Taxtachali bog’lam qo’yish. Bu bog’lamlar bo’g’im va suyaklarning lat yeyishida, paylarning cho’zilishida bintli bog’lamning mustahkam bo’lishi va bog’lam qavatlarining qalinligini kamaytirish maqsadida bog’lamlar orasiga taxtachalar qo’yiladi va fiksasiya qilinadi.
Gipsli bog’lamlar. Suyak sinishlarida va bo’g’im chiqishlarida ko’p qo’llaniladigan usul bo’lib, tananing shikastlangan joyini uzoq vaqtga qimirlatmaslik uchun ishlatiladi. Gips kalsiyning sulfat kislotadagi erimasi bo’lib, tabiatda uchraydigan kimyoviy modda – alebasterda olinadi. Gipslar maxsus pechlarda 1400S dan yuqori haroratda qizdirib olinadi. Gipsning xususiyati va afzallik tomoni shundaki, u o’ziga suvni tez shimib olib, oson qotadi.
Gipsning quruqligini va sifatini aniqlash. Gipsli uchun foydalaniladigan gips materali sifatli bo’lishi kerak. Gipsning sifati asosan uning quruqligiga va mustahkamligiga bog’liq. Gipsning quruqligini aniqlash uchun gips kukuni qo’l kaftiga olinadi, so’ngra kaftda gipsni mahkam qisiladi. Agarda haqiqatdan gips quruq bo’lsa, u qo’l barmoqlari orasidan oson chiqadi. Agarda xo’l bo’lsa kaftdan chiqmasdan bir-biri bilan birikib qoladi.
Gipsning sifatini aniqlashda ma’lum bir miqdordagi gipsni iliq suv bilan aralashtirilib loy hosil qilinadi va to u qotgunga qadar yumaloq shaklga keltiriladi. So’ngra qotgan gips bo’lagini bir metr balandlikdan pastga qattiq material ustiga tashlanadi. Agar gips sinmasa u sifatli, agar sinsa uning sifati past bo’ladi.
Gipsli bog’lamlarni qo’yishda oddiy bint yoki longet ishlatiladi.
Bintli gipsli bog’lam tayyorlash. Tekis karton yoki fanerning ustiga bint o’rami ochilgan holatdq qo’yilib, uning ustiga gips kukuni malum bir qalinlikda nozik qavat shaklida sepilib, qo’l kafti bilan tekislab chiqiladi. So’ngra bintningushbu qismi o’ralib, keyingi qismga o’tiladi. Patologik o’choqning hajmiga qarab bintning uzunligi tanlanadi.
Oyoqni gipslashga tayyorlash. Hayvon tanasini umumiy yoki mahalliy usulda og’riqsizlantirilgandan so’ng singan suyaklar tortilib singan suyak bo’laklari o’zining dastlabki holatiga keltiriladi. Agarda bo’g’imda chiqish bo’lsa albatta joyiga solinishi kerak. Suyaklar joyiga qo’yilgach, oyoqning ustidan bir necha qator yumshoq bintli va paxtali bog’lam qo’yiladi.
Gipslangan bintli bog’lamni qo’yish texnikasi. Oyoq tayyorlangandan so’ng chuqur idishga xona xaroratidan past bo’lmagan xaroratdagisuv olinib, gipsli bint solinadi va to bintdagi havo pufakchalari chiqib ketmaguncha. So’ngra gipsli bint olinib suvsizlantiriladi. Shundan so’ng gipsli bint singan suyak ustidan pstdan yoki yuqori tomondan burash usulida qo’yilib boriladi. Xirurgiyada kichik hayvonlarga 4-5 qavatli va katta hayvonlarga 10-15 qavatli gipsli bint o’raladi.
Veterinariya amaliyotida gipsli bog’lamlarni qo’yishning quyidagi usullari mavjud. yopiq, derazachali, ko’priksimon, tabaqali. Bular to’qimalarning shikastlanishiga qarab qo’yiladi. Qotish jarayoni 5-10 minutdan keyin boshlanadi, 1-2 soatdan keyintqotadi va 24 soatdan keyin butunlay qotadi.
Gipsli bog’lam katta hayvonlarda 5-6 hafta, maydalarida 3-4 haftadan keyin yechib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |