  Uningcha,  heartland  barcha  madaniy  ta`sirlarni 

qirg`oq  hududlardan  oladi,  uning  o`zi  mustaqil  geosiyosiy  vazifa  yoki  tarixiy 

rivojlanish  salohiyatiga  ega  bo`lmagan  hududdir.  Spaykmen  Heartland  emas, 

aynan Rimland dunyo hukmronligining kaliti ekanini uqtiradi. U X.Makkinderning 

biz yuqorida keltirgan xulosasini yangicha talqin etib, “Kimki Rimlandda ustunlik 


34 

 

qilsa evroosiyoda ustunlik qiladi, kimki evroosiyoda ustunlik qilsa dunyo taqdirini 



o`z qo`liga oladi”, - degan qoidani ilgari suradi.  

N.Spaykmen  bu  bilan  geosiyosat  faniga  aytarlik  yangilik  kiritmadi. 

X.Makkinder  uchun  ham  “qirg`oq  hudud”,  “tashqi  yarim  oy”,  yoki  Rimland 

mintaqani  nazorat  qilish  uchun  asosiy  strategik  mo`ljal  hisoblangan.  Lekin 

X.Makkinder  ushbu  hududni  mustaqil  va  farovon  geosiyosiy  makon  emas,  balki 

“dengiz”  va  “quruqlik”  unsurlarining  hududiy  qarama–qarshiligi  sifatida 

tushungan.  Biroq  heartlandni  nazorat  qilish  deganda,  u  hech  qachon  Rossiya  va 

unga yaqin bo`lgan mintaqaviy hududda hukmroklik qilishni nazarda tutmagan.  

1.

 

Hududning yuzasi 



2.

 

Chegaralar tabiati 



3.

 

Aholi miqdori 



4.

 

Foydali qazilmalarning mavjudligi yoki yo`qligi 



5.

 

Iqtisodiy va texnik taraqqiyot 



6.

 

Moliyaviy imkoniyatlar 



7.

 

Bir millatlilik yoxud aholi tarkibida bitta millatning ustunligi.   



8.

 

Ijtimoy integratsiya darajasi 



9.

 

Siyosiy barqarorlik 



10.

 

Milliy ruhiyat 



N.Spaykmen  “Dunyo  siyosatida  Amerika  strategiyasi:  Qo`shma  Shtatlar  va 

kuchlar  muvozanati”  (“America's  Strategy  in  World  Politics:  The  United  States 

and  the  Balance  of  Power”,  N`yu  York,  1942  )  va  “Tinchlik  geografiyasi” 

asarlarida birinchi bo`lib A.Mexen tomonidan taklif qilingan davlatning geosiyosiy 

qudratini belgilovchi o`nta mezonni ko`rsatib o`tadi.   

Mazkur  mezonlar  asosida  baholangan  davlatning  geosiyosiy  imkoniyatlari 

etarli  darajada  bo`lmasa,  u  holda  bunday  davlat  umumbashariy  strategik 

himoyadan  foydalanish  uchun  suverentetining  bir  qismidan  voz  kechish  evaziga 

muayyan strategik ittifoqqa a`zo bo`lishi kerak bo`ladi. 

Rimland  tushunchasiga  haddan  tashqari  yuqori  baho  berish  bilan, 

N.Spaykmen  dunyo  geosiyosiy  xaritasiga  “dengiz  qudrati”  pozitsiyasidan 

ahamiyatli bo`lgan yana bir muhim qo`shimcha – “oraliq okean” (Midland Ocean) 



35 

 

tushunchasini  ilmiy  muomalaga  kiritadi.  Uning  negizida  evropa,  Yaqin  Sharq  va 



Shimoliy Afrikaning qadimgi tarixida O`rta er dengizi qanday o`rin tutgan bo`lsa, 

G`arb  tsivilizatsiyasining  eng  yangi  tarixida  Atlantika  okeani  xuddi  shunday 

mavqega ega ekani haqida geosiyosiy g`oya yotadi.  

N.Spaykmen  tamaddunning  asosiy  tarixiy  hududi  aynan  “qirg`oq  hudud”lari 

bilan  (Rimland)  uzviy  bog`liq,  deb  hisoblagan.  Shu  tufayli  u  O`rta  er  dengizi 

atrofidagi 

hududlarni 

keyinchalik 

mintaqa 

(quruqlik 

bosqinchilarini 

madaniylashuviga  olib  kelgan)  ichkarisiga  va  ayrim  orollarga  tarqalagan  (dengiz 

bosqinchilarini madaniylashuviga olib kelgan) madaniyat namunasi sifatida talqin 

etgan.  


Qadimda  O`rta  er  dengizi  atrofida  kechgan  jarayonlar  bugungi  kunda 

sayyoraviy miqyosda Atlantika okeani doiasida ro`y bermoqda. Okeanning har ikki 

qirg`og`i  G`arb  tamaddunining  texnologik  va  iqtisodiy  jihatdan  eng  rivojlangan 

hududi bo`lib qolmoqda.    

Bunday  talqin  etilgan  Midlend  Ocean,  ya`ni  “oraliq  okean”  ajratuvchi  emas, 

balki birlashtiruvchi omil sifatida More Intemum, ya`ni “ichki dengiz”ga aylanadi. 

Shundan kelib chiqib, N.Spaykmen shartli ravishda “atlantika mintaqasi” deb atash 

mumkin bo`lgan quruqlikdan iborat geosiyosiy voqelik haqida so`z yuritadi. Ushbu 

mintaqa  markazida  joylashgan  Atlantika  okeani  ko`l  vazifasini  bajaradi.  Nazariy 

tusdagi  ushbu  “mintaqa”  yoki  “yangi  Atlantida”  G`arbiy  evropa  madaniyatining 

mushtarak,  demokratiya  va  liberal–kapitalizm  mafkurasi,  siyosiy,  etnik  hamda 

texnologik taraqqiyotning uzviy bog`liqligini ifoda etadi. 

N.Spaykmen  ushbu  “atlantik  mintaqa”da  intellektual  omil  ayniqsa  muhim 

ahamiyat  kasb  etishini  ta`kidlaydi.  G`arbiy  evropa  va  Shimoliy  Amerikaning 

Sharqiy  qirg`og`i  (ayniqsa  N`yu-York)  ushbu  yangi  “atlantik  hamjamiyat”ning 

o`zak  markazini  tashkil  etadi.  Bunda  AQShning  savdo  hamda  harbiy-sanoat 

majmui  uning  boshqaruv  markazi  va  qudratli  mexanizmi  vazifasini  bajaradi. 

evropa  ma`lum  ma`noda  AQShning  intelektual  tarkibiy  qismiga  aylanadi  va  shu 

bois  AQShning  geosiyosiy  manfaatlari  va  strategik  yo`nalishi  barcha  G`arb 

davlatlari  uchun  yagona  va  asosiy  yo`l  bo`lib  qoladi.  Shunday  ekan,  Spaykmen 

evropa  davlatlarining  siyosiy  suvereniteti  ham  asta-sekin  qisqarishi  va  haqiqiy 


36 

 

hokimiyat  “atlantika”  hududining  barcha  vakillarini  birlashtiruvchi  AQSh 



etakchiligidagi maxsus tuzilma ixtiyoriga berilishi kerak, deb hisoblaydi.  

 Boshqacha  aytganda  N.Spaykmen  “Shimoliy  Atlantika  Ittifoqi”  (NATO) 

tuzilishi  natijasida  ro`y  bergan  ko`pgina  jarayonlar,  jumladan,  urushdan  keyin 

evropa  davlatlari  suverenitetining  kamayishi  va  AQShning  sayyoraviy  

hukumronlikka intilishini oldindan anglab etgan edi. 

 Shu  bois  Spaykmen  ayrim  olimlar  tomonidan  Amerikaning  “sovuq 

urush”dagi g`alabasining me`mori deb tan olinishi bejiz emas. AQShning “dengiz 

qudrati”  sifatida  mintaqa  va  dengiz  kuchlari  o`rtasidagi  kurashda  hal  qiluvchi 

g`alabaga  erishish  uchun  evrosiyo,  jumladan  evropa,  Arab  mamlakatlari, 

Hindiston,  Xitoy  kabi  davlatlarning  qirg`oq  hududlarini  nazorat  qilishni  nazariy 

jihatdan  asoslash  Spaykmen  kontseptsiyasining  mazmun-mohiyatini  tashkil  etadi. 

Makender  talqinida  sayyoraviy  ikkilik  deb  atalgan  dengiz  va  quruqlik  o`rtasidagi 

ziddiyat  “abadiy”  va  “o`zgarmas”  bo`lsa,  N.Spaykmen  fikricha,  “dengiz 

davlatlarining”  Rimland  ustidan  o`rnatadigan  mutlaq  hukumronligi  quruqlik 

davlatlarini  to`la-to`kis  nazorat  ostida  tutib  turish  imkonini  beradigan  g`alabaga 

olib keladi”.  

Aslida  bunday  yondashuv  A.Mexen  ilgari  surgan  “anakonda”  taktikasining  

mantiqiy  yakuniga  etkazilgan  va  rivojlantirilgan  ko`rinishidir.  N.Spaykman 

Markaziy  evroosiyoning  geosiyosiy  holati  va  ushbu  mintaqada  ro`y  berishi 

mumkin  bo`lgan  o`zgarishlar  xususida  ham  fikr-mulohozalarini  bayon  etgan. 

Chunonchi,  u  Markaziy  evrosiyo  siyosiy  jihatdan  kuchayishi  va  butun  qit`ani 

egallashga  intilishi  mumkinligi  to`g`risidagi  X.Makkinder  nazariyalaridan  voz 

kechishga  hali  erta  ekanini  uqtiradi.  Shunday  qilib,  N.Spaykmen  geosiyosat 

tarixida  “atlantizmning  otasi”  “NATOning  g`oyaviy  rahnamosi”  sifatida  nom 

qoldirgan.    

Shunday  qilib,  evroosiyoning  geosiyosiy  taqdiri  frantsuz  geosiyosiy  maktabi 

vakillari  tomonidan  ilgari  surilgan  kontseptsiyalar  G`arbiy  evropada  strategik 

muvozanatni  saqlashga  qaratilgan  bo`lsa,  atlantistlar  vakillari  tomonidan  ilgari 

surilgan  kontseptsiyalar  butun  evroosiyoda  strategik  muvozanat  o`rnatishni 

nazarda tutadi. 



37 

 

Amerika  geosiyosatida  Buyuk  Britaniyaning  evroosiyoni  egallash  va  uning 



markaziga  intilishga  qaratilgan  strategiyasining  davomini  ko`rish  mumkin.  AQSh 

strategiyasi  “sovuq  urush”  davrida  g`oyaviy-mafkuraviy  jihatdan  asosan  sobiq 

Sovet  Ittifoqiga  qarshi  yo`naltirilgan  edi  va  bu  kurashda  geosiyosiy  maqsadlar 

oshkora  namoyon  bo`lmagan.  Sovet  tizimi  parchalangandan  keyin  evroosiyoning 

turli  mintaqalarida  AQSh  olib  borayotgan  harbiy  harakatlar,  ushbu  qit`aning 

markazi  –  Markaziy  Osiyoga  nisbatan  turli  hiyla  va  nayranglar  vositasida  kirib 

borish  va  bu  hududni  imkon  boricha  uzoqroq  o`z  ta`sir  doirasida  saqlab  turishga 

intilishlar  mazkur  davlatning  yuz  yildan  buyon  amalga  oshrib  kelayotgan 

geosiyosatining  muhim  yo`nalishlaridan  biri  ekanini  namoyon  etadi.  Xulosa  qilib 

aytganda,  A.Mexenning  “Anakonda”  strategiyasi  va  N.Spaykmen  ilgari  surgan  

kontseptsiya er yuzida va asosan evroosiyodagi strategik vaziyatni nazorat etishga 

yo`naltirilgan geosiyosatni anglatadi.        



Download 359,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish