3.3 Yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan dars ishlanmasi
Mavzu: Misol –masalalar yechish
Dars maqsadi : 1) Ta’limiy: o‘quvchilarning hisoblash malakalarini shakllantirish , mustaqil ishlashga o‘rgatish.
2) Tarbiyaviy : o‘quvchilarda do‘stona munosabatni shakllantirib, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish .
Dars metodi : Yangi pedagogik texnologiya
Fanlar aro bog‘liqligi : O‘qish , odobnoma, ona tili , tabiatshunoslik , iqtisod,
Dars jihozi : Ko‘rgazmali qurollar , darslik .
Darsning borishi .
I. Tashkiliy qism :
O‘quvchilar bilan salomlashib, navbatch o‘quvchidan davomad aniqlanadi . O‘quvchilarni darsga tayyorlash uchun sinfdagi o‘quvchilarni 3 guruhga bo‘lib “Matematik topishmoqlar berish asosida” o‘quvchilarning diqqati o‘qituvchiga darsga jalb qilinadi doskaga chiziq tortib u ham 3 ga bo‘linadi va har bir guruh nomi yozib qo‘yiladi : Birinchi -guruh –Zukkolar, ikkinchi guruh - Donolar , uchunchi guruh - Bilimdonlar . Bu uch guruh o‘zaro bir birlariga turli mavzudagi topishmoqlar beradilar. Masalan :
O‘nta sanoq xonasi
94 donasi
Ashulasi Chaq-chuq –chaq
Riyoziyat onasi ( Cho’t)
2. Besh juft oshna
Doimo ishga tashna ( Barmoq)
Bir tayoqda bir barmoq
Beda ko‘tarar inoq . ( Payshaha)
Bordir ikkita o‘rtoq.
Hamisha ahil-inoq .
Navbat bilan yurushar
Goh chopib yurushar .
Topishmoq javoblarni topgan har bir o‘quvchiga yulduzchalar beriladi . Musobaqa so‘ngida har bir guruhdagi yulduzchalar hisoblab chiqilib , o‘rinlar taqsimlanadi . Doskaning tepasiga 1.2.3 raqamlarini yozish yordamida o‘rinlar tugatiladi .
II) Uyga vazifani tekshirish .
Vazifani tekshirish ham yuqoridagi uch guruh orqali olib boriladi . Vazifa qilib test topshiriqlari va 496 misol berilgan edi Uyda yechilgan test varaqlar yig‘ib olinadi . Testlarni o‘zlari mustaqil yechgan yoki yechmaganlarini tekshirish uchun kompyuterdan foydalaniladi .
Kompyuterga barcha testlar kiritilgan bo‘ladi . Har bir guruh o‘quvchilarining o‘z kompyuterlari bor . Kompyuter yurutgich tugmasi bosilib savollar chiqariladi , har bir savolning to‘rttadan javobi bo‘ladi .
Shu to‘rtta javobdan bittasini to‘g‘ri deb topgan o‘quvchi kompyuterdagi raqamlardan mosini bosadi . Ma salan shunday savol bo‘lishi mumkin .
Ushbu chizmada nechta uchburchak bor?
1. 3 ta 3. 5 ta
2. 4 ta 4. 6 ta
Barcha savollar yechib bo‘lingandan so‘ng kompyuterda har qaysi o‘quvchi nechtadan to‘g‘ri javob topganligi aniq bo‘ladi. Mening kompyuterimda esa har bir guruh nechtadan to‘g‘ri javob topganligi aniq bo‘ladi.
Shunga qarab guruhlarga o‘rin belgilab doskaga raqamlar bilan ifodalanadi: (2,1,3) 496 misolni daftarlarni yig‘ib olib tekshiriladi .
III .Yangi mavzu ustida ishlash.
Doskaga sana va mavzu yoziladi.
“ Misol va masalalar yechish ”
Misol va masalalar yechish 497 misolni og‘zaki yechishdan boshlanadi . O‘quvchilar diqqatini kitobga jalb qilgan holda misolni yechamiz .
- 524 misolni toping .
- U yerda nimalarni ko‘ryapsiz .?
- Doirachalar necha ustun qilib berilgan ?
- Har bir ustubda nechtadan doiracha bor .?
-Hammasi bo‘lib nechta doiracha rasmi solingan?
Savollarga jovob bergan har bir guruh o‘quvchilarni hisobga olib borib yuqorisidagi raqamlar o‘rinlariga qarab ya’na bir raqamlar qo‘yiladi .(1.2.3)
498- masala yozma bajariladi . Masalani o‘qib, o‘quvhcilarga tushuntiriladi va ular bilan birgalikda masalaning qisqa shartini tuzuladi.
Oshxonaning birinchi zalida 35 kishi, ikkinchi zalida 42 kishi ovqatlanadi . Ikkinchi zaldan 11 kishi chiqib ketdi . Birinchi zaldan ikkinchidagidan necha kishi ortiq qoladi?
Masalaning qisqa sharti
|
Bor edi
|
Chiqib ketdi
|
Qoldi
|
I
II
|
35 ta
42 ta
|
-
11 ta
|
nechta ortiq
|
Yechish :
1) 42-11=31
2) 35-31=4
Javob : 4 kishi ortiq.
Masalaning yechimini birinchi o‘quvchi chiqib ishlaydi . U o‘zining daftariga yozib bo‘lguniga qadar ilg‘or o‘quvchilar kartochkalardagi savollarga javob beradilar. So‘ng keyingi masalaga o‘tiladi .
ham yozma bajariladi . Masala shartini o‘qib tushuntiriladi . Masalaning qisqa sharti va yechimini mustaqil ish sifatida beriladi. Masalaning qisqa shartini birinchi bo‘lib tuzgan va yechimini birinchi bo‘lib yechgan 5 o‘quvchiga yulduzcha beriladi. Qolganlar ham partalar oralab ko‘rib chiqiladi. Yuqoridagi 5 o‘quvchini qaysi guruhdanligini aniqlab, qaysi guruhdan ko‘pligini hisobga olib o‘rinlar belgilanadi.
Masalaning qisqa sharti :
Yechish:
I – 28 qop 1) 28+6=34 (II mashinadan)
II – 6 qop ortiq 2) 34-4=30 (III masaladan)
III – 4 qop kam Javob: 30 qop
IV. Quvnoq daqiqada o‘quvchilarni ruhan, aqlan dam oldirish uchun she’riy daqiqa o‘tkaziladi.
(o‘quvchilar buni o‘rinlaridan turib bajaradilar)
Bir, ikki, uch.
Dam olamiz yig‘ib kuch.
Yalqov, isqirt boladan
Toza to‘ning olib qoch.
So‘ng 3 guruh o‘rtasida “Bilimdon xaridor” o‘yinini o‘tkaziladi . Sinfdagi 3 ta parta “bozor rastasi” qilib qo‘yiladi va u yerda 3 guruhdan 1 tadan sotuvchilar taklif qilinadi. Bu o‘yinni o‘quvchilar o‘zlari mustaqil o‘ynaydilar, ya’ni sotuvchi va xaridorlar bozorga taklif qilinadi . Rastaga qog‘ozdan yasalgan meva-sabzavotlar qo‘yiladi . Meva –sabzavotlar orqasida misollar berilgan bo‘ladi . Xaridorlar misollarni doskada yechadilar. Xaridorlar misollarni tez va to‘g‘ri yechishlari kerak, shundagina ular sabzavot yoki mevani xarid qiladilar. Sotuvchilar esa o‘z xaridorlarining misollarini to‘g‘ri yechganliklarini nazorat qiladilar. O‘yin meva va sabzavotlar tugaguncha davom etadi. O‘yin so‘nggida sotuvchilarning bilag‘onliklarini baholab, o‘rinlar belgilaymiz. ( 1, 2, 3 )
Keyin kitob bilan ishlashni davom ettiramiz.
- Hamma 500-masalaga qarasin. Masalani o‘qiyman: Doskada 20 ta misol yozilgan. Ergash ularning 13 tasini yechdi. Nafisa esa bu misollardan 17 tasini yecha oldi, ulardan qaysi birida ko‘proq misol qoldi va nechta misol qoldi?
- Hamma misollar qancha ? 20 ta
- Ergash nechta yechdi? 13 ta
- Nafisa nechta yechdi? 17 ta
- Kim ko‘p yechgan? Nafisa
- Kimda ko‘p misol qoldi? Qancha ko‘p?
- Ergashda 4 ta ko‘p misol qoldi?
misolni yana 3 guruh o‘rtasida musobaqa tarzida echiladi. Har bir guruh alohida alohida misollar beriladi. Har bir guruh ishtirokchilari misollarni tez va to‘g‘ri echishlari kerak. Tez va to‘g‘ri echgan guruh g‘olib hisoblanadi va doskada o‘rinlari belgilanadi. (1,2,3)
9+67-8
|
49+12-19
|
54+16-17
|
26+4
|
69-7
|
93-8
|
5-0
|
5+0
|
7+7
|
502-misolni doskaga yozib ishlashga 5 ta o‘quvchi tanlab chiqariladi. Qolgan o‘quvchilar to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirishadi.
_ 53 _ 80 _ 37 _ 41 _ 71
35 69 24 19 36
____ ____ _____ _____ _____
V. Uyga vazifa.
Uyda ishlash uchun o‘quvchilarga 506-507- misol va masalalar beriladi. O‘qituvchi ularga masalani tushuntirib, yechishiga yo‘nalash ko‘rsatadi.
Dars so‘ngida doskadagi raqamlar ko‘rib chiqiladi. Qaysi guruhda “bir” raqami ko‘p bo‘lsa, o‘sha guruh bugungi dars faollari hisoblanadi va a’lo baho bilan baholanadilar. “2” raqami ko‘p bo‘lgan guruh yaxshi baho bilan baholanadi. “3” raqami ko‘p bo‘lgan guruh o‘quvchilardan keyingi darslarda bundan ko‘ra faolroq bo‘lish so‘raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |