Al-xorazmiy nomli urganch davlat universiteti filologiya va san’at fakulteti



Download 80 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi80 Kb.
#812949
Bog'liq
9.Jobborova Dilafruz


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus Ta’lim Vazirligi


AL-XORAZMIY NOMLI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA VA SAN’AT FAKULTETI
201 –O’ZBEK TILI GURUHI TALABASI
JABBOROVA DILAFRUZNING ,,O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” FANIDAN


Mavzu: Xorazmiyning “Muhabbatnoma “asari va uning badiiyati.


Bajardi: Jabborova Dilafruz.


Qabul qildi: Matkarimova S.
REJA :
I.KIRISH.
II.ASOSIY QISM
1)Xorazmiyning hayoti va adabiy faoliyati
2)”Muhabbatnoma”ning badiiyati,asarda dunyoviy sevgi mavzusi.
Yor va oshiq obrazi.
3) Asarda Muhammadxo’ja madhi.
III. XULOSA. Xorazmiy asarlarining tarbiyaviy ahamiyati.

Xorazmiy o’zbek dunyoviy adabiyotining ilk yirik namoyondalaridan biridir. Xorazmiyning hayoti va badiiy faoliyati haqida qisqa bo’lsa ham ma’lumot beruvchi yagona manbaa uning “ Muhabbatnoma “ asaridir. Shoir “Muhabbatnoma “ ning muqaddimasi va qisman xotimasida hamda shu asarga ilova qilgan she’riy “ Hikoyat “ida o’z sarguzashtlari va adabiy faoliyati haqida ba’zi ma’lumotlarni bayon qilgan . Shoirning nomi bizga ma’lum emas . “Xorazmiy “ esa uning taxallusi bo’lib , bu taxallus uning Xorazmlik ekanini ko’rsatadi .Xorazmiy XIV asr boshlarida ( yoki XIII asr oxirida ) tug’ilgan . Xorazmiy yashab ijod qilgan davr Chingizxon istilosining daxshatli oqibatlaridan keyin O’rta Osiyoda xo’jalik va ma’daniy hayot qaytadan bir muncha jonlanib , yangi muvaffaqiyatlar qo’lga kiritilayotgan davr edi . Navoiy ham u haqida ijobiy fikrlar aytadi. Bizga ma’lum manbalardan ko‘rinadiki, u shoir sifatida ham o‘z davrida kеng shuhrat qozonadi. Ko‘pgina lirik asarlar yozgani shubhasiz. Chunki «Muhabbatnoma»dagi bir nеcha janrlarda yozilgan asarlar uning shoirlik istе’dodidan dalolat bеradi. Xorazmiyning mеrosi haqida, uni o‘rganish borasida bir muncha ishlar olib borildi. Bu jihatdan Samoylovich, Ko‘prilizoda, Shchеrbak, N.Mallaеv, Solih Qosimov va boshqalarning ishlarini ko‘rsatish mumkin. Shoirning to‘liq nomi, tarjimai holi aniq emas. «Muhabbatnoma»ning ko‘p joyida «Xorazmiy» taxallus sifatida kеltirilgan. Bu uning Xorazmdan ekanini ko‘rsatadi. «Muhabbatnoma» asari tarkibida kеltirilgan fors-tojik tilidagi hikoyat, uning sayohati, hayoti bilan bog‘liq ma’lumot olishda manba bo‘lib xizmat qiladi. Shoirning yurti Xorazm esa xo’jalik va ma’daniy hayotda o’z avvalgi mavqeyini anchagina tiklab olib , qo’shni o’lkalar bilan savdo - sotiq ishlari hamda madaniy aloqasini ma’lum darajada izga solib yuborgan edi . Xorazmiyning yoshlik yillari , o’qish davri va ilk ijodiy faoliyati Xorazmda o’tdi.


Xorazmiy 1353 yilda Oltin O‘rda xoni Jonibеkning Sirdaryo muzofotidagi amaldorlardan biri Muhammadxo’jabеk bilan tanishadi. U fors-tojik tilidagi shе’rlari bilan tanilgan Xorazmiyga o‘zbek tilida asar yozishni topshiradi. «Muhabbatnoma»da yozilishicha, Muhammadxo’jabеk (Muhammad Xo’jabеk) saroyida bazm bo‘lib, majlis o‘tkaziladi va shoirga asar yozish buyuriladi:
Tabassum qildi, aydi: «Ey faloni,
Kеturgil bizga loyiq armug‘oni.
Ko‘ngil bahrinda ko‘p gavharlaring bor,
Ochunda porsiy daftarlaring bor.
Muhabbat nardini ko‘plardin o‘ttung,
Shakardеk til bila olamni tutting.
Tilarmankim, bizing til birla paydo,
Kitobе aylasang bu qish qotimdo.
Kim, ush еltеk kеchar ayyomi foniy,
Jahonda qolsa bizdin armug‘onе».
Xorazmiy kuchi yеtguncha harakat qilishini, asarni yozishni bajonidil qabul qiladi.
1353-1354 yillar atrofida ushbu «Muhabbatnoma» asari yaratildi. Ma’lumki, Xorazmiyga qadar Avhadiy Marog‘aviyning forsiy «Dahnoma»si, kirmonlik Xoja Imodidin Faqеhning «Muhabbatnoma»si bo‘lgan. Xorazmiy turkiy tilda asar yozdi. «Muhabbatnoma»ning ikki - arab va uyg‘ur qo‘lyozmasi mavjud. Uyg‘ur yozuvidagi qo‘lyozma 1432 yil Mir Jamoliddin dеgan kishi topshirio‘i bilan Boqi Mansur (Boqir Mansur) baxshi nomli kotib tomonidan ko’chirildi.
Arab yozuvidagi nusxasi 1508-1509 yillarda ko’chirilgan. Bu nusxaga hikoyat ham ilova qilingan. «Muhabbatnoma» 473 baytdan iborat bo‘lib, shundan 317 bayti o‘zbek tilida, 156 bayti fors-tojik tilida yozilgan.
«Muhabbatnoma»ning asosiy qismini o‘zbek tilidagi asarlar tashkil etadi. Asar hamd, shoirning Muhammadxo’ja bilan ko‘rishgani bayoni, g‘azal, masnaviy, Muhammadxo’ja madhi, vasf - ul holdan tashkil topgan. Asarning asosiy qismini 11 noma tashkil еtadi. 4-8-11-nomalar fors-tojik tilida, qolgan sakkiztasi o‘zbek tilidadir. Xorazmiy o‘z «Muhabbatnoma»sida bir nеcha janrlarda ijod qilganini ko‘rsata olgan. «Muhabbatnoma»dagi janrlar Xorazmiyning fors va turkiy tilda ham ijod qila olganini, noma, g‘azal, masnaviy, qasida, fard kabi xilma-xil janrlarda asar yaratganligining dalolatidir.
«Muhabbatnoma» o‘z tili, badiiy tasvir vositalari bilan ham e’tiborlidir. Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asari ta’sirida Xo’jandiyning «Latofatnoma», Amiriyning «Dahnoma», Said Ahmad Mironshohning «Taashshuqnoma» asarlari yaratildi.
«Muhabbatnoma»ning asosiy mavzusi ishq, muhabbat, go‘zallik tasviridir. Bulardan tashqari, asarning quyidagi tuzilishi uning boshqa mavzuda yozganligining isbotidir.
Asardagi kirish qismi. Bu qism o‘z ichiga hamd, voqеa bayoni, ya’ni asarning yozilishi sababi va o‘rni. Muhammadxo’jabеkning madhi hamda so‘z boshi va voqеalar bayoni tarzida kеltirilgan 3ta o‘zbekcha, 1ta forsiy g‘azallarni o‘z ichiga oladi. Asarning asosini tashkil etadigan nomalar va ular bilan bog‘liq holda kеltirilgan soqiynoma tarzidagi kichik masnaviylar. Asarning xulosa qismi. Bu qism munojot, qit’a, xotimat-ul kitob va forsiy hikoyatni o‘z ichiga oladi.
«Muhabbatnoma» uning nomidan ham ko‘rinib turganidеk, muhabbat nomalaridan, oshiqning o‘z ma’shuqasiga yo‘llagan shе’riy maktublaridan iborat. Nomalarning 10 tasi bеvosita ma’shuqaga bag‘ishlangan bo‘lib, shu ruhda yozilgan bo‘lsa,bitta noma - ikkinchi maktub tong nasimiga murojaat tarzida yozilgan. Bu noma o‘z uslubiga ko‘ra boshqa qismlardan ajralib turadi. Bеvosita ma’shuqaga qaratilgan maktublarda mahbubaning tavsifi, va madhi yеtakchi o‘rin egallab, oshiqning shikoyati, kеchinmalari tasviri kam bo‘lsa, ikkinchi nomada bu jihat ancha kеng bеrilgan. Shoir oltinchi nomada shunday yozadi:
Ayo, bo’yi sanubar chеhrasi oy,
Quyosh yanlio‘ jamoling olamoroy.
O‘tursang, o‘lturur fitna, kеtar g‘am,
Agar qo‘psang, qiyomatlar qo‘par ham.
Sumantеk orazing guldur tikansiz
Manga do‘zax erur uchmoq sеnsiz.
Bilursizkim erur ayyomi foniy,
Nеchuk haddin oshirursiz jafoni.
Qachonkim shod esang, g‘amgina rahm et,
Agar sulton esang, miskina rahm et.
Suyurman ko‘zni sizni ko‘rmoq uchun,
Yururmеn еrda izni ko‘rmoq uchun.
Quling nе qilsin o‘z haddini taqsir,
Ko‘ngul bir, qibla bir, jonona ham bir,
Chеchaksеn, banda sayrar bulbulungdur,
Nеcha borincha Xorazmiy qulungdur.
Asarda har bir nomadan kеyin soqiynoma ruhida 3 baytli masnaviylar kеltirilgan. «Muhabbatnoma» sadoqatli oshiqning chuqur kеchinmalari, uning insoniy fazilatlari, pok muhabbati tasviridan iborat. Shoir oshiq kеchinmalarini, ishq tasvirini insonga xos muhabbat nuqtai nazaridan yoritadi. Lirik qahramon shunday dеydi:
O‘shul kunkim, sеni xoliq yaratti
Sеni dilbar, mеni oshiq yaratti.
Asarning boshidan oxirigacha asosiy tasvir ob’еkti bu ma’shuqa obrazidir. Shoirning barcha ta’rifu tavsifi uni madh etishga yo‘naltirilgan. U shunday dеydi: Shakardin totli so‘zli dilrabosеn,
Darig‘okim, chеchakdеk bеvafosеn.
Sеning yoding qilurmеn ko‘p g‘azalda,
Kim, erdim husnunga oshiq azalda.
Manga haddin oshirma bu jafoni,
Ko‘zungdin solma bu miskin gadoni.
«Muhabbatnoma»da oshiq obrazi asosan ma’shuqasiga yo‘llagan maktublari asosida namoyon bo‘ladi. U ishq, vafo, sadoqat, oshiqlik mas’uliyatini chuqur anglaydi. Mana uning fikri:
Jafodin ingramas bu yo‘lda ushshoq,
Vafodin javringiz ming qatla xushroq.
Evurman yuz, nеchakim kеlsa mеhnat,
Jafo sizdin, tao‘i bizdin muhabbat.
Ma’lumki, mavjud tadqiqotlarning aksariyatida «Muhabbatnoma» dunyoviy ruhdagi, undagi ishq esa hayotiy, insoniy ishq sifatida talqin etiladi. Bizningcha ham, asarda ushbu xususiyat yеtakchilik qiladi. Ammo adabiyotshunos olim Yo.Is’hoqov asardagi ba’zi baytlarga asoslanib, undagi ishqni ilohiy ishq tarzida talqin etadi. U shunday yozadi: «Asar tarkibidagi ayrim ishoralar bu asar mohiyatan tasavvuf ruhida ekanligini isbotlaydi. Quyidagi bayt esa uning tasavvufdagi e’tiqodini yanada aniqroq namoyon etadi:
Qadam dar nеhki dar ishqi majoziy,
Ba maqsudе rasi, gar pokboziy.
Mazmuni: Majoziy ishqqa qadam qo’y. Sеn agar pokravish bo‘lsang, haqiqiy maqsadga erishasan.
Bu satrlardan muallif ko‘zlagan asosiy maqsad, shubhasiz, ilohiy ishq... Xorazmiy bu masalada naqadar еtukligi, majoziy ishq uning uchun haqiqatga olib boradigan yo‘l ustidagi ko‘prik ekanligi agar xotimasi («iltimosin aytur»)dagi quyidagi baytdan ayon bo‘ladi:
Muni kim ishq birla bir o‘qig‘ay,
Haqiqat olamini munda bilg‘ay».
(Bu haqda qarang: Yo.Is’hoqov. «Naqshbandiya ta’limoti va o‘zbek adabiyoti". T.,2002. 21-bеt.)
Xorazmiyning asarida vasfi hol, Muhammadxo’jaga bag‘ishlangan qasida, may mavzusi ham yoritilgan.
May-shodlik timsoli, hijron azoblaridan qutilish vositasi sifatida talqin etiladi.
“ Hikoyat “ da bayon etilishicha , Xorazmiy bir necha Sharq mamlakatlariga sayohat qilgan , turli xalqlarning hayoti bilan tubdan tanishgan . Og’ir mashaqqatlarni o’z boshidan kechirgan . Jumladan uning shom safari shunday , o’zi bayon qilganidek bo’lgan edi .
Maro soleki ,so’yi shom shud ro’y ,
Base budam savora , bar saru poy
Aso dar dastu kashfe zerkash bud ,
Ba har holeki budam niz xush bud
Yake obam hamedodu yake , non ,
Chu zulfi dilbaron zavraq pareshon
Tavakkal kardam az daryo guzashtam ,
Zi sar to poy mulki rum gashtam
Ba Shomam bad az on dodand dastur ,
Giriftam rohi Shom az mulk tayfur
Rafiqe doshtam ozodae bud ,
Zavonu poku sayidzodae bud …
Ba ham bud obi hud shirin agar sho’r,
Sulaymone shuda hamkosayi mo’r …
Gahe bar gul , gahe bar xor budem ,
Hame dar , pasu dar ko’hzor budem .

Shoir bu misralarda o’zining shu safarda ko’zdan kechirganlarini bayon qilgan , ya’ni “ Menda Shomga safar qilish fikri tug’ilib , yo’lga chiqqan yili otliq ham bo’ldim , yayov ham yurdim . Qo’limda hassa , oyog’imda kovushim bor edi , qay holatda bo’lmayin , vaqtim xush edi . Birov suv berar , birov esa non berar edi , kema dilbarlar zulfidek parishon edi . Tavakkal qilib dengizdan o’tdim , Rum (Turkiya ) ni boshda oxir kezib chiqdim . So’ngra Shomga yo’llanma berdilar“ deydi . Shoir shu kabi mashaqqatlardan keyin asarni yozadi . “Muhabbatnoma “ ning arab tilidagi nusxasi unga ilova qilingan “Hikoyat “ bilan birga to’rt yuz yetmish uch baytdan iborat . “Muhabbatnoma “ hamd , shoirning Muhammadxo’ja bilan ko’rishganining bayoni , uch g’azal ( bittasi fors - tojik tilida ) , masnaviy , “ Muhammadxo’jabek madhi “ va “ Vasf-ul hol” dan iborat . Asarning asosiy qismini nomalar tashkil qiladi . Shoir boshda asarini o’n noma qilib yozmoqchi ekan , lekin oxirida asarga yana bir noma qo’shib , uni o’n bir nomadan iborat qiladi .


Bu yerga yetdi so’z ta’xir bo’ldi ,
Burun o’n dedim , u o’n bir bo’ldi .
O’n bir nomadan uchtasi : to’rtinchi , sakkizinchi va o’n birinchi nomalar fors – tojik tilida bo’lib qolgan sakkiz noma o’zbek tilidadir . Ko’pchilik nomalar masnaviy nomadan tashqari , g’azal va kichik saqiynomani ham o’z ichiga oladi .
( Birinchi nomadagi g’azal Xorazmiyning emas , balki Muhammadxo’janing g’azalidir ) . Asarning xotimasi “G’azal “ , “ Munojat “ , “Qit’a “ , “ Xotimat – ul kitob “ , “Hikoyat “ , va “ Iltimosin aytur “ qismlaridan iborat bo’lib , asar teksti bir fard bilan tugaydi .
“ Muhabbatnoma “ xilma – xil janrlardan : noma , masnaviy , g’azal , qit’a , madhiya va boshqalardan iborat .
Noma asarning yetakchi qismi bo’lib , unda shoir sevgilisining husn – jamolini tasvirlaydi , visol ishtiyoqi va hijron iztirobini kuylaydi va ko’pincha sabo orqali unga salom yo’llaydi . Masnaviy shoirning soqiyga murojat qilib aytgan she’ri bo’lib , uni soqiynoma deb ham atash mumkin .
Bu kichik she’rda shoir soqiydan may so’raydi , o’z qayg’u – alamini yengillashtirmoqchi bo’ladi va uni :
Sabrdan yaxshi yo’qtur nesha qilsam ,
Bu yo’lda sabr yo’q andesha qilsam .
naqaroti bilan tugallaydi .
Bu naqarot “ Muhabbatnoma “ning fors – tojik tilidagi masnaviylariga ilova qilgan .
Xorazmiy noma va masnaviy janrlarda ham qit’a va boshqa lirik janrlarda ham o’z san’atkorlik mahoratini ko’rsata olgan .
“ Muhabbatnoma “ o’z nomi bilan ham ishq – sevgi asaridir .
“ Muhabbatnoma “ dagi sevgi dunyoviy ahamiyatga ega bo’lib , u insonning insonga bo’lgan sevgisini kuylaydi , uni e’tirof qiladi , u insonni tarkidunyo qilishga emas , balki yashashga va hayotning qadr –qimmatini bilishga chaqiradi . Xorazmiyning “ Muhabbatoma “ sida diniy – mistik adabiyotga qarshi kurashda dunyoviy adabiyotning yutuqlari berilgan . “ Muhabbatnoma “ hayotni , hayot mahbubasini kuylaydi , uni jannat va jannat xurlaridan afzal qo’yadi .
Soching bir torina ming hur yetmas ,
Yuzingning nurina ming nur yetmas .
Agar bersa suyurg’ol haq taolo ,
Kerakmas sensizin firdavsi a’lo .
Yor ( inson ) hur – parilardan ham ko’rkli bo’lib hatto osmon farishtalari ham unga oshiq bo’ladilar .

Ko’ngilga jondin ortuqroq kerak sen ,


Pariyu hurdin ham ko’rkluroq sen,
Farishta ko’rsa bo’lgay , sizga moyil
Sizingdek kimda bor shakli shamoil
Shoir (oshiq ) jannat hurlaridan deb yoridan vos kechmaydi , u jannatda ham o’z yori bilan birga bo’lishni istaydi , yorsiz jannat uning ko’ziga do’zax bo’lib ko’rinadi.

Sumandek arazing guldir tikansiz


Menga do’zax erur uchmoq sensiz

Yorning husn – jamoli olamga quyoshdek nur taratadi.


Agar kun tug’masa ham , yoqtu qilg’ay ,


Yuzung nuri bu dunyoning saroyin.

Shunga ko’ra , quyosh hijolat bo’lib , butun tun bo’yi betiga chodir tortib oladi :


Zi sharmi ro’yi tu zurshidi xovar ,


Kashad dar sar zi shab to subh chodar.

Bihisht – lolazorning qizilligi ham yorning qizil chehrasi tufaylidir – “ Bihisht lolazor az g’ozayi tust …”


Yor Masihdek bemorlarga shifo , o’liklarga jon bag’ishlaydi . Shoir yorni Masihga o’xshatish bilan diniy – afsonaviy tushunchani targ’ib qilmaydi , balki Masihning “ qudrati” va “ mo’jizakor “ ligini oddiy insonga ko’chirib , tarkidunyochi shayx va zohidlar “ baxtsiz bir soya “ deb qaragan insonni himoya qiladi , uni ulug’laydi:
Qamuq ko’rkluklar uzra podshosen ,
Masih anfosliq , Yusufliqosen .

Yor shunchalik ko’rkam va dilraboki , uni ko’rgan tarso hatto sanamdan voz kechadi .


Seni ko’rsa kechar tarso sanamdan ,


Vujudqa kelmadim sendek adamdin .

Yor faqat husn – jamoli bilangina emas , balki aqli va donishmandligi hamda bilimi bilan ham go’zaldir .


Birlik bilmak ichinda javhariy sen ,
Vale husn ichra javhardin ariysen .

Bunday yor hatto Aflotunni ham maftun qilib , uning inou – ixtiyoridan ustun chiqadi :


Gar Aflotun sening ishqingga tushsa ,
Berur elga qamuq tadbiri royin .

Vafo , odamgarchilik va kambag’alparvarchilik fazilatlari yorning husniga husn qo’shadi . Shunga ko’ra , shoir unga shunday murojaat qiladi :


Bo’yung sarvi sanubartek , beling qil ,


Vafo qilg’on kishilarga vafo qil .
Chechak derman yuzingizga qamar ham ,
Xaloyiq sevganin xoliq sevar ham .
Qachonkim shod esang , g’amgina rahm et ,
Agar sulton esang , miskina rahm et .

Yorning yaxshi sifatlarini maqtab ardoqlagan shoir uning vafosizlik va iltifotsizlik kabi hislatlariga befarq qarab turolmaydi , uni qattiq qoralab , shikoyat qiladi . Xorazmiyning yordan shikoyat qilib aytgan so’zlari kengroq ijtimoiy mohiyatga ega bo’lib , yashagan muhitining adolatsizligiga qarshi ma’lum norozilik kayfiyatlarini ham ifodalaydi . Buni quyidagi misralarda ko’ramiz :


Ayit , mendinkim ul miskin erur , oh ,
Qachon engay gadoning evina shoh .

Biroq oshiq hijroni iztirobi va yor iltifotsizligi tufayli sevgisi va sevgilisidan vos kechmaydi , u vafo va sadoqatiga sodiq bo’lib qoladi :


Ko’ngulga o’zganing mehrin yovutdim ,
Yiroqlik birla men sizni unitdim .

Shoir umidsizlikka tushmaydi , yorining visoliga erishib , baxtga yetishiga ishonadi .


Erurman vaslinga doim talabgor ,
Nechakim tun uzun bo’lsa , tingi bor .
Topilg’ay maqsudim topkungdabori ,
Saodat qilsa Xorazmiyga yori ,
Og’ir uyquchi baxtim necha yotqay ,
Visoling mashriqidin ham tong otqay .
Shunday qilib , Xorazmiy “ Muhabbatnoma “ da dunyoviy sevgini kuylaydi. Husn – jamoli va aql –odobi bilan kishini maftun qiluvchi yorni ta’rif qiladi , sevgining zafq – shavqini , visol shodligi va hijron istirobini hassoslik bilan ta’riflaydi . Vafosiz va jafokor yorni tanqid qilib , yashagan muhitining ayrim illatlariga qarshi norozilik kayfiyatlarini ifodalaydi . U feodal – klerikal muhitning inson erkini toptagani haqida indamaydi . Xorazmiy ijodidagi bu ziddiyatlar u yashagan tarixiy sharoitning feodal saroy hayotining ta’siri va oqibati edi . “ Muhabbatnoma “ ning g’oyaviy ziddiyatlari Muhammadxo’ja madhi bilan yanada chuqurlashdi . Xorazmiynng aytishicha , Muhammadxo’ja bekkina emas , balki ma’rifatparvar va qobiliyatli shoir ham bo’lgan . Biroq Xorazmiy o’z madhiyasida uning bu hususiyati haqida to’xtalmaydi . Balki uni feodal zodagon sifatida madh qilad.Lekin shoir o’ziga qarshi borib , Muhammadxo’jani iloji boricha maqtaydi. “ Muhabbatnoma “da saroydagi ishratparasylik ham o’z o’rnini topadi . Buni asarning “ Vasful – xol “ qismida ko’rish mumkin . Shoir Muhammadxo’jaga shunday murojat qiladi :
Yigitsan , boda ichgil , nuql oshogil ,
Bu kundin so’ng yuz ellik yil yashagil .
Kim asru bevafodur bu zamona ,
Jahon qolmas kishiga jovidona .
Feodal – klerikal mafkura va saroy muhiti shoirning badiiy ijodiga salbiy ta’sir qilib , undagi g’oyaviy qarama – qarshiliklarni chuqurlashtirdi , sevgi , sadoqat , insonparvarlik , ezgu hulq – odobi kuylagan shoir feodal zodagonlarni hamda reaksion kayfiyatlar ta’siriga berilgan shoir o’rtasida katta kurash bordi . Bunda progressiv shoir g’olib chiqdi . U zodagonlarni yaxshilikka yo’llash mumkin deb o’yladi , el- yurtni unitmadi . Shoir Muhammadxo’jani madh eta turib :
Ulusga rahm etib g’amxo’r bo’lg’il ,
Hamesha shodu barxurdor bo’lg’il
misralarni keltirib o’tadi .
Aynan “ Muhabbatnoma “ ning o’zidan parcha keltirish o’rinlidir .Bunda ya’ni bu paytda Muhammadxo’ja madhi kuylangan .

Tun oqshom kim ko’rindi bayram oyi ,


Muhammadxo’jabek davlat humoyi .
Buyurdi urga shodirvon uruldi ,
Qadal kelturdilar majlis qurildi .
Husayni pardasi uzra tuzub soz ,
Mug’anniy bu g’azalni qildi og’az.

G’azal


Chi mahroye tu ey sarvi sarafroz ,
Ki memonand ba ro’yat guldahan boz.
Ba todi qomatat mebo’zamash pay ,
Niholerohi mebinam sarafroz
Badon monad turo dur dar banogo’sh
Ki gardad zuhra bo xurshid hamroz ,
Xati gardad birezad jadi mushkin
Chu to’tibachchai dar changali boz .
Chi monand bo labot har lalu yoqut ,
Na dar har xotame meboshad ejoz
Tu bo mo to tavone noz mekun ,
Ki xush boshad zi yori nozanin noz .
Hamand afhan chu zulfat hindue nest
Chu chashmat tez turki novak andoz
Tu sultoni sariri mulki husni ,
Ba mo bechoragon goh goh pardoz .
Guliston hay buvad xoli zi bulbul ,
Jamoli ro’yi xubon be nazar bor .
Xusho rozeki , Xorazmiy bimolad ,
Qadamhoi turo bar diydaho boz .

Bayoni voqein aytur:


Tabassum qildi aydi , “ Ey faloni “
Kelturgil bizga loyiq armug’oni
Ko’ngil bahrinda ko’p gavharlaring bor
Ochunda porsi daftarlaring bor ,
Muhabbat dardini ko’plardan o’ttung .
Shakartek til bila olamni tutting
Tilarman kim bizing til birla paydo
Kitobi aylasang bu qish qotimda .
Kim ush yeltek kecha ayyomi foniy ,
Jahonda qolsa bizdin armug’oni .
Qabul qildim yor o’ptim aydin ,ey shoh
Eshiking tuprog’i davlatli dargoh .
Kuchum yetmishcha ko’p xizmat qilayin
Jahonga neki otingni yoyayin ,
Bu kun tongqa tekin may no’sh qilg’in
Badiha bu g’azalni go’sh qilg’in .
G’azal
Yuzingda ko’rdim , ey jon bayram oyin ,
Muning shukronasi qurbon bo’layin .
Agar kun tug’masa ham yoqti qilg’ay
Yuzing nuri bu dunyoning saroyin .
Gar Aflotun sening ishqingga tushsa ,
Berur elga qamuq tadbiru royin .
Shakartek til bila etar to’ti tilingiz ,
Necha ko’p sayr etar jonlar humoyin .
Saodat birla baxt ikisi bichti,
Bo’yingizga latofatning buqoyin .
Ijozat bersangiz tong yoqtusidek ,
Jahong’a husningiz jovin yoyayin.
Siza teb keldi , Xorazmiyni asrang ,
Kim asrarlar qamuq shahlar gadoyin .
Masnaviy
Davisqincha g’azal shoh go’sh qildi ,
Mango xilat kiyurub go’sh tutti .
Bir oz kechti dog’i majlis isindi ,
Qadah jovrildi – yu , may boshqa mindi .
Yana fursat bila bo’ldim mahalni ,
O’qudim xizmatingda bu g’azalni .
G’azal
Yaratqon kim tan ichra jon yaratti ,
Seni ko’rkluklar uzra xon yaratdi.
Quyosh yanglig’ yuzingizni yorutdi ,
Falaktek bizni sargardon yaratdi .
Xaloyiq qiblasi bo’ldi jamoling ,
O’shal kunkim seni yozdan yaratdi .
Tulun oy tabiya sarv uzra qildi ,
Meni ul surata hayron yaratdi .
Quyoshtek davlating tobanda bo’lsun,
Eshigingda yeti ko’k banda bo’lsun

Mazkur baytda Xorazmiy jahon hukmdoriga chin dildan tilak tilarkan, uning davlatini quyoshdek porloq bo’lishini istaydi. Bunda “davlat” oltin’ kumush singari moddiy boyliklar bilan bir qatorda, tabiiyki ,mamlakat ma’nosida ham qo’llaniladi. Baytdagi o’xshatish va o’xshatilmish (davlat va moddiyat ) o’rtasidagi o’zaro munosiblik ularning porloqligidadir. Shu bilan birga baytda quyoshning qiyomatgacha nur sochib turishiga ham ishora qilinadi va keyingi misradagi “yeti ko’k “ birikmasini qo’llashda ijodkor uchun ana o’sha quyosh timsoli imkoniyat bergan.


“Muhabbatnoma” aruzning hazaji musaddasi mahzuf ( mafoiylun, mafoiylun, faulun ) vaznida bitilgan. Undagi o’ziga xos ohang , badiiy ifodaning nafis nazokati Xorazmiyning yuksak iste’dod egasi ekanligini tasdiqlaydi.
X U L O S A .
Xulosa qilib aytganimizda, Xorazmiy o’z badiiy mahorati bilan mumtoz adabiyotimiz tarixidan alohida o’rin egallagan . Xorazmiyning adabiyotimiz tarixida yaratgan muhim yangiliklaridan biri birinchi marta noma janri asosida “Muhabbatnoma “asarini yaratib , adabiyotimizda chuqur iz qoldirgan .
Bu asarning inson uchun tarbiyaviy ahamiyati shundaki , bunda adolat , sevgi , sadoqat , insof , diyonat kabi insoniy tuyg’ular g’oya qilib olingan .
Shu davrdagi shohlarni adolatga chaqirgan . Shu bilan birga mehnatkash xalqni ham kuylagan .
Bu mavzuda faqatgina bu asar emas , balki boshqa yirik shoirlarning ham asarlari yetib kelgan .
Xorazmiyning mazkur “Muhabbatnoma “ asari esa o’zining yuksak badiiy saviyasi ,timsollar olami va g’oya ko’lami jihatidan o’sha davr uchun ,nafaqat o’sha davr uchun ,balki bugungi davr uchun ham o’zining badiiy qimmatini yo’qotmagan holda noyob durdona asar bo’lib kelmoqda va shunday bo’lib qoladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1) Xorazmiy “Muhabbatnoma “ asari


2) Mallayev “ O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi“
3) “ Muborak maktublar “ Toshkent 1987 – yil
4) “ O’zbek mumtoz adabiyoti “ Rahim Vohidov , Husniddin Eshonqulov .
5) Adabiyot I – kurs o’quv-uslubiy qo’llanma, B.To’xliyev.
6) Adabiyot 8-sinf uchun darslik – majmua, S.Olim ,S.Ahmedov ,
R .Qo’chqorov. Toshkent-2010.
7)Vохidоv. R. XV asrning ikkinchi yarmi, XV asrning bоshlfhida o`zbеk va tоjik shе’riyati. Tоshkеnt, "Fan", 1983,143-bеt.
8)Mallaеv N. O`zbеk adabiyot i tariхi. Tоshkеnt: "O`qituvchi" 1976.

9) Navоiyning nigоhi tushgan. Tоshkеnt. G`.G`ulоm nоmidagi Adabiyot va san’at nashriYoti, 1986



10)Хоrazmiy. Muhabbatnоma. Tоshkеnt, 1959.


11)O`zbеk adabiyoti tariхi 5 tоmlik. Tоshkеnt, 1977. 236-bеtlar. 
12)Yusuf Amiriy “Dahnoma” Muborak maktublar. Toshkent, 1987.

13)Sayyid Qosimiy “ Masnaviylar majmuasi” Toshkent “Fan”, 1992.


14)Qosimhonov Bobohon. Sayyid Qosimiyning adabiy –didaktik dostonlari.


Toshkent, “Fan”, 1987.




Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish