91
bu qonunni, bilib yoki bilmasdan, buzish qolatlari uchraydi. Ba’zan, bu holat bir fikrning
tilda turli xil ifodalanishi bilan bog’liq Bo’ladi. Masalan: «dialektika qonunlari» va
«tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy qonunlari» tushunchalari shakliga
ko’ra turlicha Bo’lsa ham mazmunan aynandir.
Tilda mavjud Bo’lgan omonim va sinonim so’zlarning qo’llanishi ham ba’zan turli
fikrlarning o’zaro aynanlashtirilishiga, ya’ni noto’g’ri muhokamaga olib keladi. Masalan:
falsafiy nuqtai nazardan «sifat»
tushunchasi, o’ziga xos mazmunga ega Bo’lsa, biror
hunarmand tomonidan bu tushuncha, boshqa mazmunda (yaroqli, foydali) qo’llaniladi.
Shuningdek u, bir tushunchaga kasb-hunari, hayotiy tajribasi va dunyoqarashi turli xil
Bo’lgan shaxslar tomonidan turli mazmun yuklatilishida ham namoyon Bo’ladi.
Bahs-munozara jarayonida qanday qilib Bo’lsa ham raqibni aldash va yutib chiqish
maqsadida ayniyat qonunining talablarini ataylab buzuvchilar
sofistlar deb ataladi;
ularning ta’limoti esa sofistika deyiladi.
Ba’zan turli ma’nodagi bir xil so’zlarni mohirlik bilan ishlatish orqali ajoyib she’riy
misralar yaratiladi. Sharq adabiyotida «tuyuq» nomi bilan ma’lum Bo’lgan bu she’riy
misralar go’zalligi, insonga o’ziga xos zavq berishi bilan ajralib turadi. Bunga Fozil
Yo’ldosh o’g’lining quyidagi misralari misol Bula oladi:
Qo’lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,
Yaxshilik qil bolam, yomonlikni ot,
Nasihatim yod qilib ol farzandim,
Yolg’iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot.
Yuqoridagi to’rtlikda «ot» tushunchasining turli ma’nolarda qo’llanilishi, ayniyat
qonuni talabining buzilishini emas, balki unga rioya qilinganligini ifodalaydi.
Shuningdek, o’zbek xalqiga xos Bo’lgan askiya san’atida
ayniyat qonunlari ataylab
buzilishini, tushunchalarning o’z ma’nosida emas, balki ko’chma ma’nolarda
qo’llanilishini kuzatish mumkin. Bu o’ziga xos so’z o’yini Bulib, unda qo’llaniladigan
nozik qochirimlar askiya aytuvchining mahoratini ko’rsatadi va tinglovchilarning
kulgusiga sabab Bo’ladi.
Demak, hayotda, amaliyotda tushunchaning turli ma’nolarda qo’llanilishidan g’arazli
yoki beg’araz, yaxshi yoki yomon maqsadlar uchun foydalanish mumkinligini ko’ramiz.
Ayniyat qonuni predmet va hodisalarning nisbiy barqarorligini ifoda etgan holda,
tafakkurning rivojlanishini, tushunchalar va bilimimizning o’zgarib, boyib borishini inkor
etmaydi. Bu qonun fikrning mazmuni predmet va hodisalarni
tularoq bilib borishimiz
bilan o’zgarishini e’tirof etadi va uni hisobga olishni taqozo qiladi.
Ayniyat qonuni tafakkurga, uning barcha elementlari, shakllariga xos Bo’lgan umumiy
mantiqiy qonundir. Bu qonunning talablari tafakkurning har bir shakliga xos Bo’lgan
konkret qoidalarda aniq ifodalanadi. Tafakkurning tushuncha, mulohaza (hukm), xulosa
chiqarish
shakllari, ular o’rtasidagi munosabatlar shu qonunga asoslangan holda amalga
oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: