O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 4,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/168
Sana07.04.2022
Hajmi4,89 Mb.
#534980
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   168
Bog'liq
mantiq

Oddiy xukmlar 
Xukmlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab Bo’ladi. Oddiy xukm deb tarkibidan 
yana bir xukmni ajratib Bulmaydigan muloxazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan 
ortiq xukmni ajratish mumkin Bo’lgan muloxazalarga murakkab xukm deyiladi. Masalan, 
«Mantiq ilmini o’rganish to’gri fikrlash madaniyatini shakllantiradi» degan muloxaza 
oddiy xukmni ifodalaydi. «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganadi», 
degan muloxaza murakkab xumkmdir. Bu muloxazaning tarkibi ikki qismdan: «Mantiq 
ilmi tafakkur shakllarini o’rganadi» va «Mantiq ilmi tafakkur qonunlarini o’rganadi», 
degan ikki oddiy xukmdan iborat. 
Muloxaza (xukm) tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko’rsatish 
mumkin. Mantiqiy ega-subyekt (S) fikr qilinayotgan predmet va xodisani bildiradi. 
Mantiqiy kesim-predikat (P) predmetga xos xususiyatni, munosabatni bildiradi. 
Predikatda ifodalangan bilimlar xisobiga subyekt xaqidagi tasavvur boyitiladi. Xukmning 
subyekt va predikati uning terminlari deb ataladi. 
Xukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy boglamadir. U subyekt va predikatni 
bir-biri bilan boglaydi, natijada xukm xosil Bo’ladi. Oddiy qat’iy xukmning formulasi 
quidagicha yoziladi: S-P. 
Oddiy xukmlar sifati va miqdoriga ko’ra turlarga
Bulinadi. Sifatiga ko’ra tasdiq 
va inkor xukmlar farqlanadi. Xukmning sifatini mantiqiy boglama belgilaydi. Tasdiq 
xukmlarda belgining predmetga xosligi, inkor xukmlarda, aksincha, xos emasligi 
ko’rsatiladi. Masalan, «A. Oripov O’zbekiston Respublikasi Madxiyasining muallifidir»-
tasdiq xukm, «Matematika ijtimoiy fan emas»-inkor xukm. Miqdoriga ko’ra oddiy 
xukmlar yakka, umumiy va juz’iy xukmlarga Bulinadi. Bunda subyektda ifodalangan 
predmetlarning soni, ya’ni uning xajmidan kelib chiqiladi. 
Yakka xukmlarda birorta belgining predmetga xosligi yoki xos emasligi xaqida fikr 
bildiriladi. Masalan: « O’zbekiston Respo’blikasi mustaqil davlatdir», «Axmedov 
tarixchi emas». 
Umumiy xukmlarda birorta belgining yakka predmetlar sinfining xammasiga yoki 
undagi xar bir predmetga taalluqli yoki taalluqli emasligi xaqida fikr bayon qilinadi. 
Masalan: «Xar bir inson baxtli Bulishni xoxlaydi», va «Xech bir aqlli odam vaqtini 
bexuda sarflamaydi». 
Juz’iy xukmlarda birorta belgining predmetlar to’plamining bir qismiga xos yoki xos 
emasligi xaqida fikr bildiriladi. Masalan: «Ba’zi faylasuflar notiqdir». «Ko’pchilik 
talabalar dangasa emas». Juz’iy xukmlarda «ba’zi» so’zi «xech Bulmasa bittasi, balki 
xammasi» degan ma’noda qo’llaniladi. Shunga ko’ra «Ba’zi toshlar tirik mavjudot emas», 
degan xukm chin Bo’ladi, chunki xech bir tosh tirik mavjudot emas. 
Ma’lum ma’noda yakka xukmlarni umumiy xukmlar bilan tenglashtirish mumkin. 
Chunki xar ikki xukmda xam to’plamdagi predmetlarning xar biriga nimadir taalluqli 
yoki taalluqli emas, deb ko’rsatiladi. Yakka xukmlarda esa bu to’plam birgina 
predmetdan iborat Bo’ladi. 
Muloxazalarning to’gri yoki noto’griligini aniqlashda va ba’zi boshqa xolatlarda 
oddiy xukmlarning miqdor va sifati Buyicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari) 
dan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat: 
1. Umumiy tasdiq xukmlar. Ular bir vaqtning o’zida xam umumiy, xam tasdiq Bo’lgan 
fikrni ifodalaydi. Masalan, «Xamma talabalar mantiq ilmini o’rganadilar». Bu xukmlar 


111 
lotin alifbosidagi A xarfi bilan belgilanadi va «Xamma S-Pdir» formulasi orqali 
ifodalanadi. 
2. Umumiy inkor xukmlar bir vaqtning o’zida xam umumiy, xam inkor Bo’lgan fikrni 
ifodalaydi. Masalan, «Xech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu xukm»Xech bir 
S-P emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha E xarfi bilan belgilanadi. 
3. Juz’iy tasdiq xukmlar bir vaqtning o’zida xam juz’iy, xam tasdiq Bo’lgan fikrni 
ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli». U lotincha I xarfi bilan belgilanadi va 
«Ba’zi S-P dir» formulasi orqali ifodalanadi. 
4. Juz’iy inkor xukm bir vaqtning o’zida xam juz’iy, xam inkor Bo’lgan fikrni 
ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar sport bilan shugullanmaydilar». Uning formulasi 
«Ba’zi S-P emas»Bulib, lotincha O xarfi bilan belgilanadi. 

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish