Davlatning bosh islohotchiligi: davlat iqtisodiy o’zgarishlarning
tashabbuskori va bosh islohotchisidir.
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishda davlat bosh islohotchi,
iqtisodiy qayta ko’rishlarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqdi.
«Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlat bosh islohotchi bo’lishi.
iqtisodiyot va mjtimoiy turmushning hamma sohalarini o’zgartirish rejalarini tuzib,
uni izchillik bilan amalga oshirishi zarur»
32
, - deb ta’kidlaydi O’zbekistan
Prezidenti Islom Karimov.
Nima uchun bu o’ta mas’uliyatli tarixiy vazifa aynan davlatning zimmasiga
yuklatildi? Chunki mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish va ayni paytda bozor
munosabatlariga o’tish boshlanganida mamlakatimizda davlatdan ko’ra qudratliroq
kuch, tizim yo’q edi. Jamiyat barcha azolarining iqtisodiy imkoniyatlari deyarli bir
xil, boshlang’ich darajada bo’lgan. Bozor islohotlarining takdirini, ayrim
davlatlarda bo’lgani kabi, davlat korporasiyalari qo’liga topshirib qo’yib ham
bo’lmasdi.
Xorijda kuchli diaspora va sahiy homiylarimiz ham yo’q. Boz ustiga bozorga
o’tishning «shok terapiyasidan» farqli o’laroq, bosqisma-bosqich amalga
oshiriladigan ijtimoiy yo’naltirilgan modeli tanlandi. Bunday sharoitda aholining,
ayniqsa uning kam ta’minlangan qismi manfaatlarini qayta taqsimlash mexanizmi
orqali faqat davlatgina himoya qila olishi mumkin. Shu bois davlatning kuch-
qudratidan, boy imkoniyatlaridan foydalanmaslik keyinchalik to’g’rilab bo’lmas
xatolarga olib kelishi tayin edi. Prezidentimiz tomonidan ushbu yo’l yagona va
to’g’ri yo’l deb tanlandi. Davlat bizda azaldan qudratli kuch, boshqarish vositasi
bo’lib kelgan. Islohotlardan oldin barcha mulk obyektlarining 90 foizdan
ziyodrog’i davlat tasarrufida edi. Qayd etish lozimki, barcha mamlakatlarda
iqtisodiyotning samarali faoliyat yuritishida davlat, uning muassasalari va tarkibiy
tuzilmalarining o’rni bor. Buni hyech kim inkor etmaydi. Lekin bozor o’zini o’zi
boshqara oladigan tizim, munosabatlar silsilasi. Bunday sharoitda davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi yoki iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi
qanday nisbatda, darajada bo’lishi kerak? Buning aniq bir mezoni yoki ko’rsatkichi
bormi? Bu - juda nozik masala.
O’tgan asr davomida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining turli bosqichlarida
ba’zan bozor qonuniyatlari, ba’zan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
usullari ustuvorlik qilib keldi. 1940-70 yillarda iqtisodiy jarayonlarыi boshqarish
va tartibga solishda davlatning rolini kuchaytirish konsepsiyasi ustunlik qilgan
bo’lsa, 1980-90-yillarda iqtisodiyotni bozor tomonidan tartibga solishning
cheklanmagan imkoniyatlari konsepsiyasini ilgari suruvchi monetarizm va neo-
liberalizm nazariyalarining mavqyei oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |