O'zbekiston respublikasi


O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana11.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#347625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
taraqqiyotning ozbek modeli va uning asosiy xususiyatlari

O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos 

xususiyatlari

 

XX  asrning  90-yillari  boshida  O’zbekiston  ijtimoiy  -  iqtisodiy  taraqqiyotida 



mutlaqo yangi mazmun va mohiyatga ega tarixiy vaziyat yuzaga keldi. Bu, avvalo, 

Yurtboshimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimizning mustaqillikka erishgani 

bilan 

boqliqdir. 



Istiqlolimiz 

sharofati 

bilan 

iqtisodiyotimizga 



bozor 

munosabatlarini  joriy  etish,  mavjud  ijtimoiy-iqdisodiy,  xalqaro  masalalarni  o’z 

milliy  manfaatlarimizdan  kelib  chiqqan  holda  mustaqil  hal  etish  imkoniyati 

yaratildi.  Boshqacha  aytganda,  mamlakatimizda  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish 

jarayoni qadimiy milliy davlatchiligimizni qayta tiklash va milliy iqtisodiyotimizni 

shakllantirish bilan uyg’unlikda olib borildi. 

Ayni  paytda,  bozor  munosabatlari  xalqimiz  va  Vatanimiz  uchun  butunlay 

yangi tushunchalar emasdi. Osiyo va Yevropaning savdo yo’li  - Buyuk ipak yo’li 

chorrahasida joylashgan o’zbek zamini asrlar osha Sharq va G’arb o’rtasida o’ziga 

xos ko’prik bo’lib keldi. O’zbekiston o’zining ana shu tarixiy va an’anaviy o’rnini 

egallashi uchun yurtimizda zamonaviy bozor munosabatlarini va aholi o’rtasida esa 

bozor  madaniyatini  shakllantirish  lozim  edi.  Bu  esa  oson  ish  emasdi.  Zero, 

kommunistik mafkura hukmronlik qilgan sovet zamonida - yetmish yil mobaynida 

xalqimiz  haqiqiy  bozor  qadriyatlaridan  butunlay  uzoqlashtirilgan,  odamlardagi 

bozor  munosabatlariga  xos  tashabbuskorlik,  izlanuvchanlik  va  tadbirkorlik 

so’ndirilgan, boqimandalik kayfiyati hukmronlik qilgan. 

To’g’ri, sosializm sharoitida ham «xufiyona iqtisodiyot», kooperativ faoliyat, 

kolxoz bozori singari bir qarashda bozorni eslatadigan yarim ochiq, yarim yashirin 

ko’rinishdagi  unsurlar  ham  mavjud  bo’lgan.  Ammo,  sosializm  mazmun-

mohiyatiga  ko’ra  bozor  iqtisodiyotiga  butunlay  zid,  davlat  mulkini  eng  ustuvor 

o’ringa qo’yar va xususiy mulkchilikning har qanday ko’rinishini inkor etardi. 

Shu bois mulk obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va 

monopollashuvdan  qaytish  mehanizmlari  orqali  raqobat  muhitini  yaratish,  erkin 

tadbirkorlikka keng yo’l ochish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, talab va taklif 

asosida  shakllanadigan  narx  mexanizmini  joriy  etish  kabi  bozor  ustunlarini  qaror 

toptirish, pirovardida aralash iqtisodiyotga erishish lozim edi. Chunki, shusiz ham 

chuqur  inqiroz  girdobiga  tushib  qolgan  iqtisodiyotimizni  sog’lomlashtirishning 



 

bozordan  boshqa  yo’li  yuq,  oldinda  ulkan  islohotlarni  amalga  oshirish  vazifasi 



turardi. 

Shukrki, O’zbekistonimiz jahonning tabiiy resurslarga boy  mamlakatlaridan. 

Yurtimizda  turli  xil  oziq-ovqat  mahsulotlarini  yetishtirish  uchun  keng  ekin 

maydonlari,  yirik  industrial  baza,  malakali  kadrlar,  qisqasi,  jamiyat  a’zolari 

extiyojlarini  to’la  qondirish  uchun  zarur  barcha  imkoniyatlar  mavjud  bo’lsa-da, 

eng ayanchlisi, ana shunday ulkan imkoniyatlarga qaramasdan, yurtimiz qashshoq 

mamlakatlar qatoriga tushib qolgan, jamiyatda eng zarur iste’mol mollarining ham 

keskin tanqisligi vujudga kelgan edi. Sababi eski tuzum davrida jamiyatdagi tabiiy 

muvozanat  buzilgan  —  shaxsiy  manfaat  va  mehnat  natijalari  o’rtasida  bevosita 

uzviylik yo’q edi. Bu uzviylik esa har qanday jamiyatda taraqqiyotning lokomotivi 

vazifasini bajaradi, mavjud barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanishga 

xizmat qiladi

6



Sobiq  SSSRda  ham  bir  qancha  iqtisodiy  islohotlar  o’tkazilganini  ta’kidlash 



lozim.  1953,  1965,  1979  yillarda  o’tkazilgan  xo’jalik  yuritish  mexanizmlarini 

takomillashtirish,  moddiy  manfaatdorlikni  oshirishga  qaratilgan  islohotlar  shular 

jumlasidandir.  Lekin,  iqtisodiy  rivojlanishda  burilish  yasash  maqsadida  amalga 

oshirilgan bunday urinishlarning birortasi ham kutilgan samarani bermadi. Berishi 

ham  mumkin  emasdi.  Chunki,  islohotlarni  amalga  oshirishda  shaxsiy  manfaat  va 

mehnat natijalari o’rtasidagi bevosita  uzviylik hisobga olinmagan edi.  Bu  masala 

esa,  ta’kidlanganidek,  jamiyat  poydevori  hisoblanadigan  mulk  munosabatlarini 

qayta  qurish  bilan  bog’liq.  Mulk  munosabatlarini  o’zgartirish  esa  bevosita 

sosializmning  taqdiri  bilan  bog’liq  edi.  Murt  poydevor  ustiga  qurilgan  binoni 

ta’mirlash  bilan  uning  ko’rkamligini  oshirish  mumkin.  Ammo  uning 

mustahkamligi-yu samaradorligini oshirib bo’lmaydi. Shuro zamonidan katta shov-

shuv  va  dahmaza  bilan  boshlangan,  biroq  nihoyasiga  yetmay,  orayo’lda  qolib 

ketgan  iqtisodiy  islohotlar  ham  xo’jalik  yuritishning  ayrim  bo’g’inlarini 

takomillashtirishdan  nariga  o’ta  olmadi,  butun  iqtisodiyotni  jonlantirishga  ojizlik 

qildi.  Natijada,  yana  odatdagidek  ma’muriy-buyruqbozlik  tartibotiga  zo’r  berildi. 

Bu usul ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi aloqani ekstensiv omillardan 

keng  foydalanish  orqali  naridan-beri  ta’minlash  imkonini  berdi.  Ammo  tabiiy 

resurslarning ham chegarasi bor, imkoniyatlari cheklangan. Ulardan kelajak avlod 

manfaatlarini  hisobga  olmasdan,  pala-partish  foydalanish  talay  muammoalarni, 

jumladan, ekologik keskinlikni keltirib chiqardi. 

Ekstensiv  omillarning  borgan  sari  imkoniyatlari  torayib  ketaverishi,  intensiv 

xo’jalik  yuritish  mexanizmining  mavjud  emasligi  ertami-kech  iqtisodiy  tanqislik 

va tanglikni keltirib chiqarishi muqarrar edi. Shunday bo’ldi ham! Iqtisodiy tanglik 

XX asr 80-yillarining oxiriga kelib yanada keskin va halokatli tus oldi. Bu, avvalo, 

mahsulot  ishlab  chiqarishning  butunlay  pasayib  ketishida,  ishlab  chiqarish 

quvvatlarining  ish  bilan  ta’minlanmaganida,  ishsizlik  darajasining  o’sishida,  pul-

kredit va valyuta tizimining izdan chiqishida namoyon bo’ldi. Xususan, 1990 yilda 

sobiq  ittifoq  yalpi  milliy  mahsuloti  1989  yildagiga  nisbatai  2  foiz,  ishlab 

chiqarilgan  milliy  daromad  hajmi  4  foiz,  mehnat  unumdorligi  3  foiz  pasaydi. 

                                                 

6

 Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.-7-9 бетлар. 




 

Tashki  savdo  aylanmasi  6,6  foiz  qisqarib,  tashqi  savdoning  salbiy  saldosi  9,8 



millard  rublga  yetdi.  Davlat  qarzi  esa  bir  yilda  150  millard  rubl  ko’payib,  550 

millard rubldan oshib ketdi

7



Surunkali  inflyasiya  hammaning  tinkasini  qurita  boshladi.  Natijada  shusiz 



ham nochor axvolda kun kechirayotgan aholining daromadlari va turmush darajasi 

muttasil  pasaya  boshladi.  Ishlab  chiqarish  ko’lami  va  hajmining  tinimsiz 

qisqarishi,  ayniqsa,  O’zbekistondek  keskin  demografik  sharoitda  yashayotgan 

respublikalardagi  aholi  turmush  darajasiga  yanada  og’irroq  ta’sir  ko’rsatdi. 

O’zbekiston  aholi  jon  boshiga  milliy  daromad  ishlab  chiqarish,  real  daromadlar, 

ish  haqi,  mehnat  unumdorligi  ko’rsatkichlari  bo’yicha  sobiq  shuro  respublikalari 

orasida eng oxirgi o’rinlardan biriga tushib qolgan edi. 

Islom  Karimov  bu  ayanchli  vaziyat  haqida  shunday  ta’kidlagan  edi: 

"O’zbekiston  kishi  boshiga  yalpi  ijtimoiy  mahsulot  ishlab  chiqarish  bo’yicha 

mamlakatda  12-o’rinni  egallab  turibdi,  aholi  jon  boshiga  milliy  daromad  ishlab 

chiqarish bo’yicha esa ittifoqdagi o’rtacha darajadan ikki hissa past".

8

 



Bu  davrda  sanoatdagi  mehnat  unumdorligi  jihatidan  O’zbekiston  o’rtacha 

ittifoq ko’rsatkichidan 40 foiz, qishloq xo’jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan 

esa  ikki  barobar  orqada  edi.  Respublika  aholi  jon  boshiga  xalq  iste’moli  mollari 

ishlab chiqarish bo’yicha ittifoq darajasining 40 foizini tashkil etardi.

9

 

Boz  ustiga  iqtisodiyotning  tarkibiy  tuzilishi  va  uni  tashkil  etish  shakllari 



zamon  talablariga  mutlaqo  javob  berolmasdi.  Mamlakat  xo’jaligining  amal  qilib 

kelgan  tarkibi  ekstensiv  rivojlanish  mahsuli  bo’lgan  bu  tizim  iqtisodiy  zarurat 

emas, balki qat’iy markazlashgan ma’muriy va rejali boshqarishga asoslangan edi. 

Qat’iy  reja  asosiga  qurilgan  iqtisodiyot  esa  rivojlanishga  qodir  emasligi  bugun 

ko’pchilikka  ma’lum.  Rejali  iqtisodiyotning  tanqislik,  ishlab  chiqarish 

monopolizmi  kabi  "surunkali  kasalliklar"  doimiy  hamroxidir.  Sobiq  sho’rolar 

mamlakatida  ijtimoiy  ahamiyati  kam  bo’lgan,  xalq  ehtiyojlarini  bevosita 

qondirishga emas, balki "planni to’ldirish" uchun mahsulot chiqariladigan sohalar, 

korxonalar behad ko’payib ketgan edi. 

Iqtisodiyotning  tarkibiy  tuzilishini  xalq  extiyojlari  tomonga  burmasdan  turib 

tanqislikka  barham  berib  bo’lmaydi.  Ishlab  chiqarish  tarkibiga  faol  ta’sir 

ko’rsatadigan  asosiy  samarali  mexanizm  bu  —  bozordir.  Chunki  bozor 

sharoitidagina  ijtimoiy  ehtiyojlarga  mos  kelmaydigan  sohalar  o’z-o’zidan  barham 

topadi.  Davlat  bozor  tan  olmagan,  zarar  keltirib  ishlaydigan,  norentabel  soha  va 

korxonalarni  qo’llab-quvvatlamaydi.  Xalq  ehtiyojlariga  xizmat  qiladigan, 

xaridorgir,  byudjet  uchun  mablag’  beradigan  ishlab  chiqarish  turlari  esa 

rag’batlantiriladi. 

Tanqislikni  keltirib  chiqaradigan  shart-sharoitlardan  yana  biri  ishlab 

chiqarishdagi yakka hukmronlikdir. Monopolizm iste’molchini tanlash huquqidan 

mahrum  qiladigan  va  shu  yo’l  bilan  bozorda  yakka  hukmronlik  imkoniyatini 

                                                 

7

 Ислом Каримов, Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида.  - Т.: "Ўзбекистон". 2011. - 156-



бет. 

8

 Ислом Каримов, Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида.  - Т.: "Ўзбекистон". 2011. - 167-



бет.

 

9



 Ўша аср, 167- бет 


 

qo’lga kiritadigan kuchdir. 



Odatda,  tanqislik  qondirilmagan  talab  sifatida  vaqti-vaqti  bilan  har  qanday 

bozorda  vujudga  kelishi  mumkin.  Bu  hodisaga  barham  berish  yangi  xaridorgir 

mollarning paydo bo’lishi bilan bog’liq ayrim mollarning miqdori dastlab kamroq 

bo’lganligi  tufayli,  ularga  xarid  talabi  ma’lum  vaqtgacha  to’la  qondirilmasligi 

mumkin.  Bunday  sharoitda  uo’sha  tovarni  ishlab  chiqaruvchi  boshqa  shunday 

tovar  ishlab  chiqaruvchi  paydo  bulgunicha  bozorda  monopol  huquqqa  ega  bo’lib 

turadi. Bu imkoniyatdan foydalanib, u vaqtincha monopol foyda oladi. Foyda esa, 

buyuk  iqtisodchilar  ta’kidlaganidek,  shunday  qudratli  va  jozibali  xoxish-istakki, 

xaridorgir  tovar  ishlab  chiqarish  yo’li  bilan  uni  qo’lga  kiritishni  xohlovchi 

raqobatchilarni  ertami-kechmi,  albatta,  o’ziga  jalb  qilmasdan  qolmaydi.  Natijada, 

raqobatchi  mahsulot  turining  paydo  bo’lishi  bilan  dastlab  yangi  mahsulot  ishlab 

chiqargan  korxonaning  yakka  hukmronlik  mavqyei  barham  topadi.  Bundan  esa 

bozor, iste’molchi yutadi. Sog’lom iqtisodiyotda antimonopol, antitrest qonunlari, 

soliqlar, imtiyozlar (masalan, kredit olish) orqali doimo monopolizmning qarshiligi 

sindirilib, tovar ishlab chiqaruvchilar rag’batlantirilib turiladi. 

Sosializm  xo’jalik  yuritish  sohasidagi  o’zining  dastlabki  qadamlaridan 

iqtisodiyotni  qat’iy  markazlashgan  rejali  asosda  tashkil  etish  yo’li  bilan  amalda 

yakkahokimlikni  qonunlashtirdi.  Xususiy 

mulk  umumlashtirilib,  yagona 

"umumxalk‖ boshqacha aytganda, davlat mulkiga aylantirilishi shuni taqozo etardi. 

Natijada,  monopolizm  surunkali  hodisaga  aylanib,  har  kuni,  har  soatda  takror 

ishlab  chiqariladigan  bo’ldi.  Chunki  davlat  bozordagi  real  ahvolni  o’zida  aks 

ettirmaydigan,  oldindan  belgilab  qo’yiladigan  tovar  turlari  va  ularning  narxlarini 

qo’llab-quvvatlardi.  Shu  yo’l  bilan  doimo  talabning  taklifdan  ustunligi,  ya’ni 

taqchillik  ta’minlab  kelindi.  Amalda  deyarli  barcha  korxonalar  doimiy 

monopolistlarga  aylanib,  bozor  va  iste’molchiga  o’z  shartlarini  qat’iy  o’tkazish 

imkoniyatiga ega edi

10



Ishlab  chiqarishni  yiriklashtirish  va  ixtisoslashtirish,  ijtimoiy  mehnat 

taqsimotini  chuqurlashtirish  ayrim  tarmoq  va  korxonalarning  yakkahokimligini 

yanada  kuchaytirdi.  Yiriklashuv,  markazlashuv  va  ixtisoslashuv  iqtisodiy 

qonuniyat  darajasiga  ko’tarildi.  Xo’jaliklararo  kooperasiyalash  va  agrosanoat 

integrasiyasi  negizida  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishini  yanada  yiriklashtirish 

hamda ixtisoslashtirish tug’risida maxsus qarorlar qabul qilindi. Yiriklashtirish va 

ixtisoslashtirish  iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlariga,  moddiy  va  nomoddiy 

sohalarga,  hatto  ijtimoiy-madaniy  jabhalarga  ham  keng  singdirildi.  Bu  mash’um 

tajriba shunga olib keldiki, butun mamlakat bo’yicha ko’pchilik sanoat mhsulotlari 

turlarini  bir-ikki  korxona  yetkazib  beradigan  bo’ldi

11

.  O’tgan  asrning  80-yillari 



oxiriga  kelib,  O’zbekistonda  100  nafargacha  ishchisi  bo’lgan  sanoat 

korxonalarining  umumiy  soni  to’rt  yuzdan  oshmagani  bunga  misoldir.  Hamma 

joyda gigantomaniya vasvasasi avj oldi. Yagona partiya, yagona mafkura, yagona 

korxona, yagona tovar va yagona xalq!

12

 

                                                 



10

 Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 10-11 бетлар. 

11

 Ислом Каримов, Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида.  - Т.: "Ўзбекистон". 2011. - 



169-бет. 

12

 Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.-12-14 бетлар. 




 

Shunday qilib, bir tomondan, monopolizm tanqislikning kelib chiqishi uchun 



sharoit  yaratadi.  Ikkinchi  tomondan,  ana  shu  tanqislikning  o’zi  monopolizmning 

keng tomir otishiga xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, ularning har ikkisi bir-biri 

bilan o’ta bog’liq hodisalardir. 

Sog’lom  iqtisodiyotda  monopoliyalar  qattiq  raqobat  asosida  paydo  bo’ladi, 

raqobatdan o’sib chiqadi. Shuning uchun ular ilg’or, yuqori samaradorlikka va kam 

mehnat  xarajatlariga,  zamonaviy  texnika  va  texnologiyalarga  ega  bo’lishga 

intiladilar.  Raqobatdan  xoli,  iqtisodiy  jihatdan  o’zini  oqlamaydigan,  sun’iy, 

yuqoridan  turib  boshqariladigan  korxonalar  esa,  odatda,  texnik  va  iqtisodiy 

jihatdan  qoloq  bo’lsa  ham,  monopolistga  aylanishi  mumkin.  Monopolizm 

sharoitida  iste’molchi  ishlab  chiqaruvchining  oldida  hamisha  ta’zimda  bo’ladi. 

Chunki,  tanqis  tovarni  topganiga  shukr  qiladi,  boriga  baraka,  deb  kun  ko’radi. 

Monopolizm iste’molchini nafaqat mol egasiga iqtisodiy qaram qilib qo’yadi, balki 

uning  muayyan  haq-huquqlarini  ham  buzadi.  Monopolizm  sharoitida  ishlab 

chiqaruvchi  (sotuvchi)  qirol  bo’lsa,  raqobat  sharoitida  iste’molchi  ana  shunday 

mavqyega erishadi

13



Monopolizm  ham,  tanqislik ham  jamiyatda  mas’uliyatsizlik,  iste’molchining 

talab-extiyojlarini  mensimaslik  muhhitini  yuzaga  keltiradi.  Natijada  savdo 

do’konlarini  sifatsiz,  behad  qimmat  va  kam  sonli  tovarlar  egallaydi.  Sanoat  reja 

ko’rsatkichlarini  ortig’i  bilan  bajaradi,  iste’molchi  esa  ishlab  chiqarilgan 

mahsulotlardan  qoniqmay  qolaveradi.  Masalan,  1980-89  yillarda  sobiq  ittifoqda 

yalpi  ijtimoiy  mahsulot  ishlab  chiqarish  32  foiz,  sanoat  mahsuloti  —  46,  shu 

jumladan xalq iste’moli mahsulotlari 74 foiz oshgan edi. Aholi sonining o’sishi esa 

bu  yillarda  26  foizni  tashkil  etdi.  Ko’riiib  turibdiki,  ishlab  chiqarish  sur’atlari, 

aholining o’sish sur’atlaridan ancha yuqori. Ammo ahali turmush darajasida keskin 

o’zgarish yuz bergani yo’q. 

Bunday  sharoitda  pul  o’zining  qiymatini  yo’kotib,  keskin  qadrsizlanishi 

tabiiy. Qo’lga kiritilgan puldan qanday foydalanish muammosi ham paydo bo’ladi. 

Korxona endi o’zining mahsulotini sotishga emas, balki o’ziga kerakli boshqa bir 

mahsulot  turiga  ayirboshlash  —  barterga  intiladi.  Bunday  ayirboshlash 

harakatlarida  taqchil  mahsulotlar  umumiy  muqobil  vazifasini  o’tay  boshlaydi. 

Shunday  qilib,  o’z-o’zidan  barterga,  ya’ni  tug’ridan-tug’ri  valyutasiz  tovar 

ayirboshlashga  yo’l  ochiladi. Iqtisodiy,  ijtimoiy  va siyosiy  voqyealarning  bunday 

tadrijiy rivoji bozor iqtisodiyotiga o’tishni muqarrar qilib qo’ydi. 

Lekin  o’sha  o’ta  murakkab  sharoitda  bu  borada  bir-birini  amalda  inkor 

etadigan  har  xil  nuqtai  nazarlar  mavjud  bo’lgani  ham  sir  emas.  Birinchisi  — 

iqtisodiyotimizni  bozor  munosabatlariga  o’tish  halokatdan  qutqaradi,  deb 

hisoblaydigan  uzoqni  ko’zlab,  oqilona  g’oyalar  ilgari,  surilgan  realistik  qarash. 

Ikkinchisi  -  avval  ma’muriy  yo’llar  orqali  iqtisodiy  va  moliyaviy  tushkunlikka 

barham  berib,  undan  keyin  bozorga  o’tish  kerak,  degan  qarash.  Bunda  ikkinchi 

                                                 

13

 



Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  И.А.Каримовнинг  ―Мамлакатимизни  модернизация    қилиш  ва 

кучли  фуқаролик  жамияти  барпо  этиш  –  устувор  мақсадимиздир‖  ҳамда  ―Асосий  вазифамиз  –  Ватанимиз 

тараққиѐти  ва  халқимиз  фаровонлигини  янада  юксалтиришдир‖  номли  маърузаларини  ўрганиш  бўйича 

ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2010.14-бет.

  

 



10 

 

guruh vakillari o’z qarashlaridagi ziddiyatni anglab yetmagani qiziq agar ma’muriy 



yo’llar  bilan  iqtisodiyotdagi  surunkali  xastalikni,  moliyaviy  boshboshdoqlikni, 

xo’jasizlikni bartaraf etish mumkin bo’lsa, unda bozorga o’tishning nima zarurati 

bor? 

To’g’ri,  bozor  iqtisodiyotiga,  Yurtboshimiz  ko’p  bor  ta’kidlaganidek,  bir 



kunda  va  bir  zarb  bilan  o’tish  aslo  mumkin  emas.  Sababi  -  O’zbekistonda  bozor 

munosabatlariga  o’tishning  iqtisodiy  asoslari  juda  zaif  edi.  Buning  ustiga 

iqtisodiyotimiz  xom  ashyoga  yo’naltirilgan  va  asosiy  ishlab  chiqarish  fondlari 

g’oyat  eskirgan.  O’zbekiston  sobiq  ittifoq  davrida  amalda  arzon  mineral  hamda 

qishloq  xo’jaligi  xom  ashyosini  yetkazib  beruvchiga  aylanib  qolgan.  Bu 

mustamlakachilik  amaliyoti  chor  Rossiyasining  O’rta  Osiyoni  bosib  olganidan 

keyin boshlangan, sho’rolar  davrida  esa u  ixtisoslashuv,  mehnat taqsimoti  vajlari 

bilan yanada chuqurlashtirilgan va mustahkamlangan edi. 

Respublika  nafaqat  jihozlar,  texnologiyalar  va  juda  ko’p  turdagi  xom  ashyo 

mahsulotlarini,  balki  birinchi  darajali  ahamiyatga  ega  oziq-ovqat  mahsulotlari  — 

g’alla, go’sht, shakar, tuz, qandolatchilik mahsulotlari va boshqalarni, shuningdek, 

yurtimizda  ishlab  chiqarish  mumkin  bo’lgan  juda  keng  doiradagi  xalq  iste’moli 

mollarini ham tashqaridan keltirishga majbur bo’lgan. Deyarli barcha tarmoqlarda 

tugallanmagan  siklga  ega  ishlab  chiqarish  yo’lga  qo’yilgani  sababli  ular  atayin 

xom  ashyoni  qazib  olish  va  dastlabki  ishlov  berish,  yarim  fabrikalar  tayyorlash 

bosqichida tuxtab qolar edi. 

Oddiy xalq ommasida agar ishlab chiqarish vositalarining asosiy qismi davlat 

tasarrufidan 

chiqariladigan 

va 


xususiylashtiriladigan 

bo’lsa,  

bundan  birinchi  navbatda,  sho’ro  zamonidan  qolgan    xufiyona  iqtisodiyot 

korchalonlari  yutadi,  o’zining  «o’lik  kapitalini»  ishga  solib  yuboradi,  degan 

hadiksirashlar ham mavjud bo’lgan.  

Albatta,  hyech  bir  yangilikni  hamma  ham  quchoq  ochib  kutib  olmaydi. 

Tuzumni, 

iqtisodiy-ijtimoiy 

munosabatlarni 

butunlay 

yangicha 

asosda 


shakllantirishni taqozo qiladigan bozor iqtisodiyotini ham o’z tarafdorlari-yu, unga 

shubha  bilan  qaraydiganlari  ham  bo’lishi  tabiiy.  Ko’p  jihatdan  tavakkalchilikka 

asoslangan  bozor  sharoitida  o’z  biznesi  sinishidan,  raqobat  kurashida 

mag’lubiyatga uchrashidan hyech kim kafolatlanmaydi.  

Bunday  munosabatlarni  chuqur  tadkiq  etganlarning  fikricha,  kapital 

jamg’arilishining  tarixiy  tendensiyasi,  ya’ni  mayda  mulklarning  kimlardir 

tomonidan  g’oyat  yiriklashtirilishi,  keng  xalq  ommasining  yeri,  tirikchilik 

vositalari  mehnat  qurollarining  ekspropriasiya  kilinishi  kapitalizm  tarixining 

muqaddimasidir.  Bevosita  ishlab  chiqaruvchilarning  ekspropriasiya  qilinishi  ko’p 

mamlakatlarda  katta  yo’qotishlar,  o’pirilishlar,  ayniqsa,  aholi  kam  ta’minlangan 

tabaqalarini haq-huqulari hisobga olinmasdan amalga oshirildi.

14

 



Davlatimiz  rahbari  Islom  Karimov  uzoqni  ko’zlab,  oqilona  yuritayotgan 

siyosati  samarasida  O’zbekistonda  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishda  bunday  katta 

yo’qotish va talotumlardan chetlab o’tildi. Ijtimoiy adolatsizlikka, aholining keskin 

tabaqalanishiga  yo’l  qo’yilmadi.  Bozor  iqtisodiyotiga  o’tishning  evolyusion, 

                                                 

14

 Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли– Т.: Ўзбекистон, 1993. 96-,tn 




11 

 

bosqichma-bosqich  yo’li  tanlandi.  Bu  borada  ijtimoiy  adolatni  ta’minlashda 



davlatning  islohotchilik  roli  katta  ahamiyatga  ega  bo’ldi.  Prezidentimiz  Islom 

Karimov  o’zining  iqtisodiy  siyosatga  bag’ishlangan  asarlarida  bozor 

iqtisodiyotining  shakl-shamoyillari,  unga  o’tishning  zarurati,  shart-sharoitlari  va 

omillarini puxta asoslab berdi. «Biz mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, - deb 

yozadi  davlatimiz  rahbari,  -  o’z  umrini  o’tab  bo’lgan  eski  mustabid  sovet 

tuzumidan  voz  kechib,  jahon  tajribasini  har  tomonlama  puxta  o’rganish, 

umuminsoniy  qadriyatlarni  chuqur  anglash,  milliy  urf-odat  va  an’analarimizni 

asrab  avaylash  va  yanada  mustaxkamlash  asosida  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor 

iqtisodiyotiga  asoslangan  ochiq  demokratik  davlat  barpo  etishga  azmu  qaror 

qildik».


15

  

Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish,  raqobat  muhitini 



yaratish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish  bozor 

munosabatlarini  qaror  toptirishning  asosiy  shart  va  yunalishlarini  tashkil  etdi. 

O’tgan davr ichida iqtisodiyotga oid qabul qilingan qonunlar. Prezident farmonlari 

va  qarorlari,  Vazirlar  Mahkamasi  qarorlarining  asosiy  qismi  ana  shu  uch 

yo’nalishni  rivojlantirishga  qaratilganini  alohida  ta’kidlash  darkor.  Bu  yillarda 

minglab  davlat  korxonalari  xususiylashtirildi,  aksiyadorlik  jamiyatlari  yoki 

mulkchilikning  boshqa  nodavlat  korxonalari  sifatida  qayta  tashkil  etildi.  Natijada 

nodavlat  sektorining  ulushi  1995  yilga  kelib  yalpi  ichki  mahsulot  ishlab 

chiqarishda  58,4  foizni  tashkil  etdi.  2010  yilda  esa  bu  ko’rsatkich  81,7  foizga 

yetdi.16  Ular  xo’jalik  birlashmalari,  qo’shma  korxonalar,  xususiy  fermer 

xo’jaliklari,  aholi  xususiy  mulkining  boshqa  obyektlari  sifatida  faoliyat  yurita 

boshladi. 

Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish,  kichik  biznesni 

rivojlantirish  samarasida  O’zbekistonda  yangi  ijtimoiy  qatlam  mulkdorlar  paydo 

bo’ldi.  Qimmatli  qog’ozlar  va kuchmaye  mulk  bozori  kabi  yangi  bozorlar  paydo 

bo’ldi


17

O’zbekistonda  2000  yilda  bozor  munosabatlariga  xos  institusional  qayta 



qurishning  tugallanishi  bilan  o’tish  davri  nihoyasiga  yetdi  va  aralash  iqtisodiyot 

asosan shakllanib, uning yanada jadalroq rivojlanish bosqichi boshlandi. 




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish