UrDU Filologiya fakulteti
o`zbek tili ta`lim yo`nalishi
206-guruh talabasi
Yusupova Hulkaroyning
"Navoiyshunoslik "fanidan
Mavzu:"Hayrat ul-abror"dan 10baytning ritmik xususiyatini o'rganish Reja: 1."Hayrat ul-abror"dostonining badiiy xususiyati 2.Dostondagi boblar tahlili 3.Dostonning ritmik xususiyatlari
Hayrat ul-abror (oʻzbekcha: Yaxshi kishilarning hayratlanishi) — Alisher Navoiy qalamiga mansub "Xamsa"ning birinchi dostoni (1483) boʻlib, pand-nasihat ruhidagi taʼlimiy-axloqiy, falsafiy doston. 3,988 baytdan iborat boʻlib, 64 bob, 20 maqolatdan tashkil topgan. Aruzning sareʼ bahrida yozilgan. Asar anʼanaviy muqaddima — hamd va naʼt bilan boshlanadi. Navoiyning dunyo haqidagi qarashlari mana shu muqaddimada oʻz aksini topgan. Uningcha, dunyoning boshi ham, oxiri ham, yaratuvchi ham, kuzatuvchi ham Allohdir: Avval oʻzung, mobayn oʻzung, Barchaga xoliq, boriga ayn oʻzung.
Asarda shoir Alloh, borliq, inson haqida shunday fikrlaydi: bir vaqtlar bu jahon pinhon (yashirin) edi. Na yer, na koʻk, na kun, na tun — hech narsa yoʻq edi. Sendan boshqa hech kim, hech narsa yoʻq edi. Nozir ham, manzur ham oʻzing eding. Ishqingdan mast, husningdan masrur eding , husning jilvasiga cheku chegara yoʻq edi. Senga koʻzgu kerak boʻldi va shu maqsad bilan dunyo maydonga keldi. Demak, dunyo sening jamolingga oynadir. Sen dunyoni gʻoyat goʻzal (latif) qilib yaratding, lekin hammasidan insonni ulugʻ (sharif) aylading. Binobarin, Alloh har narsadan ulugʻ va yaqin tutgan inson ham tabiatning, ham jamiyatning gultojidir. Navoiy dunyoni Allohning namoyon boʻlishidir, deb biladi. Inson esa uning markaziy siymosi.
2 bob ustozlar taʼrifiga bagʻishlangan, 2 bob soʻz va undagi maʼno haqida. Soʻng Husayn Boyqaroga, ulugʻ pirlar: Bahouddin Naqshband, Xoja Ahrorga bagʻishlovlar keladi. Nihoyat, 22-bobdan maqolatlar boshlanadi. 1-maqolat iymon, 2-maqolat islom, 3-maqolat shohlar haqida. Unda shoir bevosita shohga murojaat qiladi: "Ey, dabdabasi olamni tutgan sulton, senga haq hukmfarmolik berdi, qoʻlingni baland qilib, el-xalqni, ne-ne buyuklarni qoshingda past etdi. Lekin shuni bilki, sen ham ularning koʻpidan ojizroq bir bandasan... Haq senga vazifa topshirgan.
Birinchi vazifa — bergan neʼmatiga shukr qilmoq, ikkinchisi — xalqni xurram tutmoq, haqini haqlab bermoq, asramoq. U senga omonat berilgan. Agar sen elning bir siniq ignasini tortib olsang , oxiratda olmos xanjar boʻlib, bagʻringga qadaladi. Ingichka bir ip kabi zarar yetkazgan boʻlsang, uni seni halok qiluvchi ilon deb bilaver... Beayb Parvardigor, lekin ayb qildingmi, tavba qil. Adolatsizlik qildingmi, adolat qil". Shu tariqa har bir maqolat bir mavzuga bagʻishlangan. Shoir dastlab mavzu bilan tanishtiradi. Unga munosabat bildiradi, yaʼni tasdiq yo inkor etadi, ayni mavzuga munosib biror ibratli hikoya keltiradi.
Navoiy dostonda umr, uning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson munosabatlariga doir savollar qoʻyadi va keyingi dostonlarda muayyan taqdirlar, voqealar misolida ularga javob beradi. Dostonda oʻsha davr ijtimoiy turmushi, xalq hayoti, urf-odatlari, din-diyonat, axloq-odob haqidagi qarashlar oʻz ifodasini topgan.
Navoiy asarlariga qiziqish, kompozitsion jihatlari, obrazlar tizimi, gʻoyalarini oʻrganish, shoir mahorati va ilmiy faoliyatini tadqiq qilish, sheʼriy asarlarining mukammal nasriy matnini yaratish borasidagi izlanishlar turli davr adabiyotshunosligining dolzarb vazifasi hisoblangan. Shu jumladan, “Hayrat ul-abror” dostonini oʻrganish ham oʻtgan asrning boshlaridan bir qator adabiyotshunos olimlarning diqqat markazida turgan. Jumladan, Maqsud Shayxzoda va Oybekning “Hayrat ul-abror” dostoni, undagi dolzarb masalalar tadqiqiga bagʻishlangan ilmiy ishlari bugungi kun adabiyotshunosligining gʻoyat qimmatli materialidir. Ayniqsa, “Hayrat ul-abror”ning ilmiy-tanqidiy matni borasida adabiyotshunoslar S. Muttalibov va Porso Shamsiyevlarning ilmiy tadqiqotlari ahamiyatga molik. Bundan tashqari, Abduqodir Hayitmetov (dostonning nasriy bayoni matnini tayyorlagan), Najmiddin Komilov, Abdurashid Abdugʻofurov, Ibrohim Haqqulov va boshqa bir qator olimlar ijodida “Hayrat ul-abror” va unda insoniylik masalalarining tasvirlanishi, badiiy tasvir vositalari, obrazlar tizimi, muallifning timsol qoʻllashdagi mahorati, mohirlik bilan ochib berilgan.[1]
“Komil inson” tushunchasi borasida Navoiyning oʻz mezoni bor. Navoiy idealidagi komil inson – iymonli, xalqqa nafi tegadigan, xalq gʻami bilan yashaydigan, hunarli, kamtarin, vafoli, qanoatli, bir soʻz bilan aytganda, barcha insoniy xislatlarni oʻzida mujassamlashtirgan shaxs. Haqiqiy insonga xos boʻlgan fazilatlardan yana biri bu – rostlik, toʻgʻrilikdir. Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonida mazkur mavzu tadqiqiga alohida maqolat bagʻishlaydi; rostlik, toʻgʻrilik hamda yolgʻonchilik, egrilik masalalariga keng toʻxtaladi.
Navoiy toʻgʻrilikni bir necha qirralarda koʻradi:
Birinchidan, koʻz yoki nazar toʻgʻriligi. Navoiy fikricha “Rostdur ul kim, nazari toʻgʻridur”. Egri koʻzning odatini esa, birni ikki koʻrish, vaziyatni notoʻgʻri baholashdir, deya eʼtirof etadi:
Koʻzki erur egri aning xilqati,
Birni iki koʻrmak erur sanʼati.
Shoir mazkur fikrlarini dostonning oʻn uchinchi maqolatida ham davom ettiradi. Jamiyatda shunday insonlar ham borki, bunday kishilarning fikri, xayollari buzuq. Nazari egri bunday kimsalarning koʻziga oddiy tosh – laʼl, sadafning siniqlari – inju, arqon – ilon va oddiy igna – nayza singari koʻrinadi:
Laʼl hisobida tutar xorani,
Inju sonar borcha sadaf porani.
Ham koʻrinur igna sinoncha anga,
Ham bilinur rishta yiloncha anga.
Birovning dasturxonidagi “qursi patir” (yumaloq patir)ni osmondagi “badri munir”(toʻlin oy), deb boʻrttiradi. Biroq ular atrofdagi hodisotlarni shunchaki notoʻgʻri koʻrish bilan kifoyalanmaydi. Balki, shu egri qarash orqali atrofidagi toʻgʻri insonlarga nisbatan hasad nigohini shakllantirgan:
Boʻlsa ilik egrilik ichra samar,
El ani kesmakda tuz etgay magar.
Bir oʻrinda oʻgʻriga “qoʻlini kesish” orqali beriladigan jazoni loyiq koʻrgan shoir bir oʻrinda afv etish, gunohlaridan oʻtish orqali ham uning zimiston qalbini maʼrifat yogʻdusi ila ravshan qilish mumkinligini uqtiradi va bunday yuksak vazifani dostonning oʻn uchinchi maqolatida marhamatli Ayyub zimmasiga yuklaydi. Shoir eʼtiroficha, aslida, oʻgʻri ham jamiyatning aʼzosi. Uzoq yillar davomida xalqqa maʼnaviy madadkor boʻlib kelgan Navoiy oʻgʻriga har doim qattiq jazoni loyiq koʻrishi mumkin emas edi. Oʻgʻrini kechira bilish ham oʻgʻri shaxsiyatidagi mudrab yotgan toʻgʻrilik xislatlarini uygʻotishi, uni rostlik vodiysiga muyassar aylashi mumkin
Uchinchidan, til rostligi, toʻgʻriligi. “Til pokligi, avvalo, inson lisoni – nutqining ezgu, olijanob niyat, komil, nuktadon fikrlar, shoirona lutf – fasohatli soʻz bilan ziynatlangan, yolgʻon, riyo va qalloblikning turfa koʻrinishlaridan xoli boʻlgan, toʻgʻri, mantiqli va tamizli xususiyatlaridan dalolat beradi”.[3] Navoiy talqinicha, faqat nazmdagi yolgʻon (mubolagʻa)ni tushunish, kechirish mumkin. Aslida, “soʻz aro yolgʻon kibi yoʻq nopisand”. Navoiyning toʻgʻrilik dunyosiga intilayotganlarga koʻrsatgan ikki yoʻlining birinchisi – insonning soʻzi toʻgʻri boʻlishi lozimligi. Til toʻgʻriligi, rostgoʻylik – komil shaxs uchun muhim xususiyat. Bu xususiyatni oʻzida aks ettirolmagan inson – yolgʻonchi. Navoiyning yolgʻonchilarga munosabati aniq: ularni hattoki musulmon sanamaslik kerakligini aytadi:
“Hayrat ul-abror”ning oʻninchi maqolatida yolgʻonchilikning fojiali yakunini kitobxonga teranroq anglatish uchun shoir dostonga “Sher va durroj” hikoyatini kiritadi. Durroj doʻstlikning shartlariga sodiq qolmadi: doʻstini aldadi, uning soʻzlariga quloq osmadi. Hayotining eng mushkul nuqtasi – ovchining tuzogʻiga tushganida “hamdamu hamrozi” sherning yordamga yetib kelmasligi va hayotining fojia bilan nihoya topishiga sababchi qilib shoir durroj shaxsiyatidagi egrilik, xususan, yolgʻonchilik illatini koʻrsatadi.
Navoiyning rostlik, toʻgʻrilik borasidagi fikrlarini koʻzdan kechirishda, Navoiy borliqda toʻgʻrilik uchun timsol tanlayotganda unga aks holatda turuvchi egrilik timsollarini ham eʼtibordan chetda qoldirmaganiga guvoh boʻldik. Toʻgʻriligi tufayli doim “sarbaland” nayzaga chirmash, egri boʻlgani uchun boʻyni bogʻlogʻliq arqon; soʻfiylar marhamatiga erishgan nay timsoliga qulogʻi burab sozlanadigan chang; qorongʻilikni munavvar etib “bazm mahbubasi”ga aylangan shamga egri uchishi tufayli umrning halokatli yakuni nasib etuvchi parvona yoki borliqni yoritsa-da, egriligi uchun yerning tagidan panoh topguvchi yashin; xazon kulfatidan mosuvo doim yashnoq sarv timsoliga chirmash oʻsgani tufayli yuzi qaro sunbul va h. k. Mazkur timsollarning barchasi jonli, qiziqarli va shoir badiiy mahoratining yorqin namunasidir.
Shoirning tengsiz badiiy mahorati, “Xamsa” asari, xususan, “Hayrat ul-abror” dostonini yozishda toʻplagan uzoq yillik boy tajribalari, boshqa ijodkorlarda kam uchraydigan noyob fikr va xulosalarning koʻpligi, badiiy tasvir vositalaridan mohirona foydalanganligi, keng auditoriya istagini birdek inobatga olganligi, tabiatda, kundalik hayotda uchraydigan oddiy, xalqona timsol va detallardan mahorat bilan foydalanganligi shoir asarlarining taʼsir kuchini oshirib, xalqimizda asrlar osha sevib oʻqilishiga sabab boʻlmoqda.
E'tibor uchun
rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |