Senuroz bilan kasallangan qo’ylarni
operasiya yo’li bilan davolash
Operasiya qilish joyini aniqlash
Operasiya o’tkazishdan maqsad senuroz pufagini olib tashlash hisob-lanadi. Buning uchun uning joylashgan joyini aniqlash va trepanasiya qilish, teshigini aniqlash lozim.
1. Peshona qismida teshik oldingi xirurgik chegaraning orqa tarafida o’tkaziladi.
2. Tepa-chakka qismida teshik tepa suyagining dorsal yuzasida, sagital chapdan 4-5 mm lateralroq o’tkaziladi.
3. Ensa qismida teshik ensa-tepa chokning oldingi tarafida, sagital chapdan 4-5 mm lateralroq o’tkaziladi.
4. Miyacha qismida teshik bo’yin payining burilgan joyidan oldinroq o’tkaziladi.
Ishlatiladigan asboblar. Har doim operasiyalarda ishlatiladigan asboblardan (skalpel, qaychi, kuper qaychisi, pinset, qon to’xtatish qisqichlari) tashqari trepan, tuyoq pichog’i, qon olish ignasi, rezina naycha.
Fiksasiya va og’riqsizlantirish. Qo’ylarni nam xaltaga solinib, bo’y-nidan bog’lanadi. Kesim chizig’i bo’ylab infiltrasion og’riqsizlantirish o’tkaziladi. Buning uchun 1 % li novokain eritmasi bilan neyrolept-analge-ziya qilinib, 2,5 % li aminazin, 2 % li rampun, kalipsol ishlatiladi.
Qo’y kallasi tashqi gumbazining bo’linishi (Gersen bo’yicha)
Operasiya o’tkazish texnikasi
Operasiya maydonchasi tayyorlanadi. Tegishli bo’lgan kvadratning markaziy qismida burchak yoki yarimoy shaklida teri qavati kesiladi. Shunda uning kesilgan uchi qon oqishiga moslashgan bo’lishi kerak. Suyak usti pardasining kesimi teri kesuviga nisbatan qarama-qarshi yo’nalishi lozim. Keyin uni bir tarafga qarab siljitiladi. Trepan asbobini ishlatishga kirishiladi. Shunda suyak to’qimasi bo’shalgan bo’lsa, unda tuyoq pichog’ini ishlatishga to’g’ri keladi.
Bosh miyaning qattiq pardasini igna bilan krest shaklida buziladi. Agarda trepanasiya teshigi burchak ustiga tushib qolsa, unda u bo’rtib tashqariga chiqadi. Shunda hyech qanday qiyinchilikka uchramasdan xaltacha o’z-o’zidan chiqadi. Bordi-yu, senuroz pufagi qarshisiga ro’para bo’lmagan taqdirda bosh miya mag’zini har tomoniga igna kirgizib, shpris orqali u yerda to’plangan suyuqlikni tortib chiqarishga harakat qilinadi. Shunda pufakning joylashishi va chuqurligi aniqlanadi. Igna tortib olinadi va shu tomonga qarab anatomik pinset yo’naltirilib, uni ushlab, bir qismini yara labiga chiqarib olinadi.
Tashqariga chiqarib olingan pufak pardasi barmoq bilan ushlanadi, keyin trepanasiya teshigini pastga qaratib pufakning hammasini sekinlik bilan olib tashlashga kirishiladi. Agar senuroz xaltachasini barmoq orqali ushlanishi qiyinlashganda, uni pinset yordamida chiqarib olinadi. Harakat vaqtida pufak mabodo yorilib ketsa, unda shprisga ulangan rezina naychani trepanasiya yorig’iga yuborib, tortish harakati orqali senuroz pardasi ilintirib olinadi.
Operasiya o’tkazish ishlari tugallangach suyak usti pardasi trepanasiya teshigining ustiga to’g’rilanadi va terining yara lablariga uzlukli chok o’tkazilib, tugun taylab tikib bitkaziladi. Yara ustini kleyli bog’lam bilan yopiladi.
Bordi-yu bosh miya gumbazining suyak to’qimasi yupqalashib qolgan bo’lsa, unda trepanasiya o’tkazilmaydi.
Saykoviya yoki Boborov mondrenli ignalar ishlatiladi, qaysiki o’tkir uchlari igna uchidan chiqib turishi kerak. Bosh miya suyagi bilan birga qo’shib senuroz pufagi troakar ignasi orqali teshiladi va stilet chiqarib olin-gandan so’ng undagi suyuqlik so’rib olinadi. Keyin rezinali naycha ulangan igna uchi bilan senuroz pufagi yon devoriga yaqinlashtiriladi va xuddi suyuqlikni tortib olganday harakat qilib igna yorig’iga senuroz pardasini yopishtirib olinadi.
Hayvon operasiyadan keyin alohida joy da saqlanadi, 7 kundan keyin chok ipi olinadi, qo’y o’z otariga qo’shiladi.
Senuroz pufagini olib tashlash
Mashg’ulot №17
Do'stlaringiz bilan baham: |