Qonun ustuvorligini ta’minlash.
O’zbek modelining yana bir harakterli
tamoyili qonun ustuvorligini yoki ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining
huquqiy asoslarini ta’minlash bilan bog’liqdir. Chunki bozor munosabatlarining
o’ziga xos qonun va qoidalari bo’lishi tabiiy. Xorijda bunday tartib va qoidalar bir
necha yuz yillar mobaynida shakllanib, takomillashib kelgan. Ularni inkor etish
yoki mensimaslik - xato. Global iqtisodiyotga integrasiyalashuv ham aynan shuni -
ularga rioya etishni talab qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek,
«ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining qonunchilik asosini yaratish - bu
faqat o’tish davrining majburiy shartigina bo’lib kolmay, balki huquqiy davlatni
barpo etishning o’ziga xos xususiyati hamdir». Bu xulosadan ko’rinib turibdiki,
bozorga o’tish sharoitida xo’jalik yuritishning muayyan yo’nalishlarini tartibga
solish bo’yicha qabul qilinadigan qonunlar qisqa muddatga yoki tor sohalar bilan
cheklanib qolmasdan, uzoq muddatlarga muljallangan jamiyat hayotining barcha
jihatlarini huquqiy ta’minlashga qaratilgan bo’lishi lozim. Ayni paytda
Prezidentimiz qonunlar xayotiy, amaliyot bilan uzviy bog’liq bo’lishi va undan
kelib chiqmog’i, qonun xujjatlarining bevosita ta’sir kuchi shunga muvofiq
fukarolarning ham huquqiy madaniyati yuqori bo’lishi lozimligini ta’kidlaydi.
«Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy
munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha katnashchilari esa
xech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo’ladi».
39
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 53-moddasida «Bozor
munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini
xilma-xil shakldagi mulk tashkil etadi. Davlat ... barcha mulk shakllarining teng
huquqligini va huquqiy jixatdan bab-barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxleiz va davlat himoyasidadir»
40
deb
mustaxkamlab qo’yilgan. O’zbekistonda «Yer, yer osti boyliklari, suv, usimlik va
hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir».
41
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirishni
huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlash maqsadida «O’zbekiston Respublikasida
mulkchilik to’g’risida» (1990), «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtrish
to’g’risida»gi
(1991)
O’zbekiston
Respublikasi
qonunlari,
Vazirlar
Maxkamasining «Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, davlat savdo
va umumiy ovqatlanish korxona va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishni tashkil etishning chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori va boshqa
qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
39
Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 321-бет
40
Узбекистон Республикаси Конституцияси. - Т., «Ўзбекистон», 2003, 11-бет.
41
Ўша жойда. 12-бет
29
«Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida»
(1996), «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida» (1996), «Tabiiy
monopoliyalar to’g’risida»gi (1997) qonunlar mamlakatimizda raqobat muhitini ri-
vojlantirish, bozorlarda monopolistik holatlarning oldini olishda huquqiy asos
bo’lib xizmat qilayotir.
Tadbirkorlik faoliyatining qonuniy asoslarini yaratish va takomillashtirish
maqsadida 1995 yilda «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni
rag’batlantirish to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. 1997-1999 yillarda esa
«Xo’jalik yurituvchi subyektlarni davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida»,
«Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari to’g’risida», «Tadbirkorlik
va tadbirkorlar faoliyatini kafolatlash to’g’risida»gi qonunlar qabul qilindi. 2000
yilda «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi qonunning
qabul
qilinishi
ham
tadbirkorlik
faoliyatining
yanada
kengayishi
va
mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Qonun ustuvor bo’lmagan joyda korrupsiya va boqimandalik, o’g’irlik
yulg’ichlik g’aznani talash, tayyorga ayyorlik kabi jamiyat me’yoriy holatiga zid
illatlar tomir otadi. Shular orasida bir qarashda oddiy, beozor tuyuladigan
boqimandalikning ham xavfi juda katta.
Boqimandalik, o’zining lug’aviy ma’nosiga ko’ra, birovning qaramog’ida
bo’lish, birovga boqimlik, nonxurlik, qaramlikni bildiradi.
Xo’sh, u qanday va qayerdan paydo bo’ladi?
Haddan tashqari markazlashgan reja va qat’iy taqsimot hukmron jamiyatda
boqimandalik uchun iqtisodiy va ijtimoiy sharoit mavjud bo’ladi. Buni sobiq
ittifoq misolida ko’rish mumkin. Chunki, moddiy ne’matlar ularni ishlab chiqarish
uchun sarflangan mehnatga muvofiq emas, sun’iy ravishda taqsimlash vositalari
orqali bir xil, ya’ni hammaga teng bo’linar va iste’mol etilardi. O’tgan 70 yildan
ko’prok davr mobaynida bunday kayfiyat ("Bersang - yeyman, ursang - ulaman!")
kishilarning ongiga chuqur singib ulgurdi. Shuning uchun bunday kayfiyatdan
qutulish tez va oson kechmaydi. Jamiyatni boqimandalik kayfiyatidan batamom
forig’ etish mulkka egalik ko’nikmalarini to’la shakllantirish kabi muayyan davr,
targ’ibot-tushuntirish, uqitish-o’rgatish ishlarini talab qildi.
Albatta, hyech bir jamiyat boqimandalik rivoj topishidan manfaatdor emas.
Lekin, shunga qaramay, u turli shakllarda zoxir bo’ladi.
Avvalo, boqimandalikning uch turini bir-biridan farqlash kerak. Birinchisi,
eng oddiy, maishiy shaklda namoyon bo’ladi. Hyech qayerda ishlamaydigan,
hyech kimga nafi tegmaydigan, birovlar mehnatining natijasini o’zlashtirishni odat
qilgan, boshqalar hisobiga kun o’tkazib yuradiganlar shular jumlasidandir.
42
Boqimandalikning ikkinchi turiga, uning yasama, soxta shakli kiradi.
Masalan, sho’ro zamonida «og’alar»ning boshqa respublikalar aholini
boqimandalikda ayblashi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan edi. Go’yo milliy
respublikalar o’zlarini o’zlari boqa olmaydi, shuning uchun milliy byudjet
42
Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 133-134 бетлар
30
taqchilligini to’ldirish maqsadida umumittifoq byudjetidan dotasiya oladi, markaz
boshqa o’lkalar uchun donorlik vazifasini bajaradi. Milliy respublikalar esa,
aksincha, o’zlarini «umumiy qozon»ga ko’p ulush qo’shgan-u, ammo
«cho’mich»da qoqilgan hisoblardi. Aslida yagona xalq xo’jaligi kompleksi deb
atalgan xalqlar va milliy tuzilmalar konglomeratiga kim qancha bergani-yu, undan
qancha olganini aniq aytish qiyin edi. Qizg’in baxslar natijasi o’laroq respublika
xo’jalik hisobi tushunchasi paydo bo’ldi. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar ham o’z
xo’jalik hisobini tashkil etishga kirishib ketdi. Biroq ular biron-bir amaliy natija
bermadi. Boshqacha bo’lishi ham mumkin emasdi. Bu boradagi baxs va
extiroslarga SSSRning barham topishi, milliy respublikalar o’z davlat
suverenitetini o’rnatishi, bozor munosabatlariga o’tish nuqta qo’ydi.
Boqimandalikning uchinchi shakli ancha uyushgan va takomillashgan. Unga
qarshi samarali ko’rash olib borilmasa, jamiyatga juda katta iqtisodiy va ma’naviy
zarar yetkazadi. Odatda u davlat, o’rta va quyi bo’g’inlarda yaratilgan moddiy
ne’matlarni, resurslarni taqsimlash jarayonida sodir bo’ladi. To’g’ri, bozor
iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan moddiy-texnika ta’minoti, fondlarni
taqsimlash, har xil limitlarni ajratish kabi mexanizmlarga barham berildi. Ammo
xali ham turli xil darajalarda markazlashgan pul resurslarini shakllantirish va
ulardan foydalanish institutlari mavjud. Xuddi ana shu joyda boqimandalik uchun
imkoniyat vujudga kelishi mumkin.
Markazlashgan pul resurslarini shakllantirish va undan foydalanishning eng
muhim quroli davlat byudjeti va maxalliy byudjetlardir. Byudjet daromadlari,
asosan, soliqlardan hosil bo’ladi. Uning kichik bir qismi bojxona bojlari va resurs
to’lovlari hisobiga to’g’ri keladi. Bevosita aholi daromadlaridan undiriladigan
soliqlar hisobiga ham davlat byudjeti daromadlari shakllanadi. Mamlakatimizda
korxona daromadlari va aholi daromadlaridan bevosita undiriladigan soliqlar
sezilarli darajada o’sganligiga qaramasdan, ularning yalpi ulushi byudjet
daromadlarining 40 foizga yaqinini tashkil etadi, xolos. Bilvosita soliqlar (asosan,
aksiz va qo’shimcha qiymat soliqlari) miqdori biroz pasaygan bo’lsada, byudjet
daromadlarida ularning hissasi baland - qariyb 50 foizga teng.
Davlat o’zi beradigan ayrim xizmatlarga haq to’lash, iqtisodiyotda harajallar
darajasini nazorat qilish, daromadlarni taqsimlashdagi tengsizlikni bartaraf etish,
mamlakat sanoatini chet ellik raqobatchilardan himoyalash va boshqa maqsadlarda
soliq undiriladi. Agar davlat u yoki bu turdagi mahsulot ishlab chiqarishni (tamaki,
aroq) kamaytirishni xoxlasa, unga ko’proq soliq belgilaydi.
Iqtisodiyotni moliyalashtirishga ketadigan byudjet harajatlari hissasi barcha
byudjet harajatlarining 50 foizdan ziyodrog’ini tashkil etmoqda. Byudjet
harajatlarida ijtimoiy-madaniy tadbirlarning ulushi - 45,3 foiz.
Davlat hamma vaqt davlag byudjeti daromad va harajat qismlarining
muvozanatda bo’lishidan manfaatdor. Agar byudjetning daromad qismidan
harajati oshib ketsa, passiv byudjet balansi vujudga keladi. Bu - davlat byudjeti
taqchilligiga olib keladi. 1995 yili mamlakatimizda davlat byudjeti taqchilligi yalpi
ichki mahsulotning 2,8 foiziga teng edi. Necha yillardan beri faol byudjet balansi
amal qilib kelmoqda.
31
Pul resurelaridan foydalanishni tashkil etishning davlat va mahalliy
byudjetlaridan tashqari yana boshqa shakllari ham mavjud. Davlat sug’urta fondi,
davlat bandlik, salomatlik, "Sog’lom avlod uchun‖ fondlari va boshqalar shular
sirasiga kiradi. Ular davlat byudjeti mablag’larining harakatchanligini oshirishga,
zarur bo’lganda mablag’lardan aniq yo’nalishlarda maqsadli foydalanishga xizmat
qiladi. Ammo mavjud mablag’larni qayta taqsimlash chog’ida ijtimoiy ehtiyojlar
zarar ko’rmasligi, davlatning muhim xayotiy zaruratlariga sarflanadigan
harajatlar miqdori kamaymasligi lozim. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotiga
o’tish sharoitida aniq yo’nalishlar bo’yicha byudjetdan tashqari maxsus fondlar
tashkil etiladi. Ular davlat va mahalliy byudjet vositalaridan ham foydalanishi
mumkin.
Masalan, ijtimoiy sug’urta fondi turli xil nafaqalarni to’lash uchun pul
resurelarini tashkil etishni ko’zda tutadi. U vaqtincha ish qobiliyatini yo’qotganlik,
homiladorlik va tug’ish, sanatoriy va kurort xizmatlarini moliyalashtirish va
boshqa maqsadlarga xizmat qiladi. Bu fond harajatlarining asosiy qismi turli
nafaqalarga sarflanadi. U sug’urta yo’li bilan tashkil etiladi. Bu jarayonda turli
mulk shakllaridagi korxona va tashkilotlar, ayrim shaxslar, xususan, tadbirkorlik
faoliyati bilan shug’ullanadiganlar majburiy tarzda ishtirok etadi.
Davlat bandlik fondi esa o’z ish joyini yo’qotgan va yo’qotish xavfi bo’lgan
kishilarni moddiy qo’llab-quvvatlash hamda ularni boshqa mutaxassisliq kasb-
hunarga o’rgatish uchun zarur vositalarni bir joyga to’plash maqsadida tashkil eti-
ladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida xodimlarning malakasi va ma’lumotiga
qarab ish joyi bilan ta’minlash kafolati o’z ahamiyatini yo’qotsa-da, ammo
fuqarolarning o’z ish joyini egallash, mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqini
ta’minlash mas’uliyatini davlat o’zidan soqit qilmaydi.
Ko’rinib turibdiki, byudjet va undan tashqari fondlar, vosita va
mablag’larning o’z o’rni hamda ahamiyati bor. Ijtimoiy ahvolimiz, oila a’zolarimiz
soni va tarkibiga qarab, har birimiz ulardan manfaatdorlik bilan, imtiyoz asosida
foydalanish huquqiga egamiz. Shunday ekan, byudjet va fondlarga to’lovlardan
bosh tortish yoki ulardan ozod bo’lishga urinish davlat hisobidan o’ziga moddiy
qulaylik va ungaylik yaratish, oxir-oqibatda esa davlat oldidagi boqimandalikdan
boshqa narsa emas.
Soliq to’lamaslik yoki firibgarlik bilan unga chap berish yoki o’ziga
noqonuniy imtiyoz yaratib olish - jinoyatdir. Bo’larning hammasi «O’zbekiston
Respublikasi fuqarolaridan va fuqaroligi bo’lmagan shaxslardan olinadigan
daromad solig’i to’g’risida» (15.02.1991), «Mahalliy soliqlar va yig’imlar
to’g’risida» (7.05.1993), «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar
to’g’risida»gi (28.12.1993) qonunlarimiz hamda O’zbekiston Respublikasining
Soliq kodeksi (24.04.1997) va Bojxona kodeksi (26.12.1997) va boshqa qonun-
qoidalarni qo’pol ravishda buzishdir.
Agar bunday qulayliklarga ega bo’lish uchun shaxs, korxona yoki tarmoq
«indulgensiya»ni qo’lga kiritsa, ya’ni o’zi uchun "zarur" qo’shimcha
imkoniyatlarni qonuniy rasmiylashtirib olsachi? Buning yomonligi shundaki, unda
ishlab chiqarish harajatlari, mahsulot tannarxi boshqa turdosh korxonalarga
32
nisbatan past bo’ladi. Natijada, yuqori daromad (foyda) oladi. Tabiiyki, o’z ishchi
va xizmatchilariga ham yuqori ish haqi beradi. Shu yo’sinda tarmoq va guruh
xudbinligi, boqimandaligi shakllanadi. Bir toifadagi, bir xil sharoitdagi korxonalar
va ulardagi ishchi va xizmatchilar o’rtasida ziddiyat paydo bo’ladi. Chunki bir
korxonada har bir so’m pul, mahsulot peshona teri evaziga, barcha jismoniy va
aqliy imkonmyatlar to’la safarbar etilgan holda, zaxmat chekib topilsa, ikkinchi
korxonada bunday imkoniyatga juda oson - sun’iy yo’l orqali erishiladi. Bunday
psixologiya esa tez tomir otadi, atrof-muhitga salbiy ta’sir o’tkazadi. Uni
iqtisodchilar «boqimandalik sindromi» deb ataydi. Negaki, ayrimlar davlat
byudjeti vositalaridan "bemalol" foydalanishga o’rganib qoladi. Bunday
toifadagilar, odatda, «chiptasiz yo’lovchilar»ga o’xshatiladi.
Deylik, xalq ta’limini takomillashtirishga 100 milliard sum mablag’ zarur. Bu
raqam mamlakatning katta yoshdagi aholisi soniga taqsimlansa, 10000 so’mdan
to’g’ri keladi. Ya’ni, ularning har biri xalq ta’limi rivoji uchun davlat byudjetiga
shuncha miqdorda ulush qo’shishi lozim. Agar bu ish erkin va ixtiyoriylik asosida
amalga oshiriladigan bo’lsa, ayrim fuqarolar o’z ulushini - soliq boj va boshqa
zarur to’lovlarni to’lamasligi mumkin. Natijada, mamlakat xalq ta’limini
moliyalashtirish manbalarining muayyan qismidan mahrum bo’ladi. Moddiy
ne’matlarni ishlab chiqarishga o’z hissasini qo’shmasdan turib, undan
foydalanishga harakat qiladiganlar ana shunday «chiptasiz yo’lovchilar»
hisoblanadi.
Aytish mumkinki, ijtimoiy boqimandalarning jamiyatga keltiradigan moddiy
va ma’naviy zarari ko’lami jihatidan juda xavfli. Chunki bu toifadagi boqimandalar
davlatning cho’ntagiga chang soladi. Lekin o’g’riga jazo bor-u, boqimandalik
uchun aniq jinoiy javobgarlik yo’q Shuning uchun ham bu illat ancha yashovchan.
Ammo ijtimoiy himoyaga muxtoj yoki boshqa davlat byudjeti hisobidan kun
kechiradiganlar, masalan, nafaqaxo’rlarni boqimanda yoki davlatga boqim, deb
atash mumkin emas. O’zbekiston aholisining qariyb yarmidan ko’prog’i mehnatga
qobiliyatli yoshdagilardir. Qolgan qismini esa mehnatga qobiliyatli yoshdan yuqori
yoki pastlar, nogironlar, vaqtincha mehnatga layoqatini yo’qotganlar tashkil etadi.
Odatda ular davlat byudjeti hisobidan nafaqa va imtiyoz bilan ta’minlanadilar.
Nima uchun ular davlatga boqimanda emas? Chunki, birinchidan, o’zini o’zi
boqishga qurbi yetmaydigan fuqarolarga g’amxurlik ko’rsatish - ijtimoiy
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti - davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishlaridan.
Ikkinchidan, bugun byudjet hisobidan nafaqa yoki imtiyoz olib turgan
fuqarolarning aksariyati ilgari o’z davlagi va uning ravnaqi yo’lida mehnat qilgan,
kolaversa, nafaqa jamg’armasini shakllantirishga o’z hissasini qo’shgan. Maktab
yoki undan kichik yoshdagilar, talabalar esa mamlakat kelajagidir. Ularga
sarflanayotgan mablag’ istiqbolda bir necha o’n barobar bo’lib qaytadi.
Mamlakatimizda ijtimoiy ishlab chiqarishni, qo’shma va xususiy
tadbirkorlikni, xalqaro savdo-sotiqni rivojlantirishning iqtisodiy-moliyaviy
mexanizmlari, huquqiy va moddiy asoslari yaratilgan. Ularning to’la ishlashi,
davlat va maxalliy byudjetlarni, ijtimoiy fondlarni mablag’ bilan ta’minlash
imkoniyatlari kengaymokda. Bular masalaning asosiy tomoni. Uning boshqa
33
muhim tomoni ham bor: jamiyatda yaratilgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va
qayta taqsimlash, ularning ixtiyoridagi vosita va mablag’larni aniq maqsadga
yo’naltirish va bu borada xudbinlikka yo’l qo’yilmasligi kerak. Eng asosiysi,
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, faqat uyushgan bozorgina xalqning
ijodiy va mehnat imkoniyatlarini ochib bera oladi, boqimandalikka xotima beradi,
tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira oladi, rag’batlantirishni va
yuqotilgan egalik tuyg’usini qayta tiklaydi.
Muhimi, kishilarimizning huquqiy madaniyatini yanada oshirib borish lozim.
Ana shundagina ular o’zlarining huquq va burchlarini to’laroq anglaydi,
qonunbuzarliklarning oldi olinadi. Qonun ustuvor joyda esa adolat barqaror
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |