O’zbekiston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi samarqand veterinariya meditsinasi instituti veteriariya jarrohligi kafedrasi operativ xirurgiya va anesteziologiya fanidan


-Mavzu: XIRURGIK OPERATSIYA ELEMENTLARI VA TO’QIMALARNI AJRATISH. QON OQISHINI TO’XTATISH VA TO’QIMALARNI BIRLASHTIRISH



Download 3,02 Mb.
bet8/162
Sana11.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#543766
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   162
Bog'liq
Arziyev Xidir Оператив хирургия ва анестезиология

6-Mavzu: XIRURGIK OPERATSIYA ELEMENTLARI VA TO’QIMALARNI AJRATISH. QON OQISHINI TO’XTATISH VA TO’QIMALARNI BIRLASHTIRISH.
MA’RUZA REJASI:
1. Yumshoq to’qimalarni (ajratish) kesish (qoida va usullari). Qulay kesim (ajratish) haqida tushuncha. Ajratish turlari: shakliga, yo’nalishiga va chuqurligiga qarab.
2. Qon oqish turlari va ularning xarakteristikasi.
3. Qon oqishining oldini olish va uni vaqtincha to’xtatish.
4. Qon oqishini batamom to’xtatish (mexanik, fizik, kimyoviy va biologik) usullari.
5. To’qimalarni birlashtirishning umumiy prinsiplari. Xirurgik chok turlari: uzlukli, uzluksiz va maxsus.

Tayanch iboralar: kesim, qatlamlarga ajratish, qulay kesim, kesim shakllari, qon oqish turlari, qon oqishni to’xtatish, chok, uzlukli, uzluksiz, maxsus.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Operativ xirurgiya – X.K. Rustamov, Ya.A.Axbutayev, B.D.Narziyev –
1997.
2. Operativnaya xirurgiya – Magda I.I. – 1990.
3. Teoriya i praktika xirurgicheskogo shva. A.N. Tolikov. 1951.
4. Kratkiy kurs operativnoy xirurgii s topograficheskoy anatomiyey.
V.N. Shevkunenko. 1951.
5. Operativnaya xirurgiya. N.X. Shomirzayev. 1982.
6. A. David Weaver, Guy St Jean, Adrian Steiner “Bovine surgery and Lameness” USA,
2005

Xirurgik operasiyalarni bajarishda uchta asosiy element mavjud: to’qimalarni ajratish, qon oqishini to’xtatish va to’qimalarni biriktirish.


To’qimalarni ajratish operativ yondoshishga va operasiyani o’tkazish uchun ishlatiladi.
Kesishga ko’rsatma turli tuman, shuning uchun uni bajarish usullari ham xar xil. U ikki usulda olib boriladi: kesish va qatlamlarga ajratish. Kesish yo’li bilan operasiya olib borish teri, shilliq va seroz pardalarda, teri osti yoki fassiya, aponevroz va yo’g’on muskullarda qo’llaniladi.
Yassi muskullar, to’qima oralig’ida joylashgan patologik yallig’lanishlarda o’tkaziladigan operasiyalarda qatlamlarga ajratish usuli qo’llaniladi. Bu usulda nerv va qon tomirlar shikastlanishi bartaraf etiladi. Lekin barcha hollarda to’qima va butun organizmga ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak, operasiya vaqtida to’qima va organlarning funksiyalarini to’liq saqlash imkoniyati bo’lmasa, mumkin qadar kamroq zararlantirishga harakat qilish kerak.
Xirurgik operasiyalarni o’tkazishda shu holat uchun qulay kesish yo’lini topish muhimdir. Ular quyidagi asosiy manbalarga javob berishi kerak:
A) Shu operasiyani o’tkazish uchun ular keng va qulay bo’lishi kerak.
B) Jarohatni haddan tashqari ochilishini oldini olish kerak, chunki chok qo’yib yoki ochiq holda davolashga xalaqit beradi.
V) Operasiya qilinadigan joyda qon oqishini va innervasiyani buzmaslik kerak.
G) Kesiladigan joydan o’tadigan katta qon tomirlari, nerv va bezlarning chiqish yo’llarini shikastlantirmaslik kerak ( bu bilan organlar funksiyasi buzilishining oldi olinadi).
D) Jarohatga to’plangan suyuqlikni uzoq vaqt davomida oqishini ta’minlash.
Masalan: teri tarangligi chiziqlarining yo’nalishini hisoblab olib tananing yonbosh qismi yoki bo’ynida vertikal va qiya kesimlar rasional hisoblanadi.
Tikka kesimni bo’yin va tananing dorzal va ventral yuzasida o’rta sagital chiziq bo’ylab yoki shuning atrofida o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bosh qismidagi kesishni shunday olib borish kerakki, yuz nervi va quloq oldi so’lak bez yo’llarini shikastlantirmaslik kerak.
Tuyoq qismida esa shox paydo bo’lish jarayonini buzmaslikka harakat qilib kesish kerak. Kesishdan oldin uning kattaligini, shaklini, yo’nalishini aniq tasavvur qilish kerak. Kesim uzunligi patologik jarayonning kattaligiga va uni to’qimalar orasidagi chuqurligiga ham bog’liq, ya’ni operasiya qilinadigan organ qanchalik chuqur joylashgan bo’lsa, teri to’qimasining kesimi shuncha uzun bo’ladi. Kesishga kirishishdan oldin har doim kesim o’tkazish qoidasini esda tutish zarur: kesim kerakligicha katta va mumkin qadar kichik bo’lishi lozim.
Kesim shakli – ko’pincha to’g’ri chiziqli, urchuqsimon va quroqsimon kesimlar qo’llaniladi.
To’g’ri chiziqli kesim o’tkazish texnikasi sodda va jarohatning bitishiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.
Urchuqsimon kesim operasiya qilinadigan joyda terining ortiqligida, yaralar, o’smalarni kesishda qo’llaniladi.
Ekssudatlarning yaxshi oqishini ta’minlash va chuqur joylashgan to’qimalarga keng yo’l ochish maqsadida turli shakldagi quroqsimon kesim ishlatiladi: burchaksimon, taqasimon, T-simon, krest shaklida.
Kesim yo’nalishida – teri qatlami, jun o’sish yo’nalishi bilan va chuqur joylashgan nerv-tomir tolalarini etiborga olinishi kerak.
Bo’sh va qattiq to’qimalarni ajratish uchun turli asboblar qo’llaniladi: qaychi, arra, qisqichlar, trepanlar.
Kesish hamma vaqt qon tomirlarining shikastlanishiga olib keladi va natijada qon oqishi kuzatiladi.
Qon oqishining kelib chiqish sabablariga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: arterial-qirmiz rangda qon pulsasiyalovchi oqim bilan chiqadi. Bu hollarda tezlikda o’tkir anemiya vujudga keladi. Venoz-qon sekinlik bilan oqib chiqadi va to’q qizil rangga ega bo’ladi, bunda qon oqimida pulsasiya bo’lmaydi. Kapillar-yara yuzasidan bir tekisda qon oqadi. Parenximatoz-parenximali organlar jarohatlanganda oqadi, ko’p va aralash qon ketishi kuzatiladi.
Klinik ko’rinishlarni hisobga olib qon ketishi:
a) tashqi; b) ichkilarga bo’linadi.
Tashqi qon ketishda qon tashqi muhitga oqib chiqadi. Qon tananing biror bo’shlig’iga (plevra, qorin va boshqalar) yoki kovak organga oqsa ichki qon ketish deyiladi.
Qon ketishning paydo bo’lish vaqtiga ko’ra quyidagi turlarga farqlanadi:
A) Shikastlanish, travma sodir bo’lishi bilan boshlanuvchi birlamchi qon ketish.
B) Erta ikkilamchi qon ketish. Bu yarador bo’lgan birinchi soat yoki sutkalarda vujudga keladi.
V) Yarada infeksiya rivojlangan turli muddatda vujudga keluvchi kechikkan ikkilamchi qon ketish. Bunday qon ketishlar jarohatlangan tomirdagi trombning yiringli yemirilishi, erroziya, tomir devorining yallig’lanish jarayoni natijasida yemirilishi bilan bog’liq bo’ladi.
Xirurgik operasiyalar o’tkazish vaqtida qon oqishining oldini olish katta ahamiyatga ega. Buning uchun butun organizmga va mahalliy ta’sir etuvchi qon to’xtatuvchi moddalarni ishlatish kerak.
Qonning ivish xususiyatini oshirish uchun operasiyadan oldin qon quyish tavsiya qilinadi: yirik hayvonlarga 500-1000 ml, maydalariga esa 300 ml. qon tomirlarning devoriga ta’sir etuvchi 10 % kalsiy xlorid, yirik hayvonlrga 30-40 ml, maydlariga 2-4 ml. Qon ketishini mayda va o’rta tomirlarda o’z-o’zidan to’xtatish mumkin, ya’ni tromb hosil qilish orqali.
Qon ketishining vaqtincha va batamom to’xtatilishi farqlanadi.
Qon ketishini vaqtincha to’xtatish usullariga quyidagilar kiradi: qisuvchi bog’lam (povyazka) qo’yish, tampon yoki barmoq, qo’l yordamida bosish, gemostatik pinsetlar yordamida qisish, jgut qo’yish. Shundan so’ng qon oqishini batamom to’xtatishga kirishish kerak. Qon oqishini batamom to’xtatuvchi barcha usullarni 4 guruhga bo’lish mumkin: mexanik, fizik, kimyoviy va biologik.
Mexanik usul – qon ketishini mexanik to’xtatish usullariga tomirni yarada yoki undan yuqorida bog’lash, tomir choki qo’yish, bog’lam va tamponadalar kiradi, tomirning uchini qon to’xtatuvchi qisqich bilan burash yo’li bilan qon ketishni to’xtatishning mexanik usullaridan biridir. Qon to’xtatuvchi tamponlarni 48 soatdan keyin olib tashalash tavsiya etiladi.
Fizik usuli – bu usul sovuqni va issiqlikni qo’llashga asoslangan. Ya’ni past haroratning tomirlar spazmasini (torayishini) paydo qilishiga, yuqori harorat esa oqsillarni koagulyasiya qilishga va qon ivishini tezlatishga asoslangan. Buning uchun sovuq suv, qor, muz, qizdirilgan temir, issiq 55-600 suv ishlatiladi.
Kimyoviy usuli – bu usulda tomirlarning toraytiruvchi va qon ivishini oshiruvchi preparatlar qo’llaniladi. Ularga quyidagilar kiradi: 3 % li vodorod peroksidi, 1:1000 adrenalin suyuqligi, efidrin teri ostiga otlarga va Y.Sh.X larga 0,05-0,5 gr, itlarga 0,01-0,05 gr, mahalliy 2-5 %; Ergetin 10 % suyuqlik teri ostiga otlarga 5-10 ml, itlarga 0,5-1 ml; vitamin K (vikasol) Y.Sh.X. 0,1-0,3 gr, itlarg 0,01-0,03 gr muskul orasiga; 10 % kalsiy xlorid yirik hayvonlarga 30-40 ml, maydalariga 2-4 ml vena qon tomiriga.
Biologik usul – qonning ivish xususiyatini oshiradigan moddalar ishlatiladi. Ularni bir necha guruhlarga bo’lish mumkin:
1. Qonayotgan yarani hayvon to’qimalari bilan tamponada (charvi, muskul, yog’ xujayrasi, fassiya) qilish.
2. Qon, yangi plazma, zardob qo’yish.
3. Vitaminlar yuborish.
4. Qondan tayyorlangan moddalarni mahalliy ishlatish.
Masalan: Otlarning zardobini teri ostiga 100-150 ml, vena tomiriga 80 ml yuborish mumkin; qon quyish miqdori otlarga 400-500 ml, itlarga 40-50 ml. Operasiya so’ngida jarohatlarni tez bitishi uchun hamda tashqi muhit ta’surotlarini kamaytirish maqsadida to’qimalar biriktiriladi.

To’qimalarni biriktirish vaqtida quyidagi prinsiplarga rioya etish kerak:


1. Jarohatdagi qon oqishini to’xtatish va ivigan qonlarni olib tashlash.
2. Choklash vaqtida to’qimalar yuzasi bir-biriga to’g’ri kelishi lozim.
3. Jarohatdagi mavjud kislotalarni yo’qotish lozim.
4. Jarohatning qirralari bir-biriga to’g’ri kelishi kerak (kooptasiya).
5. Choklash vaqtida aseptika, antiseptika qoidalariga kat’iyan rioya qilish kerak:
A) jarohatga qo’l bilan tegish man etiladi;
B) sterillangan choklash materiallarini qo’llash kerak;
V) qon bilan ifloslangan choklarni qo’llash man etiladi;
G) katta igna va qalin choklarni ishlatmaslik;
D) qattiq bog’lamaslik;
Ye) jarohatni bog’lash kerak.
Choklar ikki xilga bo’linadi: biriktiruvchi va maxsus. Birinchisi teri, teri osti yog’i, muskullar, fassiyalar va shilliq pardalar biriktirilishi uchun ishlatiladi. Ikkinchisi esa ichak, pay, suyak, qon tomirlar va nervlarni biriktirish uchun qo’llaniladi. To’qimalarni birlashtirish vaqtiga qaraganda choklash birlamchi 6-12 soat ichida, ikkilamchi 8-15 kun ichida o’tkazish mumkin.
To’qimalarning qalinligiga ko’ra choklash bir qavat yoki ko’p qavatli bo’lishi mumkin.
Choklash materiallariga quyidagilar kiradi: ipak, ketgut, otlarning yoli, ayollar sochi, paxta va sintetik iplar, sim. Choklash uchun ishlatiladigan asboblar: igna, igna qisqichi, pinset.
Asosan ikki xil choklash ishlatiladi:
Uzlukli choklash har bitta tikish alohida ligatura yordamida bajariladi. Ularga quyidagilar kiradi: tugunsimon, situasion, sirtmoqsimon va valik yordamida. Uzluksiz choklashda jarohatni butun uzunligi bo’yicha bitta 20-30 sm ligatura yordamida tikiladi ularga skornyagi, matris, kiset usullari kiradi.
To’qimalarni biriktirish uchun qoqshol materiallarni tugish lozim. Buning uchun quyidagi tugunlar turlari ishlatiladi: oddiy, dengiz va xirurgik.
Yarani bitishiga qarab choklarni 7-10 kundan keyin olib tashlash kerak.
Ichak choklari – ichi bo’sh, seroz qavati bo’lgan organlarni biriktirish uchun ishlatiladi. Bularga Lamber, Shmiden, Pirogov-Cherni, Plaxotin-Sadovskiy usullari kiradi.
Pay choklari – jarohatlangan paylarni biriktirish uchun ishlatiladi. Choklash materiali sifatida sintetik iplar, kapron, lavsan, neylonlarni qo’llash mumkin. Mayda hayvonlarda Vitsel, kattalarida esa Tixonin usuli qo’llaniladi.
Hozirgi vaqtda to’qimalarni biriktirish uchun maxsus kley ishlatish mumkin: BF-6, siakrin.

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish