Shunday qilib Luiza siznikida yashaganmi?
O‘tirib oling, janob. Qechirasiz, chaqaloqqa bo‘tqa qaynatib olsam degandim. Uy juda issiq – tortinmang, paltoni yeching. Siz, ehtimol, kechagi xizmat bo‘limidan emasmisiz? O‘zi, men buni nega so‘rayapman? Tavba, menga daxli yo‘q-ku. (J.Simenon)
Erkaklarga bunday muloqot xulqi mutlaqo xos emas deb bo‘lmasa-da, tipik sotsial rolining xususiyatlari ularni bunday holatga kamdan-kam tushiradi. Bu erkaklarning uy bekasi rolini bajarayotib, manzirat qilish chog‘ida yuz beradi.
Masalan, (kino haqida umumiy suhbat ketyapti. A. oshxonaga chiqib, qaytar ekan):
— Olmani unutibmiz-ku! Yenglar, olib o‘tiringlar! Qani, hamma olsin (suhbat davom etadi, gaplashib, olma yeyishadi; yangi mavzu paydo bo‘ladi — badiiy ko‘rgazma). — Mana, choy ham tayyor! Hind choyi, Hindistonning o‘zidan keltirishdi.
Erkaklar muloqot xulqida muhim bir holat bo‘lib, uni “psixologik karlik” deyish mumkin. Bunda shu nazarda tutiladi: erkaklar qandaydir qiziq mavzu ustida suhbatlashishayotganda (sport, siyosat va h.) ular atrofida bo‘layotgan narsalarga e’tibor berishmaydi, payqashmaydi ham. Albatta, hamma erkaklarga ham xos emas, ko‘pgina erkalar, atrof-muhit vaziyatidan uzila olishmaydi. Ammo psixologik karlik faqat erkaklarga xos tipik xususiyat emas.
Masalan: (Oila kechki ovqatga yig‘ilgan. Ota va o‘g‘il yangi mashina haqida qizg‘in suhbatlashishyapti. Ona ularga yuzlanadi)
Ona: Stolni tortinglar, ovqat kutib qoldi.
(Erkaklar e’tibor berishmaydi. Ona qaytaradi.)
Ona: Eshitmayapsizlarmi?
O‘g‘il: Axir, biz gaplashayapmiz-ku.
Har bir rivojlangan til har xil sotsial rolga xizmat qiluvchi o‘ziga xos vositalarga ega. Bunga kasbiy rolni bajarish chog‘ida umumiste’mol nutqiy vositaning qo‘llanishi chegaralangan vositaga almashinuvi misol. Erkak nutqida, ayol nutqiga nisbatan, «professiya» faktorining kuchi ko‘proq kuzatiladi. Bu, ayniqsa, professional leksikani ehtiyojdan ko‘proq qo‘llashida ko‘zga tashlanadi. Bunda to‘liq bo‘lmasa-da, ma’lum darajada nutqiy vositalar almashinuvini kuzatish mumkin. Masalan:
A.(Matematik) O‘rtoqlar, bu masalada umumiy maxrajga kelishimiz kerak
B.(Tilshunos) Bu ishni kim nazorat qiladi, axir ega ham yo‘q, kesim ham, faqat biz – ikkinchi darajali bo‘laklar.
Erkaklar suhbatlashayotganda maishiy (“mayda”, turmush ikir-chikirlariga oid) mavzularga “burilish”ni ko‘p hollarda yoqtirishmaydi. Ayniqsa, hamsuhbat ham erkak bo‘lib, “erkakchasiga” suhbatlashilayotganda bu yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu xulqiy yo‘nalish erkak va ayollarning bir mavzuga har xil munosabatda bo‘lishi bilan belgilanadi — masalan, maishiy mavzu ayollar uchun qiziqarli va muhim, erkaklar uchun esa ahamiyatsiz.
Ayollarda atrof-muhitga va nutq mavzusiga munosabat butunlay boshqacha. Hatto oliy ma’lumotli, ilmiy darajali va unvonli ayollar ham ham o‘zlarini hech qachon oilaviy, maishiy masalalardan uzilgan deb hisoblamaydilar va ularga ikkinchi darajali munosabatda bo‘lmaydilar. Erkaklar esa bola tarbiyasi, oila yumushlari bilan shug‘ulanayotib ham bu ishlarning unga xos emasligini chuqur his etib, eng og‘ir, asosiy ishiga xalaqit beradigan “dahmaza” ekanligini ta’kidlab turadilar. Ana shu hayotiy tutum ularning jiddiy suhbatlarini bo‘luvchi konsituativ mavzuga salbiy munosabatining mohiyatini belgilaydi.
Demak, sotsial individning mohiyatiga daxldor bo‘lgan nutqiy xulq masalasini insonning har bir kommunikativ aktda o‘ynaydigan rollarini (xususan, gender) e’tiborga olmasdan tahlil qilib bo‘lmaydi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1.Etnos nima?
2.Etnomadaniyat deganda nimani tushunasiz?
3.Madaniy nutqning etnik xoslanganligiga misol keltiring.
4.Nutqning ijtimoiy xoslanishi haqida nimalarni bilasiz?
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:
Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
Begmatov E., Mamatov A. Adabiy norma nazariyasi. 1- qism. – Toshkent: Navro‘z, 1997.
Kaykovus. Qobusnoma. To‘ldirilgan ikkinchi nashri. – Toshkent: O‘qituvchi, 2006.
Mahmudov N. O‘qituvchining nutqi madaniyati. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007.
Karnegi D. O‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‘zlash san’ati. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010.
Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
Mahmudov N. Tilimizning tilla sandig‘i. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2012.
Rustamiy A. Adiblar odobidan adablar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2003.
Ona tili – davlat tili. – Toshkent: Adolat, 2004.
A’lamova M. Nutqda aks yetar bir olam boylik. – Toshkent: O‘qituvchi, 1989.
Rustamov A. So‘z xususida so‘z. – Toshkent: Yosh gvardiya, 1989.
Qilichev E., Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. – Buxoro, 2003.
Mahmudov N., Rafiev A., Yo‘ldoshev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. – Toshkent: Cho‘lpon, 2012.
Jumaxo‘ja N.A. Istiqlol va ona tilimiz. – Toshkent: Sharq, 1998.
Saidov U. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. – Toshkent: Akademiya, 2007. –B. 224.
Tojiev Yo., Mallaboev M.. O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2006.
O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari. – Toshkent, 1956.
Rahmatullaev Sh.. O‘zbek tilining yangi alifbosi va imlosi. –Toshkent: Universitet, 2002. –B. 53.
Nazarov K. O‘zbek tili punktuatsiyasi, – Toshkent: Universitet, 1996, 39- b.
Inomxo‘jaev S. O‘tmish sharq notiqligi. – Toshkent: Bilim, 1972.
Badiiy uslub va tilning ifoda vositalari. – Samarqand, 1994.
Internet ma’lumotlari:
23. www.ziyo.net
24. www.thinsan.com
25.www. uforum.uz
26. www.literature.uz
15-mavzu. Nutq madaniyati va ish yuritish uslubi
Reja:
Rasmiy nutq uslubi haqida.
Ish yuritish tarixi.
Ish yuritish hujjatlari tili.
Ish yuritish hujjatlari uslubi.
Ish yuritish hujjatlarining turlari.
Tayanch tushunchalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |