Qora mollarning kalla zonasida o’tkazuvchanlik usuli bilan nervlarni og’riqsizlantirish
N.V. Sadovskiy usuli bo’yicha g’altaksimon nervni qamal qilish. Nervning kuz kosasidan chiqish joyida qamal o’tkaziladi. Kuz kosasining yuqori qirrasi o’rtasida, yuqori qovoqning to’qima qavatiga 2,5-3 sm chuqurlikda joylashgan quloq suyagining ildiz qismiga qaratib nina sanchilib va 3% li 5 ml miqdorda novokain eritmasi yuboriladi, 5-10 daqiqa o’tgach peshona va peshona atrofi keng miqiyosida sezish qobiliyati yuqoladi.
V.V. Sadovskiy va V.F. Kiselevskiy usuli bo’yicha ko’z osti nervini og’riqsizlantirish. Ko’z osti teshikchasini (proyeksiyasini) nishonga olish uchun o’tkazilgan ikki chiziqning o’zaro bir-biriga perpendikulyar kesilgan nuqtasi hisoblanadi: orbita – kuz kosasining oldingi chekkasidan bet tomonga qarab, boshning tepasiga nisbat parallel joylashgan chiziq va alveolyar, birinchi ozuqa (premolyar) tishni teri qatlami ustidan paypaslab osonlik bilan aniqlab uning oldidan oldingi chiziq o’tkaziladi. Ninani suyak teshigi ichiga orqali kuz osti kanalining pastki devori tomonidan 2-2,5 sm chuqurlikga silkitadi va 3% li 5 ml novokain eritmasi yuboriladi. 7-10 daqiqa o’tishi bilan yuqori lab, burun oynachasi (nosovoye zerkalo), shuningdek tegishli tomondagi yuqori jag’ning hamma oldingi ozuqa (premolyar) tishlari 1,5-2 soatga o’ziningsezish qobiliyatini yo’qotadi.
Pastki jag’ alveolyar – alveolyar inferior nervning oxirgi tolalarini (iyak va pastki jag’ kesuvchi nervlari) og’riqsizlantirish usuli (Ya.P. Dedashev bo’yicha). Iyak teshigi jag’ oraliq burchagi va pastki labni tushiruvchi kuz teshiklaridan teri qavati ortidan paypaslab topiladi. Ninani iyak teshigi orqali pastki jag’ kanaliga kiritiladi va 3% li 5 ml novokain eritmasi yuboriladi.
3-5 daqiqa vaqt orasida pastga lab, kesuvchi va pastki jag’ oldi ozuqa tishlari o’zining sezish qobiliyatini yo’qotadi.
N.V. Sadovskiy va I.F Milyukovlar bo’yicha pastki jag’ alveolyar nervni og’riqsizlantirish usuli. Pastki jag’ teshigi, tekislik nishoniga (proyeksiya) ninani tushirish uchun, katta chaynash mushagi zonasida ikki chiziqning bir-biri bilan kesishgan nuqtasida joylashgan chaynash, chaynash tomoniga qarab turgan yuqori sirtqi kurinishiga nisbatan orqaga tortilgan parallel chiziq va orbital, yonoq suyagidan hosil bo’lgan tepa va peshona o’simtalarining burchagidan chaynash chizig’iga ikkinchi perpendikulyar chiziq tushiradi. Ninani pastdan orbital chiziq tomonga qaratib pastga jag’ o’simtasining ichki tomoni va kanatsimon mushak oralig’iga sanchiladi. Kirish chuqurligini (ulchov) aniqlash uchun pastki jag’ni erkin qirrasidan pastki jag’ teshining proyeksiyasi joylashgan nuqtasigacha bo’lgan masofa hisoblanadi. Shu joyga 4% li 10 ml novokain eritmasi yuboriladi. 10-13 daqiqa o’tishi bilan pastki jag’ning tegishli tomonidagi hamma tishlar, pastki labning yarim tomoni va ba’zan tilning yarimi sezish qobiliyatlarini yo’qotadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |