11-Mavzu. Monetarizm



Download 27,14 Kb.
bet1/5
Sana08.12.2022
Hajmi27,14 Kb.
#881505
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-мавзу. Монетаризмdocx


11-Mavzu. MONETARIZM
11.1. Monetarizm konsepsiyasi va uning asosiy qoidalari

Milton Fridmen (1912-2006)

1950-1960-yillar davomida keynschilik ta`limotiga qarshi monetarizm ta’limoti yuzaga keldi. Uning asosiy vakillaridan biri Milton Fridmen hisoblanadi. Uning ta’limoti keynschilikka qarama-qarshi go`yadir. Keyns tomonidan yaratilgan konsepsiyada pul hech qanday rol o`ynamagan va narxlarning tushishi uchun hech qanday ahamiyat kasb etmagan. Keynsning tadqiqotlarida pulni yetkazib berish va narxlarning shakllanishi o`z ifodasini topgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida rivojlangan davlat g`aznasi va qayta ta`minlash o`rtasidagi kelishuvlarning birida shu narsaga kelishib olindi, ya’ni narxlarni eng past darajada saqlab turish
uchun har qanday turdagi bondlarni sotib olish. Fridman buni bajarish uchun har qanday turdagi o`zgarishlarni amalga oshirgan. Monetaristlar davlatning iqtisodiyotda pulni yetkazib berish siyosati muhim rol o`ynashini ta`kidlab o’tishdi. Shuning uchun monetaristlarning asosiy muommosi pul hisoblangan.1.
Monetarizm iqtisodiy ta’limotlar tarixida keng tarqalgan mashhur va nufuzli oqim bo’lib, bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago universitetining professori, iqtisodiyot sohasida Nobel mukofoti sohibi Milton Fridmen (1912) o’z g’oyadoshlari – monetaristlar bilan birga pul massasi bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi bog’liqlikni tadqiq qildilar.
Monetarizm keynschilar ta’limotiga muqobil tarzda yuzaga kelgan bozor iqtisodiyotida pulni olqishlovchi nazariyadir. Bozor mexanizmi ustunligiga asoslangan M.Fridmen nazariyasiga ko’ra erkinlik va xususiy tadbirkorlik o’rtasida ichki bog’liqlik mavjud. Faqat xo’jalik erkinligi sharoitida siyosiy erkinlikka, iqtisodiy samaradorlikka va tenglikka erishish mumkin.
Iqtisodiyotda nima qilish kerakligini millionlab kishilardan ko’ra davlat amaldorlarining yaxshi bilishi dargumon, deydi M.Fridmen. Davlatning xo’jalik jarayonlariga aralashuvi iqtisodiyotning o’zini o’zi tartiblash tizimini buzishga olib keladi. Shuning uchun davlat pul va ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlagan holda pul muomalasini nazorat qilish bilan cheklanmog’i lozim.
Monetarizmning asosiy qoidalari. M. Fridmen konsepsiyasini tasavvur qilish uchun uning tarafdorlari u yoki bu darajada qo’llabquvvatlagan asosiy qoidalarni ko’rib chiqamiz.
Monetaristlar fikricha, bozor iqtisodiyoti o’zining ichki xususiyatiga ko’ra barqarorlikka, o’zini o’zi tartiblashga intiladi. Bozor raqobati tizimi mustahkam barqarorlikni ta’minlaydi. Mabodo muvozanat buzilsa, baholar uni tuzatishning bosh vositasi bo’lib xizmat qiladi. Nomutanosibliklarning vujudga kelishi, odatda, ichki sabablar natijasida emas, balki tashqaridan bo’ladigan arashuvlar, davlat tartiblashidagi xatolar natijasi hisoblanadi.
Bozor xo’jaligining barqarorligi to’g’risidagi ushbu qoida J.M. Keynsning iqtisodiyotga davlat aralashuvining zarurligi to’g’risidagi tasdig’iga qarshi qaratilgandir. Aynan ular (ma’muriy, baholar dastaklari, soliq tizimi emas) iqtisodiyotni a’lo darajada barqarorlashtirishga qodir. Agar J.M.Keyns byudjet siyosatini ancha aniq, tezkor va natijasini oldindan bilish mumkin bo’lgan dastaklar sifatida baholagan bo’lsa, M.Fridmen undan farqli ravishda, pul-kredit siyosatini ana shunday tavsiflaydi. Uningcha (Keynsga qaraganda), pul–kredit siyosati iqtisodiy faollikni ancha kuchaytiradi. U pulni ishlab chiqarish, ish bilan bandlik va baholarni aniqlashda yagona bosh omil sifatida qaraydi.
Pulning asosiy xususiyati uning likvidligida. Pulni xohlagan paytda almashtirish, unga har qanday tovarni sotib olish mumkin. M. Fridmen pul harakati (pul massasining o’sish sur‘ati) va yalpi ichki mahsulot o’rtasida o’zaro chambarchas bog’liqlik amal qilishiga asoslanadi. Pul massasining o’sish sur‘atining tezlashuvi yoki sekinlashuvi faol ish yuritishda, ishlab chiqarishning siklik tebranishida aks etadi. Gap shundaki, pul massasidagi o’zgarishlar natijasi asosiy iqtisodiy parametrlarda birdan aks ettirilmaydi, balki biroz vaqtdan keyin ta’siri bilinadi. Odatda, vaqtincha uzilish bir necha oyni tashkil etadi. U shu narsani bildiradiki, pul massasidagi o’zgarishlar yalpi ichki mahsulotga birdan emas, balki bir oz vaqtdan (oydan) keyin ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun pul siyosati joriy tartibdagi samaraga va qisqa muddatli o’zgarishlarga mo’ljallangan bo’lmay, balki uzoq muddatli xarakterga ega.

Download 27,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish