O'zbekiston respublikasi


 Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va isloh etishda “o’zbek modeli” ning



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana11.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#347625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
taraqqiyotning ozbek modeli va uning asosiy xususiyatlari

2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va isloh etishda “o’zbek modeli” ning 

o’rni va ahamiyati 

Ma’lumki, O’zbekiston 1991 yili o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng 

umrini  o’tab  bo’lgan  mustabid,  ma’muriy-buyruqbozlik,  rejali-taqsimot  tizimidan 

voz  kechib,  ―o’zbek  modeli‖  deb  nom  olgan  o’z  taraqqiyot  yo’lini  tanlab  oldi. 

Yurtboshimiz 

tomonidan 

ishlab 

chiqilgan 

mamlakatni 

ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin 

ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  munosabatlariga  o’tish,  mamlakatimizda  isloh  etish 

                                                 

15

 Ислом Каримов, Асарлар, 19-жилд - Т.: "Ўзбекистон", 2011, 324-бет. 



16

  Ўзбекистан  Республикаси  иқдисодий-ижтимоий  тараққиѐтининг  мустақиллик  йилларидаги  (1990-2010 

йиллар) асосий тенденция ва кўрсаткичлари ҳамда 2011-2015 йилларга мўлжалланган прогнозлари (Кейинги 

ўринларда Статистик тўплам), Т., "Ўзбекистан", 2011, 63-бет.

 

17

 Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.-22  бет. 




12 

 

va modernizasiya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. 



Yaqin  o’tmishga  qarab  shuni  ta’kidlash  mumkinki,  haqiqatan  ham, 

mustaqillik  qo’lga  kiritilgan  davr  o’ta  murakkab  bo’lib,  u  paytda  sobiq  ittifoq 

parokandalikka  yuz  tutgan,  mamlakatimizda  siyosiy,  ijtimoiy  va  iqtisodiy  vaziyat 

tobora keskin tus ola boshlagan edi. Shunday qaltis vaziyatda o’zligimizni anglash 

va  toptalgan  milliy  g’ururimizni  tiklashga  qaratilgan  intilish  yanada  kuchaydi. 

O’sha tahlikali va og’ir vaziyatda respublika rahbari Islom Karimov bosiqlik bilan 

oqilona  ish  tutib,  qat’iy  siyosiy  irodani  namoyon  etib,  mamlakatimizni  chuqur 

tanazzuldan  olib  chiqishga  qaratilgan,  barqaror  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor 

iqtisodiyotini  barpo  etishning  har  tomonlama  puxta  o’ylangan  islohotlar 

strategiyasini    ishlab  chiqdi  va  uni  amalga  oshirishga  rahnamolik  qildi. 

Yurtboshimiz  rahbarligida  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan 

huquqiy  demokratik  davlat  barpo  etish  va  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish 

maqsadida g’oyat mashaqatli, shu bilan birga, sharafli taraqqiyot yo’li bosib o’tildi. 

Istiqlolimizning  ilk  yillaridayoq,  Prezidentimiz  yuksak  demokratik  talablarni 

hayotimizga  to’liq  joriy  etish,  fuqarolik  jamiyati  barpo  qilish,  farovon  hayotga 

erishish    bilan  chambarchas  bog’liq  va  uzluksiz  davom  etadigan  jarayon  ekanini 

ta’kidlab,  bunday  darajaga  ko’tarilish  hyech  qachon  osonlikcha  kechmasligini 

uqtirib o’tgan edi

18



I.A.Karimov  ―O’zbekiston  –  bozor  munosabatlariga  o’tishning  o’ziga  xos 



yo’li‖  risolasida  mamlakatimiz  mustaqillikka  erishganidan  keyingi  dastlabki 

yillardagi  rivojlanish  jarayonlarini  tahlil  qilib,  O’zbekistonda  davlat  qurilishi  va 

iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o’zagi sifatida 5 ta asosiy tamoyilni belgilab 

berdi.  Ilmiy  va  amaliy  jihatdan  puxta  ishlab  chiqilgan  bu  dastur  nafaqat  o’sha 

davrdagi  avlod  taqdiri,    balki  kelajak  avlodlarimiz  taqdirini  ham  o’ylab  tuzilgan 

bo’lib,  eski  tuzumdan  meros  bo’lgan  illatlarni  tezroq  bartaraf  etish, 

mamlakatimizning  rivojlangan,  madaniyatli  davlatlar  darajasiga  chiqib  olishini 

ta’minlashni  ko’zda  tutgan  edi.  Bu  haqiqatan  ham  Prezidentimiz  nomi  bilan 

bevosita bog’liq holda jahonga tanilgan taraqqiyotning o’zbek modeli edi

19

.  



Islohotlarning  o’zbek  modeli  bundan  oldin  dunyoda  yaratilgan  va  mavjud 

bo’lgan  modellarning  birortasini  takrorlamagan  holda,  o’z  mohiyati  va  mazmuni 

jihatidan  butunlay  yangi  taraqqiyot  modeli  bo’ldi.  Taraqqiyotning  o’zbek  modeli 

quyidagi besh tamoyilga asoslanadi: 

birinchidan, iqtisodiy islohotlar hyech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, 

ya’ni  iqtisodiyot  siyosatdan  ustun  bo’lishi  kerak.  Shuningdek,  ichki,  tashqi  va 

iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur; 

ikkinchidan,  o’tish  davrida  davlat  asosiy  islohotchi  bo’lishi  lozim.  U 

islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgarishlar siyosatini ishlab 

chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart; 

uchinchidan,  qonun  ustuvorligiga  erishish,  qonunlarga  qat’iy  rioya  etish 

                                                 

18

  Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  Ислом  Каримовнинг  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлиси 



Қонунчилик  палатаси  ва  Сенатининг  2010  йил  12  ноябрдаги  қўшма  мажлисидаги  ―Мамлакатимизда 

демократик  ислоҳотларни  янада  чуқурлаштириш  ва  фуқаролик  жамиятини  ривожлантириш  концепцияси‖ 

мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 16-бет. 

19

 Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли– Т.: Ўзбекистон, 1993. 14-бет 




13 

 

lozim.  Buning  ma’nosi  shuki,  demokratik  yo’l  bilan  qabul  qilingan  yangi 



Konstitusiya  va  qonunlarni  barcha  hyech  istisnosiz  hurmat  qilishi  va  ularga 

og’ishmay rioya etishi lozim; 

to’rtinchidan,  aholining  demografik  tarkibini  hisobga  olgan  holda  kuchli 

ijtimoiy siyosat o’tkazish kerak. Aholining salkam 50 foizini 16 yoshga yetmagan 

bolalar tashkil etadigan O’zbekistonda buning alohida ahamiyati bor; 

beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiyotning obyektiv qonunlarini 

e’tiborga  olib,  yaqin  o’tmishdagi  ―inqilobiy  sakrashlar‖siz,  ya’ni  evolyusion  yo’l 

bilan puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.  

Mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish va yurtimizda ijtimoiy yo’naltirilgan 

bozor  iqtisodiyotini  shakllantirish  asosida  chuqur  tanazzuldan  xalos  bo’lib, 

barqaror  taraqqiyot  va  aholi  turmush  farovonligiga  erishishga  qaratilgan  tub 

o’zgartirishlar  siyosatining  strategik  maqsadlari  I.A.Karimov  tomonidan 

quyidagicha izohlab berildi:  

-

 



ijtimoiy 

yo’naltirilgan 

bozor 

iqtisodiyotini 



bosqichma-bosqich 

shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, kishilar hayoti va faoliyati 

uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish; 

-

 



ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum bo’lishiga 

barham  berish,  tashabbuskorlik  va  uddaburonlikni  butun  choralar  bilan 

rivojlantirish negizi bo’lgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini 

ta’minlash; 

-

 

korxonalar  va  fuqarolarga  keng  iqtisodiy  erkinliklar  berish,  ularning 



xo’jalik  faoliyatiga  davlatning  bevosita  aralashuvidan  voz  kechish,  iqtisodiyotni 

boshqarishning  ma’muriy-buyruqbozlik  usullarini  bartaraf  etish,  iqtisodiy  omillar 

va rag’batlantirish vositalaridan keng foydalanish;  

-

 



iqtisodiyotda 

moddiy, 


tabiiy 

va 


mehnat 

resurslaridan 

samarali 

foydalanishni  ta’minlaydigan  chuqur  tarkibiy  o’zgarishlar  qilish,  raqobatdosh 

mahsulotlar ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilib borish; 

-

 



kishilarda 

yangicha 

iqtisodiy 

fikrlashni 

shakllantirish, 

ularning 

dunyoqarashini  o’zgartirish,  har  bir  kishiga  o’z  mehnatini  sarflash  sohasi  va 

shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish

1



 Mustaqillikning 



ilk  yillarida,  ya’ni  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor 

iqtisodiyotiga  o’tishning  birinchi  bosqichida  quyidagi  ikki  vazifani  birdaniga  hal 

qilish maqsad qilib qo’yildi: 

-

 



totalitar  tizimning  og’ir  oqibatlarini  yengish,  tanglikka  barham  berish, 

iqtisodiyotni barqarorlashtirish; 

-

 

respublikaning  o’ziga  xos  sharoiti  va  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda, 



bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish; 

Mazkur  vazifalarni  hal  qilish  uchun  birinchi  bosqichda  isloh  qilishning 

quyidagi muhim yo’nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi: 

-

 



o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-

huquqiy negizini mustahkamlash; 

                                                 

1

 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. –Т., ―Ўзбекистон‖, 1995, 18-



бет. 


14 

 

-



 

mahalliy  sanoat,  savdo,  maishiy  xizmat  ko’rsatish  korxonalarini,  uy-joy 

fondini xususiylashtirish, qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida 

mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; 

-

 

ishlab  chiqarishning  pasayib  borishiga  barham  berish,  moliyaviy  ahvolning 



barqarorlashuvini ta’minlash. 

Respublikada  bozor  munosabatlariga  o’tishning  birinchi  bosqichida 

iqtisodiyot va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o’zgarishlar uning o’z taraqqiyotida 

keyingi  sifat  jihatdan  yangi  bosqichga  o’ta  boshlash  uchun  mustahkam  shart-

sharoit yaratdi. Shu bilan birga, isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi 

bosqichning  strategik  maqsadlari  va  yo’nalishlarini  aniq  belgilab  olish  imkonini 

berdi. 

Ikkinchi bosqichda iqtisodiyotni modernizasiya qilish va isloh etishni yanada 

chuqurlashtirish, investisiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni 

amalga  oshirish,  shuning  negizida  iqtisodiy  o’sishni  ta’minlab,  bozor 

munosabatlarini  to’liq  joriy  qilish  maqsad  qilib  qo’yildi.  Shu  maqsaddan  kelib 

chiqib,  mazkur  bosqichda  amalga  oshirilishi  lozim  bo’lgan  vazifalar  quyidagi 

tartibda belgilandi: 

-

 



davlat mulkini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;  

-

 



ishlab  chiqarishning  pasayishiga  barham  berish  va  makroiqtisodiy 

barqarorlikni ta’minlash;  

-

 

milliy valyuta – so’mni yanada mustahkamlash; 



-

 

iqtisodiyotning  tarkibiy  tuzilishini  tubdan  o’zgartirish,  xomashyo  yetkazib 



berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish. 

O’tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini 

ijtimoiy  himoyalashni  kuchaytirish,  ularga  tegishli  yordam  ko’rsatish  borasida 

birinchi bosqichda tutilgan yo’l davom ettirildi. 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta’kidlab  o’tganidek,  mazkur  bosqichda 

―erkinlashtirish  va  islohotlarni  chuqurlashtirish  nafaqat  iqtisodiy,  balki  ham 

ijtimoiy,  ham  siyosiy  vazifalarni  hal  qilishning  asosiy  shartidir‖

20

.  Bu  esa 



iqtisodiyot sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko’zda tutdi: 

-

 



iqtisodiyotning  barcha  soha  va  tarmoqlarida  erkinlashtirish  jarayonini 

izchillik bilan o’tkazish hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; 

-

 

xususiylashtirish  jarayonini  yanada  chuqurlashtirish  va  shu  asosida 



mulkdorlar sinfini shakllantirish; 

-

 



mamlakat  iqtisodiyotiga  xorij  sarmoyasini,  avvalo,  bevosita  yo’naltirilgan 

sarmoyalarni  keng  jalb  etish  uchun  qulay  xuquqiy  shart-sharoit,  kafolat  va 

iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish; 

-

 



kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikning  iqtisodiy  taraqqiyotda  ustuvor 

o’rin egallashiga erishish; 

-

 

mamlakatning  eksport  salohiyatini  rivojlantirish  va  mustahkamlash, 



iqtisodiyotimizning  jahon  iqtisodiy  tizimiga  keng  ko’lamda  integrasiyalashuvini 

ta’minlash; 

                                                 

20

  Каримов  И.А.  Озод  ва  обод    Ватан,  эркин  ва  фаровон  ҳаѐт  –  пировард  мақсадимиз.  -Т.:  ―Ўзбекистон‖, 



2000, 15-бет. 


15 

 

-



 

iqtisodiyotda 

mamlakatimiz 

iqtisodiy 

mustaqilligini 

yanada 


mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish. 

Shunday ekan, demokratik jamiyat qurishdan ko’zlangan maqsad yurtimizda 

istiqomat  qiladigan  barcha  insonlar  uchun  munosib  hayot  sharoiti  yaratib  berish, 

rivojlangan  demokratik  mamlakatlar  kabi  kafolatlangan  yuksak  turmush  darajasi 

hamda erkinliklarni ta’minlashdan iborat. Mazkur ezgu maqsadni amalga oshirish 

uchun birlamchi ahamiyat kasb etgan, ya’ni ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga 

yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratildi.  

Iqtisodiy  islohotlar  esa  o’z  o’rnida  jamiyatimizning  siyosiy,  ijtimoiy, 

ma’naviy  hamda  davlat  qurilishi  sohalaridagi  tub  islohotlar  bilan  chambarchas, 

uzviy bog’liqlikda amalga oshirib kelinmoqda

21




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish