Didaktik jarayon. Tashkiliy shakllari.
shaxsni rivojlantirish, tarbiyalanganlik darajasini yuksaltirish uchun, avvalo o‘quvchi talabalarni zamonaviy bilim, ko‘nikma, malakalar bilan qurollntirishni nazarda tutadi. Zamonaviy bilim, ko‘nikma, malakalar bilan qurollanish jarayonida o‘quvchi – talabalarda o‘quv materilining murakkabligini o‘zni past abstraksiya pog‘onalaridan yuqori abstratsiya pog‘onasiga o‘tishini taqazo etadi. O‘qituvchi didaktik masalalarni aniq belgilab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘qituvchi faoliyatining keyingi bosqichi-bu didaktik jarayon (yoki talabaning o‘quv –bilish faoliyati)ni loyihalash hisoblanadi. Aynan shu didaktik jarayon pedagogik texnologiyaning asosini tashkil qiladi, yohud u belgilangan vaqt ichida ta’lim (tarbiya) maqsadiga erishish uchun o‘z mazmunini talabalarga uzatish yo‘llarini aniqlab beradi. Didaktik jarayon o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagi komponentlardan iborat ekanligi ma’lum bo‘ldi: motivatsiya (M), talabaning o‘quv – bilish faoliyati (O‘F) va uni pedagog tomondan boshqarish (B). Uning shartli formulasi: Dj=M+UF+B.
I.Motivatsiya –bu shaxs hatti –harakatini yuzaga keltiruvchi ichki harakatlantiruvchi kuch, hissiyot bo‘lib, pedagog uni boshqarishga harakat qiladi va o‘quv jarayonini tashkil etish uchun hisobga oladi.
Didaktik jarayonning motivatsion bosqichi talabalarni bilish faoliyatiga kirishib ketishini tezlashtirishga imkon beradi. Bu faoliyatni kerakli faollik darajasida ushlab turish uchun uni tashkil etish metodlarini tanlay olishi kerak.
2. Pedagogik jarayon bilan shug‘ullanuvchi har bir kishiga ma’lumki, bilimlarni o‘quvchilar (talabalar) tomonidan o‘zlashtirishi xususiy o‘quv faoliyati (psixologlar tilida –bilish faoliyati) natijasi tufayli ro‘y beradi. Psixologlar bu faoliyat turini keng qamrovda o‘rganib chiqdilar va uning bilim, harakatlarni egallashga olib keladigan turli ko‘rinishdagi tizimini aniqladilar. Bu yondoshishlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, har qanday o‘quv faoliyati (O‘F) ning umumiy sxemasi bo‘yicha quriladi va o‘zida yo‘naltiruvchi (Yh) (mo‘ljalli), bajaruvchi, (Bh) nazorat qiluvchi (N) va tuzatuvchi (tuz) harakatlarini mujassamlashtiradi. Uning ramziy formulasi: O‘F=Ix+Bx+N+Tuz.
Didaktik jarayonning so‘nggi tarkibiy qismi – o‘quv - bilish faoliyatini boshqarish. SHuni qayd etish joizki, har qanday o‘quv faoliyatini boshqarish imkoniyati mavjud. Bu tizim ikkita ob’ektdan-boshqaruvchi va boshqariluvchidan iborat bo‘ladi. Agar didaktik jarayonda o‘qituvchi boshqarish ob’ekti bo‘lsa, o‘quvchilar-boshqarish ob’ektidir. Didaktik jarayon u yoki bu texnik vositalardan ta’lim mazmuniga mos holda uzluksiz qo‘llashni taqozo etgan. Bu yo‘nalish PTning mavjudlik shartlaridan biridir.
Milliy g‘oya fanini o‘qitishda didaktik jarayon bosqichlarini muayyan ketma-ketlikda qurish bu - o‘quvchi-talabalarning bilish faoliyatini mavzu bo‘yicha belgilangan maqsadga mos holda tanlangan o‘qitish usullari yordamida tashkil etish demakdir. O‘qitish metodlari o‘z mohiyati va mazmuniga ko‘ra ma’lum pedagogik texnologiyaga asoslangan hamda muayyan tasnifga ega bo‘ladi. Uning samaradorligi haqida fikr yuritilganda o‘qitish jarayonini izga solib, uni maqsadli yo‘naltira oladigan, o‘qituvchi va talabaning o‘zaro faoliyatini ta’minlash asosida maktab (kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari) oldiga qo‘yilayotgan maqsadga nechog‘li erishilayotganini ko‘zda tutish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |