11-Mavzu. Monetarizm


Pulga bo„lgan talab va taklif



Download 27,14 Kb.
bet3/5
Sana08.12.2022
Hajmi27,14 Kb.
#881505
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-мавзу. Монетаризмdocx

11.4. Pulga bo„lgan talab va taklif
Insonlar bozor iqtsodiyoti sharoitida o’z boyliklarini har xil shakllarda (pul, qimmatli qog’ozlar, yer uchastkasi, ko’chmas mulk va boshqa ko’rinishlarda) saqlashi mumkin. Har kim o’z boyligini ko’paytirishga va aynan qaysi shaklda saqlash maqsadga muvofiq kelishiga intiladi.
Boylikning bir qismini pul shaklida ushlab turish maqsadga muvofiq. Negaki, pul likvidli, unga har qanday tovar sotib olish mumkin.
M.Fridmen boylikning beshta asosiy shakllarini ajratib ko’rsatib beradi: pullar, obligatsiyalar, aksiyalar, moddiy ne‘matlar, inson kapitali. Bir shakldagi boylikning qimmati oshishi, ikkinchisining qimmati pasayishi mumkin. Shu bois, boylik shakllarining almashtirib turilishi, ularni sotish va sotib olish operatsiyalari doimo bo’lib turadi. Odamlar o’z boyliklarini ancha likvidli aktiv – pul shakllarida ushlab turishga harakat qiladilar. Pulga egalik qilish o’z-o’zidan daromad olib kelmaydi. Pul zaxirasi bir tomondan, kundalik xarajatlar uchun kerak bo’lsa, ikkinchi tomondan, aktivlarni pul shaklida saqlash muqobil daromad olish imkoniyatini yo’qotadi. Yostiqning tagida, sandiqning tagida yotgan pullar ularning egalarini obligatsiyalarni sotib olish, tadbirkorlikka pul qo’yish va boshqa yo’llar bilan daromad topishdan mahrum etadi.
Keynschilardan farqli ravishda, monetaristlarning tasdiqlashicha, pulga bo’lgan talab asosan ayirboshlash ehtiyojlari, boshqacha aytganda, transaksion sabablar bilan aniqlanadi. Savol tug’iladi: odamlar o’z aktivlarining qancha qismini likvidli shaklida ushlab turishlari kerak? M.Fridmen bo’yicha, tovar va xizmatlarni sotib olish uchun zarur bo’lgan qismini. Kassa zaxirasisiz bo’lishi mumkin emas, lekin kassada kamroq pul saqlash maqsadga muvofiqdir. Agar kassada pullari ko’payib ketsa, odamlar ularni ko’proq foiz yoki foyda keltiradigan aktivlarga aylantiradilar.
Agar baholarning (inflyatsiya) oshishi kutilsa, pulga talab kamayadi, aksincha, baholarning pasayishi kutilsa, pulga bo’lgan talab kuchaydi. Pulga bo’lgan talab foizga ham bog’liq. Foiz oshganda pulga talab pasayadi. Lekin pulga bo’lgan talab nafaqat foiz stavkasiga, balki M.Fridmen bo’yicha boshqa aktivlarning daromadlariga nisbatan pulning Me‘yorli foydaliligi ham bog’liq. Uning Me‘yorli foydaliligi qancha yuqori bo’lsa, pul talabi ham ko’payadi.
Pulning muomaladagi miqdori uning taklifini bildiradi. Pul taklifi ancha o’zgaruvchan bo’ladi, u iqtisodiy omillar bilan aniqlanmaydi, balki tashqi ta’sirdan yuzaga keladi. Pul taklifi markaziy bank tomonidan tijorat banklari beradigan kreditlar miqdori, qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi bilan tartibga solinib turiladi. Pulga bo’lgan talab va pul taklifi monetar muvozanatni yuzaga keltiruvchi asosiy vositalar hisoblanadi. Bunda muvozanat ajralgan holda shakllanmaydi. Pul sektoridagi muvozanat tovar sektorida bo’ladigan jarayonlar bilan uzviy bog’langan.
Pul taklifidagi o’zgarishlarning YaIM bo’lgan ta’sirini monetaristlar va keynschilar har xil tushuntiradilar. Keyns bo’yicha pul-kredit siyosati (pul miqdorining o’zgarishi) asosida foiz stavkasi yotadi, u investitsiyaga va yalpi talabga ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida qaraladi. Shu bilan birga u foiz stavkasi rolini juda oshirib yubormaslik kerakligini qayd qilib o’tadi. Bundan tashqari foiz stavkasining pasayishi investitsion talabning doimo o’sishini keltirib chiqarmaydi
(―investitsion tuzog’i‖ sababli), pul massasining ko’payishi esa foiz stavkasining pasayishini keltirib chiqarmasligi mumkin (―likvidlik tuzog’i‖ sababli).
Monetar nazariyada pul talabi va taklifi asosiy hisoblanadi. Ular tovarlarga va investitsiyalarga bo’lgan talabni pul oqimi (pul miqdori massasi)ga bog’lab tushuntiradilar. Pul massasining bir oz ko’payishi tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni oshiradi, lekin pul talabining Me‘yordan oshib ketishi baholarning oshib ketishiga olib keladi. Shuning uchun iqtisodiyotni tartiblovchi dastak sifatidagi baho mexanizmining amal qilishiga xalaqit bermaslik zarur.

Download 27,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish