Tushunchaning mazmuni
ni unda
fikr qilinayotgan predmetning muxim belgilari yigindisi tashkil etadi. Masalan, «fan»
tushunchasining mazmunini fanning muxim belgilari, ya’ni uning amaliyot bilan aloqada
100
ekanligi, predmetlarning birorta soxasiga oid tushunchalar, qonunlar, printsiplar
shaklidagi obyektiv chin (xaqiqiy) bilimlar sistemasidan iborat Bulishi, dunyoqarashning
shakllanishida ishtirok qilishi va shu kabilar tashkil qiladi.
Tushunchaning xajmi
esa unda fikr qilinayotgan predmetlar yigindisidan iborat.
Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining xajmi mavjud barcha
fanlarni: matematika, fizika, mantiq va xokazolarni o’zida qamrab oladi.
Tushunchaning mazmuni va xajmi uzviy bogliq Bulib, u tushunchaning mazmuni va
xajmi o’rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq
tushunchaning xajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha xajmi toraytirilsa,
mazmuni kengayadi. Masalan, «Fan» tushunchasining mazmuniga «mantiq»ga oid
Bulish» belgisini qo’shish bilan xajm jixatidan undan torroq Bo’lgan «mantiq fani»
tushunchasiga o’tiladi.
«Fan» tushunchasining xajmini kengaytirish bilan mazmun jixatidan unga nisbatan
torroq Bo’lgan «ijtimoiy ong shakli «tushunchasi xosil qilinadi. Bunda faqat fanga xos
Bulib, boshqa ijtimoiy ong shakllarida, masalan san’atda Bulmagan spetsifik belgilar
tushuncha mazmunidan chiqarib tashlanadi.
Bu qonun tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amallar asosida yotadi.
3. Mantiqda tushunchalar mazmuni va xajmi Buyicha bir qancha turlarga Bulinadilar.
Xususan, xajmiga ko’ra yakka va umumiy tushunchalar farq qilinadi.
Yakka tushunchaning xajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Er planetasi»,
«O’zMU asosiy kutubxonasi» va shu kabilar yakka tushunchalardir. Umumiy tushunchalar
predmetlar guruxini aks ettiradi. «Planeta», «Kutubxona» tushunchalari umumiy
tushunchalar xisoblanadi. Umumiy tushunchalar aks ettiruvchi predmetlarning miqdori
chegaralangan va chegaralanmagan Bulishi mumkin. Masalan, «ximiyaviy element»
tushunchasida fikr qilinayotgan predmetlar soni chegaralangan. Ularni xisobga olish
mumkin. «Yulduz» tushunchasi xajmini tashkil qiluvchi predmetlar soni esa cheksiz, ularni
xisobga olib Bulmaydi.
Fikr yuritish jarayonida ayiruvchi va to’plovchi tushunchalarni farq qilish xam muxim
axamiyatga ega. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks ettiruvchi
belgilar berilgan sinfning xar bir predmetiga xosdir. Masalan, « O’zMU talabalari
ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiya materiallarini
o’rganmoqda» degan fikr O’zMUning xar bir talabasiga tegishli. Demak, « O’zMU
talabalari» tushunchasi bu erda ayiruvchi tushunchadir." O’zMU talabalari ikkinchi
chakiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi yakunlarini
muxokama etishmoqda» degan fikrda esa, « O’zMU talabalari» tushunchasi to’plovchi
tushuncha sifatida ishtirok qiladi, chunki fikr ularning to’plamiga nisbatan bildirilgan.
Mazmuni Buyicha tushunchalar, avvalam bor, abstrakt va konkret tushunchalarga
Bulinadilar. Konkret tushunchalarda predmet o’zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi.
Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, aloxida aks
ettiriladi. Masalan «Inson», «Tabiat» tushunchalari-konkret tushunchalar, «qaxramonlik»
(insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Go’zallik» (borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni
ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir.
Mazmuni Buyicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni xam ajratish mumkin.
Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, aloxida mavjud Bo’lgan predmetlarni aks
ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir.
101
Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud Bulishini taqozo
qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, « O’qituvchi» va « O’quvchi», «Ijobiy
qaxramon» va «Salbiy qaxramon», «Sabab» va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh
tushunchalar qatoriga kiradi.
Ba’zi xollarda ijobiy va salbiy tushuchalar xam farq qilinadi. Ijobiy tushunchalarning
mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, salbiy tushunchalarning
mazmunida predmet unga xos Bulmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «Savodli
kishi», «Vijdonli kishi» - ijobiy tushunchalar, «Savodsiz kishi», «Vijdonsiz kishi» - esa
salbiy tushunchalardir.
Biz yuqorida tushunchalarning bir qancha turlari bilan tanishib chiqdik. U yoki bu
tushunchaning ana shu turlardan qaysilariga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy
tavsif berish demakdir. Masalan, «Talaba» – umumiy, ayiruvchi, chegaralangan, konkret,
nisbatsiz, ijobiy tushuncha; «A. Navoiy nomli O’zbekiston davlat kutubxonasi»-yakka,
to’plovchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushunchadir.
4. Obyektiv dunyodagi barcha predmet va xodisalar o’zaro aloqada Bo’lganligi uchun, ularni
aks ettiruvchi tushunchalar xam o’zaro ma’lum bir aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Bu
munosabatlar turli xil Bulib, ularni aniqlash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va
taqqoslanmaydigan tushunchalarni farq qilish lozim.
Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega Bo’lgan, mazmuni va xajmi
jixatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalardir. Masalan, «Metallurg» va «Ishchi»
tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushunchalar xisoblanadi.
Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa, bir-biri bilan uzoq aloqada Bo’lgan, ko’p
xollarda moddiy yoki ideal Bulishdan boshqa umumiy belgiga ega Bulmagan
predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va «Zuxro yulduzi»,
«Ideal gaz» va «Go’zallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar deb
xisoblanadi.
Mantiqda
taqqoslanmaydigan
tushunchalar
o’rtasidagi mantiqiy
munosabatlar o’rganilmaydi. Taqqoslanadigan tushunchalar esa xajm jixatidan
sigishadigan va sigishmaydigan Bo’ladi.
Sigishadigan tushunchalarning xajmi bir-biriga butunlay, to’laligicha yoki qisman mos
keladi. Ular o’rtasida uch xil munosabat mavjud: moslik, qisman moslik va Buysunish
5
.
Moslik munosabatidagi tushunchalar bitta predmetni (predmetlar sinfini) aks ettiruvchi
tushunchalar Bulib, ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farq qiladi. Masalan,
«I.A. Karimov», « O’zbekiston Respublikasining Prezidenti» tushunchalari xuddi shu
munosabatda mavjuddir. Buni quyidagi sxema yordamida ko’rsatish mumkin.
A-I.A. Karimov.
V- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti.
Qisman moslik munosabatidagi tushunchalarning xajmi qisman umumiylikka ega.
Masalan:
A-Sportchi.
V-Talaba.
Doiralarning shtrixlangan qismi bir vaqtningn o’zida xam sportchi, xam talaba
Bo’lganlarni bildiradi.
5
Тушунчалар ´ртасидаги муносабатлар доиравий схемалар ёрдамида к´рсатилади.
А.В.
А
В
102
Buysunish munosabatida tushunchalardan birining xajmi ikkinchisining xajmiga to’liq
kirib, uni tashkil qiluvchi qism xisoblanadi. Masalan:
A-Fan.
V-Mantiq.
Bu munosabatdagi tushunchalardan biri Buysundiruvchi (A), ikkinchisi (V)
Buysinuvchi Bulib, ular jins-tur munosabatida Bo’ladi. Jins tushuncha predmetlarning
birorta sinfini, tur tushuncha esa shu sinfga mansub predmetlarning bir guruxini yoki
bittasini aks ettiradi. Mantiqda u yoki bu tushunchaning jins yoki tur ekanligi nisbiy
xarakterga egadir. Xar bir tushuncha o’zidan umumiyroq tushunchaga nisbatan tur,
kamroq umumlashgan tushunchaga nisbatan jinsdir. Masalan, milliy goya, goya, fikr
tushunchalari o’rtasida quyidagi nisbat mavjud: «goya» tushunchasi «Fikr»
tushunchasiga nisbatan tur, «Milliy goya» tushunchasiga nisbatan jins Bo’ladi.
Sigishmaydigan tushunchalar xajmi jixatidan umumiylikka ega Bulmagan tushunchalar
xisoblanib, bir sinfga kiruvchi xar xil predmetlarni yoki predmetlar guruxini aks ettiradi.
Ularning umumiyligi faqat ana shunda. Bu tushunchalar o’rtasida xam uch xil munosabat
bor: birga Buysunish, qarama-qarshilik, zidlik.
Birga Buysunish munosabati quyidagi tushunchalar o’rtasida mavjuddir.
A-Fan.
V-Mantiq.
S-Fizika.
Bunda «Mantiq» va «Fizika» tushunchalari xajmlari jixatidan birgalikda «Fan»
tushunchasining xajmiga Buysunadi.
Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalarning xajmlari bir-birini istisno qiladi.
Ular predmetning (predmetlar guruxining) qarama-qarshi belgilarini aks ettiradi, ya’ni
biri predmetning ma’lum bir belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiluvchi boshqa
belgini aks ettiradi. Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalar o’zlari Buysunadigan
tushunchaning xajmini to’liq egallay olmaydi. Masalan, «Baland Buyli odam» va «Past
Buyli odam» tushunchalari «Odam» tushunchasining xajmini to’liq qoplay olmaydi.
A-Odam.
V-Baland Buyli odam.
S-Past Buyli odam.
Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini ifoda
qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jixatidan noaniq Bulib qoladi. Zidlik
munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardan farqli
ularoq, Buysundiruvchi tushunchaning xajmini to’liq qoplaydi. Masalan,
A-Odam.
V-Baland Buyli odam,
S-Baland Buyli emas odam.
Tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash ularning mazmuni va xajmini
aniqlashtirishga, ularni boglab, bir fikr shaklidan boshqa fikr shakliga o’tishga yordam
beradi. Masalan «Talaba» va «A’lochi» tushunchalari o’rtasidagi munosabatni aniqlash
А
В
А
В
С
103
asosida «Ba’zi talabalar a’lochilardir» degan muloxaza shaklidagi fikrni xosil qilish
mumkin.
4.
Do'stlaringiz bilan baham: |