Nazorat topshiriklari:
Karl Buyukning shaxsan uzi ishtrok etgan urushlari soni nechta edi?
A) 45 ta
V) 56 ta
S) 50 ta
D) 40 ta
Ye) 60 ta
«Rimliklar imperatori» tojini Karl Buyuk kachon kiydi?
A) 780 yilda
V) 800 yilda
S) 790 yilda
D) 870 yilda
Ye) 790 yilda
«Bazilevsa» suzining ma’nosi nima?
A) risar
V) imperator
S) oddiy askar
D) yer egalari
Ye) graf
Karolinglar pomestyesini urganish uchun asosiy manba?
A) «Un ikki sezar xayoti»
V) «Rimliklar imperatori»
S) «Gemaniyaning milliy kaxramoni»
D) «Pomestyelar tugrisdagi kapiturlyariy»
Ye) «Pomestyelar kapitulyariy»
4-asosiy savol:
Karl Buyuk imperiyasining parchalanishi.
Ukituvchining maksadi: Karl Buyuk imperiyasining parchalanish sabablarini yoritib berish, Karl Buyuk vafotidan keyin Frank davlatidagi urushlarning keskinlashishini tushuntirib berish, IX-X asrlarda Fransiyaning ijtimoiy axvoli bilan tanishtirish va normanlarning xujumlari natijasida kapetinglarning xokimiyatga kelish shart-sharoitlariga baxo berish.
Identiv ukuv maksadlari:
4.1. Karl Buyuk imperyasining parchalanish sabab va okibatlarini yoritib beradi.
4.1 Karl Buyuk vafotidan keyin Frank davlatidagi uzaro urushlarning keskinlashishi shart-sharoitlarini aniklaydi.
4.3. Verden taksimotining yuzaga kelishi va IX-X asrlarda sungi Karolinglarning siyosiy axvolini yeritib beradi.
4.4. Normanlar xujumi natijasida kapetinglarning xokimiyatni idora kila boshlashiga baxo beradi.
4-asosiy savol bayoni:
Karl Buyuk 814 yilda 72 yoshida vafot etdi va Axenga kumildi, u umrining sungi yillarini shu Axen atrofida utkazgan edi. Karl Buyuk vafot kilgandan keyin imperatorlik unvoni uning katta ugli Lyudovikka utdi, Lyudovik ilgari otasining xayotlik chogida uzok vakt Akvitaniya kiroli bulib kelgan edi. Karl Buyuk ulgandan keyin uning imperiyasi uzok umr kurmadi. Bu ilk urta asr xarbiy-feodal monarxiyasi bulib, unda chinakam markazlashuv uchun yetarli darajada iktisodiy baza yuk edi. Natural xujalik xukmronligi, ayrim oblast va rayonlarning va xatto ayrim pomestyelarning xam bikikligi, shaxarlar va savdoning kam rivojlanganligi – mana shularning xammasi imperiyaning mukarrar ravishda parchalanib ketishiga sabab buldi. Karl Buyuk zamonida krepostnoy pomestyelar egasi bulib, uzil-kesil karor topgan va Karl Buyuk olib borgan urushlar natijasida juda kup yangi yerlarga ega bulgan feodallarning uzi mustaxkam markazlashgan xokimiyatidan bezor edi. Buning natijasida kirol eng muxim sosial kuchning yordamidan maxrum buldi, xolbuki, Avstraziya gersog-mayordomlari aslida shu kuchning yordami soyasida yuzaga chikkan edi. Karl Buyukning ugli imperator Lyudovik xudojuy zamonida (814-840) bulinib ketish yulidagi intilishlar zur berib namoyon buldi. U lapashang bir kirol bulib, ruxoniylarga (uning xudojuy degan lakabi xam shuni kursatadi) va dunyoviy zodagonlarga butunlay karam edi. Bu xol Karolinglar zamonida xalklarning tashkil topish jarayoni yuz berganini ochik kursatadi.
843 yilda Verdenda Karl Buyukning uch nevarasi yigilishida imperiya uch kismga bulindi. Verden axdiga muvofik akasi Lotar imperatorlik unvonini saklab koldi, lekin ukalari nisbatan xech kanday maxsus xukukka ega emas edi, ukalarining xar kaysisi uz xolicha batamom mustakil kirol bulib koldi. Lotarga Italiya, sharkda Reyn bilan garbda Mass, Shelda, Sena va Rona daryolari yerlar (bunga Burgundiya xam kiradi) tegdi, Reynning sharkidagi yerlar Lyudovik nemisga utdi. Lotarga karashli yerlarning garbidagi yerlar Karl Yaltirokboshga tegdi. Keyinrok borib, Lotar ulgandan sung yerlar kaytadan bulindi. Lotarning avlodlari Italiyadagi yerlarnigina uz kulida saklab koldi, Reyn buyidagi yerlarning xammasini esa Lyudovik bilan Karl uzaro bulishib oldi. Burgundiya mustakil kirollik bulib ajralib chikdi. Imperatorlik unvoni keyinrok borib Karolinglar xonadonining boshka avlodlari vakillariga utdi. Verdenda bulgan taksimot Yevropada keyinchalik vujudga kelgan uchta katta davlatning - Fransiya, Germaniya va Italiyaning tashkil topishini umumiy bir tarzda belgilab berdi. IX asrning yarmida bu davlatlar ichida eng yaxliti «garbiy franklar» davlati edi, u keyincha vujudga kelgan Fransiyaning kurtagi buldi. Bu yerdagi axolining asosiy ommasi endi tashkil topib kelayotgan fransuz xalkidan iborat bulib, bu xalk aloxida bir shimoliy roman tilida, ya’ni ilk fransuz tilida gapirishar edi. Bu davlatning poytaxti Parij bulib, u Luara daryosi yakinidagi Sena daryosida joylashgan. «Garbiy franklar kirolligida» yoki oddiy kilib aytganda, Fransiyada (uni X-XI asrlarda Fransiya deb atay boshladilar). Karl II Yaltirokbosh zamonidayok Fransiya kirolligiga normalar kattik xujum kila boshlagan edi. Karl II Yaltirokbosh zamonidayok Fransiya kirolligiga normalar kattik xujum kila boshlagan edi. Karl II Yaltirokbosh ulgandan keyin esa (877) bu xujumlar juda avj olib ketdi. Xujum kilganlar kisman norvejlar, kisman shvedlardan iborat bulgan skandinavlar edi; skandinavlar usha vaktda urugchilik tuzumining tushkunlikka uchrash va feodalizm utish prosessini boshidan kechirayotgan bulib, ular orasida kupdan-kup boskinchi drujinalar vujudga kelmokda edi, bu drujinalarga feodallashayotgan xarbiy boshliklar – yarllar va kirollar raxbarlik kilar edi. Oxir okibatda Karolinglar xam Merovinglarning kuniga tushdi. Sunggi Karolinglar xam butunlay nochor xolga tushib koldi. X asrning oxirida ularning yerlari Fransiyaning shimolidagi Lan shaxrining uzi bilangina cheklanib koldi, desak buladi, Sungi Karoling Lyudovik V Yalkov ulgandan keyin graf Robert Zurning nasllaridan biri bulgan Gugo Kapet nomli kishi 987 yilda zodagonlar va ruxoniylar yigilishi tomonidan Fransiya kiroli kilib saylandi, Shunday kilib, Fransiyani yangi dinastiya – Kapetinglar xokimiyati juda kuchsiz buldi. Ancha keyinrok borib, XII va XIII asrlardagina bu dinastiya kaddini rostlab olgan shaxarlarga suyanib turib, Fransiyani birlashtirishga va markazlashgan davlatga asos solishga muvaffak buldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |