O’zbekiston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi samarqand veterinariya meditsinasi instituti veteriariya jarrohligi kafedrasi operativ xirurgiya va anesteziologiya fanidan



Download 3,02 Mb.
bet9/162
Sana11.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#543766
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   162
Bog'liq
Arziyev Xidir Оператив хирургия ва анестезиология

X u l o s a:
Xirurgik operasiyani muvaffaqiyatli o’tishi uchun to’qimalarni ajratish, qon to’xtatish va to’qimalarni biriktirish texnikasini mukammal egallashi kerak.


7-Mavzu: D Ye S M U R G I Ya
MA’RUZA REJASI:
1. Veterinariya xirurgiyasida desmurgiyaning ahamiyati, bog’lamlar haqida tushuncha
2. Bog’lov materialining xarakteristikasi va ularning shakli.
3. Bog’lamlarning turlari va bog’lam texnikasi.
4. Maxsus bog’lamlar: karkasli va yelimli, ularni bajarish texnikasi.
5. Qimirlamaydigan yoki immobilizasiyalashgan bog’lamlar: shinali, gipsli, ularning turlari va bajarish texnikasi.
Tayanch iboralar: Desmurgiya, bog’lam, asl bog’lam, doka, paxta, bog’lam shakllari, yumshoq, qattiq bog’lamlar, shina, gips, yelimli bog’lamlar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Operativ xirurgiya – X.K. Rustamov, Ya.A.Axbutayev, B.D.Narziyev –
1997.
2. Operativnaya xirurgiya – Magda I.I. – 1990.
3. Desmurgiya. A.P. Yurixin. 1983.
4. Perivyazochnaya. N.S. Timofeyev. 1987.
5. Gipsovaya texnika. N.A. Shitakova. 1987.
6. Veterinarnaya desmurgiya. Andreyev. 1957.
7. A. David Weaver, Guy St Jean, Adrian Steiner “Bovine surgery and Lameness” USA,
2005
Desmurgiya – bu bog’lamlar haqidagi ta’limot bo’lib, yunoncha desmos – bog’lov, ergon - bajarish usullarini, bog’lov materiallarini qo’llash shakllarini va ularning xususiyatini o’rgatadi.
Desmurgiya fani veterinariya xirurgiyasida katta ahamiyatga ega. Chunki to’g’ri bog’langan jarohat ifloslik, mikroblar va tashqi muhitdagi harorat, namlik ta’surotlaridan va qayta shikastlanishdan saqlaydi. Bu esa operasiya jarohatlarini tezroq bitishiga yordam beradi. Mavjud bo’lgan asoratlarda esa ularni davolash uchun qo’llash mumkin.
Har bir bog’lam ikki qismdan iborat:
1. asl bog’lam yoki yaraning ustiga bevosita qo’yiladigan bog’lov materiali. Bu sterillangan doka, antiseptik eritmalar, surtma yoki moyli eritmalar va shu kabilar shimdirilgan dokadir;
2. mahkamlovchi qism, u gavda yuzasidagi bog’lam materialini (asl bog’lamni) tutib, mahkamlab turadi.
Asl bog’lam quyidagi maqsadda ishlatiladi:
A) jarohatni mexanik ta’sirotdan saqlash;
B) qon, yara suyuqligi va yiringni sug’irmoq, yuqorilarga tarqamaslik uchun;
V) yallig’lanish infiltratlarini bo’shatib, ularni sug’irilishiga yordam berish uchun;
G) ikkilamchi yuqumlikdan ehtiyot qilish uchun.
Barcha bog’lamlar bajaradigan maqsadga ko’ra quyidagilarga bo’linishi mumkin: aseptik va antiseptik; quruq, moyli va namli; qizituvchi va so’rib oluvchi.
Bog’lamni bajarish uchun quyidagi talablarga javob beradigan material kerak: kapillyarlik xossasiga ega bo’lgan, gigroskopik (ya’ni namni yaxshi tortadigan) elastik, sifatini sterilizasiyada o’zgartirmaydigan va to’qimalarni qitiqlamaydigan.
Yuqoridagi talablarga quyidagilar javob beradiganlardan: doka, paxta, lignin, sellofan.
Doka – (tela) paxta iplaridan to’qiladigan mato, ikki turga bo’linadi: yog’sizlantirilgan, ya’ni oq va yog’sizlantirilmagan, ya’ni sariq. Birinchisi suyuqlikni yaxshi shimiydi, bir soat ichida 199,7 %.
Paxta - (gossypium) paxta o’simligi tolasidan olinadi. Har bir tolasi kapillar xususiyatiga ega. Qayta ishlash usuliga qarab ikki turga bo’linadi: yog’sizlantirilgan (gigroskopik) oq paxta; yog’sizlantirilmagan sariq paxta.
Gigroskopik paxtaning suyuqlikni shimishi bir soatda 287,6 % ga teng. U qon va ekssudatlarni shimish uchun ishlatiladi.
Sariq paxta esa issiqlikni yaxshi saqlaydi, shuning uchun uni isituvchi kompresslar va issiq o’rash uchun ishlatiladi.
Lignin – oq rangdagi g’ovak qog’oz. Suyuqlikni yaxshi shimish xususiyatiga ega, uch sutkada 650 % tashkil etadi.
Sellofan – Havoni va namlikni o’tkazmaydigan sintetik material, kompress qilish uchun ishlatiladi.
Yuqorida aytib o’tilgan bog’lov materiallaridan quyidagi bog’lam shakllarini tayyorlash mumkin:
Kompress – to’rtburchak shaklida bukilgan doka, kattaligi 25-100 sm2.
Salfetka – katta razmerdagi kompress.
Kosыnka – uchburchak shaklidagi doka yoki boshqa gazlama, uzunligi 180 sm, balandligi 65 sm.
Palaxmon (prasha) – keng lenta shaklidagi bir parcha doka yoki materiyaning ikki uchi o’rtasiga yetkazilmay kesiladi.
Tampon- to’rtburchak dokaga qo’yilgan paxtani konvert shaklida yopish.
Doka turundasi – qirrasi ichkariga qaytgan uzun doka, eni 5-7 sm, yaralarni drenaj qilish uchun ishlatiladi.
Bint – valiksimon o’ralgan uzun doka yoki boshqa mato, standart bint eni 10 sm, uzunligi 7 metr.
Bog’lamlar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Yumshoq bog’lam (yelimli, kosыnkali va bintli).
2. Qattiq bog’lamlar (shinali, karkas, kraxmal, gips) ya’ni ishlatiladigan materiallar bo’yicha.
Bog’lamlar ko’rsatma va shakllar bo’yicha ham bo’linadi. Ular ko’rsatmalar bo’yicha quyidagilarga bo’linadi:
1. Birinchi yordam bog’lam – jarohatlarni ikkilamchi shikastlanishdan va yuqumliklardan saqlaydi.
2. O’tkazmaydigan (okklyuzion) bog’lam – ko’krak yoki qorin bo’shlig’idagi teshik jarohatlardan havo, yuqumliklar va changni o’tkazmaslik uchun qo’llaniladi. U uch qatlamdan iborat: birinchisi emulsiyali salfetka, ikkinchisi paxta, uchinchisi o’tkazmaydigan material (sellofan).
3. Quruq shimuvchi bog’lam – uning vazifasi jarohatdan to’xtovsiz ajraladigan yara ekssudatini, yuqumliklarni va o’lik to’qimalarni shimib olishdir. U uch qatlamdan iborat: birinchisi shimuvchi qatlam – doka salfetkalari, tamponlar; ikkinchisi – qabul qiluvchi qatlam gigroskopik paxta (1sm); uchinchisi qurituvchi qatlam namlikni tashqi muhitga bug’lantiradi – siyrak doka.
4. Shimuvchi nam bog’lam – suyuqliklarni tez vaqtda shimib (sug’irib) olish uchun ishlatiladi. Birinchi qatlam tuzlarni gipertonik eritmalari bilan namlanadi (5-10 % Na CI va qand, 20 % magniy sulfat) qolgan qatlamlari yuqorida aytilganday.
5. Siquvchi bog’lam – hayvonlar gavdasining ma’lum bir qismida bir xil bosim hosil qilish uchun ishlatiladi, masalan qon to’xtatish uchun.
6. Qimirlatmaydigan bog’lam – biror-bir organni harakatsiz holda saqlash uchun ishlatiladi.
7. Isituvchi kompress – bog’lam mahalliy haroratni ko’taradi. To’rt qatlamdan iborat: nam, o’tkazmaydigan, issiq saqlaydigan va mahkamlaydigan.
Bog’lam shakliga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
A) kosыnkali bog’lamlar – hayvonlar tanasining barcha joylariga ishlatish mumkin. Ochiq yoki qatlangan holatda.
B) Polaxmonsimon bog’lam – qattiq, lekin uch elastik materialdan yasaladi, organlarni o’rab turadi, oyoqlarda qo’llaniladi.
V) Bintli bog’lamlar – bog’lanish shakli bo’yicha quyidagilarga bo’linadi: aylanma, o’rmalovchi, spiral, burama spiral, toshbaqasimon, sakkizsimon (krestsimon).
Yaxshilab to’g’ri qo’yilgan bint bog’lami quyidagi talablarga javob berishi shart:
1. Gavdaning kasal qismini yopishi;
2. Limfa, qon aylanishini buzmasligi;
3. Organ va to’qimalarning funksiyasini buzmasligi;
4. Hayvon uchun qulay bo’lishi.
Bintning o’ralgan qismini o’ng qo’lda, bo’sh uchini chap qo’lda ushlab, chapdan o’ng tarafga bintlanadi.
Maxsus bog’lamlar – hayvonlarning tanasidagi maxsus joylarida ishlatiladi. Ular quyidagilarga bo’linadi:
Simli bog’lam – o’zining tarkibida qattiq moslamadan iborat (rezina trubkasi yoki sim) asl bog’lamni qimirlatmasdan ushlash uchun ishlatiladi, bilak, boldir oblastlarida, sakrash, bmlakuzuk bo’g’inida, yag’rin oblastida.
Yelimli bog’lamlar – biror-bir yelim yordamida hayvonlar gavdasining barcha joylariga teri yoki juniga berkitish mumkin. Ular boshqa bog’lamlarga nisbatan qulay: texnikasi oddiy, bog’lam materiali kam ishlatiladi, qon va limfa oqimiga xalaqit bermaydi, asl bog’lamni almashtirish ososnlashadi. Buning uchun quyidagi yelimlar ishlatiladi:
A) kazein yelimi, markasi SP-104, SP-105, 1 qism yelim 1,5 qism suvda eritiladi. 15 kungacha saqlanadi.
B) kanifol – parafin yelimi – 55 qism kanifol va 45 qism parafindan iborat.
V) kollodiy – kolloksilina moddasini spirt va efirdagi eritmasi. Yaraning ustki qismiga surtiladi.
Bundan tashqari BF-6, kleol, plastubol yelimlarini ishlatish mumkin. Ular quyidagi turlarga bo’lindi: yopiqsimon, ikki tabaqali, uch tabaqali va shnurli.
Immobilizasiya bog’lami.
Immobilizasiya – shikastlangan soxa yoki gavdaning qaysidir bir qismining qimirlashini bartaraf qilish va tinch holat yaratishdir. Suyaklarning sinishi, bo’g’imlar, nervlarning shikastlanishi, yumshoq to’qimalar, katta tomirlarning keng ko’lamda jarohatlanishi, katta yuzaning kuyishi va oyoq-qo’llarda o’tkir yallig’lanish jaryonlari (osteomiyelit) immobilizasiya qilishga bo’lgan ko’rsatmalardir. Immobilizasiya shikastlangan sohaning qimirlamaydigan bo’lishini ta’minlab, og’riqni kamaytiradi, yopiq sinishning ochiq sinishiga aylanishi va jarohatda infeksiya rivojlanishining oldini oladi. Ular ikki xilga bo’linadi: shinali va gipsli bog’lamlar.
Shina bog’lami – vaqtinchalik immobilizasiya qilish uchun ishlatiladi. Shina qattiq moslamadan iborat (taxtacha, sim, fanera, karton va boshqalar) va shuningdek standart shinalarni ishlatish mumkin (setkasimon, Kramer shinasi).
Uzoq vaqt immobilizasiya qilish uchun gips bog’lamini qo’llash mumkin. Gips – Sa2 SO4. N2O – tabiatdagi alebastr mineralidan olinadi, uni 130-1400 da qizdirish kerak va u gips holatiga o’tadi. Unga suv qo’shganda u tez qotadi. Gips bog’lamini bajarish uchun quyidagilar kerak: gips, gipslangan bintlar, paxta, shinalar, issiq suv. Gips bog’lamini bajarishdan oldin hayvonlarga narkoz, neyroleptiklar berish yoki mahalliy og’riqsizlantirish kerak. Shundan keyin singan, shikastlangan to’qimalarni o’z anatomik holatiga keltirish kerak va gipslangan bint yordamida pastdan yuqoriga gipslash kerak. Gips bog’lami quyidagilarga bo’linadi: yopiq, derazachali, ko’priksimon, tabaqali. Bular to’qimalarning shikastlanishiga qarab qo’yiladi. Qotish jarayoni 5-10 minutdan keyin boshlanadi, 1-2 soatdan keyintqotadi va 24 soatdan keyin butunlay qotadi.
Gipsli bog’lam katta hayvonlarda 5-6 hafta, maydalarida 3-4 haftadan keyin yechib olinadi.



Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish