O’zbekiston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi samarqand veterinariya meditsinasi instituti veteriariya jarrohligi kafedrasi operativ xirurgiya va anesteziologiya fanidan



Download 3,02 Mb.
bet5/162
Sana11.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#543766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162
Bog'liq
Arziyev Xidir Оператив хирургия ва анестезиология

Endogen manbalar
Operasiya jarohatini infeksiya bilan ifloslanishi asosan ekzogen manba orqali amalga oshiriladi va ular organizmga katta xavf-xatar yetkazadi. Bu muammoni xal etish xirurgiya fanini oldida turgan eng dolzarb bo’lib hisoblanadi
Asrlar mobaynida ko’plab bemorlar xirurgik operasiyadan keyin jarohatda yiringli jrayonni rivojlanishi natijasida nobud bo’lardi.
Bu xol xirurgiyani rivojlanishida asosiy to’siq bo’lib keldi va bemorlarda xirurgik yul bilan davolanishiga ishonsizlik tug’dirdi.
Jarohat tashki muxitga tutashganda yiringli yallig’lanish ro’y berishi kadimdan ma’lum edi. Kuzatishlar natijasida yiringli yallig’lanish sabablari to’qimalarni ichida emas, balki tashqarisida degan fikr tug’ildi. Xavoda bo’ladigan va yiring xosil qilishda ishtiroq etadigan kandaydir noma’lum moddalar (miazmalar) bor degan taxminni Gippokrat bayon qilgan. Lekin bu taxmin ilm-fanda rivojini topmadi.
Vengriyalik vrach I.Zemmelvess (1861) birinchi bo’lib, vrachning ifloslangan qo’llari ayollarda tug’ishidan keyingi davrdagi asoratlarning asosiy sababi deb fikr bildirdi. Shuning uchun ayollarni tekshirishdan oldin qo’lni xlorli ohak eritmasi bilan yuvishini tavsiya etdi. Bu tadbir asoratni miqdorini keskin kamayishiga olib keldi.
Ammo yiringli yalliglanish sabablarini ingliz xirurgi Lister (1867) yilda ilmiy jihatdan izoxlab berishga muyassar bo’ldi. Bijg’ish va chirish (sassish) mikroorganizmlarning hayot faoliyatidan kelib chikishini isbot kilgan L.Pasterning ishlari Listerning kashfiyotiga asos bo’lgan edi. Lister bemorning tevarak-atrofidagi buyumlardan, xavodagi, bog’lov materiallardan va boshka manbalardan bakteriyalar tushishi tufayli jarohat yiringlanadi degan xulosaga keldi. Shuning uchun jarohatdagi bakteriyalar o’ldirilsa va jarohat bog’lab qo’yilsa, yiringlanishni oldini olish mumkin degan fikrlarni bildirdi. Shu maqsadda Lister 5% li karbol kislotasi eritmasini tavsiya etdi.
O’sha vaktda yiringlanish jarayonni chikish jarayoni bilan bir deb hisoblangan edi, shuning uchun Lister bu usulni chirishga qarshi yoki antiseptika (anti - karshi, sepsis-chirish) usuli deb, bog’lam esa antiseptik bog’lam deb ataldi, ya’ni kimyoviy moddalar yordamida jarohat va uni atrofidagi infeksiyaga qarshi kurashish.
Bu usul xirurgiyada 25 yil xukmronlik qildi, lekin tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, karbol kislotasi bakteriyalar bilan birga sog’lom to’qima xujayralariga ta’sir qilib ularni nobud bo’lishiga olib keladi
Antiseptikani qo’llash jarohatni batamom sterillash maqsadini tula amalga oshirishi mumkin emasliigi aniqladi. Jarohatdagi bakteriyalarni yo’kotish g’oyasi asta-sekin , jarohatga bakteriyalarni kiritmaslik g’oyasiga joy bushatib bera boshladi, toza, steril asboblar, toza materiallar ishlatib va yetarlicha tozalangan qo’l bilan qilingan xirurgik operasiyaning natijalari, faqat antiseptik moddalarni, eritmalarni qo’llanishiga nisbatdan ancha yaxshi ekanligi bir qancha olimlar isbot kilib berishdi.
Nemis xirurgi Bergman, uning shogirdi Shimmelbush va rus oliy M.Ya.Preobrajenskiy 1891 yilda yukori xarorat va bosim ta’sirida bakteriyalarni yo’kotish osonrok va ishonchliroq ekanligini ko’rsatib berishdi.
Bu yangi usulning maqsadi jarrohatga tegadigan xamma narsadagi infeksiyani yo’q qilish bo’lganligi uchun aseptika ( a-inkor etish, sepsis – chirish) deb nomlandi.
Shunday qilib, birta xirurgik operasiya va veterinariya ishlarini aseptik va antiseptik usullariga asoslanib o’tkazish yaxshi natija beradi.
2. Xirurgik amaliyotda ko’p asboblar ishlatiladi. Asboblar qo’llanilishi buyicha ko’ydagilarga bo’linadi: a) to’qimalarni ajratuvchi; b) qon tuxtatuvchi; v) yordamchi; g) maxsus; d) to’qimalarni biriktiruvchi.
Xirurgik asboblarni ishlatishda quyidagi umumiy qoidalar mavjud:
1) Barcha operasiyalarni bajarishda faqat ishga yaroqlilarini qo’llash;
2) Har qaysi asbob faqat o’zini to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatmasi bo’yicha ko’llanilishi kerak.
Xirurgik asboblar operasiya o’tkazish vaqtida infeksiya manbai bo’lishi mumkin. Shuning uchun asboblarni sterilizasiyasi va dezinfnksiyasi xiurgik amaliyotda katta axamiyatga ega. Operasiya natijalari yaxshi bo’lishi uchun asboblarni operasiyadan oldin va utgagach sterilizasiya qilinishi kerak.
Amaliyotda asboblarni sterilizasiya va dezinfeksiya asosan ikki xil usul bilan olib boriladi: issiq va sovuq.
Issiq usul bu yuqori darajali harorat ta’sirida asboblar yuzasidagi mavjud mikroblarni yo’qotish. Bu usul quyidagilarga bo’linadi: qaynatish, olovda quydirish (flombasiyalash) va issik havoni qo’llash.
Qaynatish veterinariyada keng tarqalgan usul bo’lib hisoblanadi. Asboblarni qaynatish uchun sterilizator (qaynatgin) yoki biror bir kopqoqli emallangan idishdan foydalanish mumkin, qaynatish usulini birinchi marta 1888 yilda Davidson va Kumer tomonidan tavsiya etilgan. Ular asboblarni oddiy suvda 5-10 minut davomida qaynatgan. Bu usul yaxshi natija bergan bo’lsa ham, lekin shu davrda keng tarqalmaydi. Chunki filtrdan o’tkazilgan suvdagi mikroblar 30 minut qaynatishdan keyin nobud bo’ladi, bundan tashqari bir necha marta qaynatilgan asboblar tez zanglab ishdan chiqadi.
Ilm fanni taraqqiyoti bu usulni takomillashtirishga yordam beradi. Asboblarni 30-40 minut davomida distillangan suvda qaynatish tavsiya qilindi. Iloji bo’lmagan vaqtda vodoprovod suvidan ham foydalanish mumkin. Lekin Shimmelbush tavsiyasiga ko’ra suvga ishqorlar qo’shish lozim, ishqorlar suvdagi tuzlarni parchalaydi, bakterisid xususiyatlarga ega, qaynatish xarorati oshadi va muddati kamayadi. Buning uchun kuyidagi eritmalar tavsiya qilingan: 0,1% natriy ishqori-10 min; 10% natriy bikarbonat-15 min; 3% natriy tetraborat-20 min.
Sterilizatorga suv yoki eritma yetarli miqdorda quyiladi, ya’ni asboblar yuzasidan 1-2 sm yuqoriroq. Chunki Xoxryakovning ma’lumotlariga ko’ra suvga botmagan asboblarga namlik, kislorod, uglekislota ta’sir etib ularni zanglashi tezlashadi.
Suvdagi birikmagan gazlar temirdan yasalgan asboblarga salbiy ta’sir qiladi, shuning uchun 3-5 minut davomida suvni qaynatib dezinfeksiya qilish lozim.
Quydirish usuli- bu usul tezlik bilan bajariladigan operasiyalarda qo’llanilishi mumkin. Buning uchun asboblar emmallangan idishga solinib ustidan 96o spirt quyilib yoqiladi, biroz sovugandan keyin ularni ishlatish mumkin. Issiq xavo yordamida sterilizasiya qilish: buning uchun asboblar quritgich shkafiga quyiladi va 150-160o xaroratda 20-30 minut davomida sterilizasiya qilinadi.
Sovuq usul yoki dezinfeksiya-bunda asboblarni sterilizasiya qilish uchun kimyoviy antiseptik eritmalardan foydalanish mumkin.
Amaliyotda quyidagi eritmalar tavsya qilingan: Koretnikov eritmasi (formalin 20.0 karbol kislotasi 3.0 natriy bikarbonat 15.0 suv 1000.0) 5% karbol kislotasi; 1% yashil brilliant; 1:1000 etakridin laktat (rivanol) 1-2% lizol.
Dezinfeksiya muddati 30-60 minut.
Aseptik operasiyadan keyin asboblar yuvilib quritiladi, septik operasiyalardan keyin 0.5% lizol eritmasida 60 min qaynatish kerak. Asboblar quruq xonada saqlanadi, uzoq vakt ishlatilmaydigan asboblar vazelin bilan surtilib quyiladi, shprisning porsheni xarakatsiz bo’lib qolsa antiformin eritmasiga solinadi. Zang 2:1 bur va nashatir spirti bilan tozalanadi.
Tikuv materiallari to’qimalarni birlashtirish uchun ishlatiladi va ular uzoq vakt to’qimalarda saqlanadi. Shuning uchun ular steril bulmasa mikroblar manbai bo’lib to’kimalarda yallig’lanish jarayonini chaqirishi mumkin. Hayvon organizmini ximoya moslashuv reaksiyasini yuqori bo’lgan vaqtda inkapsulyasiyaga uchrab, keyinchalik kreptogen infeksiyaning manbai bo’lishi mumkin. Operasiyadan oldin tikuv materiallarining sterilizasiyasiga katta etibor qilish kerak.
Xirurgik amaliyotda to’qimalarga chok quyish uchun kuyidagi materiallar qo’llaniladi: ipak, zig’ir poya, paxta va sintetik iplar, ketgut, sim, ipak tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin, buni Shapshnikov reaktivi yordamida aniqlash mumkin; uning tarkibi: sink xloridi – 20,0 sink oksidi – 0,8 distallangan suv – 17,0 ipak tabiiy bo’lsa eritmada erib ketadi. Ipak iplar 8 m uzunlikda 13 nomerda 000 ta 10 ishlab chiqariladi.
Xirurglar tomonidan juda ko’p ipak iplarni sterilizasiya qilish usullari tavsiya etilgan, ularning asosida tikuv materiallarni yog’sizlantirib bakterisid eritmalar bilan dezinfeksiya qilish yotadi (jadvaldan misollar).
Paxta va zig’ir poya iplar - Sadovskiy usuli bilan sterilizasiya qilinadi yoki 4 % formalinning suvdagi eritmasida 24 soat davomida sterilizasiya qilinadi.
Sintetik iplar 20 minut davomida distillangan suvda qaynatiladi.
Ketgut – ingliz so’zidan olingan bo’lib, sat- mushuk, gut – ichak ma’nosini bildiradi, birinchi marta mushuklarni ichagini shilliq osti qavatidan tayyorlangan. Xozirgi paytda ketgut quylarning ingichka ichagidan tayyorlanadi. Ketgutni texnologiyasi murakkab bo’lishiga qaramasdan unda spora hosil qiluvchi mikroorganizmlar saqlanib qolishi mumkin.
Shuning uchun ketgutning sterilizasiyasiga katta e’tibor berish lozim. Ketgut xam yog’sizlantirilib, dezinfeksiya qilinadi. Kiyim-kechak, bog’lov materiallari mikroblar manbai bo’lib yallig’lanish jarayonini chaqirishi mumkin. Ular avtoklav, oqar bug’ va dazmollash usuli bilan sterilizasiya qilinadi. Avtoklav eng ishonchli usul, unda mikroblar yuqori bosim va xarorat ta’sirida nobud bo’ladi. Avtoklavning ish rejimi 1 atm.-120o-40 min, 1,5atm-126,8 30 min, 2 atm – 132,9o-20 minut.
Oqar bug’ yordamida sterilizasiya qilish uchun kox apparati kerak. Unda 100o xaroratda 30 minut davomida sterilizasiya qilinadi.
Dazmollash-oddiy usul, dazmolning xarorati 150o, bu esa mikroblarni yo’qotishga imkon beradi.



Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish