Foydalanayotgan adabiyotlar:
1. Operativ xirurgiya – X.K. Rustamov, Ya. A. Axbutayev, B. D. Narziyev – 1990.
2. Operativ xirurgiya – I.I. Magda – 1990.
3. Operativ xirurgiya – N.X. Shomirzayev – 1987.
4. Xirurgiya v ovsevodstve – V.R. Tarasov – 1959.
5. A. David Weaver, Guy St Jean, Adrian Steiner “Bovine surgery and Lameness” USA,
2005
Hukumatimiz, davlatimizda chorvachilikning rivojlanishga katta axamiyat beradi. Chunki axolining oziq–ovqat mahsulotlariga bo’lgan talalabini qaniqtirish uchun chorvachilik muxim rol uynaydi. Bu vazifalari bajarish uchun hujaliklarda veterinariya ishlari yuqori darajada bulishi kerak. Veterinariya xodimlari vazifasiga yuqumli kasaliklarni oldini olish bilan birgalikda, yuqumsiz kasaliklari va ularni davolanishga katta ahamiyat berish lozim. Chunki ular 94–97 % kasalliklarni tashkil qiladilar.
Bu kasaliklar ham ho’jaliklarga katta moddiy zarar yetkazadilar, ya’niy hayvonlarni maxsuldarligi keskin pasayadi bazi vaqlarda ulishiga ham olib keladi.
Yuqumsiz kasaliklardan 40 % ni xirurgik kasalliklar tashkil etadi, bularni ichida esa 5-7% bosh oblastiga tug’ri keladi. Ya’ni bularga qo’yidagilar kiradi: yaralar, yazvalar, usimtalar, ko’z kasaliklari og’iz va burin bo’shlig’i kasaliklari, shoxning shikastlanishi, quloq kasaliklari va boshqalar.
Bular xam xujaliklarga katta moddiy zarar yetkazadi, shuning uchun ularni oldini olish, paydo bo’lganda esa o’z vaqtida davolash choralarini o’tkazish kerak. Bosh oblastidagi xirurgik kasaliklarni davolash uchun, boshning anatomo-tepografik tuzilishini bilish kerak.
Bosh-umurtqa pog’onasining oldi tomonida, joylashadi, unda eng muxim organlar: bosh miya, sezgi (eshitish, ko’rish, va xid bilish) organlari, ovqat hazm qilish, nafas olish sistemasininig boshlanish qismi xam boshda joylashadi. Bosh tana xarakatining muvozanatini saqlashda va atrofni aniqlashda ham muxim rol uynaydi.
Bosh tuzilishiga qarab miya va yuz bo’limiga bo’linadi, ularni chegarasi kuyidagi chiziq bo’yicha o’tadi: ko’z kosasining orqa tarafidan, yonoq suyagidan, to ensa suyagini buyinturuq o’simtasigacha. Har qaysi bo’limning tuzilishi, katta-kichikligi bosh miyaning xajmiga, tishlarning rivojlanganligiga, muskullarga, yashash sharoitiga, yoshga va boshqa sabablarga bog’liq bo’ladi.
Qulaylik uchun bosh kuyidagi qismlarga bo’linadi-peshona, ko’z, qo’loq, burun, ko’z osti, lunj, chaynash, lab, jag’ oralig’i, quloq oldi, iyak, chakka, tepa, yonoq va boshqalar.
Boshda kuyidagi lunjlar bo’ladi: yuza qismida: y.sh.m.- lunj tepaligi, otlarda yuz tarog’i, jag’ bo’g’ini, burun burchagi, ko’z osti va yaik osti teshiklari.
Miya qismida y.sh.m.- shox oraligi tarog’i, ensa tarog’i, ko’z usti teshigi, va boshqalar, ular chegara chiziqlarni qon temir, nervlarni joylashgan joylarini aniqlash uchun yordam beradi.
Bosh oblasti ko’yidagi qatlamlar iborat:
1.Teri-har hil hayvonlardan 2-4 mm, y.sh.m.-4-6 mm unda nervlar va qon tomirlar joylashadi.
2. Yuza fassiyasi-fascia super fascialis- yupka terim osti yoki b-n birlangan.
3. Chukur fassiya- fascia profunda kalla muslkullari bilan birlashgan, muskullar yo’q joyda rivojlanmagan.
4.Muskul qavati: a)chaynash muskul – m.masseterica chaynash chukurligida joylashgan, qalinligi 3-4 sm.
b)Yonoq muskuli –m.zygomaticus lenta shaklida, yonoq tarog’ida, labni burchagigacha boradi.
v)Yuqori labni kutaruvchi muskul – m. Levator labbii superioris burundan boshlanib yuqori lab va burunda tug’aydi.
g)Yuqori labni kutaruvchi maxsus m.l.- – m. Levator labii superioris – lenta simon, yonoq suyagida boshlanib, labgacha yetib boradi.
d)Pastki labni tushuruvchi m.l. – m. depressor labii superioris – u oxirgi jag tashlarning ostida boshlanib, pastki labda tug’aydi.
ye)Lunj m.l.- m.buecinator – og’iz bushligini yon tomonishi hosil qiladi, yuza va chuqur katlamlardan iborati.
j)Chakka m.l.- m.temporulis – chakka chukurligiga joylashgan.
5. Suyak usti qavati.
6. Suyak qavati- ular kalla suyagini tashkil etadi, tarkibida 6 ta va 13 ta juft suyak bo’ladi.
Qon tomirlar-bosh oblastida qo’yidagi yirik qon tomirlar joylashgan:
1.Jag’ning tashki arteriyasi – a.maxiltaris externa uyku arteriyasini davomi.
2.Jag’ni ichki arteriyasi- a.maxiltaris interna.
3.Yuza arteriyasi-fascialis – lenj oblasti , tomir kesmasi orqali lunj oblastga tarqaladi.
4. Chaynash-muskuli arteriyasi-masseterica chaynash muskuli va qo’loq osti sulak beziga tarqaladi va boqalar.
Innervasiya-nervlarni tarqalishi.
Bosh oblastini innervasiyasi-tarmoqli nerv- –boshincha juft nervi – va yuza nervi .oltinchi juft, ular orasida sezuvchi va xarakatlantiruvchi nerv telari bo’ladi. Sezuvchi telalar boshdagi organlarning shilliq pardasiga, terisiga; xarakatlanuchi telalar boshdagi muskullarga boradi, ko’z, yuqori va pastki jag’ nervlarga bo’linadi.
1.Ko’z nervi – kuyidagilarga bo’linadi: ko’z yoshi nervi, peshona nervi, kiprik-burun.
2. Yuqori jag’- quyidagilarga bulshadi: yonoq nervi-ko’z osti, ponasimon-tang’laydi.
3. Pastki jag’ nervi - chaynash nervi, ponasimon, lunj,til,jag’lar aro.
Do'stlaringiz bilan baham: |