6
KIRISH
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «Demokratik jamiyatda
bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi» deb
ta‘kidlaganlar. Darhaqiqat, kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko`zda to‘tilgan
bosh maqsadlardan biri mustaqil va ijodiy fikrlovchi jahon standartlariga mos
keladigan, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan inboratdir.
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas
qismi va hayotiy zarurati
bo‘lgan ta‘lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi
kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlaktimizning uzliksiz ta‘lim
tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga
ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta‘lim sradorligini
oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonun va
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta‘lim tizimi
orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.
Ayni paytda o‘qituvchi har bir bolaning hususiyatini
bilishi ularning xar
biri bilan til topishi zarur. K.A.Komenskiy
yozganidek «Agar pedagogika insonni
har tomonlama tarbiyalamoqchi ekan, demak u insonni har tomonlama bilib olishi
kerak» deb aytgan. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv –
tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarning tez
almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir inson o‘z kasbiy tayyorgarligini,
mahoratini kuchaytirish imkoniyati yaratiladi.
Jahon pedagogik tajribasi,
zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o‘quvchi(yoki talaba)larni fanlarga
qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati
cheksiz ekanligini ta‘kidlamoqda. Maxsus ta‘lim tizimida ham yangi pedagogik
texnologiyalar asosida dars o‘tish uchun o‘qituvchi erinmasligi, izlanishi, bir so‘z
bilan aytganda, pedagogik yuklamasini sidqidildan bajarishi etarlidir. Davlat ta‘lim
standartlari barcha o‘quv fanlari oldiga o‘quvchi
shaxsining mustaqil fikrlash,
o‘zgalar fikrini anglash, baholash va hurmat qilish, o‘z fikrini og‘zaki va yozma
shaklda savodli bayon qila olish darajasida o‘stirishni talab etmoqda.
Bu esa
nazariy qoidalarni amlda qo‘llay olish malakasini o‘stirish asosida ijodiy fikrlashga
7
o‘rgatishni talab etadi. Bunda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish, darsni
qiziqarli, ijodiy hamda samarali bo‘lishiga olib keladi.
Atoqli psixolog professor L.S. Vigotskiy anomal bolalar rivojlanishidagi
xususiyatlarni o‗rganib, nuqsonning murakkab tuzilishi haqidagi ta‘limotni ishlab chiqdi.
U ―Korreksion pedagogikaning asosiy muammolari‖ kitobida anomal bolalar bilan
rivojlantiruvchi ta‘limni olib borish kerakligini, korreksiya, kompensatsiya usullari
va bularni amalga oshirish yo‗llarini ko‗rsatib berdi.L.S.Vigotskiy anomal bolada
nafaqat "salbiy" balki "ijobiy" tomonlarini ham o‗rganib, aniqlab, shularga tayangan
holda va potensial qobiliyatni inobatga olib turib, ta‘lim-tarbiya ishlarini tashkil etish
zarurligiga diqqatni jalb etdi.
Interfaol usullarni
maxsus maktablarda ham
qo‘llash ta‘lim tizimida keng tarqalib bormoqda. Bu o‘z navbatida o‘quv
jarayonini liberlizasiya qilish, demokratlashtirish, hamkorlik,
hamijodkorlikda
tashkil etishni taqozo etmoqda. Bir so‘z bilan aytganda o‘quv jarayoni markazida
o‘quvchi bo‘lmog‘i lozim va o‘quv jarayoni unga qaratilgan, yo‘naltirilgan bo‘lishi
talab etilmoqda. Shaxsga qaratilgan ta‘lim o‘quvchining o‘quv mehnatini tashkil
etishni harakatlantiruvchi,
qiziqish, xohish, istaqlarini ro‘yobga chiqaruvchi kuch
bo‘lib xizmat qiladi. Bunday ta‘lim o‘qituvchi va o‘quvchiga doimiy ijodiy
izlanish, uzluksiz o‘z ustida ishlash imkoniyatini beradi. Bu holatning ijobiy
kechishi ta‘limda sifat va samradorlikning kafolatidir.
Shu maqsadni amalga oshirish uchun biz tadqiqotimizning
maqsadini va
ustivor vazifalarini belgilab oldik.
Do'stlaringiz bilan baham: