O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi A. Qodiriy nomli Jizzax Davlat pedagogika instituti “Tarix” fakulteti



Download 1,76 Mb.
bet47/126
Sana28.05.2022
Hajmi1,76 Mb.
#612970
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126
Bog'liq
O\'rta asrlar tarixi A.Boltayev Jizzax DPI

Asosiy savollar:

  1. IV asr oxiri – V asr boshlarida varvarlarning imperiyaga bulgan munosabatlari va Vestgotlar imperiyasi.

  2. Rim imperiyasidagi Tuluza, vandallar va Burgundiya kirolliklarining tutgan roli.

  3. Garbiy Rim imperiyasining kulashi va Gotlar urushi.

  4. Shimoliy Italiyaning langobardlar tomonidan istilo kilinishi va varvarlar istilolarining natijalari.



Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar: Vestgot, varvar, kvadlar, markomanlar, svevlar, langobard, got, vandallar, burgund, ostgot, zodagon, «yer kaxatchiligi», «Kaspiy darvozasi», gunn, federat, Gvadiana, «vandalimz», Vorms, Sharkiy Rim, «xalklar jangi», «fara», «urug», aristokrat, plantator, kazarma, obrok, latifundiya, papa, yepiskop, «Buyuk kuchish».


1-asosiy savol:
IV asr oxiri–V asr boshlarida varvarlarning imperiyaga bulgan munosabatlari va Vessgotlar imperiyasi.
Maksad: IV asr oxiri–V asr boshlarida Rim imperiyasida varvarlarning kanday tashkil topishini aytish, usha davrlarda varvarlarning imperiyaga bulgan munosabatlarining keskinlashuvini ochib berish, imperiyaga gunnlarning kelishi sabablarini aniklash xamda imperiyada vestgotlarning siyosiy tuzumiga baxo berish.


Identiv ukuv maksadlari:

    1. IV asr oxiri – V asr boshlarida Rim imperiyasining ijtimoiy xayotini aytib beradi.

    2. Varvarlarning imperiyaga bulgan munosabatini ochib beradi.

    3. Imperiyaga gunnlarning kirib kelish sabablarini aniklaydi.

    4. Vessgotlarning imperiyada siyosiy tuzumiga baxo beradi.



1 – asosiy savolning bayoni:
Varvarlarning Rim imperiyasiga bulgan munosabati IV asr oxirigacha kelib juda xam keskinlashib ketdi. Imperiyaning zaiflashuvi varvar kabilalariga imperiya chegarasidan deyarli bemalol utib, uning territoriyasini egallab olish uchun imkon berdi. Imperiya varvarlarning sikuvini yana bir oz vakt tuxtatib tura olar edi, lekin u, imperiyaga federat – ittifokchilar tarzida xizmat kilayotgan varvarlarning uzining yordamiga tayangan chogdagina shunday kila olar edi. Ammo federatlarning dushmanga aylanishi oson edi; buning oldini olish uchun imperiya ularga tobora kuprok yon berishga majbur bulmokda edi. German kabilalari II-IV asr urtalarida uzlarining ishlab chikarish kuchlarini anchagina rivojlantirdilar. Ular Sezar va Tasit zamonidagiga karaganda yaxshirok ishlay boshladilar. Ularda xayvonlarning nasli (jumladan, otlarning nasli) yaxshilandi. Xunarmandchilikdan rivojlantirishda ancha olga ketiladi. Germaniyaning kup joylarida yer ustidagi yoki uncha katta bulmagan chukurlikdagi rudalar ishlana boshlanadi. Chegara oblastida yashovchi germanlar rimlik savdogarlar bilan oldi – sotdi kila boshladilar. Varvarlarning axolisi tobora kupayib borganligi uchun yer masalasi juda keskin masala bulib koldi. Varvarlar axolisining oshib-toshib ketayotganligini sezmokda edilar. Ular imperiyaning serxosil va kisman butunlay ishlov berilmagan yerlarini ishgol kilishga intildilar. Butun bir varvar kabilalarini rim imperiyasiga karshi keskin kurash olib borishga olib kelgan eng muxim va asosiy sabab yer tankisligi edi. Bu vaktga kelib german kabilalarining ichida katta uzgarishlar sodir buldi. German jamiyatining tobora kuprok tabakalanib borishi – zodagonlarning ajralib chikishi, ularga karam bulgan kishilarning sonini kupayishi va xokozolar bilan bir katorda, kabilalarning katta – katta ittifoklarga birlashuv prosessi xam yuz bermokda edi. Kuyi Reynda xamda Yutlandiya yarim orolida anglo–saks kabilalari birlashmasi; Yukori Reynda allemanlar ittifoki (bunga kvadlar, markomanlar, kisman svevlar kirardi); Elbada va Elbaning narigi tomonida langobardlar, vandallar burgundlarning ittifoklari tashkil topdi. Bundan oldingi bobda gotlarning ikkita ittifoki – vestgotlar ittifoki va ostgotlar ittifoki vujudga kelib, bularning xar biri Dunay va Kora dengiz buyi rayonida kup kabilali davlat tashkil kilinganligi gapirib utilgan edi. IV asrning oxirlaridan boshlab va ayniksa V asrda varvarlar yoppasiga imperiya territoriyasiga karab yul olib, uni asta–sekin istilo kila boshladilar. Tugri, bu istilo kilish kariyb butun bir asrga chuzildi. Ancha vaktgacha bu istilochilar rasman imperiyaning “ittifokchilari” deb karaldi. Birok zamondoshlar bu nomga aldanmadi. Garbiy Rim imperiyasining tobora kullab borayotganligi shubxasiz xakikat edi. chunki varvarlar imperiyani istilo etish bilan bir vaktda imperiya territoriyasiga uzlarining butun oilalari, uy anjomlari, sigir – buzoklari va xokozolari bilan kuchib kelib, urnashayotgan edilar. Shuning uchun IV asrning oxiri va V asrning xammasini uz ichiga olgan bu davrni tarixchilari odatda Xalklarning buyuk kuchishi davri deb ataydilar.
Bu kuchish imperiya territoriyasiga gotlarning bostirib kirishidan boshlandi, deb xisoblanadi. Ostgotlar va vestgotlarning imperiya bilan totuv yashashlari mumkindek tuyular edi. Usha vaktda Yevropaning janubiy – sharkida bu varvarlarning juda keng yer maydonlari bor edi. Vestgotlarda xam, ostgotlarda xam xech kanday «yer kaxatchiligi» yuk edi. Tugri, ostgot zodagonlari gox-gox Bolkon yarim oroliga xujum kilib turar edilar. Lekin ikkinchi tomondan, gotlar Sharkiy Rim imperiyasi bilan tinch savdo alokalari olib borar edilar. Gotlar xristianlikni sharkiy rimliklardan kabul kilgan edilar. Gotlar urtasida xristianlikni targib kilgan kishi yepiskop Ulfila buldi, u injilni va diniy kitoblarni got tiliga tarjima kildi.
Ikki davlatning eng kuchli - Ostgotlar davlati bulib, u kup kabilali ittifok edi, bu ittifok uzining ostgot kabilasidan tashkari, slavyan va sharkiy sarmat kabilalaridan bir kanchasini uz ichiga oladi va bu davlatga kirol Germanarix 50 yil boshchilik kildi (u 375 yilda vafot etdi) Ostgotlarning uzlari maxalliy madaniyat ta’siriga anchagina berilib, maxalliy axoli bilan kisman aralashib keta boshlagan edi.
Vestgotlarning Dunaydan utishi yuzaki karaganda aytarli bir narsa emasdek edi. Rimliklarning butun-butun kabilalarini federat kilib kabul kilish xollari ilgari xam bulgan edi . Lekin xakikatda esa, vestgotlarning Bolkon yarim orolida paydo bulishi katta okibatlarga olib kelgan edi.Gonoriyning lashkarboshisi Stilixon (aslida varvar edi) dastlabki vaktda vestgotlarning Italiyaga kilgan xujumini tuxtatib turdi. U xatto Britaniyadagi rim legionlarini (407 yilda) chakirib keltirdi, legionlarning bu vaktida Italiyaning uzida bulishi nixoyat darajada zarur edi. Birok saroy axli urtasida fitna natijasida Stilixon tez orada vazifasidan tushirildi va uldirildi. Vestgotlar kiroli Aliarix endi kattik karshilikka uchramay, 409 yilda Italiya territoriyasiga kirib boradi. Keyingi yilda Alarix Rimni juda katta talonga soldi. Shu narsa xarakterliki, Alerix Rimni kullar yordami bilan oldi. Rimda va uning atrofida yashagan 40 mingga yakin kul Alarix tomoniga utdi.



Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish