Kimyoviy usullar
Mahalliy va umumiy faoliyatlar orqali qon oqishlarni to’xtatish. Birlamchichiga quyidagilar kiradi: perekis vodorod to’qimaga tegishi Bilan o’zidan kislorod ajratib chiqaradi va qonning quyuqlashtirishga ko’maklashadi. 3% suyuqlik holatida uni og’ish bo’shlig’i, burun va bachadon, chuqur yaralarda qon oqishni to’xtatishda ishlatiladi, permanganat kaliy ta’sir kuchi aynan vodorod perikisiga teng keladi. Uni issiq suvda suyuqlashtirib 1:500 – 1000 (50-600) eritma tayyorlanadi va u orqali yaralarning ichi yuviladi, 2% antipirin eritma qo’llaniladi. Shu eritmalarga tampon ho’llanib qonab turgan yaralarning ichiga bosiladi. 50% uksusnovinnokamennogo kislota alyumin eritmasi kuchli gemostatik xususiyatga ega.
Umumiy faoliyatga ega bo’lgan gemostatik moddalar: xlorid kalsiy qonning quyuqlashini tezlashtiradi. 10% toza holatda bo’lgan eritmani vena qon tomiri orqali yuboriladi. Kata mollarga 40-120 ml, mayda hayvonlarga 10-20 ml 1:1000 adrenalin eritmasi vena qon tomiri orqali, yirik hayvonlarga 15 ml dan kam bo’lmagan miqdorda, mayda hayvonlarga 1,5-2 ml. adrenal qon tomir devorini toraytiradi, tromb hosil bo’lishini tezlashtiradi. Uning ta’sir kuchi 8-10 minutga yetadi. Parenxima va burun bo’shlig’idan qon oqishida 2-5% efedrin eritmasini teri osti yoki vena tomiri orqali yuboriladi: 15-0 ml yirik, 0,5-1 ml kichik mollar uchun qo’llaniladi.
Fizikaviy usullar
Sovuq suv vagonokonstruktor nerv tolalarini ta’sirlantirishi natijasida qon tomirning hajmi qisqaradi. Rezinali xaltachaga sovuq su vyoki maydalangan muz parchasini to’ldirib tananing qonayotgan joyiga bosiladi. Ko’pincha bu usulni burun bo’shlig’idan qon oqishida qo’llash maqsadga muvofiqdir. Ikkilamchi daraja urilishlarda (gematoma) sovuq usuli Bilan bosim bog’lamini qo’shib qo’llash kerak. Yuqori temperatura qon tarkibidagi oqsil moddalrini quyuqlashtirib tromb prosessini tezlashtiradi.
Sovuq usul Bilan birga issiq usul ham qon oqishni to’xtatish uchun ishonchlidir. (50-600) issiq permanganat kaliy (1:1000) eritmasi aralashmasi bilan birga qo’llash kerak.
Jarrohlik diotermiyasi (elektr pichog’i) Operatsiya doirasida joylashgan jarohat to’qimalarini keng miqyosida zichlashtiradi (kaugulyasiya) va tomirdagi qonlardan tromb hosil bo’lishini tezlashtiradi. Badanda bo’lgan qonning quyuqlashini kuchaytirish maqsadida yirik hayvonlarga 400-500 ml vam ayda mollarga 40-50 ml qo’shila oladigan qon qo’yiladi.
Azbukinning kalsinasiyalashgan plazmasi: Operatsiyani boshlashdan 6-12 soat oldin vena qon tomiridan olingan 300 ml qon tarkibiga 10% -li nordon limon natriy tuzi eritmasi qo’shiladi (100 ml qon hisobiga 3-5 ml) va tikish uchun salqin joyga qo’yiladi. Keyinchalik ajralib chiqqan sitrat plazma ajratib olinadi va u saqlanadi. Sitrat plazmasiga 5% kalsiy xlorid eritmasi qo’shiladi (nisbati 9:1). Kalsinasiyalashgan quyuq plazmani tamponga surtib qonayotgan yaraning yuziga bosilad.
To’qima tampon qon oqib turgan yaraning bo’shlig’iga charvi yoki mushak to’qimasi Bilan (tovuqdan olingan yaxshi) to’ldiriladi. To’qima tamponning asosiy xususiyati shundaki, bu to’qima o’z tarkibidan ko’p miqdorda trombokinaza fermenti chiqarishga ega.
Ketgut: parenxima hisobidan yara qonayotganda, 6-8 metr toza ketgut yara ichiga tiqiladi, u o’zidan trombokinaza ajratib chiqaradi, 2-4 hafta o’tishi bilan tiqilgan ketgut badanga so’rilib ketadi.
Vitamin K qon to’xtatish borasida juda kuchli hisoblanadi. Tabiiy vitamin K baliq unidan, bedadan olinadi.
Jelatin qonning quyuqlashishi va qotishi xususiyatini oshiradi. 10% izotonik natriy xlor eritmasi Bilan ishlatiladi. Jelatinning qo’llanishi: yaradan chiqayotgan qonni to’xtatish uchun, teri osti yoki mushaklararo kata hayvonlarga 300 ml va kichik mollarga 20 ml miqdorida yuboriladi.
Mashg’ulot № 11
Do'stlaringiz bilan baham: |