al-Forobiy
(873-950) dir.
U Sirdaryo Buyidagi O’tror shaxar kal’asida, turkiy xarbiy oilada dunyoga keldi. Buxoro
va Samarqand shaxarlarida bilim oldi. U qadimgi grek, xind falsafasini chuqur o’rgandi,
ilmning turli soxalariga oid 160 dan ortiq turli xajmdagi risolalar yozib qoldirdi, umrining
so’nggi yillarini Damashqda o’tkazdi. Forobiy asarlarining katta qismi falsafa va
mantik ilmiga oiddir.
Forobiyda mantiqiy bilimlar sistemasi «Isoguvchi» (Kirish), «Maqulot» (Kategoriya),
«Ibora» (Xukm), «Qiyos» (Sillogizm, Birinchi Analitika), «Burxon», (Isbotlash,
«Ikkinchi Analitika»), Jadal (Dialektika), «Safsata» (Sofistik raddiya), «Xitoba»
(Ritorika), «She’r» (Poetika) asarlarini o’z ichiga oladi. Shuningdek, Forobiy «Mantiq
ilmiga kirish», «Aql xaqida», «Shartli xukmlar», «Sillogizm» kabi asarlarida mantiq
86
masalalarini ishlab chiqdi. «Ilmlar tasnifi» asarida xam mantiq ilmining predmeti,
tuzilishi, ilmlar sistemasida tutgan o’rni va axamiyati xaqida fikr yuritadi.
Mutafakkirning ta’kidlashicha, mantiq san’ati intellektning mukammallashuviga olib
keluvchi va insonni xaqiqat tomon yo’naltiruvchi qonounlarning majmuasini o’rganadi. Bu
qonunlar insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan saklaydi. Inson bu
qonunlar yordamida bilimlarini tekshirib, ularning chin yoki xatoligini aniqlash imkoniga
ega Bo’ladi.
Forobiyning mantiqiy ta’limoti uning gnoseologik ta’limoti bilan uzviy bog’liqdir.
Uningcha, fikrlar tabiatdagi narsa va xodisalarni sezgilar orqali bilish asosida vujudga
keladi. U bilishda sezgilarning roliga juda katta o’rin beradi. Fikr shakllari o’rtasidagi
aloqa, munosabatlar real munosabatlarni ifodalash jarayonida vujudga kelishini
ta’kidlaydi.
Mo’tafakkir mantiq ilmining til, grammatika, falsafa bilan o’zaro aloqadorligini ko’rsatib
o’tadi. U «Falsafani o’rganishdan avval nimalarni bilish kerak» nomli risolasida falsafiy
argumentatsiya bilan, ya’ni falsafiy masalalarni asoslash, isbotlash bilan tanishishdan avval
sillogizmlarni, ya’ni mantiqiy xulosa chiqarish usullarini bilib olish zarur, deydi. Forobiy,
ayniqsa Aristotelning «Analitika»sini o’rganish zarurligini ta’kidlaydi. Bu kitoblarni o’rganish
chin isbot bilan xato isbotni bir-biridan farqlashga, mutlaqo xato Bo’lgan fikr bilan bir oz xato
Bo’lgan fikrni ajratishga yordam beradi.
Forobiy fikricha, sillogizm va isbotlash usuli eng to’gri, xaqiqatga olib keluvchi usul
Bulib, ilm-fan, falsafa shularga asoslanadi. Forobiy asosiy mantiqiy shakllar Bo’lgan
tushuncha, xukm va ularning turlari, xulosa chiqarish, sillogizm va uning figuralari,
moduslarini chuqur taxlil qilib, ular to’grisida izchil ta’limot yaratdi.
U to’gri tafakkurlashning asosiy printsiplari: aynanlik, xukmlarning o’zaro zid
Bulmasligi, izchilligi xar qanday xulosaning etarlicha asoslanganligi kabi muxim
mantiqiy masalalarni xam xar tomonlama ishlab chiqdi.
Forobiyning mantiqiy ta’limoti Yaqin va O’rta Sharqda, O’rta Osiyoda mantiq fanining
keyinggi rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Xususan, IX-X asrlarda Abu Abdullox al-Xorazmiy, Yax’yo ibn Ali Abu Sulaymon, Abu
Xayyan kabilar Forobiyning mantiq soxasidagi goyalarini davom ettirdilar. Ayniqsa, Forobiy
falsafasi va mantigi «Ixvan as-Safo» - «Sof birodarlar» ning ta’limotiga juda katta ta’sir
ko’rsatdi. Ular xam Forobiy kabi, «bilim bu bilinayotgan narsaning biluvchining jonidagi
obrazidir», deb ta’kidlashgan. «Sof birodarlar» ning «Maktublar» ida «jon bilinayotgan
narsalarning shaklini sezgilar vositasida, dalillar vositasida, fikrlash va kuzatish vositasida
qabul qiladi», deb yozilgan. Aytish mumkinki, ular bilish bosqichlari va ular o’rtasidagi
aloqadorlikni to’gri tushunishgan.
X asrga kelib mantiq ilmi falsafiy bilimlarning eng muxim qismiga aylanib qoldi. Abu
Abdullox al-Xorazmiy (X asr) ning «Mafotix-al-ulum» (Ilmlar kalitlari) asaridagi fanlar
klassifikatsiyasida mantiq ilmiga aloxida o’rin berilishi fikrimizning dalilidir.
Abu Abdullox al-Xorazmiy ilmlarni «arab» va «arabcha Bulmagan» larga ajratadi.
Arabcha Bulmagan ilmlar qatoriga falsafa, mantiq, tibbiyot, arifmetika, xandasa, ilmu-
nujum, musiqa, mexanika, kimyolar kiradi. Xorazmiy mantiq ilmiga oid masalalarni
to’qqiz bobda bayon qiladi. Boblarning nomlanishi Forobiy va Ibn Sinolarniki kabidir. U
mantiqiy ta’limot «Isoguchi»ni bayon etishdan, o’rganishdan boshlanishi kerak,
«Isoguvchi» - bu kirish, (yunon tilida eysagoge) deb ataladi, deb yozadi.
87
Xorazmiy Aristotel goyasini davom ettirib, aniq narsalarning xossalarini belgilash
uchun «individual» tushunchasini kiritadi. Xorazmiy «Sof birodarlar» ning mantiqqa oid
goyalarini rivojlantirib va uni Arastu falsafasi ruxiga yaqinlashtirib, individ masalasini
birinchi o’ringa olib chiqadi. «Shaxs-individ mantiq axlida u Zeyd, Amr, bu kishi, u
eshak, ot kabi (ma’noni anglatadi); uni shuningdek birlamchi tushuncha deyish xam
mumkin», - deb yozadi Xorazmiy. U bir tomondan, arab falsafasidagi aql bilan
tushuniladigan birlamchi, ya’ni ko’pgina obyektiv bir xil predmetlar uchun umumiy
Bo’lgan tushunchalarni, ikkinchi tomondan, aql bilan tushuniladigan birlamchilarning
o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi tushunchalarni sharxlaydi. Xorazmiyning bu
masalaga oid fikrlari mantiq ilmidagi jins va tur tushunchalarga, ularning nisbiy xarakteri
va o’zaro munosabatiga oiddir.
Abu Abdullox al-Xorazmiy mantiq masalalarini ko’rib chiqishni so’z va iboralarning
o’zaro munosabatini taxlil etishdan boshlaydi. Sharq mantiqshunoslari so’zlarning ma’no
anglatishiga ko’ra uch turini: so’z o’zining to’liq mazmunini anglatadigan, so’z o’z
mazmunining bir qismini anglatadigan, so’z o’z mazmunidan kelib chiqadigan narsani
anglatadigan xolatlarni farqlaganlar. Xorazmiy xam bu masalaga mufassal to’xtalib, bu
turlarni va ularning tushunchalardagi mantiqiy ma’nolarini ko’rib o’tadi. Bu bilan olim
Yaqin va O’rta Sharq mantiqshunoslari ilgari so’rgan tushunchalarning ma’no anglatishi
xakidagi ta’limotini davom ettiradi.
Abu Abdullox al-Xorazmiy, Aristotel va Forobiyning tafakkur va til, mantiq va
grammatika orasidagi bogliqlik goyasini yanada rivojlantirdi. U muloxaza (xukm)
masalasiga aloxida to’xtalib o’tadi.
Abu Abdulloxx al-Xorazmiy xukmning modalligi Buyicha lozim Bo’lgan, mumkin
Bo’lgan va xaqiqiy kabi uch turga Bulinishiga katta e’tibor beradi va o’z ta’limotida
Aristotel goyasining asosiy moxiyatini to’liq aks ettiradi.
Xorazmiy xulosa chiqarish masalalariga xam aloxida to’xtalib o’tdi. U sillogizmni
xulosa chiqarishning eng muxim ko’rinishi va nazariy bilimlarni egallashdagi asosiy
vosita, deb bildi. U isbotlash va u bilan bogliq Bo’lgan masalalarni, dialektika asoslarini,
shuningdek o’sha davrda sillogizm turlari xisoblangan sofistika, ritorika va poetika bilan
bogliq masalalarning xar birini aloxida boblarda talqin qildi. Umuman olganda,
Xorazmiy qadimgi grek-yunon ilgor mantiqiy an’analarini Yaqin va O’rta Sharq xamda
O’rta Osiyo falsafasi materiallaridagi o’ziga xos, ajoyib goyalardan foydalanib boyitdi va
rivojlantirdi.
Forobiyning mantiq soxasidagi ishlarining davomchilaridan yana biri, turli ilm
soxalariga oid qator asarlar yaratgan, o’z davrining dunyoga mashxur qomusiy olimi Abu
Ali ibn Sino (980-1037) dir. U Buxoro yaqinidagi Afshona shaxrida tugildi. U Buxoroda
taxsil olib, shu erda olim, tabib sifatida shuxrat qozondi, ma’lum bir vaqt Xorazmda
yashadi. Ibn Sino 31 yoshida Xorazmni tark etdi, 1037 yili Isfaxonda vafot etdi.
Ibn Sino 400 dan ortiq asarlar muallifidir. Bu asarlar ilmning turli soxalariga oid
Bulib, ulardan 150 dan ortigi falsafa va mantiq masalalariga bagishlangan. Bular orasida
falsafa va mantiq fanining barcha masalalarini izchil ravishda o’z ichiga olgan asari -
«Kitob-ash-shifo» dir. «Kitob-ash-shifo» ning mantiqga oid qismi 9 Bulakdan iborat
Bulib, ularning nomlanishi va tartibi Forobiyniki kabidir. Mutafakkirning bu asari mantiq
soxasidagi barcha ilmlar asosida vujudga kelgan Bulib, unda mantiqqa oid masalalar
to’liq qamrab olingan.
88
Ibn Sinoning «Ishorat va tanbixot», «An-Najot», «Donishnoma» asarlarida xam
falsafa va mantiqqa oid masalalar bayon etiladi. Mutafakkir mantiq ilmini barcha
ilmlarning muqaddimasi, ularni egallashning zarur sharti sifatida talqin etadi. Ibn Sino
«Donishnoma» asarida qabul qilingan tartibni buzgan xolda, avval mantiq asoslarini,
ikkinchi o’rinda metafizikani, so’ng boshqa fanlarni bayon qiladi.
U, asosan Aristotel va Forobiyning mantiqiy ta’limotlarini davom ettirgan Bo’lsa-da,
ko’p masalalarda mustaqil yo’l tutadi. Ibn Sino mantiq fanini ma’lum bilimlardan
noma’lum bilimlarni keltirib chiqarish, ularni bir-biridan farq qilish, chin va xato
bilimlar, ularning turlarini o’rganuvchi fan yoki nazariy san’atdir, - deb ta’riflaydi.
Mantiq ilmi obyektiv olamni bilish uchun xizmat qiladi, bilish esa real predmetlarni,
avvalo sezgilar orqali aks ettirish, so’ng aqliy, mavxum bilishga asoslanadi.
Ibn Sino falsafa, bilish nazariyasi va mantiq muammolarini aralashtirib yubormaydi,
ularni aloxida-aloxida bayon qiladi. Bu jixatdan Ibn Sinoning mantiq fani xaqidagi
ta’limoti Arastu yaratgan mantiq faniga nisbatan juda ko’p yangi ma’lumotlarni beradi.
Mantiqiy masalalarni o’rganishda turli belgi (simvol) lardan foydalanishi xam
mutafakkirning yutugi xisoblanadi.
Ibn Sinoning mantiq ilmida tafakkur shakllari Bo’lgan tushuncha, xukm, xulosa
chiqarish, ularning tuzilishi, turlari, shuningdek, isbotlash masalalari keng va xar
tomonlama taxlil etiladi.
U toushunchalarni yakka va umumiyga Bo’ladi. Mutafakkirning ta’kidlashicha, mantiq
fani umumiy tushunchalar bilan shugullanadi. U xam, Aristotel kabi, mavjud borliqning
eng ummiy xolatlarini ifodalovchi o’nta umumiy kategoriyalarni mantiq fanining o’rganish
doirasiga kiritadi. Tushunchaning asosiy vazifasi xukm va xulosa chiqarishni tashkil etish,
ularga asos Bulishdir, deb ta’kidlaydi. U tushunchalarni ta’riflash va Bulish kabi mantiqiy
usullarga xam batafsil to’xtab o’tadi.
Xukm nazariyasi Ibn Sinoning mantiq ilmida eng katta o’rinlardan birini egallaydi. U
xukmlarning tuzilishi, subyekt-predikat munosabatlarini xar tomonlama analiz qiladi. Ibn
Sino oddiy va murakkab xukmlarni, ularning tuzilishi va turlarini batafsil bayon qiladi.
Ibn Sinoning xulosa chiqarish nazariyasi xam tushuncha va xukm kabi chuqur va izchil
ishlab chiqilgan. U deduktiv xulosa chiqarishga oid barcha masalalarni: sillogizmning tuzilishi,
figuralari, moduslari, murakkab sillogizmlar va ularning turlari, sillogizmlarni belgilar
vositasida ifodalashni batafsil taxlil qiladi. U induktiv xulosa chiqarish ustida xam fikr yuritadi.
Umuman olganda, Ibn Sinoning mantiqiy ta’limotini uning mukammalligi,
mavzusining kengligi, xajmi, talqinining batafsilligiga ko’ra o’rta asrlardagi mantiq ilmi
rivojining eng yuqori darajasi deb baxolash mumkin.
Ibn Sinoning mantiqiy ta’limotida ungacha Bo’lgan Qadimgi va Orta asr
mantiqshunosligining muxim yutuqlari ma’lum darajada mujassamlangan Bulib, keyingi
davrlarda mantiqiy ta’limotlarning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
XIX-asrning o’rtalariga kelib mantiq ilmida jiddiy o’zgarishlar sodir Buldi. U Aristotel
mantiqiy sistemasiga asoslangan an’anaviy formal mantiqdan tubdan farq qiladigan,
matematik metodlardan keng foydalanadigan simvolik mantiq (yoki matematik mantiq) ning
shakllanishi bilan bogliq. Uning negizida Leybnits ilgari surgan muxokamalarga xisoblash
tusini berishning mumkinligi va uning samaradorligi xaqidagi goya yotadi. XIX-asrning
o’rtalari - XX-asrning boshlarida bu goyani J. Bul, A.M. De-Morgan, Ch. Pirs, G. Frege va
boshqa taniqli olimlar amalga oshirishga o’z xissalarini qo’shdilar.
89
XX-asrning boshiga kelib simvolik mantiq mantiqqa oid ilmlar doirasida mustaqil fan
sifatida shakllandi. Simvolik mantiq Buyicha dastlabki uch jildlik fundamental asar -
«Principia mathyematika» B. Rassel va A. Uaytxedlar tomonidan yaratildi va u 1910-
1913 yillarda nashr etildi. Bu asarda an’anaviy mantiqning ba’zi muammolari xamda
uning doirasida qo’yib Bulmaydigan masalalar yangicha yondashish asosida, simvolik
mantiq vositalari yordamida taxlil etilgan.
Shuningdek, XX-asrda noan’anaviy mantiqning turli xil yo’nalishlari, xususan ko’p
qiymatli mantiqiy sistemalar (Lukasevich, Geyting, Reyxenbax larning uch qiymatli
mantiqiy sistemalari, Postning n-qiymatli mantiqiy sistemasi va shu kabilar), konstruktiv
mantiqlar (A.N. Kolmogorov, A.A. Markov variantlari) va boshqa mantiqiy nazariyalar
vujudga keldi va rivojlandi.
XX - asrda mantiq ilmining ma’lum yo’nalishdari rivojiga Vitenshteyn, K. Popper,
E.K. Voyishvillo, V.A. Smirnov, Xintikki kabilar xam o’zlarining munosib xisalarini
qo’shdilar.
Xozirgi paytda mantiq o’zining turli xil soxalari va yo’nalishlarida taraqqiy etib
bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |