O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
A.AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH VA YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY-TADQIQOT INSTITUTI
Oliy ma’lumotli nopedagog kadrlarni “___________________” fanidan dars o‘tish huquqini berish yo‘nalishi bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash kursi _________ guruh tinglovchisi_______________________
____________________________________________________________
(viloyat, tuman, maktab)
__________________________________________________o‘qituvchisi
________________________________________________________ning
(F.I.Sh.)
Amaliyot boshlangan sana: 2022 yil _______________________
Amaliyotning yakuniy sanasi: 2022 yil ______________________
Mazkur amaliyot daftari o‘quv rejaga asosan 132 soatga belgilangan bo‘lib pedagogik qayta tayyolov kurslari uchun ishlab chiqilgan.
Toshkent – 2022
Tushuntirish xati
Qayta tayyorlash kursi tinglovchisining mazkur amaliyot daftari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-iyul kuni o‘tkazilgan “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlarning tanqidiy tahlili asosida ushbu sohadagi islohatlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayonida belgilangan topshiriqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019-yil 28-martdagi 115-son “Xalq ta’limi tizimida oliy ma’lumotli kadrlarni qayta tayyorlash ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.
________________________ yo‘nalishidagi pedagogik qayta tayyorlash kursi Xalq ta’limi vazirligining 194-son buyrug‘iga muvofiq 1548 soatlik namunaviy o‘quv reja asosida o‘tkazilishi mo‘ljallangan bo‘lib, uning 144 soati tinglovchilarning o‘zi ishlaydigan yoki kafedraning hamkor ta’lim muassasasida mustaqil ravishda pedagogik amaliyotini o‘tash tarzida amalga oshiriladi.
Mazkur namunaviy o‘quv reja asosida pedagogik amaliyotni o‘tash uchun tinglovchilarning kundalik, haftalik shaxsiy ish rejasi namunasi hamda amaliyot daftari institutdagi ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqildi.
Ushbu daftar pedagogik amaliyot davomida bajariladigan ishlarning mazmuni, hajmi va vaqtini aniq ko‘rsatishi bilan foydalanishga hamda nazorat olib borishga qulaylik yaratadi.
Tinglovchining ta’lim muassasasidagi amaliy mashg‘ulot davrining oxirgi kunida uning faoliyati natijalari sarhisob qilinadi hamda muassasa rahbari tomonidan imzolanib, hisobot yuzasidan hujjatlarining to‘plami fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv jarayonining mazmuniga mas’ul bo‘lgan kafedraga taqdim etiladi. Har bir tinglovchining pedagogik amaliyoti yuzasidan hisoboti kafedra tomonidan o‘rganilib, tavsiyalar beriladi va tinglovchining bitiruv ishi himoyasida reytingini aniqlashda hisobga olinadi.
Pedagogik amaliyot yuzasidan hisobotda quyidagilar aks etishi lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |