O'zbekiston respublikasi


Kuchli  ijtimoiy  siyosat



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana11.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#347625
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
taraqqiyotning ozbek modeli va uning asosiy xususiyatlari

Kuchli  ijtimoiy  siyosat: 

O’zbek  modelining  asosiy  tamoyillaridai  biri 

kuchli  ijtimoiy  siyosat  yurgizish,  aholining  kam  ta’minlangan  ijtimoiy  himoyaga 

muxtoj  qismini  qo’llab-quvvatlashdir.  Bu  tamoyil,  birinchidan,  o’zbek  xalqining 

mentalitetidan,  tarixiy  madaniy  qadriyatlaridan  kelib  chiqsa,  ikkinchidan,  o’tish 

davrining  dastlabki  bosqichidagi  aholi  tarkibi,  bozor  islohotlari  aholi  turmush 

darajasi  hali  ancha  past  holda  saqlanib  turgan  sharoitda  boshlanganligini  ham 

nazarda  tutadi.  Bu  vaqtda  O’zbekiston  aholisi  jon  boshiga  to’g’ri  keladiran  real 

daromadlar,  ish  haqi  miqdori,  oziq-ovqat  mahsulotlari,  zarur  hayotiy  ehtiyoj 

buyumlari,  uy-joy,  ijtimoiy-madaniy  muassasalar,  maishiy  xizmat  bilan 

ta’minlanish  darajasi  bo’yicha  sobiq  ittifoq  rsspublikalari  o’rtasida  oxirgi 

o’rinlardan  biriga  tushib  qoldi.  Mavjud  demografik  vaziyat  -  aholi  sonining 

muttasil  usib  borishi  yuqoridagi  ko’rsatkichlarga  yanada  kuchliroq  ta’sir 

o’tkazayotgan edi. Uchinchidan, o’tish davrida, bozor tan olmaydigan korxonalar 

va  faoliyat  turlari,  samarasiz  ishlayotgan  ishlab  chiqarishga  barham  berildi.  Bu 

ishchi va xodimlar muayyan qismining vaqtincha ishsiz qolishiga yoki ularni qayta 

tayyorlashni taqozo etardi. Natijada, ularni ham ijtimoiy himoyalash zarurati paydo 

bo’ldi.  Bunday  vaziyatda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenta  Islom  Karimov 

«shok  terapiyasi»  to’g’risida  gap  ham  bo’lishi  mumkin  emasligini,  "bozor 

ko’pchilik  uchun  ozor"  bo’lmasligini,  O’zbekistonga  xalqimizning  nogironlar, 

nafaqadorlar,  ko’p  bolali  oilalar,  o’quvchilardan  iborat  nochor  tabaqalarini 

ayaydigan bozor kerakligini qayta-qayta ta’kidladi. «Aholining muxtoj tabaqalarini 

ijtimoiy  himoyalash  sira  kechiktirib  bo’lmaydigan,  eng  ustuvor  vazifa,  amaliy 

harakatlarning eng asosiy qoidasi...»

43

 deb alohida uqtirib o’tdi. 



Mustaqillik  arafasida  O’zbekiston  kishi  boshiga  yalpi  ichki  mahsulot  ishlab 

chiqarish  bo’yicha  sobiq  ittifoqda  12-o’rinda  turardi.  Aholi  jon  boshiga  milliy 

daromad  ishlab  chiqarish  ittifoq  ko’rsatkichidan  ikki  barobar  past  edi.  Aholi  jon 

boshiga  xalq  iste’moli  mollari  ishlab  chiqarish  ittifoq  darajasining  40  foizini 

tashkil  etardi.  Daromad  darajasi,  asosiy  turdagi  mahsulotlarni  iste’mol  qilish 

bo’yicha eng oxirgi urinlarni egadladi

44



5-jadvaldan  ko’rinib  turibdiki,  mustaqillikkacha  O’zbekiston  aholi  jon 



boshiga  chakana  tovar  aylanmasi,  pullik  va  maishiy  xizmat  ko’rsatish  bo’yicha 

                                                 

43

 Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 323-бет.



 

44

 Ислом Каримов. Узбекистон мустак,илликка эришиш остонасида, Т., ―Ўзбекистон‖, 2011, 5-бет



 


34 

 

sobiq  ittifoq  respublikalari  o’rtasida  faqat  Ozarbayjon  va  Tojikistondan  yuqorida 



turardi.  Chakana  tovar  aylanmasi  bo’yicha  o’rtacha  ittifoq  ko’rsatkichidan  1,8, 

Rossiya, Belorussiyadai 2, Boltiqbo’yi respublikalarinikidan 2.6 barobar past edi. 

Pullik  va  maishiy  xizmat  ko’rsatish  bo’yicha  ham  respublikamiz  ko’rsatkichlari 

faqat  Ozarbayjon  va  Tojikistonnikidan  yuqori  bo’lib.  sobiq  ittifoq  Rossiya, 

Ukraina,  Belorussiya,  Gruziya  va  Boltikbuyi  respublikalari  ko’rsatkichlaridan 

g’oyat  past  edi.  Har  ming  kishiga  oliy  ma’lumotli  vrachlar,  o’rta  maxsus 

ma’lumotli  tibbist  xodimlari  va  kasalxona  o’rinlari  bilan  ta’minlanish  bo’yicha 

ham  axvol  deyarli  shunday  edi.  Uy-joy  fondi  borasidagi  muammolar  ham 

keskinlashdi. 


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish