O'zbekiston respublikasi


 «O’zbek modeli» ning asosiy  tamoyillari



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana11.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#347625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
taraqqiyotning ozbek modeli va uning asosiy xususiyatlari

3. «O’zbek modeli» ning asosiy  tamoyillari 

Iqtisodiyotni  mafkuradan  xoli  etish  va  uning  siyosatdan  ustunligini 

ta’minlashning  qanday  zarurati  bor  edi?  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  Islom  Karimov  iqtisodiyotni  mafkuradan  xoli  etish,  uning 

siyosatdan  ustunligini  ta’minlash  -  demokratik  va  bozor  o’zgarishlarining 

asosi,  deb  ta’kidlaydi.  Iqtisodiyot  mafkuraviy  tazyiqlarsiz,  o’ziga  xos  ichki 

qonun  va  qoidalarga  muvofiq  rivojlangandagina  demokratik  siyosiy  va 

ijtimoiy  islohotlar  uchun  mustahkam  moddiy  asos  yaratiladi.  «Birinchi 

navbatda  iqtisodiy  negizni  (bazisni)  barpo  etish  va  iqtisodiy  islohotlarni 

amalga  oshirish  yangi  jamiyat  qurishning  eng  muhim  shartidir.  Bunda 

iqtisodiy o’zgartirishlar strategiyasi mafkuradan butunlay xoli etilishi, ya’ni 

siyosiy maqsadlarga erishish vositasi bo’lib xizmat qilmasligi kerak»

22



Sho’rolar  davrida  iqtisodiyot  yetmish  yil  hukmronlik  qilib  kelgan 

kommunistik  mafkuraning  siyosatning  qurboniga  aylangan  edi.  N atija 

ma’lum.  Iqtisodiyot  ham  bamisoli  tirik  organizm  -  erkin  harakat 

qilgandagina  yuksalishi  mumkin.  Zug’um  ostida  qolsa,  o’zidagi  mavjud 

imkoniyatlarni  ruyobga  chiqara  olmaydi.  Sobiq  ittifoq  -  sho’rolar  davrida 

milliy  iqtisodiyotlar  mehnat  taqsimoti  va  i xtisoslashuvi  kabi  qator  iqtisodiy 

qonuniyatlar  va  prinsiplar  orqali  amalda  markazga  bog’lab  qo’yilgan, 

hukmron mafkura va siyosatga tamoman bo’ysundirilgan edi.

23

 

Sho’rolar  davrida  mavjud  mehnat  taqsimoti  va  ixtisoslashuviga  ko’ra, 



sobiq  respublikalarning  iqtisodiy  rivojlanishida,  bir  tomondan  markazdagi 

yirik sanoat birlashmalari qatnashar edi. Ularning faolligi, eng avvalo, qayta 

ishlash  va  konchilik  sanoati  kompleksi  tarmoqlariga  qaratilgani  ham  sir 

                                                 

21

  Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  Ислом  Каримовнинг  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлиси 



Қонунчилик  палатаси  ва  Сенатининг  2010  йил  12  ноябрдаги  қўшма  мажлисидаги  ―Мамлакатимизда 

демократик  ислоҳотларни  янада  чуқурлаштириш  ва  фуқаролик  жамиятини  ривожлантириш  концепцияси‖ 

мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 18-бет. 

22

 Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 301-бет. 



23

  Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  И.А.Каримовнинг  2012  йилда  мамлакатимизни  ижтимоий-

иқтисодий  ривожлантириш  якунлари  ва  2013  йилга  мўлжалланган  энг  муҳим  устувор  йўналишларига 

бағишланган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасидаги «Барча режа ва дастурларимиз Ватанимиз 

тараққиѐтини юксалтириш,  халқимиз  фаровонлигини оширишга хизмат  қилади» мавзусидаги маърузасини 

ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2011. 4-бет



 

 



16 

 

emas.  Bu  ishtirok  milliy  respublikalar  sanoatining  muay yan  darajada  o’sib, 



nisbatan  zamonaviy  texnologiyalar,  yangi  ishlab  chikarish  tarmoklarining 

paydo bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi, albatta.

24

  

1990-yillarning boshida O’zbekiston sanoat mahsuloti umumiy hajmida 



sobiq  ittifoq  vazirlik  va  idoralariga  bo’ysunuvchi  birlashma  va  korxonalar 

ishlab  chikdradigan  mahsulotlar  hajmi  30  foizga  yetgan  edi.  Ittifoq -

respublika vazirlik va idoralariga qarashli korxona va birlashmalarda esa 54 

foiz  sanoat 

mahsuloti 

ishlab  chiqarilar 

edi. 

Ikkinchi 



tomondan. 

O’zbekistonning  Rossiya  va  boshqa  respublikalardan  keltiriladigan  ishlab 

chiqarish  va  iste’mol  tovarlariga  bog’liqligi  g’oyat  kuchli  edi.  Iqtisodiy 

o’sishning  tashqi  omillarga  bog’lanib  qolganligi  yakunlovchi  ishlab 

chiqarish  bosqichi  ahamiyatining  75  haddan  tashqari  oshishiga,  maxalliy 

mashinasozlikning  esa  zaifligicha  qolishiga  olib  keldi.  O’zbekistonda 

barcha  sanoat  mahsulotlari  tarkibida  mashinasozlik  sanoatining  ulushi 

nihoyatda  past  edi.  Bunday  taqsimot  oqibatida  sanoat  asbob -uskunalari, 

texnologiya, 

fan-texnika 

yutuqlari 

tashqaridan 

olib 

kelinadigan 



mahsulotlarning  asosiy  yo’nalishi  bo’lib  qolaverdi.  Cheksiz  fosforit 

konlariga boy o’lkamizga, hatto gugurt ham tashqaridan olib kelinar edi.  

O’zbekistonda  mashinasozlikning  asosi  bo’lgan  dastgoxsozlik  ayniqsa 

zaif  rivojlangan  edi.  Natijada  ishlab  chiqarish  vositalari  va  sanoat 

materiallari  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  yaratish,  zamonaviy  yirik  yalpi 

ishlab  chiqarish  talablariga  javob  beradigan  avtomat  va  yarim  avtomat 

murakkab  dastgohlar  ishlab  chiqarishni  keng  yo’lga  qo’yib  bo’lmasdi. 

Bularning  barchasi  metropoliya  va  mustamlaka  xalqlar  o’rtasidagi 

munosabatlarning  amaldagi  yakqol  ifodasidir.  Metropoliya  hyech  qachon 

mustamlaka o’lkaning jadal rivojlanishini istamaydi. Uni doim o’z tizginida 

tutib, har xil yo’llar bilan ipsiz bog’lab turishdan manfaatdordir. 

Iqtisodiyotning  siyosat  va  mafkuraga  bo’ysundirilgani  yirik  o’rta  va 

kichik  korxonalar  o’rtasidagi  nisbatga  ham  salbiy  ta’sir  ko’rsatmasdan 

qolmadi. 

Sobiq 

ittifoq 


vazirlik 

va 


idoralari 

tomonidan 

milliy 

respublikalarda, asosan, yirik korxona va birlashmalar qurildi. Chunki sobiq 

ittifokdagi  mehnat  taqsimoti  va  ixtisoslashuv  shunday  amaliyotni  taqozo 

qilar  edi.  Zo’rma-zo’raki  tiqishtirilgan  bunday  amaliyotlar  natijasida 

O’zbekiston  iqtisodiyoti  ham  "gigantomaniya"  degan  xavfli  "xastalikka" 

chalindi.  Bu,  albatta,  o’lkamizda  sanoat  ishlab  chiqarishning  an’anaviy 

turlarini  rivojlantirish,  mehnat  jamoalarining  faolligi  va  tashabbuskorligini 

oshirish, bozor kon’yunkturasiga tezkor moslashishga katta monelik qildi. 

Xalqaro  tajribadan  ma’lumki,  bir  turdagi  mahsulot  ommaviy  ishlab 

chiqariladigan  joyda  yirik  ishlab  chiqarish  yaxshi  samara  berishi  mumkin. 

Mayda  (bir  nafardan  19  kishigacha  mehnat  qiladigan)  korxonalar  1980-

yillarda  AQShdagi  barcha  korxonalarning  26,1,  Yaponiyad a  49,4  va 

Italiyada 43,4 foizini tashkil etgan. Kichik korxonalar (ya’ni yigirmadan 99 

kishigacha  ishlaydigan  korxonalar)  mos  ravishda  28,4,  27,7  va  30,4  foizga 

                                                 

24

 Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.63-бет 




17 

 

teng  edi.  O’rta  korxonalar  (bunga  yuzdan  499  kishigacha  ishlaydigan 



korxonalar kiradi) 24,0, 14,6 va 14,2 foiz, 500 nafardan oshiq ishchi mehnat 

qiladigan  yirik  korxonalar  21,5,  8,2  va  12,1  foizni  tashkil  etardi.  Ushbu 

raqamlardan  ko’rinib  turibdiki,  zamonaviy  iqtisodiyotga  ega  Yaponiyada 

ishchilarning  qariyb  yarmi  kichik  korxonalarda  mehnat  qilgan .  Mayda  va 

kichik  firmalar  ish  bilan  band  bo’lgan  yaponlarning  to’rtdan  uch  qismini 

birlashtirgan.  Kichik  korxonalar  -  iqtisodiyot  poydevori,  degan  gapda 

hikmat ko’p.

25

 



Yirik 

korxonalar 

mayda 

ishlab 


chiqarishga 

nisbatan 

bozor 

kon’yunkturasiga  qiyin  moslashadi,  har  qanday  yirik  ishlab  chiqarish 



jarayonida  katta-kichik  bo’shliqdar  paydo  bo’lishi  tabiiy.  Yirik  korxonalar 

ularning  hammasini  ham  yolg’iz  o’zi  hal  etishi  qiyin.  Bunday  sharoitda 

kichik  ishlab  chiqarish  yordamga  kelishi  va  paydo  bo’lgan  bo’shliqni 

to’ldirishi  mumkin.  Kichik  ishlab  chiqarish, o’z  navbatida,  ists’mol  bozorini 

tovar  bilan  to’ldirish,  aholini  ish  bilan  ta’minlashni  yaxshilash,  raqobat 

muhitini yaratishga xizmat qiladi. 

Shuro zamonida sanoat mahsulotlari takibida ishlab chiqarish vositala ri 

bilan  iste’mol  buyumlari  ishlab  chikaradigan  ishlab  chiqarish  o’rtasidagi 

nisbatni  mutanosib  deb  bo’lmasdi.  Rivojlangan  mamlakatlar  tajribasidan 

ma’lumki,  iste’mol  buyumlari  ishlab  chiqarish  bunda  ustuvor  o’rin  tutishi, 

jadalroq rivojlanishi lozim. 

Qazib  oluvchi  va  qayta  ishlovchi  tarmoqlar  rivojlanishi  o’rtasida  ham 

nisbat  buzilib  keldi.  Mineral  xom  ashyolarning  katta  qismi  qayta 

ishlanmagan  yoki  yarim  tayyor  mahsulot  holida  O’zbekistondan  olib  chikib 

ketilardi.  Deyarli  barcha  kon-ruda,  metallurgiya  kombinatlarida  xom 

ashyoni  qayta  ishlash  darajasi  g’oyat  past  bo’lgan.  Buning  sababi  shuki, 

konchilik  sanoati  sohasidagi  ittifoq  ahamiyatidagi  yirik  korxonalarning 

asosiy  faoliyati  respublikamizda  mineral  xom  ashyoni  t o’la  qayta  ishlash, 

vertikal  integrasiya  jarayoni,  diversifikasiyani  rivojlantirishga  emas,  balki 

xom  ashyo  ishlab  chiqarish  va  markazga  yetkazib  berishga  yo’naltirilgan 

edi. 

Bu  boradagi  salbiy  oqibatlardan  yana  birini  sanoat  korxonalarini 



mahalliy  ishchi  kadrlar  bilan  ta’minlashda  ham  ko’rish  mumkin.  Bu 

sohadagi  vaziyat  shunday  ayanchli  holga  olib  kelingan  ediki,  zamonaviy 

korxonalar  narida  tursin,  nisbatan  ancha  past  rivojlangan  sanoat  sektorida 

ham  mahalliy  ishchi  kadrlarning  umumiy  miqdori  juda  kam  edi.  50-60 

yillarda  ishga  tushirilgan  Navoiy,  Zarafshon,  Muborak,  Angren,  Yangiyer 

singari  industrial  shaharlar  sobiq  markaz  vazirlik  va  idoralariga 

buysunuvchi  yirik  sanoat  korxonalari  bazasida  bo’lgani  uchun  ularga  zarur 

ishchi  kadrlar  ittifoqning  boshqa  respublikalaridan,  asosan  Rossiyadan 

                                                 

25

  Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  И.А.Каримовнинг  2012  йилда  мамлакатимизни  ижтимоий-



иқтисодий  ривожлантириш  якунлари  ва  2013  йилга  мўлжалланган  энг  муҳим  устувор  йўналишларига 

бағишланган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасидаги «Барча режа ва дастурларимиз Ватанимиз 

тараққиѐтини юксалтириш,  халқимиз  фаровонлигини оширишга хизмат  қилади» мавзусидаги маърузасини 

ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2011. 26-27 бетлар 




18 

 

ko’chirib  keltirildi.  Xolbuki,  O’zbekistonning  o’zida  ishchi  kuchi, 



salohiyatli  kadrlar  va  mutaxassislar  kam  emasdi.  Kam  bo’lsa,  ularni 

o’qitish,  tayyorlash  va  kasbga  yunaltirish  ham  mumkin.  Bu,  bir  tomondan, 

mahalliy aholiga nisbatan e’tiborsizlik bilan  qarashning, ikkinchi tomondan, 

mustamlakachilikka  asoslangan  siyosatning  natijasidir.  Bunday  yondashuv 

nafaqat  mahalliy  millat  vakillari  orasidan  yetuk  ishchi  kadrlar  yetishib 

chiqishiga,  balki,  sanoatning  jadal  suratlarda  rivojlanishiga  ham  monelik 

qiladi. Natijada mahalliy ishchi kadrlarni tayyorlash va tarbiyalash masalasi 

o’tgan  asrning  20-30-yillarda  qanday  dolzarb  ahamiyat  kasb  etgan  bo’lsa, 

keyinchalik  ham  shundayligicha  qolaverdi.  Maxalliy  millat  vakillari 

Toshkent  samolyotsozlik  birlashmasi,  vagon  ta’mirlash  zavodida  20-30 

foizdan  oshmadi.  Konmetallurgiya,  mashinasozlik  kabi  tarmo qlarda  ham 

vaziyat deyarli shundayligicha qoldi. 

Iqtisodiyotning  mafkura  va  siyosat  qurboni  bo’lishi  respublikaning 

tashqi  iqtisodiy  faoliyatida  yanada  kengroq  namoyon  bo’ldi.  1990  yilda 

O’zbekistonga  tashqaridan  olib  kelingan  mahsulotning  90  foizga  yaqinini 

sanoat  mahsulotlari  tashkil  etardi.  Chetdan  keltiriladigan  moddiy  ishlab 

chiqarish  tarmoqlari  mahsulotining  80  foizdan  ziyodrog’i  sobiq  ittifoq 

respublikalari  ulushiga  to’g’ri  kelardi.  Keltiriladigan  sanoat  mahsulotlari 

tarkibida  asosiy  o’rinni  mashinasozlik  va  metallga  ishlov  berish  (27,7%), 

yengil (22,7%) va oziq-ovqat (15,2%) sanoatlari egallagan. 

Mahsulotlar,  asosan,  respublikalararo  ayirboshlash  b o’yicha  chiqarilar 

va  kiritilar  edi.  Tashqariga  chiqarilgan  sanoat  mahsulotlari  orasida  asosiy 

o’rinni (59,7%) yengil sanoat mahsulotlari (paxta tolasi) tashkil etardi. 

Yana  bir  ayanchli  holat  shundan  iborat  ediki,  tashqariga  mahsulot 

chiqarishga  nisbatan  tashqaridan  mahsulot  kiritish  ko’pchilik  tarmoqlarda 

ancha  yuqori  edi.  O’zbekistonning,  ayniksa,  mashinasozlik  va  metallga 

ishlov berish, kimyo va neft-kimyo, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari buyicha 

tashqi bozorga bog’liqligi kuchaydi. 

1990  yilda  xalq  iste’moli  tovarlari  bo’yicha  tashqaridan  mol  kiritish 

(importni qo’shganda) tashqariga mol chiqarishdan (eksportni qo’shganda) 3 

barobar  ortiq  bo’lgan.  Nooziq-ovqat  mahsulotlari  (yengil  sanoat 

mahsulotlari,  madaniy-maishiy  va  xo’jalik  mollari)  buyicha  mahsulot 

kiritish mahsulot chiqarishdan 4 barobar ko’p edi. 

Oziq-ovqat  tovarlaridan  go’sht  va 



go’sht 

mahsulotlari,  sut  va  sut 

mahsulotlari, 

tuxum, 


un, 

yorma, 


makaron, 

qand, 


qandolatchilik 

mahsulotlari,  baliq,  balik  konservasi,  margarin,  konservalar,  alkogolli 

ichimliklar  keltirilsa,  nooziq-ovqat  tovarlaridan  deyarli  barcha  turdagi 

gazlamalar,  tikuvchilik  va  trikotaj  mahsulotlari,  charm  poyabzal,  madaniy --

maishiy  va  xo’jalik  tovarlaridan  mebel,  muzlatkichlar,  kir  yuvish 

mashinalari,  televizorlar,  radiopriyomnik  qurilmalari,  farfor-fayans,  shisha 

va  billur  idishlar,  velosiped  va  mopedlar  keltirilgan.  Har  yili  millionlab 

tonna  paxta  yetishtiriladigan  o’lkada,  hatto  durustroq  paypoq  ishlab 




19 

 

chiqaradigan  fabrika  ham  qurilmagan,  shoir  aytganideq  "daryo  bo’yida 



qultum suvga zor" edik!

26

 



Mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlab  vaziyat  o’nglana  boshladi. 

Lekin,  iqtisodiyotning  eski tuzumdan  qolgan  bunday  mustamlakacha  tarkibi 

bilan  bozor  munosabatlariga  asoslangan  mustaqil  milliy  iqtisodiyotni  barpo 

etib  bo’lmasdi.  Buning  uchun  izchil,  tizimli  va  uzoqni  ko’zlab  ish  tutish 

lozim  edi.  Mamlakatimizda  bu  borada  amalga  oshirilayotgan  ishlar 

berayotgan samaralarni quyidagi raqamlardan ham qo’rish mumkin. 




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish