3. Qon to’xtatgich asboblar. Peana qon to’xtatgichi, qisqich (zajim) uchi tuxumsimon – taram – taram. Koxer qisqichining tishlari anatomik qisqichnikiga o’xshaydi, lekin uchi biroz uzunchoq. Xolstet qisqichining uchi kichik qayrilmagan, tishsiz, Koxer arteriya iskanjasining uchi biroz keng va to’g’ri yoki qayrilgan – tishsiz. Esmarxning qon to’xtatgich o’rov (jgut) rezina trubkasidan yoki tasma shaklida bo’lib bir tomonida ilgak, ikkinchi uchidada zanjir ulangan bo’ladi.
4. To’qimalarni bir-biriga birlashtiruvchi asboblar. To’g’ri, qayrilgan va chanasimon ninalar to’qimalarni birlashtirish uchun qo’llaniladi. Teri to’qimasini birlashtirishda qo’llaniladigan ninaning kesuvchi qismining shakli uchburchakli va o’tkir, ichaklarniki esa gavdasi yumaloq. Jarrohlik ninalarning ip o’tadigan teshigi avtomatlashgan.
Malye, Gegar, Troyanovlarning Nina ushlatgichlarini tuzilishi qismiga qarab ular bir-biridan yetarli darajada farq qilishi mumkin. Gerlaxni ninasining ip teshigi oddiy tuzilgan, lekin o’rta qismida keng dastasi bor, chunki u qattiq to’qimalarni tikishga moslashtirilgan.
5. Maxsus asboblarning xizmati. Ba’zi Operatsiyalarni bajarishda ko’pchilik turkumdagi asboblarning faqatgina qaysi birini tanlab qo’llashni bilish kerak. Masalan, traxeotubus, qovurg’ani kesuvchi qaychi, ichak iskanjasi, turli konstrukuiyadagi axta ombiri va boshqalar.
Jarrohlik Operatsiyalarining elementlari
Ko’pchilik jarrohlik Operatsiyalari asosan uch elementdan iborat: to’qimalarni ajratish, qon oqishini to’xtatish, to’qimalarni birlashtirish.
To’qimalarni kesish
Yumshoq to’qimalar bir-biridan skalpel, qaychi ishlatib ajratadilar. Skalpelni ushlash usuli. O’ng qo’l panjalari skalpelning dastasidan ushlaydi, kesuvchi qirrasi bo’lsa pastga qarab turadi, dastaning uchi esa kaftga tegib turishi kerak. Ushlaganda qalam yoki ruchkani ushlaganday tutiladi, qirrasi esa kata barmoqqa tegib turadi.
Qatlam to’qimalarni bir-biridan ajratish qoidasi.
Yumshoq to’qima-qatlamlarini ko’z nazorati ostida skalpelni o’ziga qaratib chapdan o’ngga yoki yuqoridan pastga qaratib kesish kerak.
Terini kesishdan avval chap qo’lning panjalarini Operatsiya qiladigan qismiga qarab keng joylashtirib, o’ng qo’lda ushlab turgan skalpelni kesuvchi uchini terini bosib turgan kata va ko’rsatitgich barmoqlarining oralig’idagi joyga tiqib, parallel harakat qilib kerakli o’lchovda to’qima kesiladi. Natijada to’qimaning kesilgan chuqurligi uzunasiga bir xil bo’ladi.
Kerak bo’lganda ikki qisqich solib, yordamchi bilan birgalikda terini ikki tomonidan ko’tarib skalpel yoki qaysi yordamida kesish lozim. Shunday kesilganda teri to’qimasining ostida joylashgan qon tomir, nerv yoki boshqa anatomik tuzilishlar butunligiga ziyon yetkazilmaydi.
a’zi vaqtda yaraga «qayiqcha» formasini tug’dirish uchun qo’shimcha intilish talab qilinadi (masalan, yarada yig’ilgan suyuqliklar tashqariga oqib chiqishiga yordam beradi). Shu bilan birga anatomik to’qimaning har bir keyingisi oldingisiga qaraganda kamroq kesiladi.
Fassiya yoki qorin pardasini kesishda novli zond qo’llaniladi. Fassiya yoki qorin pardasi (bryushina) skalpelning uchi Bilan biroz kesiladi, keyin shu yo’l orqali zondni ichkariga yuborib, uning ariqchasiga skalpelning uchini joylashtirib qirra tomoni esa ichkarida joylashgan anatomik tuzilishlarni kesadi xolos. Kichik kesilgan tomon orqali kirgizilgan ikki barmoq oralig’ida joylashgan qorin seroz pardani kesadi.
Anatomiya joylashishiga va fiziologik faoliyatiga asoslanib to’qimalar kesiladi. Shunda yirik nerv tanasini, magistral arteriya va vena qon tomirlarini kesilishidan asrash mumkin.
Mashg’ulot № 10
Do'stlaringiz bilan baham: |