2-asosiy savol :
Italiyaga kilingan yurishlar va Germaniya imperiyasining tashkil topishi.
Ukituvchinig maksad : Italiyaga kilingan yurishlarning sabab va okibatlarini tushuntirib berish, Italiyada feodal munosabstlar rivojlanishining xususiyatlarini aytib berish va Otton 1 ning Italiyadagi faoliyatiga baxo berish.
Identiv ukuv maksadlari :
2.1 Italiyadagi feodal munosabatlarning keskinlashish sabablarini biladi.
2.2 Otton I ning Italiyada yurgizgan siyosati va imperiyaning kayta tiklanishini tushuntiradi.
2.3 X asr oxiri – XI asr boshlarida Germaniya va Italiyadagi Otton I ningsiyosatiga baxo beradi.
2.4 Frankoniya dinastiyasining idora kilinishining shart – sharoitlarini ochib beradi.
2-asosiy savolning bayoni:
Italiya X asrda ancha feodallashgan edi. Bu yerda feodallashish prosessi Germanidagiga karaganda ancha ilgarilab ketdi. Italiyada feodal munosabatlar juda boshkacha bir tarzda uziga xos xususiyatlar bilan boshlandi. Langobardlar uz davrida Italiyadagi kuldorlik tuzumini uzil-kesil tugatganligi Shimoliy va urta Italiya dexkonlarning axvoliga ijobiy ta’sir kursatdi. Bu yerda dexkonlar borib–borib asoratga solingan bulsalarda, xar xolda bu yerda krepostnoylik u kadar kattik bulmadi. Jumladan, bu xol shu ifodasini topgan ediki, dexkonlarning majburiyatlari ilgarigidek uzboshimchalik bulmasdan, balki anik bir normaga solingan edi. Ikkinchi tomondan, Italiyada shaxarlar ancha erta rivojlana boshlaganligi sababli krepostnoy dexkonlar shaxarlarga ketishi, natural majburiyatlarni pul bilan muddatidan ilgari tulashi, erkini sotib olishi mumkin edi va xakozolar. Italiyada krepostnoy dexkonlar bilan bir katorda krepostnoy bulmagan, lekin yeridan maxrum kilingan dexkonlar kup edi. Bu dexkonlar feodallarning yerlarini ma’lum muddatga yoki egasi bilan maxsus tuzilgan yozma shartnoma–kontrakt (ular liberlar deb atalarda xam ) da kursatilgan shartlar bilan ijaraga olar edilar. Italiya X asrda siyosiy jixatdan Yevropada eng tarkok bir davlat edi. U juda kup mustakil gersoglik, graflik, va yepiskoplarga bulinib ketgan edi. O’rta Italiyadagi papa davlati xam feodallashgan edi. Papalik taxti xar turli rimlik aristokratiya xonadonlari o’rtasidagi nayranglar, va konli urushlarga sabab bulmokda edi. Italiya janubiy territoriyasining bir kismi xali Vizantiyaga karar edi, bir kismini esa arablar bosib olgan edi. Birok Italiya siyosiy jixatdan shunday tarkok bulishiga karamasdan, mamlakatda shaxar xayoti zur berib tarakkiy etmokda edi. Italiya shaxarlari xali xam O’rta dengizda Vizantiyaliklar va arablar bilan savdo kilar edi. Shaxarlardagi turli xildagi xunarlar rivojlanmokda edi. X asrda savdo va shaxarlarning axamiyati juda kam bulgan Germaniyaga nisbatan Italiya german feodallariga juda katta boyliklarga ega bulgan, zeb–ziynatli va farovon mamlakat bulib kurinar edi. Otton I ning ugli bilan nevarasi – Otton II xam, Otton III xam butunlay Italiyadagi siyosat bilan band buldi. Otton II janubni kulga kiritishga xarakat kildi. U Neapol bilan Terentini bosib oldi. Lekin pirovard–okibatda 983 yilgi arablar bilan bulgan dengiz janglaridan birida maglubiyatga uchradi, oradan kup utmay, Ravennada yosh o’lib ketdi. Onasi imperatrisa Feofaniya regent bulib idora kila boshladi. Lekin uning obro’si yaxshi emas edi. Imperator – kirol xokimiyatining zaiflashganligidan foydalanib, german gersoglari o’z knyazlarini butunlay mustakil xokimlar sifatida idora kila boshladilar.
Kongrad II yana konun chikarib, risar feodallarini nasldan – naslga meros bulib utadigan kilib kuydi. Italiyaning yirik feodallariga karshi kurashda Italiya risarlari–vavassorlarni kirol tomoniga ogdirib olish maksadida Konrad II bu konunni dastlab 1037 yilda Italiya uchun chikargan edi. Sungra, oradan kup vakt utmay, bu yangi konun Germaniyaga xam tadbik kilindi. 1034 yilda Konrad janubda Son va Rona daryolari xavzasidagi butun boshlik Butungriya kirolligini, shuningdek Provansni kushib olishga muvvaffak buldi ( Germaniyaning Provansdagi ta’siri Otton I Provans kirolichasi Adelgeydaga uylangan vaktdan boshlangan edi. Genrix III Chexiya knyazi slavyan Brjetislavni o’ziga vassal tarzida karam kilib oldi ( 1041 ). U Polsha bilan Vengriyaga xam uz ta’sirini utkazdi. Germaniyada Frankoniya yerlaridan tashkari, imperator Bavariya va Shvabiya gersoglarini xamda janubi – sharkda yangi bir gersoklikni – Karintiyani xam bevosita nazorat kilar edi. Fakat Saksoniya, Lotaringiya va Burgundiyagina ilgarigi avtonomiyalik xolatini saklab kolgan edi. Genrix III kupayib borayotgan risarlarga tayanish bilan birga, uz ittifokchisi bulgan cherkov xizmatchilaridan foydalanishni xam davom ettirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |