3.2. Boshlang‘ich sinflarda mustaqil ishlarni tashkil qilishga doir didaktik o‘yinlar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sevimli mashg‘ulotlaridan biri o‘yin hisoblanadi. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilar uchun ko‘ngilochar va qiziqarli mashg‘ulot hamda bilim manbai bo‘lib xizmat qiladi. Didaktik o‘yinlar bolaning toliqishiga va zerikishiga yo‘l qo‘ymaydi, uning tasabbuskorligi va ziyrakligini oshiradi. Shu bilan birga didaktik o’yin orqali o‘rtoqlik tuyg‘usi, insoniylik, to‘g‘rilik sifatlari tarbiyalanadi. Bu usulda bola o‘ynab turib o‘rganadi, erkin ijod qiladi, nimadir yaratadi, o‘yinga qiziqqan bolada har xil g‘oyalar o‘z-o‘zidan paydo bo‘laveradi. Shuning uchun ham o‘rganiladigan mavzular talimiy o‘yin tarzida o‘tkazilsa, o‘z ijobiy samarasini beradi. O‘qitishning samarali yo‘llarini va ta’limiy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida turli qiziqarli didaktik o’yinlardan foydalanish mumkin. Masalan, quyidagi didaktik o‘yinlarni o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
“Arifmetik poyga” o‘yini.
Sinf o‘quvchilari ikki guruhga bo‘linib, ko‘rgazmali quroldagi misollarni shartiga amal qilgan holda navbatma-navbat yechishadi. Qaysi guruh o‘yin shartini birinchi bo‘lib bajarsa, shu guruh g‘olib hisoblanadi.
O‘yinda ikkita mashina bellashadi. Ular yo‘ldagi to‘siqlardan birma-bir o‘tib qaysi bir mashina marraga birinchi yetib kelsa, g‘olib hisoblanadi. Mashinalarni ikki guruhga bo‘lingan o‘quvchilar boshqaradi. Har bir yo‘lga qo‘yilgan to‘siqlarni ya’ni misollarni ikki guruhdan o‘quvchilar navbatma-navbat chiqib yechadi. Qaysi guruh mashinani marraga birinchi bo‘lib yetkazib kelsa, shu guruh g‘olib hisoblanadi.
“ O‘ylab top ” o‘yini.
“ O‘ylab top ” o‘yini boshlang‘ich sinflarning hammasida og‘zaki hisoblash uchun ajratilgan vaqtlarda o‘tkaziladi. Uni quyidagicha o‘tkazish mumkin:
Doskada bir necha misollar yozilgan bo‘ladi.
O‘qituvchi: Bolalar, doskada yozilgan misollardan istagan bittasini yeching. Turg‘un, senda javobi qancha chiqqanini aytchi? Misolning o‘zini aytma.
Turg‘un: 59
O‘qituvchi: bolalar, Turg‘un qaysi misolni yechganini kim aytadi? Alisher sen aytib berchi?
Alisher: U birinchi misolni yechdi.
O‘qituvchi: balli Alisher, doskaga chiqib javobini yozgin.
O‘yin shu holda davom etadi.
30+29 48-24 96-67
9*17 70:2 32+28
92:4 17*3 72:12
“To‘pni darvozaga tep” o‘yini.
Birinchi ustunga misollar yoziladi. Ikkinchi ustunga misolning 1-qo‘shiluvchisini 10ga to‘ldirish uchun kerakli son, uchunchi ustunga 2-qo‘shiluvchining qolgani, to‘rtinchi ustunga yig‘indi yoziladi.Lekin qatordagi sonlar mos kelmaydi. Bu o‘yinni o‘quvchilarga o‘ynatishdan maqsad 20 ichida qo‘shish va 1-qo‘shiluvchini 10ga to‘ldirib olish malakasini hosil qilishdan iborat.
8+7
|
6
|
4
|
13
|
6+9
|
5
|
1
|
15
|
7+9
|
2
|
3
|
16
|
9+5
|
3
|
5
|
14
|
8+6
|
4
|
6
|
12
|
7+5
|
6
|
7
|
17
|
Do'stlaringiz bilan baham: |