Milliy universiteti



Download 77,85 Kb.
Sana28.02.2020
Hajmi77,85 Kb.
#41163
Bog'liq
Tarix darslarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish texnologiyasi


Mavzu: Tarix darslarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish texnologiyasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON

MILLIY UNIVERSITETI

Bajardi: Xojiboyev A.

Qabul qildi: ___________________________

Zamonaviy darslarni tashkil etish shakllari.

Dars jarayonini joriy etishda va uning strukturasidan unumli foydalanishda o`quvchilar faolligini tashkil etish muhim rol o`ynaydi. Zeroki, jarayon markazida o`quvchi shaxsi turadi. Demak, ta’lim jarayoni o`quvchi shaxsiga qaratilmog`i zarur. Pedagogik adabiyotlarda, metodik qo`llanmalarda va maktab amaliyotida aytilishicha o`quvchining o`quv-biluv faoliyatini olib borish uch yo`nalishda amalga oshiriladi. 1-umumiy, 2-guruhli, 3-yakka tartibda. Umumiy yo`nalishdagi dars jarayoni faoliyatida o`qituvchi rahbarligida sinfdagi barcha o`quvchilarning xatti-harakatlari tushuniladi. Guruhli o`quvni tashkil etishda o`quvchilar faoliyati guruh-guruhlarga bo`linib olib boriladi. Yakka tartibdagi o`quv jarayonida o`quvchilar yakkama-yakka faoliyat olib boradilar. Umumiy shakldagi faoliyatni tashkil etuvchi darslarda, o`quvchilar bir vaqtning o`zida bir xildagi topshiriqlarni sinf bo`yicha birgalikda muhokama etadilar. Fikr almashadilar, solishtiradilar, umumlashtirgan holda xulosalar chiqaradilar. O`qituvchi, o`quvchilar birgalikda va bir vaqtda vazifani bajarishda hamkorlik qiladilar, hamijodkorlikda ish yuritadilar. O`qituvchi so`zlash, tushuntirish, ko`rsatish jarayonida barcha o`quvchilarni jalb qilgan holda masalani birga muhokama qiladi.

Bunday muloqotlar o`quvchilar ishonchini qozonishga, o`quvchilar bilan muloqotga kirishishga, jamoa bo`lib ishlash ko`nikmasining hosil bo`lishiga olib keladi. Umumiy o`quv-biluv faoliyatini tashkil etishning o`ziga xos kamchilik va yetishmovchiliklari ham mavjud. Darsda faoliyat o`qituvchi tomonidan barchaga birdek qaratiladi, ya’ni bir oz abstraktlik yuzaga keladi. Barchani qiziqish, qobiliyatlaridan qat’iy nazar bir xilda, bir maqsad yo`lida izlanish, fikrlash, ishlashga undaydi. O`quvchilarning rivojlanish darajasi, tayyorgarligi bir xil bo`lganligi tufayli bilim va ko`nikmalarni qabul qilib olish, o`zlashtirish birdek natijani kafolatlamaydi. Dars sifati va samaradorligi pasayishi holatlari kuzatiladi. O`qish, o`zlashtirishlari sust bo`lgan o`quvchilar sekin ishlaydilar. O`quv materiallarini to`la o`zlashtira olmaydilar. Ular ko`proq o`qituvchining shaxsiy e’tiboriga muhtojlik sezadilar. Lekin ayrim o`quvchilar murakkabroq, qiyinlik darajasi yuqoriroq bo`lgan materiallarni o`zlashtirishga moyil bo`ladilar. Ayrimlari esa ko’prok mustaqil izlanish, ijodiy yondashuv asosida ishlashga qiziqish bilan qaraydilar. Shuning uchun umumiy yo`nalishli darslarda savol-javoblar, labaratoriya ishlari, mashqlar yechish, masalalar yechish iloji boricha o`quvchi shaxsiga yo`naltirilgan bo`lishi maqsadga muvoffiqdir.

Tarix darslarini tashkil etishga innovatsion yondashuv.

Ta'lim muassasalari tizimida tarix fanlarini o`qitish mazmunini kasbiy soha yo`nalishlarining mohiyatiga mos shaklda rivojlantirish, ya'ni KHKlarning kasbiy qiziqishidan kelib chiqqan holda qo`shimcha ma'lumotlar kiritilishi maqsadga muvofiqdir. O`qitish jarayonini kasbiy yo`naltirish - berilayotgan bilimlarni KHKning kasbiy yo`nalishidan kelib chiqib darsni tashkil etishdir. Tarix fanlarini o`qitishda tarixiy bilim, tushuncha va tasavvurlarni egallash, ularni izohlash, ko`nikma va malakani shakllantirish orqali o`quvchilar intellektual qobiliyatlarini jadal o`stirishni, ularga kasb-hunarga yo`naltirilgan bilim berishni ta'minlash va kasb-hunar kolleji o`quvchilarining kasb-hunarga qiziqishini oshirish maqsad qilib olingan. Tarix fanlarini o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, o`quvchilarning tanlagan kasbi bilan bog`liq bo`lgan tarixiy bilim, tushuncha, tassavvurni yanada rivojlantirish hamda o 'zining sohasiga doir tarixiy bilimlar bilan tanishtirish ularni hayotga va kasbiy faoliyatiga tatbiq etishni o`rgatishdir.



faoliyatiga tatbiq etishni o`rgatishdir. O`rta maxsus ta'lim tizimida fanlarni o`qitishda umumiy o`rta ta'lim tizimidan farqli o`laroq, mashg`ulotlarning ma’ruza va seminar (amaliy) shakllari bo`lib, ular quyidagi maqsad va vazifalarga yo`naltirilgan: ma’ruza yo`naltiruvchilik axborotlilik metodologiklik tarbiyalovchilik rivojlantiruvchilik Seminar Seminar mashg`ulotining asosiy maqsadi - o`qitishni tashkil etishning yetakchi shakli bo`lib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi: - o`quvchilarni o`quv materialining asosiy holatlariga, uni kelgusi ish faoliyatidagi o`rni va ahamiyatiga diqqat qilishlariga imkon beradi;- o`qituvchi ma’ruza vaqtida holat, asosiy ilmiy dalillar va xulosalar mohiyatini ochib beradi; - ma’ruza vaqtida o`qitish usullari taqqoslanadi, ilmiy izlanishning asoslari namoyon etiladi; - ma’ruza o`quv materialiga hissiy-baholash munosabatida bo`lishni uyg`otish; - bilim olish qiziqishlarini, ya'ni mantiqiy fikrlash va isbotlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. - ta'lim beruvchini ta'lim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yo`naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun sharoitni ta'minlovchi, o`quv mashg`uloti shakli - nazariy materialni (bilimlarini) tartibga solish, amaliy malaka va ko`nikmalarini hosil qilish va bilimlarini nazorat qilishdan iboratdir.
Download 77,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish